INTERNET TARMOQLARINING YOSHLAR ONGIGA MA’NAVIY VA RUHIY TAʼSIRI

Аннотация

Internet tarmog`ida o`tirgan kishi ko`pincha yolg`iz bo`ladi. Internet – bu shunday bir katta bozorki, bu yerda xaridor o`ziga kerakli narsani topadi. Ushbu bozorda “savdosi chaqqon”, ko`p xaridorlarni jalb qilayotgan o`yinlar, kliplar, fotosuratlar va videolavhalar juda ko`p. Bularning ta’sirida yoshlarda har tomonlama begonalashish jarayoniga moyilligi ortib boradi va axloqdan uzoqlashib boradi. Abdulla Avloniy yosh avlodni go`zal qilib tarbiyalashga chaqirib: “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo`lib o`sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak, yerdan turib yulduzlarga qo`l uzatmak kabidir. Din va e`tiqodi salomat bo`lmagan kishilar haqni botildan, foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ayira olmas, bunday kishilardan na o`ziga va na boshqa kishilarga va na millatiga tariqcha foyda yo`qdir” - deb ta’kidlaydilar.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Abdurasulova Latofat Buriyevna. (2025). INTERNET TARMOQLARINING YOSHLAR ONGIGA MA’NAVIY VA RUHIY TAʼSIRI. Современная трансформация образования, 19(1), 308–315. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/tzatra/article/view/87199
Abdurasulova Latofat Buriyevna

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani MMTB qarashli 25-maktab amaliyotchi psixologi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Internet tarmog`ida o`tirgan kishi ko`pincha yolg`iz bo`ladi. Internet – bu shunday bir katta bozorki, bu yerda xaridor o`ziga kerakli narsani topadi. Ushbu bozorda “savdosi chaqqon”, ko`p xaridorlarni jalb qilayotgan o`yinlar, kliplar, fotosuratlar va videolavhalar juda ko`p. Bularning ta’sirida yoshlarda har tomonlama begonalashish jarayoniga moyilligi ortib boradi va axloqdan uzoqlashib boradi. Abdulla Avloniy yosh avlodni go`zal qilib tarbiyalashga chaqirib: “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo`lib o`sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak, yerdan turib yulduzlarga qo`l uzatmak kabidir. Din va e`tiqodi salomat bo`lmagan kishilar haqni botildan, foydani zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ayira olmas, bunday kishilardan na o`ziga va na boshqa kishilarga va na millatiga tariqcha foyda yo`qdir” - deb ta’kidlaydilar.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

308

INTERNET TARMOQLARINING YOSHLAR ONGIGA MA’NAVIY

VA RUHIY TAʼSIRI

Abdurasulova Latofat Buriyevna.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani MMTB qarashli 25-maktab amaliyotchi

psixologi

ANNOTASIYA

:

Internet tarmog`ida o`tirgan kishi ko`pincha yolg`iz

bo`ladi. Internet – bu shunday bir katta bozorki, bu yerda xaridor o`ziga kerakli

narsani topadi. Ushbu bozorda “savdosi chaqqon”, ko`p xaridorlarni jalb

qilayotgan o`yinlar, kliplar, fotosuratlar va videolavhalar juda ko`p. Bularning

ta’sirida yoshlarda har tomonlama begonalashish jarayoniga moyilligi ortib boradi

va axloqdan uzoqlashib boradi. Abdulla Avloniy yosh avlodni go`zal qilib

tarbiyalashga chaqirib: “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz

bo`lib o`sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak, yerdan turib yulduzlarga qo`l

uzatmak kabidir. Din va e`tiqodi salomat bo`lmagan kishilar haqni botildan, foydani

zarardan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ayira olmas, bunday kishilardan na

o`ziga va na boshqa kishilarga va na millatiga tariqcha foyda yo`qdir” - deb

ta’kidlaydilar.

Kalit so`zlar: begonalashuv, “FFF” nazariyasi, tranfarmatsion jarayonlar,

mafkuraviy xuruj, kibermaydon, mediakompetentlik, information madaniyat.

KIRISH

Bir qator ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda “gegemon” bo`lishga intilib,

foydalanuvchilarni o`z domiga tortishga xizmat qiluvchi yangidan-yangi

“xizmat”larni taklif etmoqdalar. Ular orasida ayniqsa facebook ijtimoiy tarmog`i

foydalanuvchilarining soni va keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Rasmiy

ma’lumotlarga ko`ra, AQShda Facebook 18-24 yoshli foydalanuvchilari soni 41

million, Buyuk Britaniya va Fransiyada 7,8 million kishini tashkil qiladi.

Yoshlar ongini egallash uchun bu ijtimoiy tarmoqlar juda qo`l kelmoqda.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

309

Masalan, Avg`onistonda Tolibon harakati o`z safiga yangi a’zolarni jalb etish,

erishilgan “yutuqlarni” ovoza qilish va zarur ma`lumotlarni e’lon qilish maqsadida

2011-yilning may boyidan boshlab dunyo bo`ylab ommalashgan “Twitter” ijtimoiy

tarmog`idan foydalana boshlagan.

Vaholanki, Tolibonlar televizor, radio singari zamonaviy texnologiyalarni

mutlaqo inkor etib, o`z a’zolarini bulardan ehtiyot bo`lishga qattiq buyurar edi.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biri Kanadada o`n yetti yoshgacha bo`lgan

6 ming bola o`rtasida o`tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko`ra, ular sodda ota-onalari

o`ylaganidek, internetdan aksariyat, hollarda axborot olish maqsadida foydalanmas

ekan. So`rovda ishtirok etganlarning 99 foizi internetdan foydalanishini, ularning

har o`n nafaridan sakkiz nafari uyda ulanish imkoniyatiga ega ekanini bildirdi.

Kanada yoshlarining yarmidan ko`pi internet va kompyuter texnologiyalarni

otaonalaridan yaxshiroq bilishini aytgan. Ularning 80 foizi mustaqil ravishda

internetga ulanishini, ota-onalari kompyuterga himoya vositasi bo`lgan “filtrlash”

dasturini o`rnatib qo`ymaganliklari va farzandlari qanday saytlarga kirishini nazorat

qilmasligini tan olishdi. Bu holat barcha mamlakatlarda ham deyarli shunday.

Masalaning yana bir jihati shuki, u internet orqali ta’qib deb nomlanadi. Ijtimoiy

tarmoqlarda ko`p “sayohat” qiluvchi foydalanuvchilarning mas’uliyat hissi

qolganlarga nisbatan sustroq bo`lishligi kundalik tajribalardan barchamizga ayon.

Ijtimoiy tarmoqlar shaxsni, ayniqsa, yoshlarni yashab turgan davri hayotiy

masalalaridan uzoqlashtiradi. Sekin-asta bu shaxsda atrofdagilardan uzoqlashish

hissini–begonalashuv jaryonini keltirib chiqaradi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarga bog`lanib, o`zining kurakda turmas haqoratlari,

amalga oshirilayotgan islohotlarga noxolis bahosi, yon-atrofdagilarga nisbatan

salbiy munosabatini aytishga urinayotgan shaxslar, ayniqsa yoshlar Vatanimiz

ertasi, millatimiz taqdiri uchun jon kuydirayotganiga ishonish qiyin. Bundan

tashqari, birovning hayotiga, yon-atrofida sodir bo`layotgan voqea-hodisalarga

betaraf va beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi bo`lib yashayotgan, o`z xalqi va

Vatani taqdiriga ham bamisoli begona odamdek qarayotganlarni ham

uchratayotganimiz nafaqat shu inson, uning oilasi uchun, qolaversa butun jamiyat


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

310

va kelajak uchun achinarlidir.

Mavjud yangiliklar, yangi texnik munosabatlar oqibatida kishilar

mentalitetida muayyan tranfarmatsion jarayonlar kuzatiladi. Axborot markazlari

o`rtasida dunyoda mafkuraviy yetakchilik qilish va shu orqali gegemon bo`lishga

intilish tobora keng avj olmoqda. Shunday masala borasida XIX asr oxirida

mustamlakachilik avj olgan vaqtda rus mustamlakachi vakillaridan biri general

Skobelevning: “Millatni yo`q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini,

san`atini, tilini yo`q qilsang bas, tez orada o`zi tanazzulga uchraydi”- deb aytgan

behayo so`zlari bekorga aytilmagan, albatta. Bu g`oyani buyuk davlatlar faqat o`sha

davrda amal qilgan, ayni damda biz insonparvar, tinchlik zamonida yashayabmiz

desak, o`z-o`zimizni aldagan bo`lamiz. Shu o`rinda S.Yusupovning ijtimoiy

tarmoqlarda ko`plab shov-shuvlarga sabab bo`lgan “FFF” nazariyasi ko`plab

shaxslarni ko`zini ochdi.

Mafkuraviy xurujlar axborotlashgan jamiyatda global axborot tarmoqlari

vositasida insoniyatning katta qismini qamrab olish imkonini berdi. Keng ko`lamli

va tezkor ijtimoiy o`zgarishlar sharoitida bunday ta’sirning kuchayishi aniq, albatta.

Yangilanib kelayotgan sotsiumda, yangilanishni eskilik bilan kurashidagi

ittifoqdoshi bo`lib, aynan yoshlar turadi va mushkul, ziddiyotli ijtimoiy jarayonning

markazida bo`lib, o`z davrining birinchi jabrlanuvchisi va oxirgi qahramoniga

aylanadi. Boshqa ijtimoiy qatlamlar va guruhlarga qaraganda, o`zgarishlar davridagi

bosim ostiga tushgan yosh avlod o`zini himoya qilishning xususiy shakl va

uslublarini ishlab chiqaradi. Tubdan ijtimoiy o`zgarishlar davrida yangilanayotgan

jamiyatni jahon rivojlanishining magistral liniyasidan chetlanish va hattoki, uning

harakatini orqaga - “taraqqiyotning berk ko`chasiga” olib kelishi havfi tug`iladi.

Tezkor o`zgarayotgan, global tahlikalarga uchrayotgan zamonaviy dunyoda bunday

xavf anchaga kuchaydi. Shu sabab, bunday xavf tug`diruvchi salbiy yo`nalishlarga

samarali qarshilik ko`rsatish bugungi kun barcha soha vakillari, ayniqsa faylasuflar,

ma’naviyat sohasi vakillari uchun dolzarb masaladir. Bu masala barcha progressiv

(taraqqiyparvar) kuchlarning, jumladan alternativ yoshlar harakat va majmualarning

birlashuvi asosida amalga oshiriladi. Yuqorida ko`rsatilgan yo`nalish tomon harakat


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

311

qilinishiga zamonaviy madaniy-tarixiy vaziyat sabab bo`lib, “begonalashuv”

tushunchasi bilan ta’riflanadi. Hozirgi kunda aynan yoshlar muhiti, begonalashgan

va o`zgargan ijtimoiy tuzilmalar doirasida yashashga nisbatan gumanistik

muqobillikni izlashga majburlaydigan muhim manba hisoblanadi. Ijtimoiy muhitni

begonalashuvi sababiga ko`ra insonparvarlikdan chetlangan sharoitlarda yoshlarni

erkin rivojlanishi va muvaffaqiyatli o`sishiga imkon bermasligidadir. Ushbu negizda

mavjud bo`layotgan ijtimoiy ziddiyotlar va xavfning ko`payishi hollari,

begonalashuvning salbiy asoratlarini minimallashtirish muammosini dolzarbligidan

dalolat beradi, bunda zamonaviy yoshlar jamoalarining himoya va ijodiy

potentsialidan foydalaniladi. Zamonaviy dunyoda hukm qilayotgan ijtimoiy

begonalashishni yoki uni alohida tomonlarini anglash ayniqsa bugungi global

miqyosda ijtimoiy tarmoqlar kengaygan, ularning o`rni va roli har qachongidan-da

muhim ahamiyat kasb etayotgan davrda juda dolzarbdir. Ma’lumotlilik ko`p

darajada insonning xohish-irodasiga bog`liq bo`lib qoladi. Shu bilan birga keng

axborot oqimi, qulay imkoniyatlar yovuz niyatlar quroliga ham aylanib, kishilar

ongiga manipulyatsion ta’sir etmoqda. Kuchli axborotlashuv jarayonida insonlar

ongini egallash jarayonida kishilarda mafkuraviy immunitet, mediasavodxonlikning

yetishmasligi “begonalashish” jarayoninini keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda

begonalashish tuyg`usi ayrim etnik guruh doirasidan tashqari chiqib, o`z ta’sir

ko`lamini kengaytirmoqda.

Fan-texnikaning yutuqlari insoniyat foydasiga, ezgu maqsadlarga xizmat

qilishi ijobiy holat. Ammo, virtual olamdan ayrim kuchlar g`arazli niyatlarini

amalga oshirish uchun foydalanayotganligi ham haqiqatdir. Bunga qarshi har bir

mamlakat o`z kelajagi haqida qayg`urib munosib kurash olib bormog`i bugungi

kunning zaruratidir. Internet madaniyat hodisasi sifatida o`zini ikki yo`nalishda

namoyon qiladi. Birinchisi, madaniyatning milliy sarhadlarining yuvilib ketishi, til

to`siqlarini yengib o`tish, madaniyatning fan, san’at, ta’lim, bo`sh vaqt va hokazo

shakllari o`rtasidagi to`siqlarni buzib yuborish bilan bog`liq.

Ikkinchi yo`nalish, internetning madaniyat mohiyatini nafaqat passiv

ravishda qabul qilinishiga imkoniyat yaratishida, balki internetning unga ta’sir


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

312

ko`rsatishida ham namoyon bo`ladi. Internetning o`zi madaniyatlarning

kommunikatori sifatida namoyon bo`lgan holda nafaqat madaniyatlararo

muloqotning ajoyib vositasi hisoblanadi, balki tarmoq ishtirokchilarining har biri

teng huquqli, o`z ovoziga ega bo`lgan, umumiy “ovozga” ta’sir ko`rsatgan holda o`z

ovozini boshqalarning ovozlariga qo`shishi mumkin bo`lgan global dialog

madaniyatining tug`ilishi haqida xabar beradi. Har bir shaxsning individual

hissasiga va shu bilan birga global ijodga yo`naltirilganlik – yangi kibernetik

madaniyatning asosiy jihati mana shundan iborat. Internet global tarmog`i qismlari

turli milliy sohalarga bo`lingan qandaydir “umummadaniy muhit” sifatida ta’riflash

mumkin. Masalan, AQShning – us, Buyuk Britaniyaning – uk, Qozog`istonning –

kz, Rossiyaning – ru, O`zbekistonning– uz deb nomlanuvchi internet muhitlari

bo`lgan milliy zonalarga bo`linadi. Internet tarmog`ida ularning barchasi doimiy

virtual o`zaro munosabatlarda bo`ladilar. Hozirgi vaqtda ko`plab tadqiqotchilar

tomonidan mazkur global madaniyatlararo dialogda Runet zonasi begona

madaniyatlar siquvi ostida qator qiyinchiliklarga duch kelayotganligi tan

olinayotgan[9] bo`lsada, bunday xavfdan hech qaysi tarmoq zonasi yiroqda deya

olmaymiz.

Internet buzg`unchilar makoniga aylanishining asosiy sabablari quyidagilar:

Internetning tartibga solinmaganligi;

Internetdagi faoliyatning maxfiyligi;

Axborot joylashning qulayligi;

Cheksiz auditoriya;

Axborotlarni yetkazish tezligi.

Jamiyat hayotida begonalashuvning quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish

mumkin:

1. Iqtisodiy. 2. Siyosiy. 3. Madaniy. 4. Ijtimoiy. 5. Ruhiy.

Axborotlashgan jamiyat imkoniyatlaridan ko`plab kuchlar o`z manfaatlari

yo`lida foydalanishlari natijasida zo`ravonlikka, milliy qadriyatlarimizga zid

bo`lgan “ommaviy madaniyat” na`munalarini targ`ib qilish vositasida ma’naviy

qadriyatlarning devalvatsiyasi, kishilar, ayniqsa yoshlar ma’naviy, axloqiy va ijodiy


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

313

imkoniyatlarining pasayib ketishi kuzatilmoqda, bu esa o`z navbatida yangi

texnologiyalarning, jumladan, axborot texnologiyalarining joriy qilinishi va

qo`llanilishi uchun mehnat manbalarini tayyorlashni ahamiyatli ravishda

murakkablashtirmoqda. Bu jarayonlar erkinlikni yo`qotishdan qo`rqish, ortib

borayotgan yakkalanib qolish, odamlarning begonalashuvi va zamonaviy insonning

global kommunikatsiyalarga bog`lanib qolishi natijasida vujudga kelayotgan

yolg`izlik hissi faol ravishda namoyon bo`lmoqdaki, bunga ayniqsa internet

tarmog`ining “virtual shaxs” va “internet-tobelik” kabi hodisalari ham ta`sir

ko`rsatmoqda. Mazkur hodisalar oqibatida barcha ijtimoiy aloqalar ham shuningdek,

virtual tabiatga ega bo`lmoqda. Begonalashish - zamonaviy axborotlashgan

jamiyatga xos bo`lgan, inson faoliyati va uning natijalarining ular ustidan hukmron

bo`lgan va u bilan raqobatlashuvchi mustaqil kuchga aylanishi bilan ifodalanuvchi

obyektiv ijtimoiy jarayondir. Shaxsning internetdagi begonalashishi foydalanuvchi

o`zi uchun virtual shaxsni yaratganida va u kibermaydon ichida yashay boshlaganida

sodir bo`ladi, u to`laqonli ravishda laqab (Nik) yordamida o`z qiyofasini yashirishi,

yoki ko`plab qiyofalarga ega bo`lishi mumkin, shu bilan birga hech bir qiyofa

o`zining haqiqiy “xo`jayini”ga mos bo`lmasligi ham mumkin. Shaxs kibermaydonda

tarmoqning o`ziga xos xususiyatlari tufayli - bu virtual, barcha yerda mavjud

bo`lgan, nisbatan ko`proq ijodiy va yashirin shaxsdir va virtual shaxslarni ne’mat

yoki buzg`unchi kuch sifatida qanday qilib o`rganish mumkin, degan savolga bir

turli javob mavjud emas. Biroq shaxsning begonalashuvi uning barcha

atributlarining virtuallashtirilishi yordamida sodir bo`ladi, iroda, erkinlik, qadr-

qimmat kabilar ko`pincha virtual shaklga kirgan holda o`zgarishi mumkin, ko`proq

bu kabi o`zgarishlar shaxsning o`zi kabi boshqa foydalanuvchilar uchun ham o`ta

salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, anonimlik tufayli va

internetda mas’uliyatning mavjud emasligi sababli foydalanuvchida barcha narsa

mumkinligi hissi vujudga keladi, birovning erkinligi, qadr-qimmatini buzgan holda

nafaqat ruhiy zarar keltiruvchi, balki shaxsga moddiy ziyon ham yetkazishi mumkin

bo`lgan buzg`unchi virtual shaxslar paydo bo`ladi (masalan, hakerlar va boshqalar).

Kuzatishlarga qaraganda, begonalashish tuyg`usi bir necha yillarning


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

314

mahsuli sifatida namoyon bo`ladi va uni keltirib chiqaruvchi omillar, turtkilar xilma-

xildir. Bizningcha, bu omillarga turli hayot va faoliyat vaziyatlaridan shakllangan

pessimistik, optimistik, sentimentalistik tuyg`ular, eydetik obrazlar (lotincha

“o`chmas iz”), muvaffaqiyatsizliklar, armon, qo`msash (ma`lum muddatdan so`ng),

tanholik tuyg`ulari va boshqalar misol bo`ladi. Ana shu ijtimoiy muhit jamiyatning

bugungi axborotlashuv jarayonida yaqqol ko`zga tashlanmoqda.

XULOSA

Kelajakda kibermaydonda begonalashish muammosining keskinligini

kamaytirish imkoni bo`lib yangi dasturiy vositalarni, masalan, “nomaqbul” web-

manbalarni va ularga yo`naltiruvchi havolalarni to`sish dasturlarini ishlab chiqish

hisoblanadi(buning uchun hozir ham barcha zarur texnologiyalar mavjud, masalan,

“Kiber-enaga”, “Firewall” va b.), ehtimol, tartib o`rnatishga qaratilgan, jumladan

ayrim saytlarning rahbarlariga qaratilgan maxsus davlat dasturi, virtual shaxslarni

“to`siqqa tushirish” va hokazolar talab etilishi mumkin. Ayrim yoshlarda

begonalashuvning yuzaga kelishi bu ijtimoiy muhit, oilaviy hayot, atrofdagilarning

kuchli ta`siri ostida yuzaga keladi. Farzandlarimizni zarur madaniy-ma’rifiy, foydali

ishga jalb etish yo`lidagi kamchiliklar bu kabi illatning ildiz otishiga sabab

bo`ladi.Bugungi yoshlar “dunyoni o`zgartirish”ga harakat qilib, anglab yoki

anglamasdan, o`ziga mos dunyoqarash, g`oya, manfaat va maqsadlari bo`lgan

maslakdoshlar izlamoqdalar. Yoshlar submadaniyati egalari va yaratuvchilari

tomonidan begonalashuvning qaysi tomonlari anglanishiga qarab, ularning

yo`nalishlari aniqlanadi. Yangi barpo etilgan yoshlar submadaniyati egalari ijtimoiy

voqelikni o`zgartirishga harakat qilishni endi birgalikda amalga oshirganlar, ammo

nonkonformistlarni o`zidan itarib, va shu vaqtni o`zida ularni qayta tarbiyalashga,

assimilyatsiya qilishga harakat qiluvchi jamoat a`zolari tomonidan kelgan

tushunmovchiliklar bilan muqarrar to`qnashardilar. Tashqi ta`sirga bo`ysinmagan

nonkonformist yoshlar submadaniyati, o`z navbatida, jamiyatdan uzoqlashgan,

“yashirin harakatlarga” o`tgan. Ushbu kontekst bo`yicha nonkonformistlarni

begonalashuvi, ularni “katta jamiyat” taklif etgan g`oya va maqsadlarni, shuningdek


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

315

shu maqsadlarga yetish usullari va vositalarini ongli ravishda rad etishga

ekvivalentdir. Shunday qilib, yangi tashkillangan submadaniyati bir vaqtni o`zida

jamiyatdan begonalashgan va o`z-o`zidan begonalashgan jamoa hisoblanadi.

Yoshlar submadaniyati mavjudligini ushbu bosqichida jamiyatning o`ziga xos

shakllari tashkil topgan: kommuna, kvota, obshina va fletalar. Hatto begonalashgan

ahvolda bo`lib, jamiyat hayotida kardinal ijobiy o`zgarishlarni amalga oshirish

imkoniyati yo`qligini tushunib turgan alternativ g`oya, me’yorlar, manfaat va

maqsadlar egalari nimanidir bo`lsada o`zgartirish uchun o`zining faoliyatini davom

etib kelishgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Abdurahmonov M, Rahmonov N. Madaniyatshunoslik. Toshkent – 2008. 124-b

Мировая экономика и международние отношения, 1998, №1, с.13.

Falsafa, qomusiy lug'at. Toshkent, Sharq- 2004 yil, 95 bet

Yahyo Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya.- Toshkent.:

Movaraunnahr, 2016, 34-bet -408 b

Avloniy A. Turkiy guliston yohud axloq. Toshkent, Sharq NMIU, 2005. 124-bet

Q.Usmonov. O'zbekiston tarixi. Darslik. Toshkent-2016. 17-bet

Баришев Р.А. Киберпространство и проблема отчуждения. Автореферат дисс.

на соискание ученой степени кандидата философских наук. Красноярск – 2009

Огбёрн Г. Философия техники. –М.: Современние тетради, 2005. –С.35

Белл Д. Грядуюшее постиндустриалное обшество. Опит Социалного

прогнозирования. – Москва.Академия, 1999. –С.220

Ортега-и-Гассет. Восстание масс//Избр. Труди. –Москва. Вес миръ, 1997,

С.221

Тоффлер Э. Новая технологическая волна на Западе. –Москва.Прогресс, 1986.

–С.161