DINIY EKSTREMIZM BILAN BOG‘LIQ HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Annotasiya

Ushbu maqola diniy ekstremizm bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida batafsil tahlil beradi. Diniy ekstremizm nafaqat diniy e'tiqodlarni, balki jamiyatda barqarorlik va xavfsizlikni tahdid qiladi. Maqolada diniy ekstremizmning asosiy sabablari, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik, diniy va siyosiy omillar, shuningdek, psixologik va madaniy omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy ekstremizmni oldini olish uchun ta'lim tizimini rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, yoshlarni ekstremistik guruhlardan himoya qilish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish kabi chora-tadbirlar keltirilgan. Maqola, diniy ekstremizmga qarshi kurashishda huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish va ijtimoiy muammolarni kompleks ravishda hal qilish zarurligini ta'kidlaydi. Diniy ekstremizmga qarshi samarali kurashish uchun barcha ijtimoiy qatlamlar, davlatlar va xalqaro hamjamiyat o‘rtasida muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlar zarur.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
91-97
14

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Tillaxodjayev , B. ., & Ermatov , T. (2025). DINIY EKSTREMIZM BILAN BOG‘LIQ HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(13), 91–97. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/98783
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola diniy ekstremizm bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida batafsil tahlil beradi. Diniy ekstremizm nafaqat diniy e'tiqodlarni, balki jamiyatda barqarorlik va xavfsizlikni tahdid qiladi. Maqolada diniy ekstremizmning asosiy sabablari, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik, diniy va siyosiy omillar, shuningdek, psixologik va madaniy omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy ekstremizmni oldini olish uchun ta'lim tizimini rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, yoshlarni ekstremistik guruhlardan himoya qilish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish kabi chora-tadbirlar keltirilgan. Maqola, diniy ekstremizmga qarshi kurashishda huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish va ijtimoiy muammolarni kompleks ravishda hal qilish zarurligini ta'kidlaydi. Diniy ekstremizmga qarshi samarali kurashish uchun barcha ijtimoiy qatlamlar, davlatlar va xalqaro hamjamiyat o‘rtasida muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlar zarur.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

91

DINIY EKSTREMIZM BILAN BOG‘LIQ HUQUQBUZARLIKLARNI

OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Tillaxodjayev Baxodir Abdullaxanovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi

faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik

Ermatov Tohirjon Tolibjon O‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Akademiyasi 2-o‘quv kursi 227-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15541517

Annotatsiya:

Ushbu

maqola

diniy

ekstremizm

bilan

bog‘liq

huquqbuzarliklarni oldini olish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida
batafsil tahlil beradi. Diniy ekstremizm nafaqat diniy e'tiqodlarni, balki
jamiyatda barqarorlik va xavfsizlikni tahdid qiladi. Maqolada diniy
ekstremizmning asosiy sabablari, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik, diniy va
siyosiy omillar, shuningdek, psixologik va madaniy omillar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, diniy ekstremizmni oldini olish uchun ta'lim tizimini rivojlantirish,
iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, yoshlarni ekstremistik guruhlardan himoya
qilish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish kabi chora-tadbirlar keltirilgan.
Maqola, diniy ekstremizmga qarshi kurashishda huquqiy mexanizmlarni
takomillashtirish va ijtimoiy muammolarni kompleks ravishda hal qilish
zarurligini ta'kidlaydi. Diniy ekstremizmga qarshi samarali kurashish uchun
barcha ijtimoiy qatlamlar, davlatlar va xalqaro hamjamiyat o‘rtasida
muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlar zarur.

Kalit so‘zlar:

Diniy ekstremizm, huquqbuzarlik,ta’lim tizimi, internet

monitoring, diniy bag‘rikenglik,jamiyatda tinchlik, radikalizatsiya, diniy
tashkilotlar, qonunchilik va nazorat ,yoshlar tarbiyasi ,inson huquqlari, ijtimoiy
tarmoqlar, dinlararo muloqot,diniy ekstremistik guruhlar, huquqni muhofaza
qilish, xavfsizlik choralari, diniy liderlar ,milliy xavfsizlik,terrorizmga qarshi
kurash,jamiyatning barqarorligi.

Annotation:

This article provides a detailed analysis of the necessary

measures to prevent crimes related to religious extremism. Religious extremism
threatens not only religious beliefs but also the stability and security of society.
The article examines the main causes of religious extremism, including socio-
economic inequality, religious and political factors, as well as psychological and
cultural influences. It also presents measures to prevent religious extremism,
such as developing the education system, ensuring economic stability, protecting
youth from extremist groups, and strengthening international cooperation. The
article emphasizes the need to improve legal mechanisms in the fight against


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

92

religious extremism and to address social issues in a comprehensive manner.
Effective combating of religious extremism requires coordinated efforts among
all social sectors, states, and the international community.

Keywords:

Religious extremism, Crime, Education system, Internet

monitoring, Religious tolerance, Peace in society, Radicalization, Religious
organizations, Legislation and control, Youth education, Human rights, Social
networks, Interfaith dialogue, Religious extremist groups, Law enforcement,
Security measures, Religious leaders, National security, Counterterrorism, Social
stability.

Diniy ekstremizm: ta'rifi va sabablari

Ekstremizm

(lotincha- oʻta, keskin degan maʼnolarni anglatadi)

–ijtimoiy-

siyosiy

vaziyatni

beqarorlashtirishga,

O‘zbekiston

Respublikasining

konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib
egallashga va uning vakolatlarini o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki
diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi
hamda

siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga

asoslanib faoliyat yuritish. Ekstremizmning siyosiy va diniy koʻrinishlari yaqqol
ajralib turadi. Zoʻrlik yoki zoʻrlik ishlatishga davat qilish. Siyosiy ekstremizm
namoyandalari oʻzlarining gʻarazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish
usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat
yuritishini buzish va yoʻqotishga harakat qiladi. Bu yoʻlda ekstremistlar va
ekstremistik tashkilotlar „demokratiya“ niqobi ostida balandparvoz shiorlar,
chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qoʻllab
quvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar
chiqarishga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qilish usulidan
foydalanadilar . Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va
kelishuvni rad etadilar. Oʻziga tobelarni oʻz buyruq va koʻrsatmalarini
koʻrkoʻrona bajarishga majbur etadilar. Siyosiy ekstremizmning millatchilik
koʻrinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon boʻladi.
Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bogʻliq boʻlib, koʻp millatli
davlatlarni yoʻqotish, tub millat hukmronligini oʻrnatishga qaratiladi. Bunday
ekstremizm millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar oʻrtasida
mojarolar chiqishiga olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa
konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz boʻladi. Diniy
tashkilotlardan

dunyoviy

davlatga

qarshi

kurashda

foydalanadi.

Ekstremizmning turli koʻrinishlari soʻnggi vaqtlarda dunyoning koʻp
mamlakatlarida, xususan,Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham oʻzini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

93

namoyon eta boshladi. Turli diniy ekstremistik tashkilotlar („Hizbut-tahrir“,
„Tavba“) yangidan mustaqillikni qoʻlga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid
solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni roʻkach qilib, aholini, ayniqsa,
yoshlar ongini aqidaparastlik gʻoyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yoʻldan
urishga, oʻz ota-onasiga, akaukasiga, oʻzi tugʻilib oʻsgan maskaniga, davlatiga
qarshi qoʻyishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda ekstremizmga qarshi kurash
oʻta dolzarb vazifa hisoblanadi.

Ekstremistik faoliyat — quyidagilarga

:

O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini zO‘rlik

bilan O‘zgartirishga, hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzishga;

hokimiyat vakolatlarini egallashga yoki O‘zlashtirishga;
qonunga xilof qurolli tuzilmalar tuzishga yoki ularda ishtirok etishga;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga;
zO‘rlik yoki zO‘rlik ishlatishga oshkora da’vat qilish bilan bog‘liq holda

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qO‘zg‘atishga;

jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni

tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga, shuningdek ekstremistik
tashkilotlarning atributlarini yoki ramziy belgilarini tayyorlash, saqlash,
tarqatish yoki namoyish etishga;

biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik

yoki diniy adovat yoxud dushmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga
oshirishga doir faoliyat.

Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu –

mutaassib fikr va qarashlarning paydo bO‘lishidir. Ongi zaharlangan va
mutaassibga aylangan kishilar O‘zlari qilayotgan ishlarni tO‘g’ri deb hisoblagan
holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni
bu yO‘lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy
xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab
xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati
shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qO‘lga
olish, bu yO‘lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni O‘ldirishdan ham tab
tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham O‘z yovuz, jirkanch ishlarni
turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.

Diniy ekstremizmning sabablarini quyidagicha tasniflash mumkin:

1. Ijtimoiy va iqtisodiy nizo va tengsizliklar: Ijtimoiy qatlamlar O‘rtasidagi

farqlar, kambag‘allik, ish bilan ta'minlanmaganlik va boshqa iqtisodiy
muammolar kO‘plab insonlarni ekstremistik guruhlar ta'siriga tushishiga olib


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

94

kelishi mumkin. Kambag‘allik, ishsizlik va hayotning turli sohalaridagi
inqirozlar, ba'zan insonlarni radikal guruhlarning qabul qilgan g‘oyalari orqali
O‘zlarini ishonchli va qoniqarli his qilishga majbur qiladi.

2. Diniy va madaniy cheklovlar: KO‘p hollarda diniy ekstremizm

ekstremistik guruhlar tomonidan diniy matnlarni notO‘g‘ri talqin qilish orqali
rivojlanadi. Ba'zi guruhlar diniy matnlarni O‘z manfaatlariga qarab, zO‘rlikni va
O‘z ideologiyasini boshqalarga taqdim etish uchun ishlatadilar. Bu esa diniy
asosda boshqalarga nisbatan nafrat va O‘zgalarni O‘zgarishlarga majbur qilish
istagini keltirib chiqaradi.

3. Siyosiy xavf va beqarorlik: Siyosiy beqarorlik, aytilganidek, diniy

ekstremizmni kuchaytirishi mumkin. Xususan, fuqarolik urushlari yoki
diktatorlik tuzilmalarida, davlatning siyosiy tizimi halokatli bO‘lishi mumkin. Bu
holatlarni ekstremistik guruhlar O‘z g‘oyalari va ideologiyalarini targ‘ib qilish
uchun ishlatishadi.

4. Psixologik omillar: Ba'zida insonlar O‘zligini topishda qiynalishadi va

ular, yangi guruhlarga qO‘shilish orqali muammolarini hal qilishga harakat
qilishadi. Ekstremistik guruhlar, aynan shu insonlarning psixologik holatini
yaxshi anglaydilar va ularni O‘z saflariga tortadilar.

Diniy ekstremizmni oldini olish chora-tadbirlar

Diniy ekstremizm bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish uchun

muayyan chora-tadbirlar qO‘llanilishi lozim. Ushbu tadbirlar turli sohalarda
tizimli va kompleks yondashuvni talab qiladi.

1. Ta'lim va tarbiya

Ta'lim tizimi — diniy ekstremizmni oldini olishda muhim vosita bO‘lib

xizmat qiladi. Maktablarda va oliy ta'lim muassasalarida diniy bag‘rikenglik,
inson huquqlari, boshqa madaniyatlar va dinlarga hurmatni O‘rgatish kerak.
Odamlarni diniy ishonchlarini boshqalarga zO‘rlik bilan O‘tkazishdan tO‘xtatish
uchun ijtimoiy mas'uliyatni oshirish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish
muhimdir. Shu bilan birga, diniy bilimlarni kengaytirish, xususan, radikalizmdan
saqlanish uchun aniq diniy ta'lim berish muhim ahamiyatga ega.

2. Ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlik

Diniy ekstremizmni oldini olishda ijtimoiy tenglik va iqtisodiy barqarorlikni

ta'minlash zarur. Iqtisodiy jihatdan zaif, adolatsiz va imkoniyatsiz jamiyatlarda
diniy ekstremizm tez rivojlanadi. Shu sababli, hukumatlar ijtimoiy siyosatni
qayta kO‘rib chiqib, kambag‘allikni kamaytirish, imkoniyatlarni teng taqsimlash
va ishlov berish siyosatini kuchaytirish zarur.

3. Diniy ekstremizmni targ‘ib qilishning oldini olish


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

95

Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik g‘oyalar tez

tarqaladi. Bugungi kunda ekstremistik guruhlar O‘z ta'sirlarini kengaytirish
uchun internetni faol ishlatmoqdalar. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlar va internetda
diniy ekstremizmni targ‘ib qilishning oldini olish uchun samarali nazorat
tizimlarini yaratish kerak. Keng ma'noda diniy va ijtimoiy tadqiqotlar olib
borish, yoshlarni salbiy ma'lumotlardan himoya qilish muhimdir.

4. Yoshlarni ekstremistik guruhlardan himoya qilish

Yoshlar — bu jahonning kelajagi. Diniy ekstremizmni oldini olishda

yoshlarni tarbiyalash va ularga tO‘g‘ri yO‘naltirish nihoyatda muhimdir.
Yoshlarning diniy va ijtimoiy axborotlarni tO‘g‘ri tushunishlari, xavfli guruhlarga
qO‘shilishdan saqlanishlari uchun, ular uchun maxsus ta'lim va dasturlar ishlab
chiqilishi kerak. Shuningdek, yoshlarning hayotda muvaffaqiyatga erishishlari
uchun zarur bO‘lgan kO‘nikmalarni, shaxsiy rivojlanishni qO‘llab-quvvatlash
muhimdir.

5. Xalqaro hamkorlik va mutaxassislar O‘rtasidagi aloqalar

Diniy ekstremizm nafaqat milliy, balki global muammo hisoblanadi.

Shuning uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarur. Diniy ekstremizmga
qarshi kurashishdagi samarali tajriba va bilimlarni O‘rganish, razvedka
ma'lumotlarini almashish, ekstremizmga qarshi kurashish bO‘yicha global
chora-tadbirlar ishlab chiqish muhimdir. Turli davlatlar O‘rtasida O‘zaro
hamkorlikni kuchaytirish, ekstremistik guruhlarning harakatlarini monitoring
qilish va ularga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish mumkin.

6. Huquqiy me'yorlarni takomillashtirish

Diniy ekstremizmga qarshi kurashish uchun zarur bO‘lgan qonuniy

me'yorlarni kuchaytirish hamda diniy ekstremizmni targ‘ib qiluvchi shaxslar
yoki guruhlarni jazolash tizimini ishlab chiqish muhimdir. Huquqiy
mexanizmalarni kuchaytirish, diniy ekstremizmga qarshi kurashda davlatning
kuchini kuchaytiradi va jamiyatda xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Xulosa

Diniy ekstremizm jamiyatlar uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. Uni oldini

olish uchun ta'lim, ijtimoiy siyosat, huquqiy chora-tadbirlar va xalqaro
hamkorlikni kuchaytirish zarur. Diniy ekstremizmni oldini olish bO‘yicha amalga
oshirilgan harakatlar jamiyatni yanada barqaror va tinch holatda saqlashga
yordam beradi. Bu yO‘nalishdagi ishlarga qaratilgan harakatlarning
muvaffaqiyatli bO‘lishi uchun barcha ijtimoiy qatlamlar va davlatlar O‘rtasida
hamkorlikni kuchaytirish lozim. Diniy ekstremizmga qarshi kurashish, inson


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

96

huquqlarini hurmat qilish, barqarorlikni ta'minlash va tinchlikka erishish uchun
har bir jamiyatga O‘zining qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil1-iyuldagi “2021-2026

yillarga mO‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bо‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini tasdiqlash tO‘g’risida “ PF 6255-
son farmoni
2.

O‘zbekiston Respublikasi 2018-yil 30-iyuldagi“ Ekstremizmga qarshi

kurashish tO‘g‘risida “ O‘RQ 489-son qonuni
3.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi

(www.lex.uz).
4.

Мустофақулов Б., Улуғбеков В. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ

ВОЯГА ЕТМАГАН ЁКИ МЕҲНАТГА ЛАЁҚАТСИЗ ШАХСЛАРНИ МОДДИЙ
ТАЪМИНЛАШДАН

БЎЙИН

ТОВЛАШ

ЖИНОЯТЛАРИНИНГ

ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Журнал академических
исследований нового Узбекистана. – 2025. – Т. 2. – №. 2. – С. 81-85.
5.

Мустофақулов, Бобур, and Васлиддин Улуғбеков. "ПРОФИЛАКТИКА

ИНСПЕКТОРИНИНГ ВОЯГА ЕТМАГАН ЁКИ МЕҲНАТГА ЛАЁҚАТСИЗ
ШАХСЛАРНИ

МОДДИЙ

ТАЪМИНЛАШДАН

БЎЙИН

ТОВЛАШ

ЖИНОЯТЛАРИНИНГ

ПРОФИЛАКТИКАСИНИ

ТАКОМИЛЛАШТИРИШ."

Журнал академических исследований нового Узбекистана 2.2 (2025): 81-
85.
6.

Мустофақулов, Б., & Улуғбеков, В. (2025). ПРОФИЛАКТИКА

ИНСПЕКТОРИНИНГ ВОЯГА ЕТМАГАН ЁКИ МЕҲНАТГА ЛАЁҚАТСИЗ
ШАХСЛАРНИ

МОДДИЙ

ТАЪМИНЛАШДАН

БЎЙИН

ТОВЛАШ

ЖИНОЯТЛАРИНИНГ

ПРОФИЛАКТИКАСИНИ

ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.

Журнал академических исследований нового Узбекистана, 2(2), 81-85.
7.

Makhmudov D. R. et al. PREVENTION OF VIOLENCE AND ABUSE AGAINST

CHILDREN: EFFECTIVE PRACTICES OF INTERNATIONAL ORGANIZATIONS AND
DEVELOPED COUNTRIES //Multidisciplinary and Multidimensional Journal. –
2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 207-214.
8.

Makhmudov, D. R. "PREVENTION OF VIOLENCE AND ABUSE AGAINST

CHILDREN: EFFECTIVE PRACTICES OF INTERNATIONAL ORGANIZATIONS AND
DEVELOPED COUNTRIES." Multidisciplinary and Multidimensional Journal 4.3
(2025): 207-214.
9.

Makhmudov, D. R. (2025). PREVENTION OF VIOLENCE AND ABUSE

AGAINST

CHILDREN:

EFFECTIVE

PRACTICES

OF

INTERNATIONAL


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

97

ORGANIZATIONS AND DEVELOPED COUNTRIES. Multidisciplinary and
Multidimensional Journal, 4(3), 207-214.
10.

oglu Mustofaqulov B. A., oglu Du'smatov S. R. ADVANCED EXPERIENCES

OF FOREIGN STATES IN ORGANIZING WORK WITH PERSONS SENTENCED TO
RESTRICTION OF LIBERTY //Bulletin news in New Science Society International
Scientific Journal. – 2024. – Т. 1. – №. 6. – С. 193-200.
11.

oglu Mustofaqulov, Bobur Asror, and Shohjahon Ramz oglu Du'smatov.

"ADVANCED EXPERIENCES OF FOREIGN STATES IN ORGANIZING WORK WITH
PERSONS SENTENCED TO RESTRICTION OF LIBERTY." Bulletin news in New
Science Society International Scientific Journal 1.6 (2024): 193-200.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil1-iyuldagi “2021-2026 yillarga mO‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bо‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini tasdiqlash tO‘g’risida “ PF 6255-son farmoni

O‘zbekiston Respublikasi 2018-yil 30-iyuldagi“ Ekstremizmga qarshi kurashish tO‘g‘risida “ O‘RQ 489-son qonuni

O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).

Мустофақулов Б., Улуғбеков В. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ВОЯГА ЕТМАГАН ЁКИ МЕҲНАТГА ЛАЁҚАТСИЗ ШАХСЛАРНИ МОДДИЙ ТАЪМИНЛАШДАН БЎЙИН ТОВЛАШ ЖИНОЯТЛАРИНИНГ ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Журнал академических исследований нового Узбекистана. – 2025. – Т. 2. – №. 2. – С. 81-85.

Мустофақулов, Бобур, and Васлиддин Улуғбеков. "ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ВОЯГА ЕТМАГАН ЁКИ МЕҲНАТГА ЛАЁҚАТСИЗ ШАХСЛАРНИ МОДДИЙ ТАЪМИНЛАШДАН БЎЙИН ТОВЛАШ ЖИНОЯТЛАРИНИНГ ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ." Журнал академических исследований нового Узбекистана 2.2 (2025): 81-85.

Мустофақулов, Б., & Улуғбеков, В. (2025). ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ВОЯГА ЕТМАГАН ЁКИ МЕҲНАТГА ЛАЁҚАТСИЗ ШАХСЛАРНИ МОДДИЙ ТАЪМИНЛАШДАН БЎЙИН ТОВЛАШ ЖИНОЯТЛАРИНИНГ ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 2(2), 81-85.

Makhmudov D. R. et al. PREVENTION OF VIOLENCE AND ABUSE AGAINST CHILDREN: EFFECTIVE PRACTICES OF INTERNATIONAL ORGANIZATIONS AND DEVELOPED COUNTRIES //Multidisciplinary and Multidimensional Journal. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 207-214.

Makhmudov, D. R. "PREVENTION OF VIOLENCE AND ABUSE AGAINST CHILDREN: EFFECTIVE PRACTICES OF INTERNATIONAL ORGANIZATIONS AND DEVELOPED COUNTRIES." Multidisciplinary and Multidimensional Journal 4.3 (2025): 207-214.

Makhmudov, D. R. (2025). PREVENTION OF VIOLENCE AND ABUSE AGAINST CHILDREN: EFFECTIVE PRACTICES OF INTERNATIONAL ORGANIZATIONS AND DEVELOPED COUNTRIES. Multidisciplinary and Multidimensional Journal, 4(3), 207-214.

oglu Mustofaqulov B. A., oglu Du'smatov S. R. ADVANCED EXPERIENCES OF FOREIGN STATES IN ORGANIZING WORK WITH PERSONS SENTENCED TO RESTRICTION OF LIBERTY //Bulletin news in New Science Society International Scientific Journal. – 2024. – Т. 1. – №. 6. – С. 193-200.

oglu Mustofaqulov, Bobur Asror, and Shohjahon Ramz oglu Du'smatov. "ADVANCED EXPERIENCES OF FOREIGN STATES IN ORGANIZING WORK WITH PERSONS SENTENCED TO RESTRICTION OF LIBERTY." Bulletin news in New Science Society International Scientific Journal 1.6 (2024): 193-200.