THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
107
OʻZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA OBRAZ VA UNING TURLARI
Atadjanov Gʻulomjon
Oʻz R FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti
tayanch doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15549745
Annotatsiya:
Mazkur maqolada oʻzbek adabiyotshunosligida obraz va
uning turlari atroflicha tahlilga tortilgan. Tarixiy dramalardagi obrazlarning
turlari sanab koʻrsatiladi.
Kalit soʻzlar:
badiiy obraz, obraz va uning turlari, tarixiy obraz, toʻqima
obraz, tush, diniy va tasavvufiy obrazlar.
Abstract:
This article provides a detailed analysis of the image and its types
in Uzbek literary studies. The types of images in historical dramas are listed.
Keywords:
artistic image, image and its types, historical image, woven
image, dream, religious and mystical images.
Аннотация:
В статье дается комплексный анализ образа и его типов в
узбекском
литературоведении.
Перечислены
типы
персонажей
исторических драм.
Ключевые слова:
художественный образ, образ и его типы,
исторический образ, тканый образ, сновидение, религиозно-мистические
образы.
Oʻzbek adabiyotshunosligida badiiy obrazga quyidagicha ta’rif beriladi:
“adabiyot va san’atning fikrlash shakli, olam va odamni badiiy idirok etish
vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi. Lug’aviy ma’noda har qanday aksni
bildiruvchi “obraz” soʻzi turli fan sohalarida (falsafa, psixologiya) muayyan
terminologik ma’noda qoʻllanadi. Jumladan, estetika va adabiyotshunoslikda u
“badiiy obraz” ma’nosida tushuniladi” . Adabiyotshunos D.Quronov “badiiy
obraz” atamasi tor va keng ma’noda ishlatilishini qayd etadi: “Keng ma’noda
“badiiy obraz” deganda borliqning san’atkor koʻzi bilan koʻrilgan va ijodiy qayta
ishlangan har qanday aksi (jonivorlar, narsa-buyumlar, hodisalar, tabiat
obrazlari) nazarda tutilsa, tor ma’noda badiiy asardagi inson obrazi tushiniladi” .
Badiiy obraz ma’no va mazmun jihatdan bir qancha turlarga boʻlinadi.
“Adabiyotshunoslikda badiiy obrazlar turlicha tasnif etiladi, bu turlichalik tasnif
uchun qaysi jihat asos qilib olingani bilan bog’liqdir. Jumladan, ijodkor etetik
ideali bilan munosabatiga koʻra ijobiy va salbiy obrazlar, ijodiy metodga koʻra
realistik, romantik va b., yaratilish usuliga koʻra fantastik, grotesk va b., xarakter
xususiyati va estetik belgisiga koʻra tragik, satirik, yumoristik obrazlar
farqlanaveradi. Shuningdek, ba’zan badiiy obrazning tasvir planidan kelib chiqib,
inson obrazi, jonivorlar obrazi, narsa-buyumlar obrazi tarzidagi atamalar ham
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
108
qoʻllanadi” . Dramaturg tarixiy drama yozar ekan, hayotiy haqiqatga odilona
munosabatda boʻlishi kerak. Tarixiy shaxs yoki tarixiy voqeani aniq va toʻg’ri
ifolashga harakat qiladi. Bosh qahramon faoliyati va taqdiri bilan bog’liq oʻrinlar
fakt bilan badiiy toʻqimaning oʻzaro qoʻshilishi natijasida yangi asar paydo
boʻladi. Dramaturg asarda tarixiy faktlarga nihoyatda e’tibor va ehtiyotkorlik
bilan yondoshmog’i lozim.
“Ma’lumki, tarixiy asarda yozuvchi badiiy toʻqimadan foydalanishi mumkin.
Faqat badiiy toʻqima tarixiy voqea va faktlarga soya solmasligi, aksincha, tarixiy
haqiqatni toʻldirishi lozim. Toʻqima timsollar orqali yozuvchi tarix voqealarini
toʻldiradi, uni bugungi kun kitobxonlariga tushunarli tarzda yetib borishini
ta’minlaydi” . U.Qoʻchqorning “Imom Buxoriy” she’riy tarixiy dramasida ham
tarixiy obrazlardan tashqari dramaturgning badiiy fantaziyasi bilan yaratilgan
savdogarlar, Hajjoj, Qaroqchiboshi, Xartangiy kabi badiiy toʻqima obrazlar ham
mavjud. Mana shu toʻqima va tarixiy obrazlar orqali xarakterlar ochila boradi.
Dramaturg U.Qoʻchqor tarixiy shaxs Imom Buxoriy obrazini, toʻqima obraz va u
orqali oʻrta asrlar davrini yaxshi yarata olgan. Shuningdek, tarixiy dramalarda
mistik obrazlar ham keng oʻrin olgan.
Istiqlol davri tarixiy dramalarida yaratilgan obrazlarni shartli ravishda
quyidagicha tasnifladik:
1.
Tarixiy obrazlar;
2.
Toʻqima obrazlar;
3.
Diniy va tasavvufiy obrazlar;
4.
Mistik obrazlar.
Jumladan, mustaqillik davri tarixiy dramalarida Amir Temur, Jaloliddin
Manguberdi, Turkon Xotun, Alisher Navoiy, Muqimiy, Choʻlpon, Usmon Nosir,
Abdulla Qahhor, Oybek va boshqalar. U.Qoʻchqorning “Imom Buxoriy” tarixiy
she’riy dramasida Ash’or Nishopuriy, Birinchi savdogar, ikkinchi savdogar,
uchinchi savdogar, Qaroqchiboshi, Xartangiy Ibn Subkiy, Mulla Qosid kabi
toʻqima obrazlar yaratilgan. Shuningdek, mustaqillik davri tarixiy dramalarda
Imom Buxoriy, Najmiddin Kubro, Mashrab kabi diniy- tasavvufiy obrazlar
yaratilgan. Ba’zi tarixiy dramalarda mistik obrazlar ham mavjud. Masalan, Ona
(U.Qoʻchqor “Imom Buxoriy”), Zayniddin Abubakr Taybodiy (U.Azim “Amir
Temur. Adolat fasli”), Darvesh, Hazrati Xizr, Yassaviy (A.Oripov “Sohibqiron”)
kabi mistik obrazlar yaratilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu mistik
obrazlar yo tushda, yoki tush va hush orasidagi vaziyatda sodir boʻladi.
U.Azimning “Amir Temur. Adolat fasli” dramasida Amir Temur bilan
Taybodiylar suhbati tush va hush orasida kechadi. A.Oripovning “Sohibqiron”
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
109
she’riy dramasi yakunidagi Amir Temurning Darvesh, Hazrati Xizr va Yassaviy
bilan muloqotlari noreal sharoitda yuz beradi.
“Obraz” atamasi birinchi marta mashhur nemis faylasufi Gegelning
estetikaga oid asarlarida ishlatilgan. Bu haqidagi jiddiy ta’limot ham ana shu
olim qalamiga mansub. Gegel oʻz estetik qarashlarida san’at haqida fikr yuritar
ekan, “san’at- obrazlar orqali fikrlash” demakdir deb ta’kidlagan . Shuningdek,
olim oʻzbek adabiyotida “obraz” atamasi oʻrniga XX asr boshlarigacha “timsol”,
“tasvir”, “nusxa” kabi iboralar ishlatilganligini va asrimizning 20-30-yillarida
oʻzbek adabiyotshunosligiga “obraz” atamasi kirib kelganligini tadqiq etadi.
“Obraz” atamasi “раз” (“chiziq”) soʻzidan olingan boʻlib, “раз” soʻzidan
“разить” (chizmoq, yoʻnmoq, oʻymoq) va undan “образить” (“chizib, yoʻnib,
oʻyib, shakl yasamoq”) soʻzi yasalgan. “образить” dan “Obraz” (“umuman
olingan tasvir”) vujudga kelgan” .
Shuningdek, tarixiy asarlarda badiiy toʻqima obrazlarning ham oʻrni
beqiyosdir. “Badiiy toʻqima oʻylab chikarilishidan qat’iy nazar, uning asosi
hayotiylikdan mahrum boʻlmasligi lozim. U oʻquvchini ishontirishi shart” .
Ayniqsa tarixiy dramalar uchun toʻqima obraz juda zarurdir. Oʻsha davr ruhini,
milliy koloritini berishda toʻqima obrazning oʻrni katta. “Toʻqima obrazlar va
tarixiy shaxslar nisbati asarda tasvirlangan davrning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
marifiy, va ruhiy-psixologik manzaralarini yoritishga xizmat qiladi” .
Adabiyotshunos N.Rahimjonov “Badiiy asar biografiyasi” monografiyasida
I.Sulton dramaturgiyasini oʻrganar ekan, tarixiy dramalarda tarixiylik, estetik
tuyg’u, tarixiy siymolar masalasiga alohida toʻxtaladi: “Lekin, Gegel ta’biri bilan
aytganda, har bir voqea-hodisa har bir adabiy asar oʻz muhiti va oʻz tarixiy
davrining, individual shaxsning oʻsha tarixiy sharoitdagi ongi-dunyoqarashi
mahsuli. Shunday ekan, tarixiylik va estetik tuyg’u oʻtmish voqeligini badiiy
oʻrganishda, tarixiy siymolar – xoh u shoh boʻladimi, yoki omimi, lashkarboshi
yoki shoirmi – qat’iy nazar, shaxsiyatlar taqdiri masalasini badiiy aks ettirishda
bosh estetik mezon boʻlishi kerak. Ya’ni, tarixiylik va estetik tuyg’u – moziyni
badiiy oʻzlashtirishda ustuvor estetik prinsip hisoblanadi” .
Shuningdek, bizning tadqiqotimizga tanlangan “tarixiy dramada obraz
masalasi” ham nihoyatda dolzarb. Avvalo, “obraz” nazariy istilohining ta’riflariga
toʻxtalamiz. Adabiyotshunos B. Sarimsoqov obrazni nazariy tabiatiga koʻra ikki
xili borligini ta’kidlaydi. Olim obraz va badiiy obrazning mohiyati haqida
shunday yozadi: “Binobarin, obraz oʻz tabiatiga koʻra ikki xil boʻladi: 1) Fizik
obraz. 2) Badiiy obraz. Biror narsaning sathida boshqa narsaning aynan aks
etishi fizik obrazni tashkil etadi. Fizik obraz oʻzining asliyati bilan toʻla mos
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
110
keladi. Shu bois fizik obrazlar fanda keng qoʻllaniladi. Ular inson aqliga ta’sir
koʻrsatib, uning ongini boyitadi va ong orqali juda oz miqdorda inson qalbiga,
ruhiy dunyosiga ta’sir koʻrsatadilar. Voqelikning muayyan shaxsning ruhiy
olami, hissiy boyligi, tuyg’ulari orqali ongli aks etishi badiiy obrazni tashkil etadi.
Badiiy obraz inson hissiyotiga, tuyg’ulariga, ruhiyatiga, ta’sir etish orqali uning
aqliga, bilimiga va ongiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham badiiy obraz
san’atning, jumladan, badiiy adabiyotning ham qoni, ham jonidir. San’at va
adabiyotni badiiy obraz va obrazliliksiz tasavvur qilib boʻlmaydi” . Olim “badiiy
obraz”ni san’atning va badiiy adabiyotning “qoni va joni” deb ta’riflaydi.
Darhaqiqat, badiiy asarda syujet yoki obraz boʻlmasa u bir chuchmal narsaga
aylanadi. Shuning uchun koʻplab adabiyotshunoslar ta’kidlaganidek, “syujet va
obraz” har qanday adabiy tur yoki adabiy janrdagi badiiy asarning tanasiga jon
berib turgan qondir. Bundan tashqari, adabiyotshunos B.Sarimsoqov badiiy
obraz mohiyatini yanada teranroq ochib berish maqsadida shunday yozadi:
“Badiiy obrazni moddiy olamning inson ongidagi bevosita aks etishi sifatida
tushunish obrazni gnoseologik tushinishdan iborat. Badiiy obraz voqelikni,
hayotiy mushohadalarni, taassurotlarni ijodkor dunyoqarashi, estetik ideali
orqali qayta ishlanishi oqibatida yangidan yaratilishidan iborat. Binobarin,
badiiy obrazning mohiyati voqelikning badiiy umumlashmaga aylanganligi va
betakror alohidalikda aks ettirilganligi yoki ifodalanganligi bilan belgilanadi.
Shuning uchun ham badiiy obrazning umumlashganligi voqelikni bevosita oʻz
qobig’ida aks ettirishga qaraganda keng va chuqurroq qamrab oladi” . Demak,
olim ta’kidlaganidek “badiiy obraz” hayotiy voqelik, ijodkorning hayotiy
voqealardan ta’sirlanishi natijasida uning estetik ideali orqali qayta
yaratilishidir. Masalan, O.Yoqubovning “Avlodlarga vasiyat” tarixiy dramasida
Sohibqiron Amir Temurning Suluvkoʻzga muhabbati dramaturgning estetik
ideali badiiy talqin etilgan. Bundan tashqari dramada Sohibqiron Amir
Temurning fotihlik tajribalaridan kelib chiqib, avlodlarga uch vasiyati bugungi
zamondoshimizga taqdim etilgan. Bular davlatni zaiflashtiruvchi noahillik,
jaholat, tarafkashlik illatlari Amir Temur nutqida ta’sirchan tarzda vasiyat
etiladi. O.Yoqubov bu uch ijtimoiy va ma’naviy illatni koʻrsatar ekan,
dramaturgning xunuklik kategoriyasi ortida yashiringan “tinchlik”, “ma’rifat”,
“birlashish” estetik ideallari namoyon boʻlgan.
“Adabiy termin va tushunchalar ensikopediyasi”da “OBRAZ - badiiy
ijodning umumiy kategoriyasi; hayotni estetik ta’sir kuchiga ega boʻlgan
obyektlarni yaratish orqali tasvirlash, talqin qilish va oʻzlashtirish shakli boʻlib,
san’atga xosdir. Obraz koʻpincha badiiy butunning bir elementi yoki qismi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
111
sifatida tushuniladi; odatda, u mustaqil hayot va mazmunga ega boʻlgan parcha
sifatida namoyon boʻladi” –deyiladi.
“Obraz” tushunchasi nazariy adabiyotlardagi tasniflarga koʻra, ijodkor
estetik idealiga muvofiq ijobiy va salbiy obrazlarga boʻlinadi. Istedodli adib
A.Qahhor “Obraz ijod demakdir” maqolasida ijobiy va salbiy obrazlarga shunday
obrazli baho beriladi. “Bir spektaklda yonimda oʻtirgan tomoshabin: “Shu
odamlar hayotimda boʻlsa, birontasi bilan gaplashmas edim”, dedi. Oddiy
tomoshabinning bu soʻzida chuqur ma’no bor. Bu – adabiyotimizning oʻzak
masalasiga doir gap.
… Lekin oʻzi nima gap, soxt-sumbati, lab-dahani joyida, ijobiy xislatlari
yetarli boʻlgan ijobiy obrazlar nima uchun tomoshabinni maftun qilmaydi, nima
uchun uning jozibasi, mehrigiyosi yoʻq? “Oʻzi xunugu istarasi issiq, oʻzi
chiroyligu, soʻxtasi sovuq”, degan gap bor. Aftidan, hamma gap mana shunda.
Avtor qoʻli bilan zeb berilib “chiroyli” qilingan, lekin soʻxtasi sovuq obrazlar
lirikadan tortib romangacha –hamma janrda uchraydi. Bu obrazlarga ijobiy
ishlar “qildiriladi”, ijobiy gaplar “gapirtiriladi” . Yozuvchi badiiy adabiyotda
yaratilgan ijobiy va salbiy obrazlar mohiyatini jaydari tilda tushuntirgan. Muallif
qalami bilan yaratilgan tashqi koʻrinishi chiroyliyu ammo qalbi kir insonlar
salbiy obraz sifatida, tashqi koʻrinishi xunugu ammo qalbi goʻzal ijobiy obraz
sifatida kitobxonga taqdim etilishi mumkin.
Shuningdek, yozuvchining tanlagan ijodiy metodiga koʻra, realistik,
romantik va boshqalarga ajraladi. Masalan, U.Qoʻchqorning “Imom Buxoriy”
she’riy tarixiy dramasida Imom Buxoriy, Abu Iso Termiziy va boshqalar ijobiy
obrazlar sanalsa, Yahyo az-Zuhayliy, Qozi Miskin, G’unjor va boshqalar salbiy
obrazlar sifatida ishtirok etadi.
N.Eshonqulning “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasida esa Sulton
Muhammad, Sulton Jaloliddin, Temur Malik, Rukniddin, Qutbiddin, Goʻrkov, Izzat
va boshqalar ijobiy obrazlar boʻlsa, Chingizxon, Oʻzloqshoh, Turkon Xotun, Joʻji,
Birka Noʻyon, Taylol Noʻyon, Tug’luqxon va boshqalar salbiy obrazlar sifatida
dramada badiiy gavdalantirilgan. Bu dramada Sulton Muhammad, Sulton
Jaloliddin, Chingizxon, Temur Malik, Oʻzloqshoh, Rukniddin, Oqshoh, Turkon
Xotun, Takesh Sulton, Joʻjilar tarixiy obrazlardir. Birka Noʻyon, Taynol Noʻyon,
Goʻrkov, Tug’luqxon, Izzat, Enaga, Navkar, Chopar va boshqalar dramaturg
mahorati bilan yaratilgan toʻqima obraz mahsuli hisoblanadi.
Shuningdek, O.Yoqubovning “Avlodlarga vasiyat” tarixiy dramasida
Sohibqiron Amir Temur, Sulton Boyazid, Mirzo Shohruh, Xalil Sulton,
Toʻxtamishxon, Chingizxon kabi tarixiy shaxslar obrazini yaratgan boʻlsa,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
112
Suluvkoʻz, Saragul, Aqchagul, Qalqonbek, Bosqonbek, Bibi Sardor kabi toʻqima
obrazlar yaratilgan.
Xulosa shuki, adabiyotshunoslikda teran tadqiq etilgan “obraz” nazariy
tushunchasi katta ahamiyatga ega. Obraz adabiyotshunoslikda keng va tor
ma’noda ishlatiladi. Ijodkor estetik idealini ifodalagan har qanday obraz
(qushlar, hayvonlar, predmetlar, oʻsimliklar) keng ma’noda tushunilsa, tor
ma’noda badiiy asarda yaratilgan inson obrazi tushuniladi.
Foydalangan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Қуронов Д. Мамажонов З. Шералиева М. Адабиётшунослик луғати –
Toшкент: Akademnashr, 2010. – 406 б.
2.
Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr,
2018. – 480 б.
3.
Қўчқор Р. Имом Бухорий. – Тошкент: Ўзбекистон, 2020. – 112 б.
4.
Усмон А. Амир Темур. Адолат фасли. Тарихий драма // Театр, 2018
йил, № 2–3.
5.
Ешонқул Н. Жалолиддин Мангуберди. Тарихий драма. – Тошкент:
2019. – 39 б.
