THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
11
SURKOV MOYLARINING SINFLANISHI VA TARKIBI
Shukurov A.Sh.
Hamidov B.N.
OʻzR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, mustaqil izlanuvchi
OʻzR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, t.f.d., professor
https://doi.org/10.5281/zenodo.13284181
Annatatsiya.
Ushbu tezisda surkov moylari ishqalanishni kamaytirishning
samarali usullari, industrial moylarning asosiy guruhlari va asosiy funksiyalarni
haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar.
surkov moylari, ishqalanish, energiya, silindrsimon, motor
va transmissiya moylari.
Surkov moylari ishqalanishni samarali kamaytirish va mexanizmlarning
uzluksiz ishlashini taʻminlash qobiliyati tufayli sanoat va mashinasozlik
sohalarining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan foydalanishning
isbotlangan afzalliklari orasida eskirishni sezilarli darajada kamaytirish,
mahsuldorlikni oshirish va asbob-uskunalarning ishlash muddatini oshirish
kiradi.
Surkov moylari ishqalanish uchun energiya xarajatlarini kamaytirish va
mashina va mexanizmlarning ishonchli ishlashini taʻminlash uchun
moʻljallangan. Qoʻllash sohasiga koʻra surkov moylari sinflarga boʻlinadi:
industrial, motor, prokatli stanlar uchun moylar, vakuumli, silindrlar uchun,
energetik, transmission, asboblar uchun, gidravlik. Avtotransport vositalarida
qoʻllash koʻlami va ularning ahamiyati boʻyicha motor va transmissiya moylari
etakchi oʻrinni egallaydi. Bugungi kunga qadar surkov moylarining 95 foizi
Oʻzbekistonga chet eldan olib kelinadi.
Industrial moylar turli sanoat jihozlarini surkash uchun moʻljallangan.
Industrial moylarning asosiy guruhlari quyidagilar:
1) Seriyasi I boʻlgan umumiy maqsadli moylarni (I–5A, I–8A, I– 12A va
hokazolar) toʻqimachilik mashinalari, metall kesadigan stanoklar, podshipniklar,
nazorat–oʻlchov asboblarini surkash uchun ishlatadilar; stanokli jihozlar va
avtomatik liniyalarning gidravlik sistemalarida ishchi suyuqliklar sifatida hamda
texnologik ehtiyojlar (charmlarni yogʻlash, plastik surkovlarni tayyorlash, atir
upa kremlari va boshqalar) uchun ishlatiladi. Bu moylarda qoʻndirmalar yoʻq,
ularning qovushqoqligi 4–5 dan (I–5A) 90–118 gacha (I–100A) mm
2
/s boʻladi.
2) Yuqori tezlikli mexanizmlar uchun moylarni (IGP–4, IGP–6 va b.q.) turli
stanokli jihozlarni, tishli, chervyachli (chuvalchangli) va vintli uzatmlarni
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
12
surkash uchun qoʻlaydilar; ularda turli qoʻndirmalar bor (antioksidlovchi,
eskirishga qarshi, antikorrozion).
3) Sanoat jihozlarining gidravlik sistemalari uchun moylarni (IGP –18,
IGP–30, IGP–72, IGP–91) stanoklar, avtomatik liniyalar, presslar,
reduktorlarning mustahkam ishlashini taʻminlash uchun qoʻllaydilar.
4) IRp va ISp seriyali moylar tishli uzatmalar va chervyachli
mexanizmlarni surkashga xizmat qiladi; ITP seriyali moylar esa ogʻir yuklangan
reduktorlarni va tezliklar qutisini surkash uchun.
5) INSp va IGNSp seriyali moylarni toyishni yoʻnaltiruvchilar uchun
qoʻllaydilar.
6) Telegraf moyi va L hamda T separatorli moylarni maxsus sohalarda
qoʻllaydilar
Surkov moylarning muhim guruhini karbyurator, avtotraktor, dizel va
aviatsion dvigatellar uchun motor moylar tashkil etadi. Motor moylari porshenli
ichki yonuv dvigatellari uchun moʻljallangan, Aviatsion surkov moylar porshenli
va gaz turbinli dvigatellar uchun moʻljallangan moylarga boʻlinadi. Gaz turbinali
moylar tashqi yonuv dvigatellari uchun, silindrsimon, konusli, spiral burchakli,
gipoid tishli uzatmalar uchun transmissiya moylari, tishli reduktorlar va boshqa
ishqalanish boʻgʻinlari uchun moʻljallangan. Transmissiya, oʻz navbatida,
mexanik, gidromexanik, gidrostatiklarga boʻlinadi.
Qoʻllanilishidan qatʻiy nazar, barcha moylar quyidagi asosiy funksiyalarni
bajaradi:
1) juftlashuvchi qismlar orasidagi ishqalanishni kamaytirish;
2) ularning eskirishini kamaytirish va ishqalanishning oldini olish;
3) ulardan issiqlikni olib tashlash;
4) ishqalanadigan qismlarni va boshqa izolyatsiyalanmagan qismlarni
tashqi muhitning korroziya taʻsiridan himoya qilish.
Asosiy moylar qovushqoqligi, kimyoviy tarkibi va boshqa baʻzi
xususiyatlari bilan farqlanadi. Surkov moylari uchun xomashyo mineral va
sintetik moylar boʻlishi mumkin. Mineral moylarning kimyoviy tarkibi moy
ishlab chiqarilgan neftga bogʻliq. Sintetik moylarning kimyoviy tarkibi xomashyo
(monomerlar) va sintez usuliga bogʻliq. Sintetik asos moylari sifatida
poliolefinlar, diesterlar va dialkilbenzollar ishlatiladi.
Oltingugurt, xlor va fosfor kabi faol elementlarni oʻz ichiga olgan
qoʻndirmalar surkov moylari uchun ishqalanishga qarshi, eskirishga qarshi
ishlatiladi. Oltingugurt oʻz ichiga olgan qoʻshimchalar orasida sulfidlar,
disulfidlar va ularning hosilalari keng qoʻllaniladi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
13
Bundan tashqari tarkibida bir necha faol elementlar “LZ-309/2”, “Xloref-
40” mavjud boʻlgan eskirishga va tiqin hosil boʻlishiga qarshi qoʻndirmalardan
ham foydalaniladi
Neft moylarning asosiy vazifasi turli mexanizm, stanoklar, dvigatellar,
mashinalarning harakat qiluvchi qattiq yuzalari orasidagi ishqalanishini
kamaytirish shu tufayli ularning eskirishini oldini olishdir. Moyli surkov mavjud
boʻlganda metall yuzalarining quruq ishqalanishi qovushqoq suyuqlik
qatlamlarining oʻzaro ishqalanishi bilan almashtiriladi. Moy va surkaladigan
yuza materiallari molekulari oʻzaro ilashish kuchidan yuqori boʻladi, buning
natijasida metall yuzasida surkov materialining mustahkam qatlami hosil
boʻladi. Bunday qatlamning borligi quruq ishqalanishdan mustasno boʻladi,
suyuq surkovning qatlamlar orasidagi ishqalanish koeffitsentidan bir necha oʻn
marta kichik boʻlganligi uchun bu ishqalanish kuchlarini yengishda energetik
sarflar surkovlar ishlatilishi natijasida ancha kamayadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Hamidov B.N., Fozilov S.F., Saydaxmedov Sh.M., Mavlanov B.A. Neft va gaz
kimyosi. Toshkent “Muharrir” – 2014 y 598 b.
2. Chichinadze A.V., Osnovы tribologii (treniye, iznos, smazka) / Chichinadze
A.V. Ucheb. dlya texn. vuzov Chichinadze A.V / 2-ye izd. M.: Mashinostroyeniye,
2001
3. Kragelskiy I.V. Treniye i iznos / Kragelskiy I.V. M., Mashinostroyeniye, 1968 -
480 s.
4. Korotkov Yu.F., Kozumena O.V., Kuznesov N.G., Nikolayev A.N.
Energeticheskiye xarakteristiki dvuxtatnogo porshnevogo akusticheskogo
nagnetatelya gaza // Vestnik Kazan. texnol. un-ta. 2014. T. 17, № 1. S.238-241.
5. Xaydarov A.F., Klimenteva G.Yu. Komponentы antistaticheskix prisadok k
dizelnomu toplivu// Vestnik Kazan. texnol. un-ta. 2014. T17, № 8. S. 266-268.
