Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
153
ISLOMDA GAROV MASALALARINING KLASSIK VA
ZAMONAVIY TALQINI
CLASSICAL AND CONTEMPORARY INTERPRETATIONS OF
PLEDGE (RAHN) IN ISLAM
КЛАССИЧЕСКАЯ И СОВРЕМЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ
ЗАЛОГОВЫХ ОТНОШЕНИЙ В ИСЛАМЕ
IRODA NOROVA,
MASTER’S DEGREE STUDENT IN THE SPECIALTY OF
ISLAMIC ECONOMICS AND FINANCE
INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN
A.QADIRI STR. 11, 100011, TASHKENT, UZBEKISTAN
KIRISH
Rahn yoki garov tushunchasi zamonaviy islom moliyasi amaliyotida
Shariatga muvofiq ta’minot vositasi sifatida keng qo‘llanilib, qarzlar yoki boshqa
moliyaviy majburiyatlarni ribodan holi tarzda kafolatlash imkonini beradi. Rahn
risklarni boshqarish va mitigatsiya qilishda muhim instrument hisoblanib, garov
beruvchiga ishonch va mulk huquqi asosida moliyalashtirish olish imkonini taqdim
etadi. Bugungi kunda rivojlanayotgan islom moliya tizimi sharoitida rahn moliyaviy
bitimlarning ishonchliligi va ishtirokchilarning huquqiy himoyasini ta’minlashda
dolzarb ahamiyatga ega.
Islom tijorat huquqida rahn masalasi, ayniqsa, Qur’oni Karimning Baqara
surasi 283-oyatida zikr qilingan bo‘lib, bu oyat rahnning ishonch asosidagi
moliyaviy munosabatlarni mustahkamlovchi vosita ekanligini tasdiqlaydi (M.S.M.
Yusuf, 2013). Rahnning ilk rasmiy huquqiy shakli 19-asrda Usmoniylar davlati
tomonidan qabul qilingan “Majalla al-Ahkam al-Adliyya” fuqarolik kodeksida o‘z
aksini topgan (Tyser, Demetriades and Effendi, 1901). So‘nggi yillarda islom moliya
institutlari
tomonidan
taklif
etilayotgan
moliyaviy
mahsulotlarning
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
154
diversifikatsiyalashuvi rahn tushunchasini zamonaviy talablarga moslashtirish
zaruratini keltirib chiqardi. Bu ehtiyojga javoban, Islom moliyasi muassasalari
uchun buxgalteriya va audit tashkiloti (AAOIFI) tomonidan rahn shartnomasining
zamonaviy qo‘llanilishini tartibga soluvchi 39-sonli Shariat standarti ishlab
chiqilgan.
Ushbu maqola “Majalla al-Ahkam al-Adliyya”dagi rahnning klassik modeli
va AAOIFI 39-sonli Shariat standartidagi zamonaviy talqinini tizimli ravishda
taqqoslash orqali ushbu sohadagi ilmiy bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan.
Tadqiqotda asosiy fiqhiy tafovutlar, tuzilmadagi o‘zgarishlar va ularning islom
moliya huquqining shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi.
ASOSIY QISM
Tadqiqot obyekti va metodologiyasi
Maqolada “Majalla al-Ahkam al-Adliyya”dagi garovga oid qoidalar va
AAOIFI 39-sonli “Rahn” Shariat standartida bayon etilgan zamonaviy talqin
o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinadi. Taqqosloviy yondashuv garov shartnomasining
tuzilishi, garov obyektining tabiati, egalik shakllari, tomonlarning huquq va
majburiyatlari kabi mezonlar asosida amalga oshiriladi. Tahlil har ikki manbaning
matnlariga asoslanib, ularning mohiyatini aniqlashtirish va o‘zaro farqlarni asosli
ravishda ko‘rsatishga qaratilgan.
1. Garov shartnomasining tuzilishi
“Majalla al-Ahkam al-Adliyya” garov shartnomasini qat’iy fiqhiy qoidalarga
asoslangan holda tartibga soladi, unda garov obyektining jismoniy mavjudligi, aniq
qiymati va garov beruvchining to‘liq egalik huquqi talab qilinadi. AAOIFI standarti
esa zamonaviy moliyaviy operatsiyalarga moslashgan holda, shartnoma tuzilishida
moslashuvchanlikni ta’minlaydi va nomoddiy aktivlarni ham garov sifatida qabul
qiladi.
1-rasm. Garov shartnomasining tuzilishi bo‘yicha taqqoslama tahlil
natijalari
(Rasmda garov shartnomasining tuzilishidagi klassik va zamonaviy
yondashuvlarning asosiy farqlari grafik shaklda tasvirlanadi.)
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
155
2. Garov obyektining tabiati
Klassik yondashuvda garov obyekti faqat jismoniy, aniq qiymatga ega va
garov beruvchi tomonidan to‘liq egalik qilinadigan mulk bo‘lishi shart. AAOIFI
standarti esa nomoddiy aktivlar (masalan, shartnomaviy huquqlar, daromad
oqimlari) va ijaraga olingan mulklarni ham garov sifatida qabul qiladi.
1-jadval. Garov obyektining tabiati bo‘yicha taqqoslama
Yondashuv
Majalla
al-
Ahkam
al-
Adliyya
AAOIFI
39-son
Shariat standarti
Taqqosloviy xulosa
Garov
obyekti
Jismoniy,
aniq
qiymatga
ega,
to‘liq
egalikdagi
mulk. Hayoliy yoki
mavjud bo‘lmagan
mulklar
garov
bo‘lmaydi.
Jismoniy va nomoddiy
aktivlar (shartnomaviy
huquqlar,
ijara
huquqlari).
Shariatga
muvofiq
halol
va
qiymatga ega bo‘lishi
kifoya.
Klassik
yondashuv
qat’iy shartlarga ega
bo‘lsa,
AAOIFI
zamonaviy ehtiyojlarga
mos
moslashuvchan
yondashuvni qo‘llaydi.
3. Qabd (egalik) talablari
“Majalla”da qabd jismoniy egalik shaklida talab qilinadi, ya’ni garov obyekti
garov oluvchiga topshirilishi shart. AAOIFI standarti esa huquqiy (konstruktiv)
egalikni ham tan oladi, masalan, ro‘yxatga olish yoki hujjatlashtirish orqali. Bu
zamonaviy operatsion qulayliklarni ta’minlaydi.
2-rasm. Qabd talablari bo‘yicha Venn diagrammasi
(Rasmda klassik va zamonaviy yondashuvlardagi o‘xshashlik va farqlar
Venn diagrammasi orqali tasvirlanadi.)
4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Klassik yondashuvda garov oluvchi garovni qarz to‘liq to‘langunga qadar
ushlab turish huquqiga ega, lekin garov obyekti foydasidan ruxsatsiz foydalana
olmaydi. AAOIFI standarti garov oluvchiga bozor qiymatida haq to‘lash orqali
garovdan foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, zamonaviy yondashuvda garov
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
156
shartnomasi tomonlarining huquq va majburiyatlari aniqroq tartibga solinadi.
MUHOKAMA
Taqqosloviy tahlil natijalari rahn institutining klassik va zamonaviy
talqinlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqladi. Har ikki yondashuv rahnni
ishonch asosidagi ta’minot vositasi sifatida tan olsa-da, zamonaviy yondashuv jahon
moliya tizimining evolyutsiyasi va huquqiy normalarining rivojlanishi natijasida
kengroq qamrovga ega. Xususan:
Garov obyekti tabiatida
: Klassik yondashuv faqat moddiy aktivlarni
qamrab olsa, AAOIFI nomoddiy va ijaraga olingan aktivlarni ham qabul qiladi.
Qabd masalasida
: Klassik yondashuv jismoniy egalikni talab qilsa,
zamonaviy yondashuv huquqiy egalikni maqbul deb topadi.
Foydalanish huquqida
: Klassik model kreditorning garovdan ruxsatsiz
foydalanishini cheklasa, AAOIFI bozor qiymatida foydalanishga ruxsat beradi.
Ushbu tafovutlar islom moliyasining zamonaviy ehtiyojlarga moslashuvi va
fiqhiy tafakkurdagi dinamik rivojlanishni aks ettiradi. AAOIFI standartlari klassik
fiqhiy tamoyillarga asoslangan holda, zamonaviy moliyaviy amaliyotlarga mos
huquqiy aniqlik va moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
XULOSA
Ushbu ilmiy maqolada islom tijorat huquqining muhim instrumentlaridan
biri - rahn tushunchasining klassik yondashuvi - “Majalla al-Ahkam al-Adliyya” va
zamonaviy normativ yondashuvi - AAOIFI 39-son Shariat standarti o‘rtasidagi
taqqosloviy tahlil amalga oshirildi. Tadqiqot davomida garov shartnomasining
tuzilishi, garov obyekti tabiatining tafovutlari va o’xshash jihatlari, egalik (qabd)
talablari hamda garov shartnomasi tomonlarining huquq va majburiyatlari kabi
muhim mezonlar asosida har ikki manbaning yondashuvlari solishtirildi.
Amalga oshirilgan tahlillarning natijalari shuni ko‘rsatdiki, AAOIFI
tomonidan ishlab chiqilgan standartlar, jumladan rahn masalalariga bag’ishlangan
Shariat standarti ko‘proq boyitilgan tafsilotlar va huquqiy mexanizmlar orqali
bugungi kungacha rivojlanib va takomillashib kelayotgan islom moliya institutlari
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
157
faoliyat jarayonlarini tartibga solishda va ular amaliyoti davomida yuzaga
kelayotgan masalalarga shar’iy yechimlar berishda asosiy xizmat qilayotganlar
safida hisoblansada, ularning asosiy tamoyillari klassik fiqhiy manba, jumladan
"Majalla al-Ahkam al-Adliyya" asariga tayanib, aynan ushbu asar garov
instrumentining huquqiy strukturasi va fiqhiy asoslarini tizimli ravishda bayon
qilgan ilk kodifikatsiya sifatida zamonaviy yondashuvlar uchun mustahkam
poydevor bo‘lib xizmat qilgan.
Shu jihatdan, ushbu ilmiy maqola islom moliyasida fiqhiy yondashuvlar va
zamonaviy normativ hujjatlar o‘rtasidagi huquqiy uzviylikni anglash, shuningdek,
garov shartnomasining takomillashuvi va tatbiq doirasining kengayishini
tushunishda nazariy asos bo‘la oladi.
Manba va adabiyotlar ro‘yxati
1.
AAOIFI (2021). Shari’ah Standard No. 39: Rahn (Pledge). In: Shari’ah
Standards. 3rd ed. Manama: Accounting and Auditing Organization for Islamic
Financial Institutions, pp. 655–672.
2.
Ottoman Empire (1876).
Majalla al-Ahkam al-Adliyya.
Istanbul: Official
Gazette of the Ottoman Empire.
3.
Yusuf, M.S.M. (2013). Tafsiri Hilol. 1-jild: Baqara surasi tafsiri. 3rd ed.
Tashkent: Hilol-Nashr. pp. 590–600.
4.
Tyser, C.R., Demetriades, D.G. and Effendi, I. (1901). The Mejelle: Being an
English Translation of Majallah el-Ahkam-i-Adliya and a Complete Code of Islamic
Civil Law. Lahore: The Law Publishing Company.
5.
Bank Negara Malaysia (2010). Shariah Resolutions in Islamic Finance. 2nd ed.
Kuala Lumpur: Bank Negara Malaysia, pp. 63–66.
6.
Saeed, A. (2004). Rahn (Pledge) as a Security in Islamic Law. Arab Law
Quarterly, 19(3), pp. 249–266.
7.
Usmani, M.T. (2002). An Introduction to Islamic Finance. Karachi: Idaratul
Ma'arif.
8.
Thani, N.N., Abdullah, M.R. and Hassan, M.K. (2003). Law and Practice of
Islamic Banking and Finance. Kuala Lumpur: Sweet & Maxwell Asia.
