AMALIY MASHG’ULOTLAR JARAYONIDA METAKOGNITIV FAOLIYAT TURLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotasiya

Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirishning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Metakognitiv ko'nikmalarni rivojlantirish, talabalarga o'z bilimlarini ko'paytirishga, shuningdek, o'qish strategiyalarini tanlash va o'zgaruvchan sharoitlarda ulardan samarali foydalanishga imkon yaratadi, yangi g‘oyalar yaratishga yordam beradi. Metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirish uchun tavsiyalar berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ziyamova Gulbaxor Tulabayevna. (2025). AMALIY MASHG’ULOTLAR JARAYONIDA METAKOGNITIV FAOLIYAT TURLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Ta’limning Zamonaviy Transformatsiyasi, 19(1), 74–77. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tzatra/article/view/87164
Ziyamova Gulbaxor Tulabayevna

Namangan davlat pedagogika instituti, ziyamovag@gmail.com

Tel: +998950782582 ORCID: 0009-0005-5140-7112

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirishning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Metakognitiv ko'nikmalarni rivojlantirish, talabalarga o'z bilimlarini ko'paytirishga, shuningdek, o'qish strategiyalarini tanlash va o'zgaruvchan sharoitlarda ulardan samarali foydalanishga imkon yaratadi, yangi g‘oyalar yaratishga yordam beradi. Metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirish uchun tavsiyalar berilgan.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

74

AMALIY MASHG’ULOTLAR JARAYONIDA METAKOGNITIV

FAOLIYAT TURLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ziyamova Gulbaxor Tulabayevna

Namangan davlat pedagogika instituti, ziyamovag@gmail.com

Tel: +998950782582 ORCID: 0009-0005-5140-7112

Annotatsiya: Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning

o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda metakognitiv

faoliyatlarni takomillashtirishning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. Metakognitiv

ko'nikmalarni rivojlantirish, talabalarga o'z bilimlarini ko'paytirishga, shuningdek,

o'qish strategiyalarini tanlash va o'zgaruvchan sharoitlarda ulardan samarali

foydalanishga imkon yaratadi, yangi g‘oyalar yaratishga yordam beradi.

Metakognitiv faoliyatlarni takomillashtirish uchun tavsiyalar berilgan.

Kalit so’zlar: texnologiya metakognitiv faoliyat, metakognitsiya, texnik

mexanika,, mashg’ulotlar, yangilik, mavzu, materiallar, zamonaviy iqtisod, fan,

madaniyat, texnika, faoliyat, metakognitiv bilim, metakognitiv nazorat, o’z-o’zini

baxolash, reflektiv amaliyotlar

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida barcha sohalarni tubdan isloh

qilish siyosati bormoqda. Hozirgi dunyo shiddat bilan rivojlanib taraqqiy etar ekan,

har bir kishi zamon bilan hamnafas bo’lmog’i zarur. Shu jumladan ta’lim sohasini

tubdan isloh qilish bo’yicha ko’plab salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Mamlakatimizda samarali texnologik ta’lim tizimini joriy etishga qaratilgan tub

islohotlar natijasida bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarini tayyorlashning

tashkiliy-pedagogik

shart-sharoitlari

va

axborot-metodik

imkoniyatlari

kengaytirilmoqda.

Shu

nuqtai

nazardan

bo’lajak

texnologik

ta’lim

o’qituvchilarining metodik kompotentligini rivojlantirishning amaldagi metodikasi

va o’quv-uslubiy ta’minotini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish

hamda o’zlashtirish natijalarini ob’ektiv baholash mexanizmlarini ishlab chiqish


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

75

dolzarb hisoblanadi.

Bugungi kun ta’lim tizimida o’quvchilarning o’z-o’zini baholash va

tushunchalarini mustaqil ravishda nazorat qilish qobiliyatlari tobora muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Metakognitiv ko’nikmalar, o’quvchilarning o’rganish

faoliyatida o’zlarining bilimlarini qanday qo’llay olishlarini tushunishlariga yordam

beradi.

Metakongitiv faoliyat bu-

bu insonning o‘z fikrlash jarayonini tushunish,

nazorat qilish va boshqarish qobiliyatidir. Bu tushuncha “meta” (ya'ni “ustidan”) va

“kognitiv” (ya'ni “bilish”) so‘zlaridan kelib chiqqan. Ya'ni, metakognitiv faoliyat —

bu “bilishni bilish” yoki “fikrlash ustidan fikrlash” deganidir.

Metakognitsiya - o'z o'rganish jarayonini anglash va boshqarish, zamonaviy

ta'limda juda muhim ahamiyatga ega. Metakognitsiya - bu o’z o’rganish faoliyatini

anglash va boshqarish qobiliyatidir. Bu atama lotincha “meta” (o’zaro) va yunoncha

gnosis (yani, bilish) so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib,o’z fikrlash faoliyatini

o’rganishga yordam beradi. Metakognitsiya shaxsning o’z bilimini, o’rganish

strategiyalarini va o’rganish faoliyatini qanday qabul qilishi, tahlil qilishi va nazorat

qilishni o’z ichiga oladi. Bu talabalarga o'z bilimlarini va o'rgatish jarayonlarini

samarali boshqarishga yordam beradi. Texnologiya fanlarida metakognitiv

faoliyatni rivojlantirish, nafaqat texnik ko'nikmalarni, balki talabalarni o'z-o'zini

baholash, muammolarni hal qilish va o'rganish jarayonini tushunish kabi

ko'nikmalarni ham shakllantiradi.

Metakognitsiya ikki asosiy komponentdan iborat: metakognitiv bilim va

metakognitiv nazorat strategiyalari. Metakognitiv bilim bu shaxsning o’z bilimlari,

o’rganish qobiliyatlari va o’ziga nisbatan tushunchalarni o’z ichiga oladi. U uch

asosiy turga bo’linadi: deklarativ bilim, protsedural bilim va konditsional bilim.

Metakognitiv bilimlar

- O'z o'rganish jarayoni, o'qish strategiyalari va

boshqalar haqida bilish.

Metakognitiv nazorat

- O'rganish jarayonini rejalashtirish, kuzatish va

baholash.

Metakognitiv ko'nikmalarni rivojlantirish, talabalarga o'z bilimlarini


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

76

ko'paytirishga, shuningdek, o'qish strategiyalarini tanlash va o'zgaruvchan

sharoitlarda ulardan samarali foydalanishga imkon yaratadi.

Deklarativ bilim bu o’zimiz haqida biladigan bilimlarimiz, masalan, biz

qaysi mavzularda yaxshi ekanligimiz yoki qaysi strategiyalar biz uchun samarali

ekanligi. Misol uchun,talaba texnologiya yo’nalishida qaysi fizika mavzusini yaxshi

bilishini anglaydi, masalan, u texnik mexanika fanlarini yaxshi tushunadi, lekin

texnologiya ta’lim metodikasi fanidan qiynalishi mumkin.Talaba qaysi mavzularda

qiynalishi mumkin qaysi mavzuni yaxshi bilishini anglaydi, masalan, u zamonaviy

texnika va texnologiyalarni yaxshi bilishi talabalarni metakognitiv faoliiyatlarini

faollashtiruvchi yangi pedagogik metodlarni ishlab chiqish va murakkab masalalarni

mustaqil hal qilishga yordam beradi.

Protsedural bilim bu vazifani bajarish uchun qo’llaniladigan usullar va

strategiyalar haqidagi bilimdir. Masalan talaba buyum yasash jarayonida qanday

qilib matematik muammolarni hal qilish yoki ilmiy tajribalarni o’tkazishni biladi,

masalan Guk qonunini qo’llash orqali prujinaning cho’zilishini hisoblash.

Konditsional bilim bu ma’lum bir bilim yoki strategiyaning qachon va

qayerda qo’llanilishi kerakligini bilish qobiliyatidir.

Metakognitsiya tushunchasi turli mualliflar va tadqiqotchilar tomonidan turli

xil yondashuvlar asosida taxlil qilingan va ta’riflangan. Ushbu ta’riflar va

yondashuvlar, o’rganish faoliyatlarini chuqurroq tushunish va ta’limda samarali

qo’llash uchun yetarli imkoniyatlar yaratadi.

Pedagogik nazariyalar va yondashuvlar talabalarning metakognitiv

faoliyatlarini rivojlantirishda asosiy vositalar hisoblanadi. Konstruktiv yondashuv,

muammoli o’qitish va o’zaro ta’lim kabi yondashuvlar talabalarga o’z bilimlarini

mustaqil ravishda tahlil qilish va yangi vaziyatlarga moslashishni o’rgatadi. Bu

yondashuvlar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash imkoniyatini

beradi va ularni yanada samarali o’rganuvchilarga aylantiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Sh.Mirziyoyev. Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik –

har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

77

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga

bag‘ishlangan majlisdagi O‘zbekiston republikasi prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi

gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11.

2. Abdullaev S. X. O‘qituvchilarning ergonomik madaniyatini rivojlantirish

muhitini tashkil etish tizimi va texnologiyasi //Sovremennoe obrazovanie

(Uzbekistan). – 2021. – №. 9 (1

3.Ziyamova, G. (2024). Texnologiya fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish

hamda samaradoligini oshirishda grafik organayzer texnologiyasidan foydalanish.

Journal of universal science research, 2(11), 136-144. (Ziyamova, G. (2024). The

Use of Graphic Organizer Technology in Organizing Practical Classes in

Technology Education and Increasing Their Effectiveness.

Journal of Universal

Science Research

, 2(11), 136-144.)

4. O’rinboyev M.I. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika fanini o’qitishda

o’quvchilarning metakognitiv faoliyatlarini takomillashtirish. Pedagogika

fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD)Ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan

Dissertatsiya. Namangan-2025.

5.Xudoyqulov SH.S. Ziyamova G.T. O’sarova. O I. TEXNOLOGIYA

MASHG’ULOTLARIDA

“STACK-N-WHACK

TEXNIKA”

SIDAN

FOYDALANISH “Ta’lim va taraqqiyot”.Ilmiy-uslubiy jurnal.2025-yil.1-son

6. Abdullayev S.X. Ergonomik yondashuv asosida bo’lajak texnologik ta’lim

o’qituvchisi ergonomik kompetentligini takomillashtirish metodikasi //Namangan

davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi. – 2023. – №. 6. – С. 842-8

7. Мухитдинова, Ж. Р. (2023). РАЗВИТИЕ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО

МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ С ПОМОЩЬЮ ДИДАКТИЧЕСКИХ ЗАДАЧ НА

ЗАНЯТИЯХ ПО ТЕХНОЛОГИИ ШИТЬЯ. Проблемы современного

образования, (2), 240-253.