Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
148
ALI IBN ABU-TOLIB HALIFALIGINING ILK YILLARI
Farg’ona davlat texnika universiteti
IJtimoiy fanlar va sport kafedrasi asistenti
Raxmatov Abbosbek Tolipjon o’g’li
Islom tarixining dastlabki davrlari, ayniqsa, to‘rt roshid xalifa davri,
musulmonlar uchun eng ibratli va murakkab davrlardan biri hisoblanadi. Bu davrda
yuz bergan siyosiy, ijtimoiy va diniy voqealar, keyingi islom sivilizatsiyasi
shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, to‘rtinchi xalifa bo‘lgan Hazrati Ali ibn
Abu Tolib roziyallohu anhu davrida yuzaga kelgan fitnalar, ichki ziddiyatlar va
janglar, musulmon jamiyatining birlik va barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ushbu maqolada aynan Hazrati Alining xalifalikka kelish jarayoni, voliylar
tayinlanishi, fitnachilar bosimi, Muoviya bilan bo‘lgan munosabatlar, Jamal va
Siffin urushlari kabi tarixiy voqealar tahlil qilinadi. Tadqiqot manbaviy asosda olib
boriladi va asosiy diqqat tarixiy haqiqatlarni xolis yoritishga qaratiladi.
Период правления праведных халифов занимает особое место в
истории ислама как один из самых значимых и в то же время сложных
этапов. Политические и религиозные события того времени оказали
решающее влияние на дальнейшее развитие исламской цивилизации. Особенно
драматичным был период халифата Али ибн Абу Талиба (да будет доволен им
Аллах), который пришёл к власти в условиях нарастающих внутренних смут,
отсутствия централизованной власти и усилившегося давления со стороны
различных групп. Настоящая статья посвящена изучению причин, хода и
последствий политических решений Али, назначения новых губернаторов,
конфликта с Муавией, а также таких значимых событий, как битвы при
Джамале и Сиффине. Работа основана на достоверных источниках и
направлена на объективный исторический анализ.
The era of the Rightly Guided Caliphs represents one of the most formative
and challenging periods in Islamic history. The events during this time laid the
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
149
foundation for much of the subsequent Islamic civilization. Among these, the
caliphate of Ali ibn Abi Talib (may Allah be pleased with him) stands out for the
political turmoil, internal divisions, and major conflicts it witnessed. He assumed
leadership during a time of severe unrest, lack of centralized military control, and
growing pressure from dissident factions. This article focuses on examining the
circumstances surrounding Ali’s accession to the caliphate, his appointments of
provincial governors, the opposition from Muawiyah, and the major confrontations
of Jamal and Siffin. The study is based on reliable historical sources and aims to
provide an impartial and scholarly analysis of these critical events.
Asosiy qism
Hazrati Alining roziyallohu anhu xalifalikka saylanishi Islom tarixidagi eng
og‘ir, eng sinovli davrga to‘g‘ri keldi. Hijriy 35-yil Zulhijja oyida boshlangan bu
davr hijriy 40-yil 17-Ramazonida nihoyasiga yetdi. Bu vaqt mobaynida Islom
ummati fitna, ichki ixtilof va siyosiy parokandalikdan aziyat chekdi. Xalifalik
markazi viloyatlardan ajralib qolgani, markaziy hokimiyatning kuchsizligi, yagona
armiyaning yo‘qligi Hazrati Ali roziyallohu anhuning faoliyatini jiddiy cheklab
qo‘ydi.
Hazrati Usmon roziyallohu anhu shafqatsizlarcha o‘ldirilgach, musulmonlar
chuqur qayg‘uga cho‘mdi. Eng ko‘p g‘amga botgan shaxs esa aynan Hazrati Ali
bo‘lganini tarixchilar bir ovozdan tasdiqlaydilar. Bu holat, ayniqsa, Shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning quyidagi so‘zlarida yaqqol namoyon
bo‘ladi: “Har bir islom tarixchisi shuni anglashlari kerakki – Hazrati Usmonning
o‘ldirilishidan eng qattiq g‘amga tushgan inson bu Ali ibn Abu Tolibdir” [1].
Hazrati Ali roziyallohu anhu xalifalikka kelgan zahoti davlatni isloh qilish
choralarini ko‘ra boshladi. Eng avvalo, viloyatlardagi noiblarni o‘zgartirishga
kirishdi. Basraga Usmon ibn Hunayfni, Kufaga Umora ibn Shihobni, Yamanga
Ubaydulloh ibn Mas’udni, Misrga Qays ibn Sa’d ibn Ubadani, Shomga esa Sahl ibn
Hunayfni tayinladi [1]. Biroq bu yangi tayinlovlar turli qarshiliklarga uchradi va
mahalliy ixtiloflar kuchayib bordi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
150
Hazrati Ali tomonidan chiqarilgan muhim farmonlardan biri – Hazrati
Usmonning qarindoshlariga berilgan boyliklarni Baytulmolga qaytarish haqidagi
buyrug‘i edi. Bu qarorning ikki sababi bo‘lgan. Birinchisi, Hazrati Usmon
roziyallohu anhu juda saxiy va yumshoqtabiat inson bo‘lgani sababli ayrim shaxslar
bundan foydalanib, ortiqcha boylik orttirgan edi. Ikkinchisi, Hazrati Ali bu ishlarni
fitnachilarning bosimi ostida qilishga majbur bo‘lgan edi [1].
Muoviya roziyallohu anhu, Hazrati Umar va Usmon xalifaliklari davrida
Shom voliyligida xizmat qilgan edi. Hazrati Ali roziyallohu anhu esa xalifa
bo‘lgach, uni lavozimidan olishga qaror qildi. Biroq bu qaror ham fitnachilarning
tazyiqi ostida qabul qilingan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Chunki Hazrati Ali
xalifa bo‘lishidan avval Muoviya bilan yaxshi aloqada edi. Keyinchalik isyonchilar
Qays ibn Sa’dni ham Misr voliyligidan bo‘shatishga erishdilar va buning natijasida
Misrdagi vaziyat izdan chiqdi.
Hazrati Ali Shomga voliy sifatida Abdulloh ibn Umarning roziyallohu anhu
nomzodini ilgari surdi. Ammo Ibn Umar bu taklifni rad etdi va Hazrati Alidan o‘zini
bu mas’uliyatdan ozod qilishini so‘radi [2]. Ibn Umarning Hazrati Ali bilan bo‘lgan
munosabati ba’zi manbalarda noto‘g‘ri talqin qilingan bo‘lsa-da, aslida u xalifaga
bay’at bergan, unga sadoqatli bo‘lgan va uning ishonchini qozongan sahobalardan
biri edi. Imom Zahabiy keltirgan rivoyatda aytilishicha, Ibn Umar: “Ali meni
Shomga yubormoqchi bo‘ldi, lekin men uni Payg‘ambarga yaqinligim haqqi-
hurmati so‘rab rad etdim”, degan [3].
Ushbu holatlar shuni ko‘rsatadiki, Hazrati Ali roziyallohu anhu xalifalik
vazifasini ado etishda harakat qilgan bo‘lsalar-da, fitnachilar tomonidan to‘sqinliklar
ko‘plab bo‘lgan. Ularning bosimi bilan qilingan ayrim islohotlar keyinchalik jiddiy
ixtiloflarga sabab bo‘ldi. Bu ixtiloflar Jamal va Siffin janglariga olib keldi. Ayniqsa,
Siffin jangi – Hazrati Ali va Muoviya o‘rtasidagi eng katta qarama-qarshilik sifatida
tarixga kirgan. Imom Navaviy bu janglar haqida shunday deydi: “Bu urushlar sababi
– muammoning chigalligi edi. Ijtihodlar farqligi sababli taraflar uch qismga bo‘lindi:
haq Ali tarafida deb bilganlar, unga qarshi chiqqanlar va chetda turganlar” [10].
Ahamiyatli jihati shundaki, sahobalar o‘rtasidagi bu ixtiloflar ularning
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
151
Islomga sadoqati yoki aqidaviy ziddiyatidan kelib chiqmagan. Ibn Hazmning fikriga
ko‘ra, “Muoviya Alining fazilatini va xalifalik haqqini inkor etmagan. U faqat
Usmonning qotillaridan qasos olishni bay’atdan ustun qo‘ygan” [7].
Xulosa qilganda, Hazrati Ali roziyallohu anhu xalifaligi davri – sinovli,
murakkab va fitna-yu ixtiloflarga to‘la bo‘lgan davr edi. U zot qanchalik adolat va
birlikni ta’minlashga intilmasinlar, fitna tarqatuvchilarning kuchi sababli bu maqsad
to‘la ro‘yobga chiqmadi. Ammo u kishi qilgan harakatlar, ijtihodlar va sabr-toqati
orqali Islom tarixida doimo ibrat va e’tibor bilan tilga olinadigan ulug‘ shaxsiyat
bo‘lib qolganlar.
Xulosa
Hazrati Ali roziyallohu anhuning xalifaligi Islom tarixidagi eng murakkab
davrlardan biri bo‘lib, bu davr ijtimoiy, siyosiy va diniy inqirozlar bilan to‘la
bo‘lgan. U zot xalifa bo‘lishi bilanoq adolatni qaror toptirish, zulmga chek qo‘yish
va fitnalarni bartaraf etish yo‘lida fidokorona harakat qildilar. Viloyatlarda yangi
noiblar tayinlashi, Baytulmoldagi adolatsizliklarni tugatishga bo‘lgan urinishlar va
ijtimoiy islohotlar shundan dalolat beradi.
Ammo Hazrati Ali duch kelgan asosiy muammo — bu fitnachilarning
doimiy bosimi, markaziy hokimiyatning kuchsizligi va sobiq xalifa Usmon
roziyallohu anhuning o‘limi sabab yuzaga kelgan siyosiy beqarorlik edi. Ayniqsa,
Muoviya roziyallohu anhuning Shomda o‘z ta’siriga ega bo‘lib qolishi, Ibn
Umarning rad etilgan voliylik taklifi, Misrdagi boshboshdoqlik – bularning barchasi
Hazrati Alining qarorlarini amalga oshirishda jiddiy to‘siqlar bo‘ldi.
Shunga qaramay, Hazrati Ali har bir islohotida Qur’on va Sunnat asosida
ijtihod qilgan, fitnaga yo‘l bermaslik uchun imkon qadar sabr va metinlik ko‘rsatgan.
Sahobalar o‘rtasidagi ixtiloflar esa ularning dinga sadoqati yoki iymoni zaifligi
belgisi emas, balki o‘ziga xos ijtihodiy farqlar natijasi edi. Bu masalaga chuqur,
ilmiy va adolatli yondashish hozirgi zamon musulmonlari uchun ham muhim ibrat
manbaidir.
Hazrati Ali roziyallohu anhuning shaxsi, siyosiy faoliyati va islohotlari
islomshunoslik fanida o‘rganilishi zarur bo‘lgan chuqur mavzu bo‘lib, uni tahlil
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
152
qilish orqali musulmon jamiyatlarida siyosiy barqarorlik, adolat va birlik
masalalariga aniqroq yondashuv hosil qilish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi. Toshkent: Hilol-nashr,
2016.
2. Imom Muslim. Sahih Muslim. Qohira: Darul Hadis, 2005.
3. Imom Zahabiy. Siyar A’lami’n-Nubalo’. Bayrut: Risalah, 1997.
4. Tabariy, Muhammad ibn Jarir. Tarix ar-Rusul val-Muluk. Qohira: Darul Ma’rifah,
1987.
5. Ibn Sa’d. At-Tabaqat al-Kubra. Bayrut: Dar Sadr, 1990.
6. Ibn Kasir. Al-Bidaya wa’n-Nihaya. Bayrut: Maktabat al-Ma’arif, 1993.
7. Ibn Hazm. Al-Fasl fi’l-Milal wa’n-Nihal. Bayrut: Dar al-Jil, 1985.
8. Imom Navaviy. Sharh Muslim. Bayrut: Dar al-Fikr, 1996.
9. Ibn Abdul Barr. Al-Isti’ab fi Ma’rifat al-Ashab. Qohira: Dar al-Jami’a, 1989.
10. Muhammad Abu Zahra. Tarikh al-Mazahib al-Islamiyya. Qohira: Dar al-Fikr,
2000.
