YO’SINLAR BO’LIMI SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA AHAMIYATI

Abstract

Mazkur mavzuda yo‘sinlar bo‘limining asosiy sistematik guruhlari va ularning tasnifi o‘rganiladi. Yo‘sinlarning ekologik va geografik tarqalishi, yashash muhitlariga moslashuvi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, yo‘sinlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati yoritiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xusanova Feruza Ravshanbek qizi. (2025). YO’SINLAR BO’LIMI SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA AHAMIYATI. Ta’limning Zamonaviy Transformatsiyasi, 19(1), 33–36. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tzatra/article/view/87173
Xusanova Feruza Ravshanbek qizi

ADPI Biologiya yo’nalishi 201-guruh talabasi.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur mavzuda yo‘sinlar bo‘limining asosiy sistematik guruhlari va ularning tasnifi o‘rganiladi. Yo‘sinlarning ekologik va geografik tarqalishi, yashash muhitlariga moslashuvi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, yo‘sinlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati yoritiladi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

33

YO’SINLAR BO’LIMI SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA

AHAMIYATI

Xusanova Feruza Ravshanbek qizi

ADPI Biologiya yo’nalishi 201-guruh talabasi.

Annotatsiya: Mazkur mavzuda yo‘sinlar bo‘limining asosiy sistematik

guruhlari va ularning tasnifi o‘rganiladi. Yo‘sinlarning ekologik va geografik

tarqalishi, yashash muhitlariga moslashuvi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek,

yo‘sinlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati yoritiladi.

Abstract: This topic covers the main systematic groups of the Bryophyte

division and their classification. It provides information about the ecological and

geographical distribution of mosses, as well as their adaptation to different

environments. The significance of mosses in nature and human life is also discussed.

Аннотация:

В

данной

теме

рассматриваются

основные

систематические группы отдела мхов и их классификация. Приводится

информация об экологическом и географическом распространении мхов, а

также об их адаптации к различным условиям среды. Также освещается

значение мхов в природе и жизни человека.

Kalit so’zlar: yo‘sinlar, sistematika, tarqalish, ekologiya, tasnif, yashash

muhiti, biologik xilma-xillik

Keywords: bryophytes, systematics, distribution, ecology, classification,

habitat, biodiversity

Ключевые слова: мхи, систематика, распространение, экология,

классификация, среда обитания, биологическое разнообразие

Yo`sinlar bo`limi bu yer yuzida juda ham keng tarqalgan o`simliklar guruhi

hisoblanadi. Bu bo'limga 25 mingga yaqin tur kiradi. Ya’ni tur soni jihatdan yuksak

o'simliklar orasida gulli òsimliklardan keyin 2 chi o'rinda turadi. Ular sodda

tuzilishga ega o't o'simliklar bo'lib, suv o'tlariga ancha yaqin turadi. Sababi vegetativ


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

34

tanasi tallom (qattana) shaklida, ildizi yo'q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi.

Barglari oddiy. Yo'sinlarda gametafit sporafitdan ustun turadi. Jinsiy organi

arxegoniy va antiridiy hisoblanadi. Anteridiyda xosil bo'lgan spermatozoid

arxigoniydagi tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Natijada zigo­ta va undan sporangiy

taraqqiy etadi. Shundan so'ng jinssiz ko'payish boshlanadi. Ularda sporafitning

taraqqiyoti gametofit bilan uzviy boglangan. Chunki sporafit suv bilan ozuqani

asosan gametofitdan olib turadi. Shuning uchun yo'sintoifalarda gametofit bo'g'in

ustunlik qiladi. Boshqa yuksak o'simliklarda esa sporafit bo'g'in mustaqil yashaydi.

Shu bois bo'lim vakillari yuk­sak usimliklar shajarasida aloxida urinda turadi.

Yo'sinlar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan

sovuq; tundra zonasigacha bo'lgan hududlarda uchraydi.

Yo'sintoifalarning taraqqiyot siklidagi xarakterli belgilaridan yana biri

yetilgan sporadan protonemaning o'sishidir. Protonema ko'pchilik yo'sinlarda

ipsimon ko'rinishda, faqat sfagnum va andreya yo'sinlarida gametofitlar dastlabki

fazasida plastinka shaklida bo'ladi. Jigarsimon yo'sinlarda protonema bir yoki bir

necha hujayralardan tashkil topgan qisqagina ipchadan iborat. Undan plastinkali

yoki poya-bargli gametofit taraqqiy etadi. Yo'sinlar orasida funariyaning (Funaria

hydrometrica) protonemasi yaxshi o'rganilgan. Uning sporasi qulay sharoitda o'sib,

undan shoxlangan ipcha xosil bo'ladi. Shundan so'ng ipcha shoxlanib, unda

gametofit kurtaklar xosil bo'ladi. Yo'sinlarning bunday ipsimon protonemasi tashqi

ko'rinishidan yashil suv o'tlariga juda o'xshaydi. Shunga ko'ra yo'sintoifalilarni

yashil suv o'tlaridan kelib chiqqan degan taxminlar yuzaga kelgan. Biroq, bu fikrni

tasdiqlovchi asosli dalillar yo'q. Xozirgi klassifikatsiyalar bo'yicha yo'sintoifa

o'simliklar

bo'limi

3

ta

sinfga

(ajdodga)

bo'linadi:

1. Jigarsimon yo'sinlar — Marchantiopsida.

2. Antotserotasimon yo'sinlar - Anthocerotopsida.

3. Poya-bargli yo'sinsimonlar - Bryopsida.

Ayrim biologlar 1 chi va 2 chi sinflarni birlashtirib 1 chi sinfni

jigarsimonlarning kichik sinfi yoki qabilasi deb qaraydi.

Poyabargli yo'sinsimonlar sinf (ajdod)i. Bu sinfga 700 turkum 15 OOO dan


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

35

ziyodroq tur kiradi. Uning vakillari quruklikda juda keng tarqalgan. Ular Ar­ktika

va Tundrada o'simliklarga yopishgan xolda botqoqliklarda, chuchuk suvlarda,

voxalarda, ayrim vakillari esa Urta Osiyoning qumloq cho'llarida o'sadi. Poyabarli

yo'sinsimonlar sinfi: 3 ta sinfchaga bo'linadi:

1. Sfagnumkabilar — Sphagnidae

2. Andreyakabilar - Andreaidae

3. Yashil yusinkabilar (Briumkabilar) — Bryidae

Jigarsimon yo'sinlar (Marchantiopsida) sinf (ajdod)i. Jigarsimon yo'sinlar

gametofitining xilma-xil bo'lishi va sporafitining deyarli o'xshash bo'lishi bilan

xarakterlanadi. Bu sinfga 300 ga yaqin turkum va 6000 dan ortik tur kiradi. Ularning

ko'pchiligi tropikada tarqalgan bo'lib, asosan sernam tuproqda, ayrimlari esa suvda

uchraydi. Epifit vakillari mavjud. Jigarsimon yo'sinlar sinfining vakillari

vegetativ, jinsiy va jinssiz yo'llar bilan ko'payadi. Xozir­gi klassifikatsiyaga kura

jigarsimon yo'sinlar sinfi 2 ta sinfchaga bo'linadi

1. Marshansiyakabilar - Marchantiidae.

2. Yungermaniyakabilar — Jungermanniidae.

Birinchi

sinfcha

sferakarpnamolar

Sphaerocarpales

va

marshansiyanamolar - Marchantiales, ikkinchi sinfcha esa uchta qabilaga -

metutsiyanamolar

-

Metzgeriales,

xaploiGriyanamolar

-

Haploitriales,

yungermaniyanamolar -

Jungermanniales qabilalariga bo'linadi.

Marshansiyakabilar (Marchatttiidae) sinfcha(ajdodcha)siga 3500 dan

ziyodroq, tur kirib, ularni Shi­moliy va Janubiy yarim sharda, turli ekologik

sharoitlarda uchratish mumkin.

Marshansiyanamolar (Marchanteales) qabilasi

Marshansiyadoshlar (Marchantiaceae) oilasi

Marshansiyadoshlar

qabilasining

keng

tarkalgan

vakili

oddiy

marshansiyadir - Marchantia polymorpha. Marshansiyalar turkumiga mansub bu tur

Yer sharining turli joylarida tarqalgan. U ko'proq, zax yerlarda, o'rmonlarda o'sadi.

(Sphagnaceae), turkum (Sphagnum) va 300 dan ziyodroq; tur kiradi. Keng tarkalgan


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

36

turlariga: S. cuspidatum, S. acutifdiuin, S. squarrosum larni kiritish mumkin.

Sfagnumlar ko'p yil­lik o't o'simlik bo'lib, sporadan o'sib chiqqan bir yillik

poyasining asosida rizoidlar bo'ladi. Poyasi shoxlangan. Bar­glari yupqa, tomirsiz,

ikki xil: uzunchoq, tirik xlorofilli assimilyatsion xujayralardan va rangsiz o'lik,

spiralsimon yoki xalqasimon qalinlashgan hujayralardan iborat. Yo'sinsimonlar eng

qadimgi yuksak o'simliklar hisoblanadi. Keyingi yillarda Boltiq bo'yidan ularning

sporalari topilgan. Mezozoy va kaynazoy erasining qoldiqlaridan esa ular ko'p

topilgan. Ba’zi bir adabiyotlarda suv o'tlaridan kelib chiqqan degan fikrlar bayon

etilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Абдурахманов К. М., Маматов Р. А. O'simliklar sistematikasi. – Toshkent: Fan,

2021.

2. Каюмов А. Ф. Botanika (yuqori o‘simliklar morfologiyasi va sistematikasi). –

Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2020.

3. Шарипова Д.Ж. Botanika: Talabalar uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TDPU

nashriyoti, 2022.

4. Goffinet B., Shaw A. J. Bryophyte Biology. – Cambridge University Press, 2020.

5. Vanderpoorten A., Goffinet B. Introduction to Bryophytes. – Cambridge

University Press, 2021.

6. Ignatov M.S., Afonina O.M. Moss Flora of Russia. – KMK Scientific Press,

Moscow, 2020.

7. Qodirov A., Jo‘rayev O. O‘zbekistonda tarqalgan yo‘sinlar: Tarqalishi va

ekologik ahamiyati. – Biologiya fanlari jurnali, 2023, №2.