MUROJAAT SHAKLI IFODASINING EXTRALINGVISTIK VOSITALARI

Аннотация

Ushbu tezisda murojaat shakli ifodalanishining ekstralingvistik usul va vositalaridan ishora-harakat- jestikulyatsion, tovush - fonatsion hamda   rang vositalari tahlilga tortilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ziynatjon Yusupova. (2025). MUROJAAT SHAKLI IFODASINING EXTRALINGVISTIK VOSITALARI. Современная трансформация образования, 19(1), 112–115. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/tzatra/article/view/87158
Ziynatjon Yusupova

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda murojaat shakli ifodalanishining ekstralingvistik usul va vositalaridan ishora-harakat- jestikulyatsion, tovush - fonatsion hamda   rang vositalari tahlilga tortilgan.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

112

MUROJAAT SHAKLI IFODASINING EXTRALINGVISTIK

VOSITALARI

Ziynatjon Yusupova, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat

universiteti o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu

tezisda

murojaat

shakli

ifodalanishining

ekstralingvistik usul va vositalaridan ishora-harakat- jestikulyatsion, tovush -

fonatsion hamda rang vositalari tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar. Murojaat shakli, extralingvistik usul, rang vositalari, imo-

ishoralar, paralingvistika, nutq san’ati, so‘z tili, imo-ishora tili.

Абстрактный.

В

этом

тезисе

анализируются

экстралингвистические способы и средства выражения формы обращения:

жестово-двигательно-жестикулирующие, звуко-фонационные и цветовые

средства.

Ключевые слова. Форма обращения, экстралингвистический метод,

цветовые средства, жесты, паралингвистика, речевое искусство, устная

речь, язык жестов.

Abstract. The thezis analyzes extralinguistic methods and means of

expressing the form of address: gestural-motor-gesticulating, sound-phonation and

color means.

Keywords. Form of address, extralinguistic method, color means, gestures,

paralinguistics, speech art, oral speech, sign language.

Odamlar uzoq asrlar mobaynida imo-ishoralar yordamidan unumli

foydalanishgan. Shu sababli koʻplab imo-ishoralar tilidan, dinidan, millatidan qat’iy

nazar tushunilaveradi. Bu xususida tilshunos olim V.N.Teliya

1

shunday deydi: “Imo-

ishoralarning tarjimoni boʻlmaydi. Paralingvistika soʻz ma’nosining ochilishiga

xizmat qilish bilan birga, tinglovchini oʻziga rom qilish xususiyati ham mavjud”.

1

Телия В.Н. Актуальные направления современной лингвистики: Тезисы конференции молодых научных

сотрудников и аспирантов. – М.: Наука, 1989. – 134с.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

113

Xususan, L.S.Vigotskiy nutq san’atini egallashning boshlangʻich bosqichida

imo-ishora va tilning murakkab aralashib ketishini ibtidoiy odamlarda imo-

ishoralarni tasvirlovchi hamda ifodalovchi juda koʻp soʻzlarning mavjudligi bilan

izohlaydi. Ibtidoiy odamning tili, aslini olganda, ikki xil tildir: birinchi tomondan,

soʻz tili, ikkinchi tomondan, imo-ishora tili. Ibtidoiy odamlar tili predmet obrazlarini

ifodalaydi, bu obrazlarni ular oʻz koʻzi va qulogʻi bilan qanday tasavvur etsa,

shunday ifodalaganlar. Har bir jumla murakkab shaklda boʻlib, unda imo-ishora,

tovushlar birlashgan

2

. Ma’lumki, L.S.Vigotskiy insonda his va kechinmalar

kechishini psixologik jarayon sifatida tadqiq qilib, noverbal kommunkatsiya

vositalari orqali bu tuygʻularning ifodalanishini insonning ongli va ong osti faoliyati

bilan bogʻliqligini ta’kidlagan. Noverbal kommunikatsiya vositalari his tuygʻuni

ifodalovchi vosita boʻlish bilan birga uni muloqotning boshqa ishtirokchilaridan sir

tutuvchi vosita sifatida ham qaralishi mumkin.

Murojaat shakli ifodalanishining ekstralingvistik usul va vositalari shartli

ravishda uchga boʻlinishi mumkin:

1. Ishora-harakat- jestikulyatsion vositalar;

2. Tovush - fonatsion vositalar;

3. Rang vositalar.

Jonli soʻzlashuv nutqida suhbat jarayonidagi ekstralingvistik vositalar vizual

boʻlib, ular hech qanaqa izoh talab qilmaydi. Biroq ogʻzaki jonli nutq yozuvga

koʻchganda muallif-hikoya qiluvchi izohiga ehtiyoj tugʻiladi. Bu izoh murojaat

tarzini bayon etadi, jonlantirib “qiyofalantiradi”, “suratlashtiradi”. Ishora-harakat

ana shunday vositalardan boʻlib, muallif-hikoyachi uni oʻz izohi orqali koʻrsatadi,

holatni “chizish” orqali konkretlashtiradi

3

. Shu oʻrinda noverbal kommunikatsiya

vositalariga nisbatan ekstralingvistik vosita deb qarash, tushuncha mazmunining

kengayishi deb hisoblansada, ayni muloqot jarayonida inson tana a’zolari

ishtirokidagi muloqotga nisbatan noverbal kommunikatsiya vositalari atamasi

qoʻllash ma’qul.

2

Выготский Л.С., Лурия А.Р. Этюды по истории поведения. − Москва, 1993. − С.93-95.

3

Akbarova Z. “Oʻzbek tilida murojaat shakllari.

Toshkent: “Akademnashr”. 2015. 46-bet.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

114

Ishora-harakat ekstralingvistik vosita sifatida xilma-xildir. Bulardan koʻplari

inson tana a’zolari harakatlari bilan bogʻlanadi

4

. Bunda qoʻl inson tana a’zolaridan

eng faoli sanaladi, bundan tashqari koʻz, qosh, qovoq, yuz, lab kabilar ham murojaat

ifodalashning ekstralingvistik vositasi sifatida vazifa bajaradi.

Odatda fikr almashish va suhbat jarayonida soʻzlovchining turli qoʻshimcha

harakatlariga ehtiyoj boʻlmaydi. Bunday ehtiyoj soʻzlovchining psixologik

muvozanati izdan chiqqan hollarda vujudga keladi. Psixologik muvozanat

5

yo ijobiy

tuygʻular bilan, yo salbiy hissiyotlar qoʻzgʻalishi bilan buziladi, buning natijasida

jestikulyatsiya vositalari fikr ifodalashning emotsional jihatdan toʻldiruvchisi boʻlib

keladi. Nutq jarayonidagi psixologik holatning ana shu jihatlari tufayli dunyodagi

ba’zi xalqlarda tana harakatlarining rasmiy qoidalari shakllangan.

Murojaat shakli ifodalanishida rang ham oʻz mavqeyiga ega. Rangga boʻlgan

munosabat turli chorlov murojaatlari uchun xizmat qiladi. Masalan, oq bayroq

koʻtarilishi yengilganlikni ifodalaydi, shu orqali: a) jangni davom ettirmaslikka

murojaat; b) gʻolib tomon magʻlub tomonni maxv etmasligiga, butunlay yoʻq qilib

yubormaslikka murojaat; d) gʻolib tomon magʻlub tomonni eshitishiga murojaat

kabi qator ma’nolar anglatiladi.

Oʻzbek xalqi milliy ruhiyatida boshqa koʻp xalqlar qatori qora rangga

boʻlgan munosabat salbiy qarash va tushunchalar bilan shartlanib qolgan. Oq, qizil

yaxshilik belgisi sifatida baholanadi

6

. Murojaat asnosida kishining yuzidagi rang

oʻzgarishlari ham murojaatni mazmunan toʻldiradi.

Murojaat shaklining ekstralingvistik vositalari muallif-hikoyachi izohidan

ma’lum boʻladi. Bu izohlarda murojaat shaklining tarzi aniq va konkret tus oladi

7

.

Soʻzlovchi va tinglovchi oʻrtasidagi muloqot shakllari verbal hamda noverbal

munosabatga asoslanadi. Bunday munosabat mohiyatida mazmuniy struktura

yetakchilik qiladi. Ilmiy adabiyotlarda mazmuniy struktura grammatik formalar

bilan ifodalanishi alohida ta’kidlanadi, xususan, har bir gapning real borliq haqida

4

Akbarova Z. “Oʻzbek tilida murojaat shakllari.

Toshkent: “Akademnashr”. 2015. 47-bet.

5

Такасами Ч.М., Косарев В.Д. Кто вы, айны?

М.: Мысль, 1990.

С.249 -250; Абдуллаев А. Ўзбек тилида

экспрессивлик ифодалашнинг синтактик усули.

Тошкент: Фан, 1987.

Б.83-86.

6

Akbarova Z. “Oʻzbek tilida murojaat shakllari.

Toshkent: “Akademnashr”. 2015. 53-bet.

7

Yuqoridagi manba. 59-bet.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

115

biror fikr, xabar bayon qilishi gap mundarijasining voqelik bilan bogʻliq ekanligini

koʻrsatadi

8

. Ma’lumki, predikativ shakllar gapning mazmuniy strukturasini

shakllantiradi. Ifodaning mazmuniy struktur sathida soʻzlovchi yoki tinglovchining

ichki maqsadi oʻz aksini topadi. Ana shu mazmuniy sathga xos soʻzlovchining

kommunikativ niyati sathning semantik, pragmatik va semiotik birliklari sifatida

ushbu tadqiqot mohiyatini tashkil qiladi.

M.А.Qurbonovaning

9

fikriga koʻra, nutq jarayonida imo-ishora, mimik

ifodalarning verbal birliklar bilan yonma-yon qoʻllanishi nutqning taʼsir kuchini

oshirishi bilan birga, tinglovchi tomonidan uning aniq tushunilishiga imkon yaratadi.

Z.G.Karimova “Oʻzbek vа ingliz tillаridа soʻz-gаplаrning sotsioprаgmаtik

xususiyatlаri”

10

mavzusidagi dissertatsiyasining 3.6 faslida soʻz-gaplarning

noverbal kommunikativ vositalar yordamida ifodalanishini ingliz va oʻzbek tillari

misolida tahlilga tortib, chogʻishtirilayotgan tillarda soʻz-gaplarning ekstralingvistik

jihatlaridagi farq va oʻxshashliklarni koʻrsatib bergan.

Muloqotning

noverbal

vositalari,

shuningdek,

uning

lingvomadaniyatshunoslik

va

ijtimoiy

lingvistika,

kognitiv

lingvistika,

madaniyatlararo kommunikatsiya kabi fanlar bilan aloqalari paraverbal

vositalarning tushuncha mohiyatini, ularning tuzilmaviy va semantik jihatlarini,

ularning turli muloqot vaziyatlarida qoʻllanilishining xususiyatlarini tadqiq etuvchi

butun dunyo olimlarining diqqat markaziga aylandi.

8

Gʻulomov A., Asqarova M. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent. 1987. 37-bet.

9

Қурбонова М.А. Ўзбек болалар нутқининг прагматик хусусиятлари: Филол.фан. д-ри ... дисс... – Тошкент.

2018. – Б. 204.

10

Karimova Z.G. “Oʻzbek vа ingliz tillаridа soʻz-gаplаrning sotsioprаgmаtik xususiyatlаri” disser.avtoreferati,

Тошкент-2021. B. 23.