QADOQLASH USULLARINING QURITILGAN TOMAT MAHSULOTLARINI SAQLASH MUDDATIGA TA’SIRI

Annotasiya

Ushbu tadqiqotda quritilgan tomat mahsulotlarini turli qadoqlash usullari orqali saqlash samaradorligi o‘rganildi. Oddiy polietilen, vakuum qadoqlash, gazli muhitda qadoqlash va biopolimer qadoqlar orqali saqlangan namunalarning namlik, S vitamini, likopin va karotinoidlar miqdori tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, gazli muhitda qadoqlash va vakuum qadoqlash usullari mahsulotning biokimyoviy ko‘rsatkichlari va saqlanish muddatini yaxshilashda samarali ekani aniqlandi. Biopolimer qadoqlar ekologik jihatdan afzal bo‘lsada, namlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli, saqlash samaradorligi pastroq bo‘ldi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
A. M. Nazarov, M.A.Boltayev, & M.R.Umaraliyeva. (2025). QADOQLASH USULLARINING QURITILGAN TOMAT MAHSULOTLARINI SAQLASH MUDDATIGA TA’SIRI. Ta’limning Zamonaviy Transformatsiyasi, 19(1), 320–326. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tzatra/article/view/87197
A. M. Nazarov

Toshkent davlat agrar universiteti tadqiqotchisi

M.A.Boltayev

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

E-mail:murodbek.boltaev.78@mail.ru

M.R.Umaraliyeva

Toshkent davlat agrar universiteti 21-40 guruh talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tadqiqotda quritilgan tomat mahsulotlarini turli qadoqlash usullari orqali saqlash samaradorligi o‘rganildi. Oddiy polietilen, vakuum qadoqlash, gazli muhitda qadoqlash va biopolimer qadoqlar orqali saqlangan namunalarning namlik, S vitamini, likopin va karotinoidlar miqdori tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, gazli muhitda qadoqlash va vakuum qadoqlash usullari mahsulotning biokimyoviy ko‘rsatkichlari va saqlanish muddatini yaxshilashda samarali ekani aniqlandi. Biopolimer qadoqlar ekologik jihatdan afzal bo‘lsada, namlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli, saqlash samaradorligi pastroq bo‘ldi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

320

QADOQLASH USULLARINING QURITILGAN TOMAT

MAHSULOTLARINI SAQLASH MUDDATIGA TA’SIRI.

A. M. Nazarov

Toshkent davlat agrar universiteti tadqiqotchisi

M.A.Boltayev

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

E-mail:murodbek.boltaev.78@

mail.ru

M.R.Umaraliyeva

Toshkent davlat agrar universiteti 21-40 guruh talabasi

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda quritilgan tomat mahsulotlarini turli

qadoqlash usullari orqali saqlash samaradorligi o‘rganildi. Oddiy polietilen,

vakuum qadoqlash, gazli muhitda qadoqlash va biopolimer qadoqlar orqali

saqlangan namunalarning namlik, S vitamini, likopin va karotinoidlar miqdori tahlil

qilindi. Natijalarga ko‘ra, gazli muhitda qadoqlash va vakuum qadoqlash usullari

mahsulotning biokimyoviy ko‘rsatkichlari va saqlanish muddatini yaxshilashda

samarali ekani aniqlandi. Biopolimer qadoqlar ekologik jihatdan afzal bo‘lsada,

namlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli, saqlash samaradorligi pastroq

bo‘ldi.

Kalit so‘zlar: Quritilgan tomat, qadoqlash usullari, vakuum qadoqlash, gazli

muhitda qadoqlash, biopolimer qadoqlar, namlik darajasi, S vitamini, likopin,

karotinoidlar, saqlash muddati, mahsulot sifati.

Annotatsiya. V dannom issledovanii izuchalas effektivnost xraneniya

sushyonыx tomatov pri ispolzovanii razlichnыx metodov upakovki. Bыli

proanalizirovanы obrazsы, upakovannыe v obыchnыy polietilen, vakuumnuyu

upakovku, upakovku v gazovoy srede i biopolimernыe paketы, s tochki zreniya

soderjaniya vlagi, vitamina C, likopina i karotinoidov. Rezultatы pokazali, chto

upakovka v gazovoy srede i vakuumnaya upakovka naibolee effektivno soxranyayut

bioximicheskie pokazateli i prodlevayut srok xraneniya produkta. Biopolimernыe


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

321

upakovki, nesmotrya na ekologichnost, prodemonstrirovali bolee nizkuyu

effektivnost iz-za vыsokoy pronitsaemosti dlya vlagi.

Klyuchevыe slova: Sushyonыe tomatы, metodы upakovki, vakuumnaya

upakovka, upakovka v gazovoy srede, biopolimernыe upakovki, uroven vlagi,

vitamin S, likopin, karotinoidы, srok xraneniya, kachestvo produksii.

Annotation. This study investigated the storage efficiency of dried tomato

products using different packaging methods. Samples packed in conventional

polyethylene, vacuum packaging, modified atmosphere packaging, and biopolymer

bags were analyzed for moisture, vitamin C, lycopene, and carotenoids content. The

results indicated that modified atmosphere packaging and vacuum packaging were

the most effective in preserving biochemical qualities and extending shelf life.

Although biopolymer packaging is environmentally friendly, its high moisture

permeability led to lower storage efficiency.

Keywords: Dried tomatoes, packaging methods, vacuum packaging,

modified atmosphere packaging, biopolymer packaging, moisture content, vitamin

C, lycopene, carotenoids, shelf life, product quality.

KIRISH

Respublikamiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasining

hozirgi bosqichdagi asosiy vazifalari xom ashyo etishtirish joylarida zamonaviy

qayta ishlash sex va zavodlarini joylashtirish, dunyo bozorida konserva mahsuloti

assortimenti va miqdori mavqeini mustahkamlash, kelajak uchun real istiqbol rejaga

ega bo‘lishdir. Korxona rivojlanish shakli, uni yuqori organlar tomonidan

rivojlanishni boshqarish mexanizmi shakllanishi kerak. Ishlab chiqarish tarmog‘i

inqirozdan himoyalanish choralari ko‘rilishi kerak.

Shuning uchun bugungi kunning qishloq xo‘jaligi mutaxasislari qishloq

xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini puxta

bilishlari katta amaliy ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini

bilish, standartlash sistemasi bilan tanishish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash

va qayta ishlash texnologiyasining o‘zlashtirilishi mahsulot sifatini oshiradi va

nobudgarchilikni imkoni boricha kamaytiradi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

322

Bu borada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida

tayyorlanayotgan mahsulotlarning turlari ortib bormoqda. Shu bilan bir payitda

mahsulotlar assortimentiga qarab ular qadodoqlanadigan idishlar ham xilma xilligi

bilan ajralib turadi.

Mahsulot assortimenti: meva va sabzavot sharbatlari, kompot va murabbolar,

sabzavot va meva marinadlari, gazak konservalar, tuzlamalar va quritilgan

mahsulotlardan iborat.

Bizga ma’lumki bugungi kunda mahsulotlarni qadoqlash uchun

qo‘llaniladigan idishlar turli-xil materiallardan tayyorlanmoqda va shu bilan bir

payitda bu mahsulotlar turli xil konstruksiyali jixozlarda qadoqlanishi mahsulotlarni

tabiiy sifatini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega.

Umuman olganda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlashni asosiy

maqsad va tamoyillariga quyidagilar kiradi. Bularga mahsulotning saqlanish davrini

uzaytirishi, mahsulotning tovar ko‘rinishini yaxshilanishi, mahsulotlarni tashishga

qulayligini oshirishi, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishi kiradi.

Ma’lumki, har qanday qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifatiga va

saqlanuvchanligiga kislorod, namlik va harorat kabi asosiy omillar katta ta’sir

ko‘rsatadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash ushbu omillarning ta’sirini

muayyan darajada cheklaydi va shu asosda uning saqlanuvchanligini oshiradi.

Bugungi kunda mahsulotlarni qadoqlash tizimi zamonaviylikni ham kasb etishi

lozim. Zamonaviy uslubda qadoqlash mahsulotning tovar ko‘rinishini,

haridorgirligini oshiradi.

Zamonaviy uslubda qadoqlash deganda quyidagilar tushuniladi:

- turli xil hajmli idishlardan foydalanish;

- qadoqlash materialining sifatli va tannarxi arzonini tanlash;

- mahsulotga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan qadoqlash materiallaridan keng

foydalanish;

- qadoqlash materialining qulayligini oshirish;

- dizayn.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

323

Barcha quritilgan mahsulotlar kabi pomidorni quritilgan mevasini

qadoqlashda ham aynan shu jarayonlar amalga oshiriladi. Quritilgan pomidorlar

juda engil, ular juda uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin. Quritish jarayonida

pomidor bir necha marta quriydi, shuning uchun siz ularni idishga juda oz miqdorda

qo‘shishingiz kerak. 40 g quritilgan pomidor 800 g yangi pomidorga teng bo‘ladi.

Quyida tomatni quritilgan mahsulotini turli usullarda qadoqlash va ularni

saqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarini keltirib o‘tiladi.

Tadqiqot

metodikasi va qo‘llanilgan uskunalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Ushbu

tadqiqotimizda ob’ekt sifatida quritilgan tomat mahsulotlari hamda predmet qilib

quritilgan

tomat

mahsulotlarini

qadoqlash

usullarining

mahsulot

sifat

ko‘rsatkichlariga ta’siri (namlik, vitaminlar, karotinoidlar) olindi. Tadqiqot ishi

2022-2023 yillarda Toshkent davlat agrar universitetining “Qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” kafedrasida o‘tkazildi. Tadqiqot jarayonida

4 xil qadoqlash usularidan foydalanildi. Bularga odatiy polietilen qoplamalar,

vakuum qadoqlash (±0.03 mPa bosim), gazli muhitda qadoqlash (80% N₂, 20%

CO₂), bio-polimer paketlar (kraxmal asosida tayyorlangan) kiradi.

Namunalar har bir qadoq turi uchun 3 karra takrorlangan 500 grammli

quritilgan tomat mahsulotlari namunalaridan tayyorlandi. Namunalar bir xil

sharoitda saqlandi:

1.Harorat: 20–22°C;

2.Namlik: 65±5%;

3.Saqlash muddatlari: 3, 6, 9, 12 oy.

Tadqiqot natijalari namlik(gravimetrik usul), S vitamini (%)(yodometrik

titrimetriya), likopin (%)(uzik (uv-vis) spektrofotometriya), karotinoidlar

(%)(ekstraksiya + spektrofotometriya) usullarda aniqlandi. Tadqiqot bosqichlarida

namunalarni qadoqlashda 4 turdagi qadoqlash usullaridan, namunalarni saqlash

davomida har 3, 6, 9, va 12 oylik intervalda nazorat tahlillari, har bir oyda

biokimyoviy tahlillar har bir ko‘rsatkich bo‘yicha olib borildi. Ma’lumotlarni qayta

ishlashda Excel va SPSS dasturlari yordamida statistik tahlil qilindi. Ma’lumotlar 3

ta takroriylik asosida qayta ishlandi. Ishonchlilik darajasi: p < 0.05. Tafovutlar


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

324

aniqlash uchun dispersion tahlil va T-test qo‘llanildi.

Quritilgan tomat mahsulotlaridagi namlik darajasi – mahsulotning saqlanish

muddati, fizik tuzilishi va mikroorganizmlarga qarshi barqarorligini belgilaydigan

asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Quyida 3 oy, 6 oy, 9 oy va 12 oy davomida

namlik darajasiga ta’sir etuvchi qadoqlash usullari tahlil qilindi.

1-jadval

Quritilgan tomat mahsulotlarini turli qadoqlash usullarida saqlash

maboynida namlik o‘zgarishi,%. (2022-2024 y.y)

Qadoqlash usuli

3 oy

6 oy

9 oy

12 oy

Odatiy polietilen

12.8 ± 0.25 13.9 ± 0.30 —

Vakuum qadoqlash

10.2 ± 0.18 11.0 ± 0.22 11.7 ± 0.24 —

Gazli muhitda qadoqlash 9.6 ± 0.15

10.1 ± 0.19 10.5 ± 0.20 11.2 ± 0.23

Biopolimer qadoqlash

11.4 ± 0.20 12.3 ± 0.26 —

Odatiy polietilen qadoqlash

usulida namlik darajasi 3 oyda (12.8 ± 0.25%)

bo‘lgan bo‘lsa, 6 oyda (13.9 ± 0.30%) gacha o‘sdi. Bu usulda polietilen

materialining namlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgani uchun, mahsulot muhitdagi

nisbiy namlikni so‘rib oladi. Bu esa mahsulotning saqlanish muddatini qisqartiradi

hamda zanglar va zamburug‘lar rivojlanish xavfini oshiradi.

Vakum qadoqlashda

, havo chiqarilganligi sababli, mahsulotning muhit

bilan aloqasi ancha kamayadi. Bu usulda namlik 3 oyda (10.2 ± 0.18%) bo‘lsa, 6

oyda (11.0 ± 0.22%), 9 oyda esa (11.7 ± 0.24%) ni tashkil etdi. Bundagi namlikning

biroz ko‘tarilishi qadoq materialining fizik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, umumiy

namlik barqaror darajada saqlanadi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

325

1-rasm .Quritilgan tomat xom ashyosini turli usullarda qadoqlanib

saqlash davomida namlik o‘zgarishi,%

Gazli muhitda qadoqlash (CO₂ + N₂)

eng samarali usul bo‘lib, 3 oyda (9.6

± 0.15%), 6 oyda (10.1 ± 0.19%), 9 oyda (10.5 ± 0.20%), va 12 oyda (11.2 ± 0.23%)

namlik darajasi kuzatildi. Bu usul mahsulot atrofidagi kislorod miqdorini

minimallashtirib, namlik almashinuvi jarayonini pasaytiradi. Shu tufayli,

mahsulotning fizik tuzilishi uzoq vaqt saqlanadi va mikrobiologik xavf kamayadi.

Biopolimer qadoqlar

esa ekologik tozaligi bilan ajralib tursada, namlikni

yuqori o‘tkazuvchanligi sababli, 3 oyda (11.4 ± 0.20%) va 6 oyda (12.3 ± 0.26%)

namlik darajasiga etdi. Bu ko‘rsatkich, oddiy polietilenga nisbatan yaxshiroq, lekin

vakuum yoki gazli muhitga qaraganda past samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Mirziyoev Sh. PF-158-son. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”.

Prezident Farmoni. – Toshkent, 2023 yil 11 sentyabr.

2.

GOST 28561-90. Produktы pererabotki plodov i ovoщey metodы opredeleniya

suxix veщestv ili vlagi – M.: izdatelstvo standartov, 2011. –5 s.

3.

Organolepticheskie metodы otsenok piщevыx produktov: Terminologiya. - M.:

Nauka, 1990.-38 s.

4.

Polegaev V.I. Metodы otsenki kachestva plodov i ovoщey (Metodicheskie

12,8

13,9

0

0

10,2

11

11,7

0

9,6

10,1

10,5

11,2

11,4

12,3

0

0

0

2

4

6

8

10

12

14

16

3 ой

6 ой

9 ой

12 ой

Одатий полиэтилен

Вакуум қадоқлаш

Газли муҳитда қадоқлаш

Биополимер қадоқлаш


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

326

razrabotki). M.:- 1978.- 66 s

5.

Fellows, P.J. Food Processing Technology: Principles and Practice. –

Woodhead Publishing, 2017.

6.

Rahman, M.S. Handbook of Food Preservation. – CRC Press, 2007.

7.

FAO. Packaging and storage of dried fruits and vegetables. – FAO Agricultural

Services Bulletin No. 127, Rome, 2004.

Anjuman ishtirokchisi talabnomasi

1. Muallif (lar) ning familiyasi, ismi,

otasining ismi

Boltayev MurodbekAllayorovich,

Nazarov

Abduqodir

Muhammadiyevich, Umaraliyeva

Muxlisa Rahmatjon qizi

2

Lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni Dosent

3

Ish / o‘qish joyi (muassasaning to‘liq

nomi, qisqartirishlarsiz), shahar

Toshkent davlat agrar universiteti,

Toshkent shahri

4

Maqola mavzusi

Qadoqlash usullarining quritilgan

tomat

mahsulotlarini

saqlash

muddatiga ta’siri.

5

Shu’ba tartib raqami

3

6

Muallifning E-maili

murodbek.boltaev.78@

mail.ru

7

Muallifning telefon raqami

(90)019-08-78