1892-YILGI QO‘ZG‘OLON VA UNING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN SHAVQATSIZLARCHA BOSTIRILISHI

Abstract

Ushbu maqolada vabo kasalligiga qarshi ko‘rilgan qatt’iy chora-tadbirlar va buning oqibatida qo‘zg‘olonning kelib chiqishi ,tezlik bilab ushbu qo‘zg‘olonning shavqatsizlarcha bostirilganligi yoritilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
155-161
45

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Tohirova , M. . (2025). 1892-YILGI QO‘ZG‘OLON VA UNING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN SHAVQATSIZLARCHA BOSTIRILISHI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(7), 155–161. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/79443
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada vabo kasalligiga qarshi ko‘rilgan qatt’iy chora-tadbirlar va buning oqibatida qo‘zg‘olonning kelib chiqishi ,tezlik bilab ushbu qo‘zg‘olonning shavqatsizlarcha bostirilganligi yoritilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

155

1892-YILGI QO‘ZG‘OLON VA UNING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN

SHAVQATSIZLARCHA BOSTIRILISHI

Tohirova Malika G‘olibjon qizi

Guliston davlat universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15211501

Annotatsiya-

Ushbu maqolada vabo kasalligiga qarshi ko‘rilgan qatt’iy

chora-tadbirlar va buning oqibatida qo‘zg‘olonning kelib chiqishi ,tezlik bilab
ushbu qo‘zg‘olonning shavqatsizlarcha bostirilganligi yoritilgan.

Tayanch so‘zlar-

Vabo isyoni, Putensev,Muhammadyoqub,Inog‘omxo‘ja,

o‘ch olish siyosati

Аннотация –

В данной статье освещаются строгие меры, принятые

против эпидемии холеры, и последовавшее в результате этого восстание, а
также его быстрое и жестокое подавление

.

Ключевые слова:

Чумное восстание, Путинцев, Мухаммадёкуб,

Иногамходжа, политика возмездия.

Abstract –

This article highlights the strict measures taken against the

cholera epidemic and the resulting uprising, as well as the swift and brutal
suppression of the rebellion

.

Keywords-

Cholera Uprising, Putinsev, Muhammadyoqub, Inog‘omxo‘ja,

Retaliation Policy.

Bilamizki Turkiston xalqlari chorizmning mustamlakachilik siyosatiga

qarshi ko‘plab norozilik harakatlarini olib borganlar.Bu milliy ozodlik
harakatining ilk qadamlaridan biri 1892-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida
bo‘lib o‘tgan yirik xalq qo‘zg‘olonidir.Toshkent qo‘zg‘oloni “vabo isyoni” deb ham
ataladi.

Turkistonda vabo kasali ilgaridan tarqab turganligi ma’lum.Rossiya

Turkistonni bosib olganidan keyin 1872 yilda yana bir bora vabo kasali
tarqalgan edi.O‘sha davrda O‘rta Osiyoning Rossiyaga qarashli qismida vabo
bilan 3978 kishi kasallangan bo‘lib,ulardan 2215 kishi o‘lgan.

1

Xalqning boshiga

tushgan bu og‘ir musibat davrida hech kim kasallik haqida ma’lumot bermagan.

1892-yilgi vabo kasali tarqalishi miqyosi jihatidan 1872-yilgi singari

kuchli bo‘lmasa ham mustamlaka o‘lkada iqtisodiy-siyosiy vaziyat anchagina
keskinlashgan bir sharoitda yuz berdi va keskin to‘qnashuvlarga olib keldi.

"Turkestanskie vedomosti" gazetasi yozishicha, kasallik tarqalishi

munosabati bilan Samarqandga olib keluvchi temir yo‘llarda kasallikning oldini
olish uchun harakat boshlash, tibbiyot yutuqlari asosida biologik va morfologik
o‘zgarishlarni o‘rganish haqida joylardagi ma’murlarga ko‘rsatmalar
berilgan.Gazetada e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, vabo virusi organizmda


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

156

dorilarga qaraganda tezroq tarqaladi. Shu sababli uning oldini olish maqsadida
kasallik tarqalmagan hududlarda ham barvaqt karantin o‘rnatish, sanitariya va
gigiyena qoidalarini targ‘ib etish zarur. O‘sha davrlarda gazeta sahifalarida vabo
kasalligi haqida shifokor maslahatlari ham e’lon qilingan.

Toshkentdagi vaziyat keskinlashyotgani haqidagi xabarlar 1892-yil iyun

oyining o‘rtalaridanoq ma’lum bo‘la boshladi.Shaharda vabo boshlangandan
boshlab 12 ta qabriston yopib qo‘yilgan. Vabo kasalligi bilan o‘lganlarni dafn
etish uchun 4 ta qabriston belgilangan bo‘lsa ham ularning 1 tasiga dafn
etishgagina ruxsat berilgan.Toshkent o‘sha vaqtlarda ham katta hududni
egallangan shahar edi.Toshkentning umumiy maydoni Maskva va Peterburg
maydoniga teng kelardi.Vafot etganlarni butun shahar bo‘ylab uzoq masofaga
olib borishlari zarur edi. Tobutni qo‘lda ko‘tarib yurish va dafn etish marosimida
ko‘pchilikning ishtirok etishi ham taqiqlanadi.Musilmon odatlariga ko‘ra vafot
etganlarni janozasiz dafn etib bo‘lmaydi.Janozada esa qarindosh-
urug‘lar,mahalla-ko‘y ishtirok etishi kerak.Sanitariya maqsadlarida suvlarni
dorilash ham mahalliy aholi o‘rtasiga turli mish-mishlarga sabab
bo‘ladi.Shaharda bizni zaharlab va qirib tashlash maqsadida suvlarni
dorilamoqdalar degan gaplar tarqaladi.Vrachlar kasallarni tezroq o‘ldirish
maqsadida ularga dorilar bermoqda degan ovozalar yoyiladi.

Vaziyat keskinlashayotganini sezgan polkovnik Putinsev vabo kasalligining

oldini olish maqsadida ko‘rilayotgan tadbirlarni aholiga tushuntirish uchun
Qurbon hayiti kuni o‘tkaziladigan ommaviy yig‘inlardan foydalanmoqchi
bo‘ldi.Qurbon hayiti 23-iyun kuni boshlandi. Polkovnik Putinsev ertalab soat 5
da 10 ming kishi to‘planib namoz o‘qiydigan Jome’ masjidi oldiga keldi. Putinsev
o‘zbek tilini yaxshi bilsa ham, nutqini rus tilida so‘zladi. Uning nutqini Ko‘kcha
oqsoqoli Ibrohimbek tarjima qilib turdi.U yig‘ilganlarni Qurbon hayiti bilan
tabriklab, ba’zi kishilar shaharda tartibsizliklar uyushtirish uchun turli ig‘volar
tarqatayotganini, barcha mish-mishlar noto‘g‘ri ekanini, imperator janobi
oliylari va oliy hokimiyat har doim mahalliy aholi haqida g‘amxo‘rlik
qilayotganini aytdi.

Shaharning eski oqsaqoli Inog‘omxo‘ja aholining noroziligidan

foydalanib,olomonni o‘z raqibi Muhammadyoqubga qarshi chiqishga chaqirgani
to‘g‘risida ham ma’lumotlar bor.Bu voqeaga oid manbalarda Inog‘omxo‘ja va
Muhammadyoqub

o‘rtasidagi

ziddiyatlar,hokimiyat

uchun

kurashish

qo‘zg‘olonning asosiy sababi sifatida tasvirlanadi.

Eski shaharning katta oqsoqoli lavozimi katta daromad manbai bo‘lganligi

sababli, bu vazifada 20 yildan ortiq ishlagan Inog‘omxo‘ja o‘z o‘rnini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

157

Muhammadyoqub egallashiga aslo toqat qila olmas edi.Uning qarindosh-
urug‘lari va u oqsoqol bo‘lgan davrda lavozimga tayinlagan kishilar og‘irlashib
borayotgan vaziyatdan foydalanib, Muhammadyoqubni katta oqsoqollik
lavozimidan olib tashlashni rejalashtirdilar. Bu nizolar ham shahardagi
vaziyatning keskinlashishiga olib kelgan sabablaridan biri bo‘lishi mumkin.

23-iyunda tunda bir necha kishi vafot etdi.Mirshab Ahmadxo‘ja katta

oqsaqol Muhammadyoqubga,vafot etganlar vrach ko‘rigidan o‘tkazilmasdan
dafn

etildi,deb

xabar

berdi.Ahmadxo‘ja

vaziyatni

keskinlashtirish

maqsadida,bosh oqsoqolning buyrug‘iga binoan murdalarni vrach tekshirishi
uchun qabrdan kavlab olinadi,degan ovozani ham shaharda tarqatdi.Bu xabar
esa xalqning noroziligini kuchaytirib,qo‘zg‘olon tezlashishiga olib keldi.

1892-yil 24-iyun kuni 500 kishilik olomon shahar boshlig‘ining uyi tomon

yura boshlandi.Ular ko‘plab mahallar,ko‘chalarga kirib qo‘zg‘olonda ishtirok
etishga chaqirganlar. Dastavval olomon oqsoqol Muhammadyoqubning uyiga
yo‘l oldilar va baland ovozda uni haqorat qila boshladilar.Bu paytda
Muhammadyoqub yangi shaharga qochib ketgan edi.

Yangi shaharga qarab olomon ikki guruh bo‘lib bordi.100 kishidan iborat

bo‘lgan birinchi guruhga 80 yoshli Eshon Aziz boshchilik qildi.500 kishidan
iborat bo‘lgan ikkinchi guruhga esa eshon Abdulqosimxo‘ja va bozor oqsoqoli
Ziyomuhammad Isomuhammedov yetakchilik qildi.

Putinsev olomon bilan uchrashish maqsadida eski shahar tomon yo‘l oldi

va Voronsev hiyobonida qo‘zg‘olonchilar bilan uchrashdi.Qo‘zg‘olonchilar katta
oqsaqolni ustidan shikoyat qilishga kelayotgani aytishdi.Putensev bilan birga
kelgan Muhammadyoqub olomonga qarata do‘q qilib qamchi bilan qo‘rqitib
ularni

orqaga

qaytarmoqchi

bo‘ldi.Olomon

uni

toshbo‘ron

qila

boshladilar.Bundan qo‘rqqan oqsaqol Muhammadyoqub yangi shaharga qochib
ketdi va otini ko‘chada qoldirib shahar boshlig‘i boshqarmasi kotibining uyiga
yashirinib oldi.Xalq Putensevdan shahar oqsoqolini tutib berishishi talab qila
boshladilar.Putensev oqsaqolni tarafini olgani uchun qo‘zg‘olonchilar uni hovlini
o‘rtasiga sudrab kelib ura boshladilar va Putensev hushidan ketdi.U uziga
kelganida undan Toshkentda vabo kasali yo‘qligi va doktorlarni shahardan
chiqib ketishi zarurligi,vafot etganlar eski qabristonlarga ko‘milishi mumkinligi
haqida tilxat berishni talab qila boshladilar.Putensev ularga qarab hech qanday
tilxat bermasligini aytdi.

Qo‘zg‘olon vaqtida chor amaldorlari va rus aholisidan biror kishi ham

halok bo‘lmadi. Polkovnik Putinsev va yana bir necha kishigina yengil
jarohatlandi, xolos.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

158

Qo‘zg‘olonchilar tomonidan shahar boshqarmasi idorasining vayron

etilishi va talon-taroj qilinishi haqidagi ma'lumotlar ham bir yoqlama va
bo‘rttirilgan. Chor amaldorlari tomonidan tuzilgan hujjatda shunday
deyiladi:"Boshqarma binosida va xizmatchilarning uylarida barcha oynalar
sindirildi, mebellar buzib tashlandi, deraza pardalari yirtildi, barcha qog‘ozlar va
kitoblar yo‘q qilindi, hamma yoqqa siyoh to‘kib tashlandi, lekin podsho va
general-gubernatorning rasmlariga hech kim qo‘l tegizmadi."

Putinsevni qo‘zg‘olonchilar o‘rtaga olib turgan paytda yangi shaharning

politsmeysteri Kryuchkov boshqarma hovlisiga kirib keldi. Shahar boshlig‘i unga
bo‘layotgan voqealar haqida harbiy gubernatorga ma’lumot berishni,
qo‘rg‘ondan harbiy kuchlarni yordamga chaqirishni topshirdi.

Boshqarma oldiga soqchilar bilan birga harbiy gubernator, keyin qurolli

soldatlar ham keldi. Buni ko‘rgan qo‘zg‘olonchilar turli tomonga qochib ketishdi.
Harbiy gubernator general-leytenant Grodekovning ko‘rsatmasiga ko‘ra,
soldatlar yetib kelgan paytda boshqarma oldida qo‘zg‘olonchilar qolmagan edi.

“Turkestanskiy vedemosti” gazetasi yozishicha, ertalab soat 10:00 lar

atrofida to‘polon bo‘layotgan joyga harbiy gubernator general-leytenant
Grodekov 80 tacha qurollangan 1-o‘qchi batalyoni soldatlari bilan yetib kelgan.

Shundan keyin qo‘zg‘olonchi olomondan qattiq o‘ch olish boshlandi.

Soldatlarga qo‘shilib ketgan rus aholisi va ularning orasidagi bezorilar dahshatli
qirg‘in yo‘liga o‘tib oldilar. Ular mahalliy aholini ushlab olib, qo‘liga tushgan
narsa bilan ura boshladilar.

Guristonni bosib olishda Skobelev bilan yonma-yon turgan general

Grodekov ham qurolsiz aholi ustidan yengil g‘alabalar qilish va shu yo‘l bilan
obro‘ orttirishga o‘rganib qolgan edi. U boshqarma oldida to‘planayotgan rus
olomoniga murojaat qilib shunday dedi:

"Rus birodarlar, qo‘lingizga nima tushsa oling-da, sartlarni boplab savalang!"

Bu chaqiriqdan ruhlangan rus aholisi mahalliy "yovvoyilarning" ta’zirini

yaxshilab berish uchun olomonning ketidan quvib borib, uchragan kishini
ayovsiz do‘pposlayvergan.Anhor yonidagi jar yoqasiga kelganda, qochishga joy
topa olmay qolgan olomonni suvga itarib yuborishgan. Ko‘plari esa kaltaklarning
dahshatidan qo‘rqib ketib, o‘zini suvga tashlagan. Ularning aksariyati mayib
bo‘lib, suvga cho‘kib ketgan.Ana shu qirg‘in paytida qancha odam halok bo‘lgani
haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ertasi kuni anhordan 80 ta odamning murdasi
topildi. O‘sha kuni halok bo‘lganlarning soni yuz kishidan ortiq edi.

Harbiy gubernator Grodekov shahardagi vaziyat keskinlashayotganini bila

turib, o‘z vaqtida zarur choralarni ko‘rmaganlikda ayblandi. Qo‘zg‘olonchi deb


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

159

hibsga olingan kishilar ustidan sud boshlanmasdan oldin u o‘zining uyida so‘roq
qilindi. Lekin so‘roq vaqtida qamoqqa olingan kishilar bilan yuzlashtirilmadi.U
o‘z lavozimidan bo‘shatilib, Uzoq Sharqqa ishga yuborildi va tezda iste’foga
chiqib ketdi. Shahar boshlig‘i polkovnik Putinsev ham ishdan olinib, uning
o‘rniga ancha qat’iy va jiddiy rahbar deb tanilgan Toshkent uezdi boshlig‘i
polkovnik Tveritinov tayinlandi.Keyinroq esa Putinsev Toshkent uezdi boshlig‘i
lavozimiga qo‘yildi.Eski shahar katta oqsoqoli Muhammadyoqubning o‘rniga
politsiya pristavi Sedov tayinlandi. Unga Eski shaharda yashab, o‘sha hududlarni
nazorat qilish vazifasi yuklatildi.Eski shahardagi barcha qozi va oqsoqollar
qo‘zg‘olon vaqtida loqaydlik ko‘rsatganlikda ayblanib, ishdan chetlatildi. Hatto
mahalliy mirshablarning o‘rniga ham rus millatiga mansub kishilarni qo‘yish
haqida buyruq berildi.

Qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin ko‘rilgan tadbirlarda qattiq repressiyalar

bilan ommani qo‘rqitish, Rossiyaning yengilmas qudratini namoyish qilish,
omma orasida obro‘-e’tibori katta bo‘lgan va g‘alayonga boshchilik qilishi
mumkin bo‘lgan kishilarni Turkiston o‘lkasidan chiqarib yuborish, din
arboblarini obro‘sizlantirish, mahalliy ma’muriy idoralarning tarkibini yana ham
ko‘proq ruslashtirish, Turkistonda yashayotgan turli xalqlar o‘rtasiga adovat
urug‘ini sepish maqsadlari birinchi o‘ringa chiqa boshladi.

Mahalliy rus ma’muriyati qo‘zg‘olonning asl sabablarini yashirishga

harakat qildi. Barcha tergov hujjatlarida mustamlakachilik zulmi kuchayib
borayotgani, Rossiya sanoati mahsuloti ko‘plab o‘lkaga keltirilishi oqibatida
minglab hunarmandlar xonavayron bo‘layotgani, yerga egalikning o‘lkada yuzlab
yillar saqlanib kelgan an’anaviy shakllari inkor etilayotgani, aholining milliy va
diniy e’tiqodlari oyoq osti qilinayotgani, mahalliy mehnatkashlarning vakillari
o‘lkani idora qilish ishidan butunlay chetlashtirilganligi xalqning noroziliklariga
sabab bo‘layotganligi haqida birorta ham ochiq fikr aytilmadi.Shunday yo‘llar
bilan mustamlakaga aylangan o‘lkada tobora keskinlashib borayotgan milliy
zulm jahon jamoatchiligidan yashirildi.

Nihoyat sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.8 kishi dorga osish yo‘li bilan o‘lim

jazosiga hukm qilindi.Sud hukmida ularning butun mol-mulki musodara qilinishi
zarurligini ham ko‘rsatib o‘tildi.15 kishi 2 yil muddatga maxbuslar rotasiga
yuborildi,2 kishiga 6 oydan qamoq jazosi belgilandi. Hech qanday quroli
bo‘lmagan, rus aholisidan yoki soldatlardan birortasini o‘ldirmagan, faqat
shikoyati bilangina shahar boshlig‘i oldiga kelgan olomondan 8 kishini osib
o‘ldirishga hukm qilishni hech qanday dalil bilan oqlab bo‘lmas edi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

160

Bunday qo‘zg‘olonlar mamlakat hukumati tomonidan qabul qilinadigan

noto‘g‘ri qarorlarning natijasi ham bo‘lishi mumkin. Jumladan, yosh rus olimi
Vladimir Xavkin 1892-yilda Paster institutida vabo epidemiyasiga qarshi vaksina
ishlab chiqib, uni sinab ko‘rish maqsadida Chor hukumatiga murojaat qiladi.
Ammo Rossiya bu taklifni rad etadi. Rad etishining sababi esa gigiyenachilar va
bakteriologlar o‘rtasidagi kelishmovchilik deb hisoblanadi.

Bu qo‘zg‘olon Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi

Turkiston xalqlarining ilk yirik norozilik namoyishlaridan biri bo‘ldi. U nafaqat
o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy taranglikni oshirib yubordi, balki mustamlaka
hukmronligining yanada kuchayishiga, mahalliy xalqning milliy ongida erkinlik
va mustaqillik istagining ildiz otishiga ham turtki bo‘ldi. 1892-yilgi voqealar
mustamlakachilik zulmiga qarshi kelajakdagi yirik harakatlarga yo‘l ochgan
tarixiy burilish nuqtalaridan biri sifatida muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Хамидова, Х., & Мирзаева, Н. (2022). Xx asr boshlarida mirzachol

vohasidagi agrar oʻzgarishlar (―Туркестанское селъское хозяйство jurnali
asosida). Современные инновационные исследования актуальные
проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 631-634.
2.

Kurambayev, B., & Freedman, E. (2020). Ethics and journalism in Central

Asia: A comparative study of Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan and Uzbekistan.
Journal of Media Ethics, 35(1), 31-44.
3.

Мирзаева, Н. Д., & Расулова, М. А. К. (2016). К вопросу о религиозном

составе населения русских поселков в Голодной степи (начало XX века).
Проблемы современной науки и образования, (11 (53)), 44-45.
4.

Хамидова, Х., & Мирзаева, Н. (2022). Xx asr boshlarida mirzachol

vohasidagi agrar oʻzgarishlar (―Туркестанское селъское хозяйство jurnali
asosida). Современные инновационные исследования актуальные
проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 631-634.
5.

Мирзаева, Н. Д., & Расулова, М. А. On the issue of religious composition of

the population of Russian settlements in the Hungry Steppe (the beginning of XX
century) Mirzaeva N., Rasulova M. 2 К вопросу о религиозном составе
населения русских поселков в Голодной степи (начало XX века).
6.

Urazalievna, A. G., & Fotima, X. (2024). TURKISTON QO‘RBOSHILAR

HARAKATI VA ULARNING FAOLIYATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 5-10.
7.

Urazalievna, A. G., & Aziza, P. (2024). FARG‘ONA VODIYSIDAGI

ISTIQLOLCHILIK HARAKATLARI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI. IJTIMOIY
FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 12-15.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

161

8.

Абдулхай, Г. У. (2020). ТУРКИСТОН АССР: ҚАНДАЙ ДАВЛАТ БЎЛИШИ

КЕРАК ЭДИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 3(1).
9.

Sangirova, D. (2019). Hajj and the ruling pilgrims. A look at the past, (18),

10.

Маргилоний, М. А. (1999). Тарихи Азизий. Тошкент: Маънавият.

11.

Сангирова, Д. Х. (2000). Тарихи Азизи. важный источник по истории

изучения царского колониального периода: автореф.... канд. ист. наук.
Ташкент, 1-2.
12.

Mavlyanov, U. N. (2020). Problems of Ontology in the Heritage of Ali Safi.

International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7),
540-545.
13.

Mavlyanov, U. N. (2021). FAHRUDDIN ALI SAFI'S TEACHING ABOUT

BEING. Bulletin of Gulistan State University, 2021(2), 61-67.
14.

Мавлянов, У. Н. (2020). ПРОБЛЕМЫ ОНТОЛОГИИВ НАСЛЕДИИ АЛИ

САФИ. Вестник Российского философского общества, (1-2), 200-209.
15.

Nematov, R. A., & Almanov’s, Q. O. (2022). The role of historical sources in

the study of the history of the turkish empire. American Journal Of Social
Sciences And Humanity Research, 2(10), 25-31.
16.

Неъматов, Р. (2023). Илк ўрта асрлар Хоразм тарихшунослигининг

бугунги ҳолати. История и культура центральной Азии, 1(1), 122-125.
17.

Неъматов, Р. (2023). Хоразм Африғийлар сулоласи–Турк хоқонлиги

сиёсий алоқалари. Journal of Fundamental Studies, 1(7), 16-23.
18.

Кудратов, С. С. (1992). Поселения левобережья р. Нарын в Фергане (III

в. до н. э.–V в. н. э.): Дис.… канд. ист. наук. СПб
19.

Кудратов, С., & Маъруфов, Ш. (2021). МИРЗАЧЎЛДАГИ ҚАДИМГИ СУВ

ИНШОАТЛАРИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 4(11).
20.

Кудратов,

С.

(2022).

Археологик

ёдгорликлар–ёшларда

ватанпарварлик туйғусини шакллантиришнинг муҳим омили. Значение
цифровых технологий в изучении истории Узбекистана, 1(01), 363-366.
21.

Bosimovich, T. B., & Jonibek, R. (2022). FROM THE HISTORY OF EARLY

MEDIEVAL POTTERY CRAFT. World Bulletin of Social Sciences, 16, 86-87.
22.

BOSIMOVICH, T., & ALISHER, A. (2022). FROM THE HISTORY OF THE

ANCIENT DEFENSE WALLS. International Journal of Intellectual Cultural
Heritage, 2(5), 61-65.
23.

Абдуматов, А. А. (2024). АКАДЕМИК АБДУЛАҲАД МУҲАММАДЖОНОВ

ИЛМИЙ МЕЪРОСИДА ТАРИХИЙ ТАФАККУР МАСАЛАСИ. Science and
innovation, 3(Special Issue 6), 426-431

References

Хамидова, Х., & Мирзаева, Н. (2022). Xx asr boshlarida mirzachol vohasidagi agrar oʻzgarishlar (―Туркестанское селъское хозяйство jurnali asosida). Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 631-634.

Kurambayev, B., & Freedman, E. (2020). Ethics and journalism in Central Asia: A comparative study of Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan and Uzbekistan. Journal of Media Ethics, 35(1), 31-44.

Мирзаева, Н. Д., & Расулова, М. А. К. (2016). К вопросу о религиозном составе населения русских поселков в Голодной степи (начало XX века). Проблемы современной науки и образования, (11 (53)), 44-45.

Хамидова, Х., & Мирзаева, Н. (2022). Xx asr boshlarida mirzachol vohasidagi agrar oʻzgarishlar (―Туркестанское селъское хозяйство jurnali asosida). Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 631-634.

Мирзаева, Н. Д., & Расулова, М. А. On the issue of religious composition of the population of Russian settlements in the Hungry Steppe (the beginning of XX century) Mirzaeva N., Rasulova M. 2 К вопросу о религиозном составе населения русских поселков в Голодной степи (начало XX века).

Urazalievna, A. G., & Fotima, X. (2024). TURKISTON QO‘RBOSHILAR HARAKATI VA ULARNING FAOLIYATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 5-10.

Urazalievna, A. G., & Aziza, P. (2024). FARG‘ONA VODIYSIDAGI ISTIQLOLCHILIK HARAKATLARI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 12-15.

Абдулхай, Г. У. (2020). ТУРКИСТОН АССР: ҚАНДАЙ ДАВЛАТ БЎЛИШИ КЕРАК ЭДИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 3(1).

Sangirova, D. (2019). Hajj and the ruling pilgrims. A look at the past, (18),

Маргилоний, М. А. (1999). Тарихи Азизий. Тошкент: Маънавият.

Сангирова, Д. Х. (2000). Тарихи Азизи. важный источник по истории изучения царского колониального периода: автореф.... канд. ист. наук. Ташкент, 1-2.

Mavlyanov, U. N. (2020). Problems of Ontology in the Heritage of Ali Safi. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7), 540-545.

Mavlyanov, U. N. (2021). FAHRUDDIN ALI SAFI'S TEACHING ABOUT BEING. Bulletin of Gulistan State University, 2021(2), 61-67.

Мавлянов, У. Н. (2020). ПРОБЛЕМЫ ОНТОЛОГИИВ НАСЛЕДИИ АЛИ САФИ. Вестник Российского философского общества, (1-2), 200-209.

Nematov, R. A., & Almanov’s, Q. O. (2022). The role of historical sources in the study of the history of the turkish empire. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 2(10), 25-31.

Неъматов, Р. (2023). Илк ўрта асрлар Хоразм тарихшунослигининг бугунги ҳолати. История и культура центральной Азии, 1(1), 122-125.

Неъматов, Р. (2023). Хоразм Африғийлар сулоласи–Турк хоқонлиги сиёсий алоқалари. Journal of Fundamental Studies, 1(7), 16-23.

Кудратов, С. С. (1992). Поселения левобережья р. Нарын в Фергане (III в. до н. э.–V в. н. э.): Дис.… канд. ист. наук. СПб

Кудратов, С., & Маъруфов, Ш. (2021). МИРЗАЧЎЛДАГИ ҚАДИМГИ СУВ ИНШОАТЛАРИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 4(11).

Кудратов, С. (2022). Археологик ёдгорликлар–ёшларда ватанпарварлик туйғусини шакллантиришнинг муҳим омили. Значение цифровых технологий в изучении истории Узбекистана, 1(01), 363-366.

Bosimovich, T. B., & Jonibek, R. (2022). FROM THE HISTORY OF EARLY MEDIEVAL POTTERY CRAFT. World Bulletin of Social Sciences, 16, 86-87.

BOSIMOVICH, T., & ALISHER, A. (2022). FROM THE HISTORY OF THE ANCIENT DEFENSE WALLS. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(5), 61-65.

Абдуматов, А. А. (2024). АКАДЕМИК АБДУЛАҲАД МУҲАММАДЖОНОВ ИЛМИЙ МЕЪРОСИДА ТАРИХИЙ ТАФАККУР МАСАЛАСИ. Science and innovation, 3(Special Issue 6), 426-431