ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA QO‘LLANGAN FRAZEMALAR XUSUSIDA

Abstract

Ushbu maqolada metafora yo‘li bilan ko‘chirish frazeologik birliklarning shakllanishi va taraqqiyotida muhim vosita sifatida o‘rganiladi. Jumladan, Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asari asosida frazeologik birliklarning semantik taraqqiyoti, ma’nodosh, omonim frazeologizmlar hamda obrazli ifodalar misolida tahlil qilinadi. Frazeologizmlarning lug‘aviy so‘zlar bilan sinonimik, ayrim hollarda esa omonimik munosabat hosil qilishi, shuningdek, ular orqali personajlarning xarakteri, ruhiy holati va munosabati ifodalanganligi ko‘rsatib beriladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
23-25
15

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Rozikova, G., & Abdullayeva, D. (2025). ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA QO‘LLANGAN FRAZEMALAR XUSUSIDA. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(11), 23–25. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/88346
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada metafora yo‘li bilan ko‘chirish frazeologik birliklarning shakllanishi va taraqqiyotida muhim vosita sifatida o‘rganiladi. Jumladan, Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asari asosida frazeologik birliklarning semantik taraqqiyoti, ma’nodosh, omonim frazeologizmlar hamda obrazli ifodalar misolida tahlil qilinadi. Frazeologizmlarning lug‘aviy so‘zlar bilan sinonimik, ayrim hollarda esa omonimik munosabat hosil qilishi, shuningdek, ular orqali personajlarning xarakteri, ruhiy holati va munosabati ifodalanganligi ko‘rsatib beriladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

23

ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA QO‘LLANGAN FRAZEMALAR

XUSUSIDA

G.Rozikova

FarDU professori, filologiya fanlari doktori

D.Abdullayeva

FarDU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15397229

Annotatsiya

Ushbu maqolada metafora yo‘li bilan ko‘chirish frazeologik birliklarning

shakllanishi va taraqqiyotida muhim vosita sifatida o‘rganiladi. Jumladan,
Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asari asosida frazeologik
birliklarning semantik taraqqiyoti, ma’nodosh, omonim frazeologizmlar hamda
obrazli ifodalar misolida tahlil qilinadi. Frazeologizmlarning lug‘aviy so‘zlar
bilan sinonimik, ayrim hollarda esa omonimik munosabat hosil qilishi,
shuningdek, ular orqali personajlarning xarakteri, ruhiy holati va munosabati
ifodalanganligi ko‘rsatib beriladi.

Annotation

In this article, metaphorically transposition is studied as an important tool

in the formation and development of phraseological units. In particular, on the
basis of the work “O‘tmishdan ertaklar” by Abdulla Kahhor, the semantic
development of phraseological units is analyzed on the example of synonymic,
homonymous phraseologisms and figurative expressions. It is shown that
phraseologisms form a synonymic and in some cases an homonymic relationship
with vocabulary, as well as through them the character, mental state and
attitude of the characters are expressed.

Kalit so‘zlar:

Frazeologizm, metafora, semantik taraqqiyot, ko‘chma ma’no, sinonim

frazeologizmlar, omonim frazeologizmlar, obrazlilik, personaj tahlili.

Key words

Phraseologism, metaphor, semantic progress, figurative meaning, synonym

phraseologisms, homonym phraseologisms, figurativeness, character analysis.

Metafora yo‘li bilan ko‘chirish leksik ma’no taraqqiyotida ham, frazeologik

ma’noning shakllanishi taraqqiyotida ham eng mahsuldor usul hisoblanadi.
Boshini yemoq frazeologizmining ma’nosi yemoq so‘zining ko‘chma ma’nosi
asosida hosil bo‘lgan. Og‘zi qulog‘ida frazeologizmining ma’nosi esa butun
birikmani obrazli tarzda ko‘chma ma’noda qo‘llash asosida hosil bo‘lgan.
Xuddi shunday pand yemoq frazeologizmining ma’nosi tarkibidagi yemoq
so‘zining ko‘chma ma’noda qo‘llanishi natijasida yuzaga kelgan:


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

24

Pulni oldingiz, usta, bo pand yemang (“O‘tmishdan ertaklar”).
Abdulla Qahhor asarlarida ham bunday iboralar ko‘plab uchraydi.

Masalan: Usta Homidjon shu odamning qo‘yniga qo‘l solib ko‘ribdi.
(“O‘tmishdan ertaklar”)

Ba’zi so‘z birikmalari biron harakat-hodisaning sababi, natijasi sifatidagi

harakat-hodisani bildiradi. Keyinchalik bunday harakat-hodisaga sabab
bo‘luvchi harakat-hodisani bildiruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi
qo‘llanmaydigan bo‘lishi mumkin. Uning ma’nosi esa sababdan kelib
chiqadigan harakat-hodisani bildiruvchi so‘z birikmasidan anglashiladigan
bo‘ladi. Natijada bu so‘z birikmasi frazeologizmga aylanadi. Bunday
frazeologizmlarning ma’nosini tarkibidagi so‘zlar ma’nosidan keltirib
chiqarib bo‘lmaydi. Turobjonning tepa sochi tikka bo‘ldi (“Anor”); Dadam
ketmonni tez va yaxshi peshlashi ustiga xat bilishi, nazarimda
bozorboshidagi usta Turdialining nonini yarimta qilib qo‘ydi: peshlangan
ketmon bir-biridan farq qilmasa ham dehqon o‘z ketmonini olgisi kelar
(“O‘tmishdan ertaklar”). Sochning tik bo‘lishi birdan va nihoyatda
g‘azablanishda, nonning yarimta bo‘lishi topiladigan daromadning bo‘linishi
natijasida bo‘ladigan harakatlar. Sabab (asos) bo‘luvchi harakatni
bildiradigan g‘azablanmoq, daromadi bo‘linmoq ifodalari qo‘llanmay, ularga
xos ma’no tepa sochi tikka bo‘ldi, nonini yarimta qilib qo‘ydi birikmalari
orqali ifodalanavergan va oqibat bu birikmalar shu ma’nolarni ifodalovchi
frazeologizmlarga aylangan.

Egamberdiboy zamon nima bo‘lishini bilmay har yili qarz, bo‘nakka

beradigan pulini tishining kovagiga tiqib qo‘ydi, birovga bir miri bermaydi
(“O‘tmishdan ertaklar”). Keltirilgan gapda qo‘llangan tishining kovagiga tiqib
qo‘ymoq iborasida “yashirmoq” semasi mavjud.

Ma’nodoshlik hodisasi frazeologiya uchun ham xarakterli. Abdulla

Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asaridan olingan sir bermay hamda isini
chiqarmay iboralari bir-biriga o‘zaro sinonim bo‘lib, “bildirmasdan” degan
ma’noni ifoda etadi:

Dadam ikkovi hamon og‘ir yotgan amakimga sir bermay, ko‘chaga

chiqadi, uyga kiradi, shivirlashadi (“O‘tmishdan ertaklar”).

Oldini olaman deb, isini chiqarib qo‘ymanglar, xudo xohlasa, bu gap

mahalladan tashqariga chiqmaydi, mahallada o‘g‘limning dushmani yo‘q
(“O‘tmishdan ertaklar”).

Lug‘aviy birlik sifatida frazeologizmlar so‘zlar bilan ham sinonimik

munosabatda bo‘la oladi. Quloq solmoq iborasi eshitmoq so‘zi bilan


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

25

sinonimik munosabat hosil qiladi. Quyidagi misolda bu iboraning bo‘lishsiz
shakli qo‘llangan:

G‘afforjon ko‘pincha erkalik, tantiqlik qilib bu gaplarga chandon quloq

solmasdi, lekin men quloq solmagani kampirdan hayiqardim (“O‘tmishdan
ertaklar”).

Bir xil komponent (so‘z)lardan tuzilgan frzaeologizmlar o‘zaro

bog‘lanmagan (tamoman boshqa-boshqa) ma’no ifodalashi mumkin. Bu
hodisa frazeologik omonimiyadir. Boshiga ko‘tarmoq iborasi e’zozlamoq,
hurmat qilmoq ma’nosini ifodalab, shovqin solmoq ma’nosini anglatuvchi
xuddi shunday boshiga ko‘tarmoq iborasi bilan omonimik munosabat hosil
qiladi.

Bu gapdan kampir xabardor bo‘lib, hovlini boshiga ko‘tardi, ayamni

yulmoqchi bo‘ldi.

Ko‘z yummoq iborasi uxlamoq ma’nosini anglatadi va o‘lmoq ma’nosini

anglatuvchi xuddi shunday ibora bilan omonimlik hosil qiladi:

Hech kim, hatto kampir ham kechasi bilan ko‘z yummadi (“O‘tmishdan

ertaklar”).

Keltirilgan misolda ko‘z yummadi iborasi uxlamadi ma’nosini ifodalagan

bo‘lsa, quyidagi nutq parchasida u o‘lmoq ma’nosida qo‘llangan:

Onasi ham shunga ilhaq bo‘lib ko‘z yumolmayapti, – dedi kampir nafasi

titrab, – qachon oldiga kirsam: “To‘y qachon, ko‘zim ochiqligida qizimning
to‘yini ko‘rib qolay”, — dedi. O‘zimning ham shartim ketib partim qolgan
(“O‘tmishdan ertaklar”).

Adib hikoyalarida personaj tasviri iboralar orqali ham ochiladi:
Qachon? – dedi Sulaymonov achchig‘i kelib, – o‘zingiz bilasiz-ku, birodar,

mingta xushomadgo‘yni ho‘l olib borib quruq olib kelaman-a! Darrov taniyman-
da. Otam sigirning sersut yoki kamsutligini ma’rashidan bilar edi. Men, birodar,
yerning tagida ilon qimirlasa bilaman (“Ikki yorti-bir butun” hikoyasidan).

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Abdulla Qahhor asarlarida

qo‘llangan iboralarni tug‘ilish va o‘lim bilan bog‘liq frazeologizmlar, nutq
faoliyati bilan bog‘liq frazeologizmlar, tafakkur bilan bog‘liq frazeologizmlar,
hayratlanish, qo‘rqish, xafa bo‘lish, achchiqlanish, janjallashish kabi holatlar
bilan bog‘liq frazeologizmlar kabi semantik guruhlarga ajratib o‘rganish
maqsadga muvofiqdir.