THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
177
“DEVONI SAYQALIY” NUSXALARIDAGI G’AZALLAR MATNIY
TADQIQI
Ikromova Xumora Ilich qizi
BuxDU 2-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15428842
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Sobir Sayqaliyning “Qissayi Sayqaliy” asari
nusxalari o‘rganilib, ulardan biri asos sifatida tanlangan va o‘zaro qiyoslangan.
Bundan tashqari, nusxadan parchalar keltirilib, tahlilga tortilgan.
Аннотация:
В этой статье рассматриваются копии произведения
Сабира Сайкали “Хиссайи Сайкали”, один из которых был выбран за основу
и сопоставлен между собой. Кроме того, отрывки из копии цитируются и
подвергаются анализу.
Annotation:
in this article, copies of the work of Sobir Saikaliy “Qissayi
Saikaliy” were studied, one of which was selected as the basis and cross-
referenced. In addition, excerpts from the copy were cited and subjected to
analysis.
Kalit so‘zlar:
Sobir Sayqaliy, g‘azal, nusxa, qo‘lyozma, “Qissayi Sayqaliy”,
doston, chahoriyor, Payg‘ambar.
Ключевые слова:
Сабир Сайкали, газель, копия, рукопись, “Хиссайи
Сайкали”, эпос, чахориер, Пророк.
Keywords:
Sobir Saikaliy, Ghazal, copy, manuscript, “Qissayi Saikaliy”, epic,
chahoriyor, Prophet.
Sobir Sayqaliy 1730-yili Hisorda tug‘ilib, 1798-yili vafot etgan. Boy
she’riy merosi mavjud. U yashagan davr O‘rta Osiyo xonliklarining o‘zaro
kurashlari avj olgan davrda yashagan. Shuning uchun ham Sayqaliy ijodida
ma’rifat g‘oyasi yetakchilik qiladi. Sayqaliyni eng ko‘p tarqalgan asari “Qissayi
Sayqaliy” asaridir.
Sobir Sayqaliy “Qissayi Sayqaliy” asarining Buxoro adabiyot va san’at
muzey-qo‘riqxonasida o‘ndan ortiq nusxalari mavjud. Bulardan inventar
raqamlari 27633 va 22346 bo‘lgan nusxalari nisbatan to‘liq deb olinib,
o‘rganildi. Nusxalarning to‘liq deb olinishiga sabab shuki, qolgan
qo‘lyozmalarning to‘liq emasligi ularning holatidan yaqqol sezilib turadi. Odam
alayhissalom ta’riflaridan so’ng, ularga bag’ishlab g’azal keltiriladi.
Qo’lyozmalarning har ikkisida ham mazkur g’azal mavjud bo’lib, ularning ba’zi
bir o’rinlarida farqlar mavjud. Masalan, Majmuada matla’ qismi:
Hech kim olam aro mundoq baloni ko’rmadi,
Ko’rdi har kim bir
a’zom-u
, andoq a’zoni ko’rmadi.
Devonda:
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
178
Hech kim olam aro mundoq baloni ko’rmadi,
Ko’rdi har kim bir
azoni
, mundoq
azoni
ko’rmadi.
Mazkur baytlar o’zaro farqlar bilan yozilgan. Ularning qay biri g’azal
ma’nosiga munosib ekanligini aniqlash uchun ularning mohiyatlarini aiqlab
olamiz. “A’zom” “Tana”, “Azo” esa “Musibat, dard “ degan ma’nolarni anglatadi.
Mundoq va andoq so’zlari olmoshning bir turiga mansub bo’lganligi bois,
ma’noviy strukturasiga ta’sir qilmaydi. Misralarni talil qilamiz. Olamda hech kim
bunday musibatni ko’rmadi. Odam alayhissalom qissasida Sayqaliy g’am va
alamlar, odam avlodlarining xunrezliklari haqida keltiradi. Shunga ko’ra g’azalda
ham g’am va iztiroblarning eng buyugi haqida so’z bormoqda. Ya’ni olamdagi
jamiyki dardlardanda buyukroq g’amni, kulfatni hali hech kim ko’rgan emas.
Hammaning boshida sinov bor, mushkulliklar bor. Lekin hech biri bunga teng
kela olmasligi ta’kidlanishi kerak. “A’zo” so’zi bu misraga to’g’ri kelmaydi. Chuni
birinchi misrada balo haqida so’zlanib, so’ng so’z jismga bog’lana olmaydi. Unga
ko’ra, hech bir inson bu dunyoda bunday g’amni ko’rmadi, odamlarning har biri
bitta “tana”ni ko’rdi, lekin bunaqasini ko’rmadi qabilidagi ma’no anglashiladi. Bu
baytning ma’nosiga ta’sir qiladi. Demak, g’azalda “Azo” so’zi kelsa, u to’g’ri
yozilgan va ma’noviy jihatdan to’g’ri tuzilgan bo’ladi.
Majmuada:
Base
suvsizdin guli
bog’ini
nabi bo’ldi xazon,
Hech gulshanda kishi mundoq havoni ko’rmadi.
Devonda:
Baseki
suvsizdin guli
bog’i
nabi bo’ldi xazon,
Hech gulshanda kishi mundoq havoni ko’rmadi.
Nusxalarda baytlar qo’shimchalarning o’zgarishi bilan keltirilgan.
Bunday farqlar ma’noga ta’sir qilmasada, lekin shakily o’zgarishlar sifatida
aniqlandi. Majmuada –ki yuklamasi, devonda esa –ni qaratqich kelishigi shakli
keltirilmagan. Yuklamaning vazifasi ma’nosiga qo’shimcha ma’no yuklash,
qaratqich kelishigi esa qarashlilikni ko’rsatgan. Aslida devonda kelishik
qo’shimchasi belgisiz holda qo’llangan. Bu tafovutlar ma’noga ta’sir etmagan.
Majmuada:
Ibtilo anbiyo, avliyo-u bisyor edi,
Lek hech qaysisi mundoq
anbiyoni
ko’rmadi.
Devonda:
Ibtilo anbiyo, avliyo-u bisyor edi,
Lek hech qaysisi bundoq
ibtiloni
ko’rmadi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
179
Misralarni o’zaro farqlashimiz uchun ba’zi ixtiloflarning ma’nosini
aniqlaymiz. “Anbiyo” “Payg’ambar”, “Ibtilo” “Mubtalolik, baloga giriftor bo’lish,
jabr va zulmga duchor bo’lish, tushkunlik”, “Avliyo” “Valilar, e’tiqodli, dindor
kishilar, muqaddas, aziz odamlar, ruhoniylar” degan ma’noni anglatadi. Jabr
zulmlarni chekkan payg’ambar va valilar juda ko’p, biroq ularning hech biri
bunday majmuaga ko’ra “Payg’ambar”ni, devonda esa “Jabr-zulm”ni ko’rmai
degan ma’no anglashiladi. Baytda asosiy ma’no “Jabr-zulm” ya’ni “Ibtilo” so’ziga
tushmoqda. Misrada “Anbiyo” so’zi keltirilsa ham buni xato deya olmaymiz.
Chunki zulm chekkan payg’ambarlar ichida yagona ekanligi ta’kidlanmoqda.
Biroq bizningcha zulm chekkan insonlar ichida eng ko’p jabr ko’rgani edi degan
ma’no tarozi pallasida og’irroq tosh bosadigandek. Nusxalardagi farqlar
ma’noviy qudratiga deyarli ta’sir etmaydi, lekin “Ibtilo” so’zi qo’llanilsa “Jabr va
zulm” so’zlarining baytdagi qudrati oshadi va aynan nimalarga duchor bo’lgani
yaqqol ko’rinadi. Keyingi baytlar nusxalarda o’zgarishsiz qo’llangan.
Bas nechuk kimdur davron bul balog’a yig’lamay,
Har balo ko’rdi, Karbaloni ko’rmadi.
Maqta’dan oldingi baytda Karbalo fojeasiga ishora qilinmoqda. Ko’pgina
ijodkorlar Karbalo fojeasiga murojaat qiladilar. Hazrati Husayn qatl etilgan
fojeadir. Sayqaliy g’azal misralarida ham Imom Husaynning taqdirlari va
hayotlariga ishora keltirmoqda. Asarning asosiy qahramonlarining hayoti haqida
qissalar ichidan ishora va hikoyatlar berib borishi, uning ham poetik, ham
qissanavis sifatida mahoratini yaqqol dalillar bilan ko’rsatmoqda. Muhammad
payg’ambarning eng suyukli nabirasi
vafoti fojeasi butun musulmon ahlini yig’latgan edi. Chunki Imom Husayn
payg’ambarga eng ko’p o’xshaydigan nabiralari edilar. Manbalarga ko’ra
“Rayhonim” deya suygan ekanlar. Birgina baytda tarixiy voqealarni keltira olgan
Sayqaliyning poetik mahoratiga tan bermaslikni iloji yo’qdir.
Bul jahonni ko’hna motamsaro ichra falak,
Sayqaliy dil-u xastadek sohib-u azoni ko’rmadi.
Maqtada Sayqaliy bu osmonning qadimdan motam tutayoganini aytib,
Imom Husaynning vafotlariga ishora qilmoqda. Oxirgi misra mumtoz an’anaga
ko’ra o’z ismlarini keltirmoqdalar va talmeh san’ati ham bu yerda qo’llanmoqda.
Ular o’zlari ham bu ko’rguliklardan ko’ngillari vayron bo’lganini
ta’kidlamoqdalar. Sayqaliyning diniy bilimlar va tarixiy ilmlarning bilimdoni
ekanigi shu birgina bayt orqali ham anglashimiz mumkin.
Nusxalardagi g’azallar tarkibidagi ba’zi bir farqlar bor. Bu farqlar
ma’noga ham ta’sir qilgan. Ba’zi bir farqlar esa ma’noga ta’sir qilmagan.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
180
Majmuada:
G’am biyobonida qolmishman otamdin ayrilib,
Kabai maqsudi chun etgay bu yoshkim zam-zami.
Devonda
:
G’am bog’ida qolmishman onamdin ayrilib,
Kabayi maqsudi chun etgay bu yoshkim zam-zami.
Majmuada:
Man otamdin o’zga kavsar sharibatin no’sh aylamam,
Oqsatun jil manga dam-dam bu ayodin istami.
Devonda:
Man otamdin o’zga kavsar sharibatin aylamam no’sh,
Oqsatun jil manga dam-dam bu ayodin istami.
Majuada:
Oftobi olam oroyim otam payg’ambarim,
Kim qachon bo’lg’ay firoqin shomu subh urg’ay dami
Devonda
:
Oftobi olam oroyim otam anbiyoyim,
Kim qachon bo’lg’ay firoqin shom-u subh urg’ay dami.
Majmuada:
Ey charog’i chashmi olam sohibi meroj otam,
Ulki asror ilohini san erdin mahrami.
Devonda:
Ey charog’i chashmi olam sohibim otam,
Ulki asror ilohini san erdin mahrami.
Majmuada “Sohibi meroj” so’zi keltirilgan. Devonda esa “sohibim” so’zi
keltirilgan “Meroj” so’zi tushirib qoldirilgan. Meroj tunida Muhammad
alayhissalomning ko’kka ko’tarilganlari va unda Alloh taolo bilan uchrashganlari
ko’rsatilgan. Manbalarga ko’ra, o’sha kuni ko’kda uchrashganliklari haqida
ma’lumotlar bor.
Ey zani dil xasta borsang ul shohanshoh oldig’a,
Yuz salom arza birla yetkaz anga nolai man.
Maqtadan oldingi baytlar o’zgarishsiz qo’llanilgan.
Sayqaliy miskin hisoridur hisori g’am aro,
Solmag’il hech bandag’a yo Rab mana solg’an g’ami.
Maqta qismi ham hech qanday o’zgarishsiz qo’llanilgan. Baytda Sayqaliy
o’z ismlarini keltirish orqali talmeh san’atini yuzaga keltirdi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
181
Nusxalar tarkibidagi g’azallardagi farqlarning ma’noga ta’sir etganligini
aniq dalillar bilan ko’rishimiz mumkin. Shu sababli nusxalar tarkibidagi
g’azallarni o’zaro qiyoslab, ularni muallif matniga yaqin holga olib kelish darkor.
Shundagina kitobxonga Sayqaliy ijodining o’ziga xosligi va poetikasining ta’sirini
yetkazib bera olish mumkin.
Adabiyot:
1. Sobir Sayqaliy. Devonu Sayqaliy. Buxoro adabiyot va san‘at muzey
qo‘riqxonasi. Inv.27633
2. Sobir Sayqaliy. Devonu Sayqaliy. Buxoro adabiyot va san‘at muzey
qo‘riqxonasi. Inv.22346
3.Sunnatullo Soyipov. “Qissai Sayqaliy”dostoni qo’lyozma nusxalari haqida //
Abdulla Qodiriy nomidagi JDPI “Filologiyaning umumnazariy masalalari”
respublika
miqyosidagi
ilmiy-amaliy
konfrensiya
materiallari.
–
Toshkent:Vneshinvestrom,2020. – 23b.
4.Rasulov X.O’zbek epik she’riyatida xalqchillik. – Toshkent: Fan, 1972.
