Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
138
INGLIZ VA O’ZBEK XALQ ERTAKLARINING TARBIYAVIY
AHAMIYATI
Ortiqova Zebiniso Sunnatullo qizi
Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-sinf o‘quvchisi
Yusupova Muxayyo Irkinovna
Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada ertaklar xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri
sifatida tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy ahamiyati, jamiyatda tutgan o‘rni
yoritiladi. Asarda o‘zbek xalq ertagi “Zumrad va Qimmat” hamda ingliz xalq ertagi
“Cinderella” (Sinderella) syujeti, qahramonlari va mazmun jihatidan qiyosiy tahlil
qilinadi. Ikkala ertakda ham mehribonlik, sabr-toqat, ezgulik kabi fazilatlar targ‘ib
etilishi, sehrgar ayol obrazining mavjudligi va bosh qahramonlarning sinovlardan
so‘ng baxtga erishishlari ularning umumiylik jihatlari sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.
Maqola ertaklarning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ularning insonparvarlik
g‘oyalarini shakllantirishdagi rolini ochib beradi.
Kalit so‘zlar: Xalq ertaklari, Zumrad va Qimmat, Sinderella, mehr-oqibat,
ezgulik, madaniy qadriyatlar, bolalar tarbiyasi, sehrgar obrazi.
Kirish:
Bilamizki, ertaklar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan janr emas. Ular asrlar
davomida xalq og‘zaki ijodi sifatida bizga qolgan meros hisoblanadi. Ertakning
paydo bo‘lishida xalqlar orasidagi qadimiy urf-odat va an’analar muhim o‘rin tutadi.
Ertak – xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy namunalaridan biri hisobblanadi va bu
janr og‘izdan og‘izga o‘tish usuli orqali xalqlar o‘rtasida ajdoddan avlodga o‘tib
kelgan. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchi olimlarning ta’kidlashlaricha, dunyodagi
hamma xalqlar og‘zaki ijodida bir-biriga yaqin turuvchi janr ertak hisoblanadi.
Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib hayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan,
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan hikoyalarni ertak deb ataymiz. O‘zbeklarda ertak
aytuvchilar “ertakchi”, “matalchi” deb atalgan. E’tibor beradigan bo‘lsak, ertaklarda
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
139
ijobiy qahramon yovuzlik, adolatsizlikka qarshi kurashib g‘alaba qozonadi. Chunki
ertaklarning zamirida inson tarbiyasini shakllantirish va xalq orzu umidlari,
manfaatlari turgan bo‘ladi. Har bir ertak mutolaasi insonga qanchadan qancha zavq-
shavq beradi, uni komillikka yetaklaydi, dunyoqarashi o‘zgarishiga sababchi
bo‘ladi. Shu bois, mo‘jizalar olamiga yo‘l – ertaklar o‘qishdan boshlanadi, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Va shubhasiz bu go‘zal, g‘aroyib, bepayon hayol va aql
olamiga qadam ertaklar yordamida qo‘yiladi.
Ertaklarning tarbiyaviy jihatdan o‘rni beqiyosdir. Chunki ular bolalarni
sog‘lom muhitda o‘sib-unishlari uchun imkoniyat yaratib beradi va to‘g‘ri yo‘lga
boshlaydi. V.G.Gusevning fikricha, “Jamiyatda, umuman inson tabiatidagi illatlar
real hayotda aksini topmagach, fantastik tarzda ertaklarda o‘z yechimiga ega
bo‘ladi”. Binobarin biz o‘z farzandlarimizga ertak aytib berish orqali ularni
kelajakda barkamol avlod bo‘lib yetishishiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.
Asosiy qism.
Asrlar o‘tishi bilan olimlar ertaklarni tuzilishi va ma’no-
mazmuniga qarab turli xil guruhlarga ajratishdi. Bunga misol qilib, hayvonlar
haqidagi ertaklar, hayotiy maishiy ertaklar, sehrli ertaklar va hajviy ertaklarni
keltirishimiz mumkin. Hayvonlar haqidagi ertaklarning mazmuni majoziy ya’ni
ko‘chma ma’noda bo‘ladi. Misol uchun ertaklarda tulki obrazi orqali ayyorlik, sher
obrazi orqali jasurlik va qo‘rmaslik, bo‘ri obrazi orqali esa qonxo‘rlik va laqmalik
ifoda etiladi. Sehrli ertaklarda voqelar fantastik to‘qimalar, sehr-u jodular asosiga
qurilgan bo‘ladi. Ertakda qahramonlar har narsa qo‘lidan keladigan mo‘jizakor
obrazlardan tashkil topadi. Hayotiy-maishiy ertaklar esa xalqlarning o‘z urf-odatlari
va qadriyatlari asosida yartilgan bo‘ladi. Bunday ertaklarning aksariyati hayot
kechinmalariga oid yoki hayot voqealaridan olingan bo‘ladi. Bunga misol qilib
o‘zbeklarning “Zumrad va Qimmat”, “Oygul bilan Baxtiyor” va “Ozodachehra”
ertaklarini olishimiz mumkin.
Olimlar haqli ravishda, ilmiy tasavvurlarning rivojlanishida, falsafaning,
adabiyotning, me’morchilik, musiqa va teatr san’atlarining paydo bo‘lishida miflar
o‘ziga xos manbaa bo‘lib xizmat qilgan, deb ta’kidlashadi. Eng qadimgi ertaklarda
xalqlarning urf-odatlari, an’analari va marosimlari aks etgan.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
140
Inglizlarda Angliya eng mashhur bolalar ertaklarining vatani bo‘lgan.
Folklor hikoyalarida boshqa Yevropa mamlakatlariga o‘xshab, ingliz ertak an’anasi
Britaniya orollarida paydo bo‘lgan deb hisoblangan. Bunday folklor namunalari
asrlar davomida hikoya qilish an’analari orqali rivojlangan va mamlakatning turli
mintaqalarida o‘ziga xosligi va o‘ziga xos madaniyati bilan noyob hisoblanadi.
Shunday qilib, Angliyaning ertak va folklor an’analari kelt, german va nasroniy
manbalari bilan mustahkam aloqaga ega.
Ushbu maqolada orqali o‘zbek xalqining mashhur ertaklaridan biri bo‘lgan
“Zumrad va Qimmat” ertagi va ingliz xalqining eng mashhur ertaklari qatoriga
kirgan “Cinderella” ertagini bir-biriga qiyoslab beriladi.
“Zumrad va Qimmat” ertagida Zumrad ismli qiz ijobiy qahramon sifatida
gavdalanadi. U juda ham sabr-toqatli, maftunkor va mehnatkash qiz sifatida o‘zbek
xalqi orasida mashhur. Qimmat ismli o‘gay opasi esa dangasa, ishyoqmas, yalqovlik
bo‘yicha ertak qahramoniga aylangan. Lekin, Zumradga har kuni o‘gay onasi va
o‘gay opasi kun bermaydi, unga tinimsiz ish qildirar va uning ustidan mazah qilib
kulishadi. Bir kuni o‘gay ona eriga o‘gay qizi bo‘lmish Zumradni o‘rmonga olib
borib adashtirib kelishini buyuradi. Bundan bosh tortolmagan ota qizini o‘rmonga
olib borib, o‘sha yerda kutib turishini aytadi va o‘zi esa o‘tin to‘plagani kettim deb
uyga ravona bo‘ladi. Zumrad otasini kun botgunga qadar kutib o‘tiradi va
kelmaganidan so‘ng o‘zi otasini qidirishga otlanadi. Otasini o‘rmonda izlab yurgan
paytda yo‘lida bir sehrgar ayolga duch kelib qoladi. U ayol Zumradni uyiga taklif
qiladi va birga uyi tomon yo‘l olishadi. Zumrad mehnatsevar qiz bo‘lganligi sababli
bu ayolni uyida ham jim o‘tirolmaydi. Sehrgar ayolni uyini yig‘ishtirib, mazali
taomlar tayyorlaydi. Buni ko‘rgan ayol Zumraddan juda ham xursand bo‘ladi. Bir
necha kun o‘tgach Zumrad uylarini va otasini sog‘inganini aytib uyga ketmoqchi
bo‘ladi. Shunda ayol unga sandiq berib uni faqat uyga borganida ochishini
tayinlaydi. Zumrad aqlli va sabrli qiz bo‘lganligi sababli sandiqni uyga kelgandan
so‘ng ochadi va uni ichida turli qimmatbaho narsalar chiqqanini ko‘rgan o‘gay ona
eriga o‘z qizini ham o‘rmonda adashtirib kelishini buyuradi. Otasi Qimmatni ham
o‘rmonga olib borib adashtirib qaytadi. Keyin esa Qimmatga ham o‘sha sehrgar ayol
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
141
uchraydi. Uni ham uyiga taklif qiladi. Uyiga borgach Qimmat dangasa, yalqovligi
sababli hech qanday ish qilmay yotaveradi. Bundan ayolni achchig‘i chiqadi. Bir
necha kun o‘tgach Qimmat ham uyga ketmoqchiligini aytib unga sandig‘ini berishni
so‘raydi. Sehrgar ayol unga ham sandiq beradi va Zumradga aytgan gaplarini
tayinlaydi. Uni yo‘lda onasi kutib turgan bo‘ladi. Onasi va Qimmatning sabrsizligi
natijasida ular sandiqni ochib ko‘rishadi va ichida tilla uzuk borligini ko‘rib uni
olishga harakat qilib sandiqni ichiga tushishadi. Bu vaqtda sandiqni og‘zi berkilib
ularni uzoq-uzoqlarga olib ketadi. Shunday qilib, Zumrad va uning otasi baxtli hayot
kechirishadi.
“Cinderella” ertagida esa, Sinderella har kuni ertalab turib o‘gay onasi va
o‘gay opalari uchun ovqat pishiradi. Hamma yerni yig‘ishtirib saromjon -
sarishtalaydi. O‘rmonga borib o‘tin to‘plab keladi. Uning deyarli har kuni shu tarzda
davom etadi. Sinderellaning hayotida hayvonlardan boshqa do‘stlari yo‘q edi. Uy
ishlarini qilishda shu do‘stlari unga yordam berishadi. Kunlarning birida Sinderella
hayotida unutilmas bir voqea sodir bo‘ldi. Saroy a’yonlari ko‘chalar bo‘ylab aylanib
har bir uyga Qirol saroyida bo‘layotgan ballga taklifnoma tarqatishayotgandi va bu
ball orqali shahzoda o‘ziga rafiqa tanlab u bilan turmush qurmoqchi ekanligi e’lon
qilingandi. Sinderella ballga borishni juda ham istardi. U hayoti davomida hech ham
bunaqa kechalarda ishtirok etmagandi. Sinderellaning soddaligi tufayli unga
shahzodaning rafiqasi bo‘lish emas, balki ballga borib raqsga tushib, ball qanday
bo‘lishini ko‘rish muhim edi. Ammo Sinderellaning o‘gay onasi va opalari unga
shafqatsiz munosabatda bo‘lishadi, ballga borishiga ruxsat berishmaydi, chunki ular
Sinderellaning jozibali ko‘rinishiga hasad qilishardi. Bu javobni eshitgan Sinderella
o‘rmondagi daraxt tagida yig‘lab o‘tirgan paytida bir sehrgar ayol paydo bo‘ladi va
unga ballga borishiga yordam berishini aytadi. Bu gaplarni eshitgan Sinderella
ballga kiyishga mos ko‘ylagi va ballga kech qolganini aytib yana yig‘lashda davom
etadi. Sehrgar ayol sehrli tayoqchasi orqali Sinderellaga ballga kiyish uchun
jozibador ko‘ylak va maftunkor arava hadya qiladi. Buni ko‘rgan Sinderella sehrgar
ayolni quchoqlab raxmat aytadi va ball tomon yo‘l oladi. Ketayotgan paytida
Sehrgar ayol Sinderellaga yarim tunda qaytib kelishini, agar qaytmasa sehr o‘z
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
142
kuchini yo‘qotishini tayinlaydi. Sinderella ballga yetib boradi, ballga kirib kelishi
bilan hamma uning go‘zalligiga maftun bo‘lib qoladi, hattoki shahzoda ham. Keyin
shahzoda Sinderellani raqsga taklif qiladi. Sinderella rozi bo‘ladi va buni ko‘rgan
o‘gay onasi va opalari hasaddan ichlari yonib ketadi. Yarim tun yaqinlashganini
sezgan Sinderella arava tomon yuguradi. Shahzoda esa uning orqasidan chopadi.
Sinderella behosdan zinalardan biriga qoqilib tuflisini bir poyini tushurib qo‘yadi.
Buni topib olgan shahzoda ertasi kuni har bir xonadondagi qizga tuflini bir poyini
kiyidirib chiqishni buyuradi. Tufli kichkinaligi sababli hech bir qizni oyog‘iga
to‘g‘ri kelmaydi. Bundan xabar topgan o‘gay ona Sinderellani omborga olib kirib
berkitib qo‘yadi va saroy a’yonlari ularni xonadoniga kirgan payt Sinderellani
ovozini qo‘qqisdan eshitib qolishadi. Keyin Sinderellani topib tuflini oyog‘iga
kiydirib ko‘rishsa loyiq keladi. Darhol u haqida shahzodaga xabar berishadi.
Shundan so‘ng shahzoda va Sinderella turmush qurishib, baxtli hayot kechirishadi.
Xulosa.
E’tibor beradigan bo‘lsak, ikkala ertakda ham bir-biriga o‘xshash
jarayonlar mavjud. Lekin bu ertaklar bir-biridan turli xalqlarga tegishliligi bilan farq
qiladi. O‘xshash jihatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, bu ikki qiz bir xil sharoitda
ya’ni o‘gay ona va o‘gay opalar qo‘lida azoblanganliklari bunga yaqqol misol bo‘la
oladi. Ikkala qiz ham bu qiyinchiliklarga sabr-toqat bilan chidaganliklari ularning
yuksak matonatlaridan dalolatdir. Shu qiyinchiliklarga qaramay, bu ikki qizning
o‘g‘ay onalari va o‘g‘ay opalariga bo‘lgan munosabatlari samimiyligicha
qolaveradi. Bunday holatlar har bir qiz farzandga o‘rnak qilib ko‘rsatish uchun
arzirlidir. Bunga qo‘shimcha qilib aytishimiz joizki, bu ikki ertakda ham sehrgar
ayol obrazi mavjudligi va qizlarga qiyin vaziyatda yordam berganliklari ertakning
jozibadorligini oshirishga sabab bo‘lgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, ertaklar har bir bolaning nafaqat
dunyoqarashini yuksaltirishga, balki mittigina murg‘ak qalbini ezgulik bilan
to‘ldirishga ham xizmat qiluvchi yengilmas kuch hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbek xalq ertaklari. 2-jild. -T.: O‘zbekiston Davlat nashiryoti, 1963
2. Маслова В.А.Лингвокультурология:учебное пособие для студентос высших
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
143
учебных заведений.М.:Академия,2001.208с.
3. Маслова В.А.Лингвокультурология:учебное пособие. 4-е изд.М.,2010.
4. Кургузенкова Ж.В. Концептуализация женской красоты в английской
языковой культуре //Вестник Российского универститета дружбы народов.
Серия:Русский
и
иностранные
языки
и
методика
их
преподования.2016.№1.С.97-102.
5. Sarimsoqov B. O‘zbek folklorining janrlar sostavi. //O‘zbek folklori ocherklari. 3
tomlik, 1 -tom. Toshkent: "Fan", 1988. - B.64-85.
https://tafakkur.net/zumrad-va-qimmat/xalq-ogzaki-ijodi.uz
https://storiestogrowby.org/story/cinderella-fairy-tale-english-story-for-kids/
