Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
33
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA EKOLOGIK MADANIYATNI
SHAKLLANTIRISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Mamatova Kamola Fayziyevna
Mirishkor tumani 21-maktab oʻqituvchisi
Umirova Mohinur Mirzo qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
“Boshlangʻich ta’lim” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida
ekologik madaniyatni shakllantirishning mazmun va mohiyati yoritilgan.
Kalit soʻzlar: ekologik madaniyat,tabiat,atrof-muhit, ekologik muammolar,
insoniyat, oʻsimliklar, hayvonot dunyosi, sogʻlom hayot, globallashuv, tejamkorlik.
Abstract: This article discusses the content and essence of forming an
ecological culture among primary school students.
Key words: ecology, environment, ecological problems, humanity, plants,
animals, healthy life, globalization, saving.
KIRISH:
Barchamizga maʼlumki, bugungi kunga kelib, respublikamiz va qolaversa
butun dunyo miqiyosidagi ekologik global muammolar insoniyatni chuqur
muhokama qilishga undab kelmoqda. Tabiat va insoniyat oʻrtasidagi bogʻliqlik bir-
biri bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, biri ikkinchisini taqozo etadi. Atrof-
muhitni, tabiatni muhofaza qilish, yer yuzida vujudga kelayotgan koʻplab global
muammolarni oldini olish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib
ulgurdi. Shunday ekan shu kabi muammolarni oldini olish uchun esa, insonlarda
tabiatga boʻlgan munosabatni va shu bilan bir qatorda, atrof-muhitni toza va ozoda
saqlash kabi tushunchalarni barchani ongiga singdirish zarur hisoblanadi. Bizni
oʻrab turgan olam, muhit qanchalik musaffo boʻlsagina, insoniyat shuncha koʻp
uzoq yashash koeffitsienti koʻrsatkichi oshib boraveradi. Xoʻsh, insoniyat oʻrtasida
ekologik madaniyatni qay yoʻsinda shakllantirsak, bugungi kunda yuz berayotgan
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
34
koʻplab global muammolarni oldini olishimiz mumkin degan savol masalaning
asosiy markazidir.
MAQSAD:
Tadqiqotdan asosiy koʻzlangan maqsad, boshlangʻich sinf
oʻquvchilarida ekologik madaniyatni erta shakllantirish orqali, ulardagi atrof-
muhitni, tabiatni asrab-avaylash haqidagi qator tushunchalarni shakllantirish. Shu
bilan bir qatorda, ulardagi ekologik ongni va ekologik madaniyatni rivojlantirishdagi
qator chora-tadbirlar hisoblanadi.
MATERIALLAR VA METODLAR:
tadqiqot mobaynida boshlangʻich
sinf oʻquvchilaridagi tabiat va uni asrab-avaylash va ekologiya haqidagi tasavvur va
tushunchalari oʻrganishga qaratiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR:
Har bir oʻsib kelayotgan yosh avlod,
Vatan ertasi, kelajak umidi hisoblanadi. Bolaga yoshlik paytlaridanoq toʻgʻri
tarbiyalab borilsa, kun kelib sogʻlom va teran fikrlaydigan shaxs sifatida kamol
topadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida eng muhim va zarur tushunchalarni
singdirib borilishida har bir pedagogning oʻrni juda katta hisoblanadi. Bolaga
yoshlik davrlarining dastlabki paytlaridanoq, tabiatga boʻlgan mehrni, atrof-muhitni
asrab-avaylash kabi tushunchalarni shakllantirish orqali, ularda asta-sekinlik bilan
“ekologik madaniyat”ni shakllantirib borishga erishish mumkin. Shu oʻrinda
“ekologiya” atamasini mazmun mohiyatini sharhlaydigan boʻlsak, ekologiya soʻzi
qadimgi yunon tilidan olingan boʻlib, “ekos” uy, turar joy degan maʼnolarni
anglatadi. Ekologiya bu organizmlarning bir-birlari hamda tashqi muhit bilan
munosabatlarini oʻrganuvchi fan hisoblanadi. “Ekologik madaniyat”, “ekologik
ong” kabi tushunchalarga izoh beradigan boʻlsak, ekologik madaniyat bizni oʻrab
turgan atrof-muhitni asrab-avaylashga boʻlgan ongli munosabatdir. Biz bu kabi
tushuncha va koʻnikmalarni boshlangʻich ta’lim davridan boshlab, ularni ongida
singdirib borishimiz maqsadga muvofiq boʻladi. Tabiatga zarar yetkazish emas,
balki uni koʻz qorachigʻimizdek asrab-avaylash darkorligi, tabiat va insoniyat
oʻrtasidagi chambarchas bogʻliqlik haqida koʻplab tushunchalarni berish zarurdir.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik ongni shakllantirish dastlab
oiladan boshlanadi. Bolaga ota-ona tomonidan kerakli va zarur boʻlgan oʻgitlarni,
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
35
tushunchalar berib borilsa, bolalarda ilk tushunchalar paydo boʻla boshlaydi.
Koʻplab tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, yer yuzida kelib chiqayotgan koʻplab
ekologik muammolarni yuzaga kelishiga, insonlardagi ekologik bilimlar va
tushunchalarni yetishmasligi va qator qonun-qoidalarga rioya qilmasliklari asosiy
sabab etib koʻrsatiladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik madaniyatni
shakllantirishda sinf rahbarining ham oʻrni katta hisoblanadi. Sinf xonasini toza-
ozoda tutish, yon atrofga chiqindilarni tashlamaslik va yana bir qancha tavsiyalarni
berib oʻtishi maqsadga muvofiqdir.Oʻquvchilarda oʻsimliklar dunyosi, hayvonot
dunyosini asrab-avaylash kabi koʻnikmalarni eslatib oʻtish ham ulardagi ekologik
madaniyatni shakllantirishda muhim omil vazifasini oʻtaydi. Suvni isrof qilmaslik,
elektr energiyasidan oqilona foydalanish va yana boshqa shu kabi tushunchalarni
boshlangʻich sinf oʻquvchilari ongida qancha erta shakllantirilsa, yuzaga keladigan
ekologik omillarni oldini olishga erishiladi. Oʻquvchilarda ekologik madaniyatni
shakllantirishda koʻrgazmalilik metodidan ham oqilona foydalansa, yaxshi samara
beradi. Yaʼni AKT vositalari orqali tabiatni asrab-avaylash va atrof-muhitni toza
saqlash va yana shunga oʻxshash mazmun aks etgan ibratli videoroliklar, qisqa
metrajli filmlarni oʻquvchilarga havola etish orqali, ekologik madaniyatni
shakllantirishga erishish mumkin boʻladi.
XULOSA:
Umumiy qilib aytganda, boshlangʻich sinf oʻquvchilarida
ekologik madaniyatni shakllantirish juda muhim jarayon hisoblanadi. Ulardagi
ekologik madaniyatni shakllantirishdan asosiy koʻzlangan maqsad esa, yosh avlodda
atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Zero kelajakni obod etishni bugundan boshlamoq darkordir. Oʻquvchilarda ekologik
ong, madaniyatni qancha erta shakllantirsak, kelgusida yuzaga kelishi mumkin
boʻlgan global muammolarni oldini olishga muvaffaq boʻlishimiz mumkin. Tabiatni
muhofaza qilish va asrab avaylash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Ekologik tarbiya inson ongiga yoshlikdan singdirib borilsa, kelgusida oʻzining
yaxshi samarasini beradi. Shunday ekan atrof-muhitni koʻz qorachigʻimizdek asrab-
avaylash, tabiatni muhofaza qilish va unga zarar yetkazmaslik, har bir insonning eng
oliy burchi hisoblanadi. Qaysiki jamiyatda insonlar oʻrtasida ekologik madaniyat
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
36
qaror topgan boʻlsa, oʻsha jamiyatda sogʻlom hayot kechirish koʻrsatkichi va uzoq
umr koʻrish foizi oshib boradi. Zero “Tabiatni saqlash-kelajakni saqlash” demakdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Iskandarova D., “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik tarbiyani
shakllantirish mazmuni”, “Scientific Progress” ilmiy-metodik jurnali;
2. Karamatova D., “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik madaniyatni
shakllantirishdagi muammo va yechimlari”, “Journal or new century innovations”;
3. Nuriddinova, “Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi” - Choʻlpon nashriyoti;
4. Shermatova U., “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ekologik madaniyatni
rivojlantirish xususiyatlari”, “INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY”
