Yangi O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash

Azamat Toshev

Ushbu risolada O‘zbekiston Respublikasining millatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish hamda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, 2017–2024-yillarda O‘zbekistonda xavfsizlikni ta’minlash, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlarining “xalq diplomatiyasi” mexanizmi asosida do‘stona
madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, ko‘pmillatli va turli konfessiyali Yangi O‘zbekiston davlatining taraqqiyotiga qaratilgan hamkorligi,
chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do‘stlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan.
Mazkur risolani tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalanildi.
Risola siyosatshunoslar, etnolog-antropologlar, sotsiologlar, pedagoglar, ijtimoiy fanlar yo‘nalishidagi talabalar, millatlararo
munosabatlar, xalqaro munosabatlar sohalari mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Risola O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 15-noyabrdagi 02-07/6804-son xulosasiga asosan
tayyorlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashining 2024-yil 19-noyabrdagi 3-son majlisi qarori bilan nashrga
tavsiya etildi.

26

Koʻrishlar

0

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos