THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
32
JARQO‘RGʻON MINORASI.
Yo’ldoshev Xusan Sheraxmat o’g’li
Karimov Davron Eshmo’min o’g’li
Termiz Davlat Pedagogika Instituti Tarix yo’nalishi 3- kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14729058
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Jarqo‘rgʻon minorasining tarixiymadaniy
obyekt sifatidagi turistik imkoniyatlari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Turizm, turist, tarixiy-ma’daniy obyekt, Jarqo‘rgʻon minorasi,
turistik karidor.
Abstract:
This article reveals the tourist potential of the Jarkurgan Tower
as a historical and cultural object.
Key words:
tourism, tourist, historical and cultural object, Jarkurgan tower,
tourist corridor.
Аннотация:
В данной статье раскрывается туристический потенциал
Джаркурганской башни как историко-культурного объекта.
Ключевые слова
:Tуризм, туристический, историко-культурный
объект, Джаркурганская башня, туристический коридор.
KIRISH.
Sharqda azaldan minorasi bo`lgan shaharlar ahli yuksaklikga intiluvchilar
sifatida qadirlagan. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rgʻon tumaniga keluvchi turistlar
ham mazkur maskandagi “Jarqo‘rgʻon minorasi” mo‘jizasini albatta ko‘rmasdan
ketmasligi aniq. Jarqoʻrgʻon tumani Minor qishlogʻida joylashgan Jarqoʻrgʻon
minorasi meʼmoriy yodgorligi Xuroson meʼmorlik maktabi anʼanalari asosida
barpo etilgan. Yonida bir vaqtlar pishiq gʻishtdan qurilgan Jome masjid boʻlgan
(saqlanmagan). Minorasi bor shaharlarning xalqi o`zgacha hurmat-etiborda
bo‘lishgan. Minoralar ichida ulug‘vorlardan biri hisoblangan Jarqo‘rg‘on
minorasi 1108-1109 yillarda qurilgan bo‘lib, uni qurdirgan shaxs shu qurilma
loyixasini tasdiqlagan Xuroson hokimi sulton Sanjar unvoni qayt etilgan. Minora
o`rta qismining yon tomonlaridan biriga usta Ali ibn Muhammad asSaraxsiy
nomi bitilgan tik panno (atrofi naqsh chiziq yoki boʻrttirib ishlangan hoshiya
bilan chegaralangan tasvir, boʻrtma tasvir, naqshli devor boʻlagi) o‘yib ishlangan.
Jarqo‘rgʻon minorasi 8 qirrali poydevor ustiga gʻishtdan mavj shaklida terilgan
16 plitavor qobirgʻadan iborat bo‘lib, 20 m balandlikda gʻishtdan panjarali
ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbogʻ hoshiya bor. Belbogʻ ustida
yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan. N.N. Karazin
rasmida masjid va minora harobasi aks ettirilgan (1879-yil). Minoraning hozirgi
balandligi 21,6 m, asosi (diametri-5,4m) ning kitobasida meʼmor nomi Ali ibn
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
33
Muhammad Saraxsiy va qurilgan sanasi yozilgan (V. A. Shishkin tomonidan
oʻqilgan). Jarqo‘rgʻon minorasi taʼmirlangan, davlat tomonidan muhofaza
qilinadi
1.
Ushbu me’moriy uslub “gofr”-“qatlama” deb atalgan. Jarqo‘rg‘on
minorasi O‘rta Osiyoning eng dastlabki minoralaridan biri hisoblanadi. U
Buxorodagi mashhur Minorai Kalondan (1124-1127 yy) 16 yil oldin qad
ostlagan edi. Minora Juma masjidi yonida pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib,
aralash ohak qorishmali pishiq g`ishtdan ko`tarilgan. Pishiq g‘ishtlar esa minora
yaqinidagi Kultepa tepaligida quyilib va pishirilib olib kelingan. Jarqo‘rg‘on
minorasidagi Xuroson, jumladan, Saraxs ustalari me’moriy usuli va texnikasi
o‘rganish chog‘ida ularning nafaqat Movaounnaxr, balki Eron, Afg‘oniston,
Kavkaz mintaqalari, arab mamlakatlari, Kichik Osiyo, hattoki olis Hindiston
me’moriy ta’sirini ham ko‘rish mumkin. Jarqo‘rg‘on minorasi haqidagi dastlabki
ilmiy ma’lumotlar arxeolog olim Z.A. Apshabeskaya o‘zining 1984-yil
“O‘zbekiston” nashriyotida chop ettirgan “Jarqo‘rg‘on minorasi” nomli risolasida
jahon moddiy madaniyatida alohida ilmiy tadqiqotlar o`zida jalb etgan, qurilish
arxetekturasi, nafisligi, mustahkamligi hamda uzoq asrlar tarixidan dalolat
beruvchi Jarqo‘rg‘on minorasi haqida ma’lumotni kitobxonga taqdim qilgan.
Ko‘kga bo‘y cho‘zgan, xushqad minoralar musulmon olamida sharq o‘rta asr
shaharlarining o‘ziga xos unsuri hisoblanadi. Jarqo‘rg‘on shaharidan g‘arb
tomonga ikki kilometr yurilsa, ko‘m-ko‘k bog‘lar orasida Markaziy Osiyo
me’morchiligida qobirg‘asimon yagona inshoat minora qad ko‘tarib turibdi.
Mazkur joy IX-X asrlar arab manbalarida tilga olingan Sarmangan yoki
Charmangan shahriga qiyos qilinadi. Taglik ustidan qad ko‘targan adl
minoraning yuqori tomon ingichkalashib boruvchi o‘n olti nimaylana ustin
qovurg‘asimon yuza xosil qilgan. Taglik qirralaridan birida minora ichidagi
burama (aylana) zinaga eltuvchi arksimon eshik o‘rnatilgan
2
. Minoraning saqlab
qolgan balandligi 21.5 m, diametri pastda 5,4 m, yuqori qismida esa 4,1 m. To‘rt
burchak hoshiyaning pastki qismida quydagi matnni o‘qish mumkin: “Saraxslik
Ali ibn Muhammad ishi”. Poydevorining yuqori qismidagi sakkizta to‘rtburchak
romda quydagi yozuv bitilgan”,
(1) Alloh Taologa baxshida etildi,
(2) amir masjidi va minorasi,
(3) nusratnishon sipohsolor,
(4) buyuk sayyid, adolat homiysi,
(5) davlat va din tayanchi,
(6) islom va musulmonlar homiysi,
(7) Xuroson amiri Abu Said,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
34
(8) dindorlar amirining yordamchisi”.
sakkizinchi to‘rtburchakda ikkinchi qator bor, unda yilnomaga to‘g‘ri
keluvchi besh, nol va ikki sonlari bitilgan. Bu hijriy yil bo‘yicha minora qurulishi
sanasini bildirib, 1108-1109 yilga to‘g‘ri keladi. Jarqo‘rg‘ondagi minora quruvchi
va buyurmachi nomlari bitilgan, mahobatli me’morchilik aniq sanalgan
yodgarliklardan biri bo‘lib qolmay, O`zbekiston hududida saqlanib qolgan
musulmon minoralaridan eng qadimgisi hamdir
3
. XX asr boshida tadqiqotchilar
bizgacha yetib kelgan silindirsimon Jarqo‘rg‘on minorasini Markaziy Osiyoda
qurilgan noyob inshoatlar eng qadimiysi (423 hijriy-1032 milodiy ), deb qayd
qilgan edilar. Shuning uchun Jarqo‘rg‘on (O‘rta asrlarda bu yerda Charmangan
qishlog‘i joylashgan edi) minorasi Surxondaryo vohasida saqlanib qolgan yagona
obidalardandir. Minoraning yuqori qismi vayron bo‘lganiga qaramay, u hamon
me’moriy yaxlidlikni yo‘qamagandek tuyuladi, o‘zining salobatli ko‘rinishi bilan
barchani maftun etadi.
XULOSA
Jarqo‘rgʻon minorasiga yil davomida mahalliy va xorijiy turistlar tashrif
buyurmoqda. Minor qishlogʻida joylashgan mazkur obida tuman markazidan 2
km janubi-gʻarbda joylashgan bo‘lib, bu yerga tashrif buyuruvchi sayyohlar
uchun hech qanday muammo tugʻdirmaydi. Shu sababli mazkur obida atrofida
mazkur maskanga kelib ketuvchi sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar
(avtomabil yo‘llarining ta’mirtalab qismini ta’mirlash, milliy kasanachilik bilan
shugʻillanuvchilar uchun maxsus joylar yaratish, savdo va umumiy ovqatlanish
hamda aholiga boshqa maishiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish) yaratilsa
sayyohlar oqimi bundanda ko‘p bo‘lishi shubhasizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. T. 2022.01.15. PF-52-son.
2.O‘zbekiston milliy ensklopediyasi. Toshkent-2000.
3.Tursunov S.N., Pardayev T.P., Ahmedova G.O`., Maxmadiyorova H.,
Narzullayeva N., Tursunova N.M. O`zbekiston janubiy hududlarida madaniy va
amaliy sa’nat yodgorliklari”. Toshkent-2017.
4. Tursunov S.N., Tuxtayev A. “Jarqo`rgon tarixidan lavhalar” 2015-yil
5. Комилова, Нилуфар, and Ойхумор Рўзиқулова. "REGIONAL ASPECTS OF
MATERNAL AND CHILD HEALTH IN UZBEKISTAN." Pedagogika: 74.
6. Kalonov, B. H., & Latipov, N. F. (2021). Characteristics Of Geographical
Location Of The Population Of Navoi Region. International Journal of Progressive
Sciences and Technologies, 25(2), 477-479.
7. Kalonov, B. H., Latipov, N. F., & Shirinova, M. S. (2021). ENVIRONMENTAL
PROBLEMS IN THE NAVOI REGION COTTON FIELD. Мировая наука, (4), 15-18.
