Overbal tilni idrok etishda pragmatik kompetensiya

Doniyor Mukhammadov

Imo-ishora,  Mimika,  Pantomimika,Exologik, ya‘ni aks  sado,  Signifikatsiya, Daktilogik (barmoq nutqi). Inson er yuzasidan hayot va faoliyat ko΄rsatish davrining dastlabki pallasida asosiy nutq turi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. SHuning  uchun  etnik  stereotiplar asosida muayyan  kechinmalarni,  ma‘lum axborotlarni shaxslararo  munosabat  jarayonida  uzatish  va qabul  qilishda ifodalanuvchi  tovushsiz,  lekin  ma‘noli,  mazmunli  nutq  turi  imo-ishorali  nutq deyiladi.  Masalan,  o ΄zbeklarda  fikrni  tasdiqlash old  tomonga  bosh  siltash bilanifodalansa, xuddi shu ma‘noni bulg΄ orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib keladi. Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jimjiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilinmaydi. Aksariyat hollarda imo-ishora his-tuyg ΄usiz namoyon bo ΄ladi va shaxslararo munosabatning tub ma‘nodagi ham quroli, ham vositasi funksiyasini bajarib kelgan. Lekin uni his-tuyg ΄usiz deb nomlash ham ilmiy amaliy qiymatini pasayishiga olib keladi, bu holat uning ijtimoiy funksiyani o ΄zida  aks  ettiradi, shaxslararo  munosabat  mag ΄zini  tashkil  etib kelgan, ba‘zida hozirgi zamonda ham undan keng ko ΄lamda foydalaniladi.

36

Abstract views:

13

Downloads:

hh-index

0

Citations