TЕMURIYLAR DAVRI MUTAFAKKIRLARINING FUQAROLIK JAMIYATI G‘OYALARIGA OID QARASHLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada Temuriylar davri mutafakkirlari va davlat arboblarining davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatiga oid siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy qarashlari, ushbu qarashlarning amaliyotga nechog‘lik tatbiq etilgani masalasi tahlil etilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
103-107
27

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Kurbanbayeva, M. (2024). TЕMURIYLAR DAVRI MUTAFAKKIRLARINING FUQAROLIK JAMIYATI G‘OYALARIGA OID QARASHLARI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(15), 103–107. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51317
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Temuriylar davri mutafakkirlari va davlat arboblarining davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatiga oid siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy qarashlari, ushbu qarashlarning amaliyotga nechog‘lik tatbiq etilgani masalasi tahlil etilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

103

TЕMURIYLAR DAVRI MUTAFAKKIRLARINING FUQAROLIK

JAMIYATI G‘OYALARIGA OID QARASHLARI

Kurbanbayeva Munavvara Kozibayevna

UrDU o‘qituvchisi, QDU “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari

va huquq ta’limi” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

e-mail: tamaddunnuri1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13354918

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Temuriylar davri mutafakkirlari va davlat

arboblarining davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatiga oid siyosiy, ijtimoiy va
ma’naviy-ma’rifiy qarashlari, ushbu qarashlarning amaliyotga nechog‘lik tatbiq
etilgani masalasi tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar:

temuriylar davri, “Temur tuzuklari”, davlat boshqaruvi,

adolat, tenglik, farovonlik, markazlashgan davlat, vatan manfaati.

Abstract:

This article analyzes the political, social and spiritual-

educational views of the thinkers and statesmen of the Temuri period on state
administration and civil society, and how well these views are applied in
practice.

Key words:

Temur era, "Temur's traps", state administration, justice,

equality, prosperity, centralized state, national interest.

Аннотация:

В данной статье анализируются политические,

социальные и духовно-просветительские взгляды мыслителей и
государственных деятелей периода Темури на государственное
управление и гражданское общество, а также то, насколько хорошо эти
взгляды применяются на практике.

Ключевые

слова:

эпоха

Темуридов,

«Темур

тузуклари»,

государственное управление, правосудие, равенство, процветание,
централизованное государство, национальный интерес.

Mamlakatimiz hududlariga, qadim davrlardanoq, hozirgi zamon tili bilan

aytganda “fuqarolik jamiyati” tushunchasi yot emas. Bu tushuncha qadimiy
asarlarda aynan shunday atalmagan bo‘lsa-da, davlat boshqaruvi, siyosiy tizim,
ijtimoiy qatlamlarning o‘zaro munosabatlariga oid qarashlar hozirgi zamon
mezonlariga ko‘ra “fuqarolik jamiyati” tushunchasiga to‘la mos keladi. Fuqarolik
jamiyati konsepsiyasining ilk kurtaklarini “Avesto”da ko‘rishimiz mumkin.
Xalqimiz dahosi bilan yaratilgan ushbu kitobda fuqarolik jamiyati belgilari,
unsurlari va tamoyillariga oid qator tezislar o‘z aksini topgan. Bu ta’limot shu
jihati bilan dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga tortgan. “Avesto” xalq


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

104

boshqaruviga oid bo‘lgan unsurlardan biri bo‘lgan xalq vakillaridan iborat
kengash – “oqsoqollar kengashi” haqida gap boradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

Yurtimiz tarixining yorqin sahifasini tashkil

etuvchi temuriylar davridagi davlat boshqaruvi tamoyillari va ma’naviy, siyosiy
g‘oyalariga nazar tashlasak, fuqarolik jamiyati prinsiplariga xos qarashlarni
ko‘rishimiz mumkin. Ushbu qarashlar, ayniqsa, Amir Temurning “Temur
tuzuklari”da yorqin aks etgan. Unda siyosat, siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvga
doir qarashlar yanada rivojlantirilgan. “Tuzuklar”ni davlat boshqaruvida adolat
prinsiplariga amal qilishning dasturi, desak ham bo‘ladi. U siyosiy munosabatlar
va me’yorlar, siyosiy institutlarni o‘zaro muvofiqlashtirish masalalari haqidagi
qoidalar majmuasidir.

MUHOKAMA.

Amir Temur davlat boshqaruvida jamiyatdagi barcha

ijtimoiy qatlamlar manfaatlari hisobga olinishi qay darajada muhim ekanligini
“Tuzuklar”da qayd etadi. Unda davlat siyosatini amalga oshirishda qanchalik
keng jamiyat vakillari bilan kengashib, ular fikr-mulohazalari asosida ish olib
borilsa, davlat shu darajada qudratli bo‘lishi ta’kidlangan. Amir Temur
“Tuzuklar”da jamiyatni 12 ta toifaga bo‘lib, ularning har birini ijtimoiy va siyosiy
nuqtayi nazardan boshqaruvdagi va jamiyatdagi o‘rni, ishtiroki, salohiyati va
ahamiyatini ochib bergan:

1) sayyidlar, ulamo va shayxlar; 2)bilimdon kishilar; 3)duogo‘y

taqvodorlar; 4)amirlar, sarhanglar, sipohsolorlar; 5)sipoh bilan raiyat; 6)dono
va ishonchli kishilar; 7)vazirlar, sarkotib va devon bitikchilari; 8)hakimlar,
tabiblar, munajjimlar va muhandislar; 9)muhaddislar (hadis olimlari va
roviylar) ; 10)so‘fiylar va oriflar; 11)hunar va san’at ahli; 12)sayyoh va tijorat
ahllari. Ko‘rib turganimizdek, Amir Temur jamiyatdagi bironta ijtimoiy qatlamni
nazardan qochirmagan.

U siyosiy hokimiyatda faol pozitsiya egalari bo‘lgan vazirlar, amirlar va

noiblarga alohida diqqat qaratadi. Hukmdor bu kabi mas’uliyatli va muhim
davlat mansablariga shaxsiy simpatiyasi, qon-qarindoshligiga qarab yoki shaxsiy
manfaatlar yuzasidan odamlarni tayinlash to‘g‘risida gapirmaydi, balki bu
masalaga davlat va jamiyat manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashadi: bu kabi
mansablarga adolatparvar, yuksak insoniy axloqli, yurtga sadoqatli,
tashabbuskor va qat’iyatli insonlarni tanlash lozimligini ta’kidlaydi. Amir Temur
vazirlar kamida to‘rt fazilatga ega bo‘lishini shart qilib qo‘yadi:

1) asllik – toza naslga mansublik va ulug‘vorlik;
2) aqlu farosatga ega ekanligi;


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

105

3) sipoh bilan raiyat ahvolidan doimo boxabar bo‘lib turishi va ularga

g‘amxo‘rlik ko‘rsata olishi, ular bilan insoniy muomalada bo‘lish qobiliyatiga ega
ekanligi;

4) davlat ishida sabru bardoshli bo‘lishi, o‘z mulozimlariga muloyimlik

bilan munosabatda bo‘lishi[1].

Amir Temur qudratli davlat qurish, millat buyukligini va xalqining farovon

hayotini ta’minlash maqsadida uni birlashtirish uchun o‘zi adolatli jamiyat
prinsiplariga amal qilgan, ularni hayotga tatbiq etgan. Xususan, “Temur
tuzuklari”da u shunday deydi:

-saltanatim ishlarini murosayu madora, muruvvat va sabr-toqat bilan

yurgizdim. Ko‘p narsani bilib tursam ham o‘zimni bilmaslikka oldim. Do‘stu
dushman bilan murosayu madora qildim;

-davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim.

To‘ra va tuzukka tayanib, saltanatda o‘z martaba va maqomimni mustahkam
saqlab turdim. Amirlar, vazirlar, sipoh, raiyat har biri o‘z lavozim va
martabasidan mamnun holda xizmatimda bo‘lib, undan ortig‘iga da’vogarlik qila
olmadi;

-adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi

qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan
hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko‘nglidan joy oldim.
...Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va
jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin ularni shariatga muvofiq odamlar
o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm
o‘tkazmadim. Menga yomonliklar qilib, boshim uzra shamshir ko‘tarib, ishimga
ko‘p ziyon yetkazganlarni ham iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab
yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim.

-raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini

farzand o‘rnida ko‘rdim. Har yerning tabiati, har el va shaharning rasmu
odatlari, mizojidan voqif bo‘lib turdim. ...Har bir diyor aholisining ahvolidan
ogoh bo‘lib turdim. Har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini,
turish-turmushlarini, qilish-qilmishlarini, bular o‘rtalaridagi aloqalarni yozib,
menga bildirib turishi uchun diyonatli, to‘g‘ri qalamli kishilardan voqeanavislar
(axbornavis-xabarchilar) belgiladim;

-yana tajribamda ko‘rib bildimki, davlat agar dinu oyin (qoida) asosida

qurilmas ekan, to‘ra-tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi,
qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xsharkim, uni
ko‘rgan har kimsa nazarini olib qochadi”[2].


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

106

Yuqoridagi so‘zlarda siyosiy boshqaruv, siyosiy tizim, davlatchilikning

asosiy tamoyillari aks etgan. Yana bir eng ahamiyatli tomoni shundaki, Amir
Temur o‘zining nazariy bilimlari, g‘oyalarini amalda qo‘llab, qudratli,
markazlashgan davlat barpo etdi va bu davrda uning saltanati har tomonlama
taraqqiy etib, gullab-yashnadi.

NATIJALAR.

Temuriylar boshqaruvi davrida Amir Temur g‘oyalari davlat

arboblari va mutafakkirlar tomonidan yanada rivojlantirilib, takomillashtirib
borildi. Jumladan,temuriylar davrining yirik klassik namoyandalaridan, o‘zbek
tili va adabiyotining asoschisi, davlat arbobi Alisher Navoiy nafaqat buyuk shoir,
balki yirik nazariyotchi va amaliyotchi siyosatshunos sifatida davlatchiligimiz
tarixida o‘chmas iz qoldirgan, davlat siyosatining adolatli asoslari va ma’naviy
mezonlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkir allomadir. Alisher
Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida hukmdorning vazifasi haqida to‘xtalar
ekan, uning davlatni adolatli, qonun asosida boshqarishi, har bir tabaqaning
obro‘-e’tibori, qadr-qimmatini munosib baholashi, ulardan birining ikkinchisi
ustidan hukmronlik qilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozimligini uqtiradi va buning
qanday amalga oshirilishini ham ko‘rsatib beradi. Alisher Navoiy do‘sti Husayn
Boyqaroning vaziri bo‘lib yuritgan faoliyati davomida, Boyqaroni adolatli shoh
darajasiga ko‘tarish, mamlakatda adolat va haqiqatni qaror toptirish, el-ulusni
g‘amxo‘rlik va karam bilan boshqarish uchun ko‘p harakat qildi. Lekin buning
amalda chorasini topa olmagach, o‘z asarlarida adolatli shoh va adolatli jamiyat
haqidagi qarashlarini bayon etib, o‘zbek xalqining ma’naviy xazinasini durdona
asarlari bilan boyitdi. Mazkur asarlarda davlat boshqaruviga oid bebaho
g‘oyalarini bayon etdi.

Shuningdek, o‘zbek millatining yana bir zabardast vakili Mirzo Bobur ham

mislsiz qiyinchiliklarni yengib, boburiylar imperiyasiga asos soldi va o‘z
saltanatini adolat bilan boshqarishga imkon qadar harakat qildi. Albatta, o‘sha
davr taqozosi bilan, adolatli boshqaruv qudratli harbiy tizim vositasida ushlab
turildi. Lekin Boburshoh, shohning asosiy vazifasi mamlakat hududida
osoyishtalik o‘rnatish, tarqoq o‘lkalarni birlashtirib markazlashgan yagona
davlat barpo etish, uni adolat bilan boshqarish, aholining farovonligini
ta’minlash, uning madaniy-ma’rifiy saviyasini oshirish va jamiyat taraqqiyotini
ko‘zlab ish olib borish deb bildi va shu tamoyillarga ko‘ra mamlakatni idora
qildi. O‘g‘li Humoyunga yozgan maktubida o‘g‘li timsolida avlodlariga ham
hamisha adolat bilan ish yuritish, ra’iyatning tinchlik-osoyishtaligini ta’minlash,
jamiyat baxt-saodatini ko‘zlab siyosat yuritishni uqtirdi. Haqiqatan ham, uning
avlodlari bo‘lmish boburiylar asrlar davomida o‘z saltanatini, xususan


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

107

Hindistonni adolat bilan boshqarib, o‘z qo‘l ostidagi o‘lkalarning taraqqiyotiga
xizmat qildilar.

Temuriylar davri allomalari Husayn Voiz Koshifiy va Jaloliddin Davoniylar

ham davlat boshqaruvi va uning siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-axloqiy
masalalar xususida qimmatli fikrlarni bildirgan allomalardir. Husayn Voiz
Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” asari mashhur bo‘lib, unda “Tarbiya va jazo
haqida qonunlarning bo‘lmaganligi davlat faoliyatining buzilishiga olib
keladi”[3], deydi. Jaloliddin Davoniy o‘zining “Axloqi Jaloliy” asarida “Qonunsiz
jamiyatda tartib o‘rnatib bo‘lmaydi”[4], deb hisoblaydi.

XULOSA

. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, temuriylar davri mutafakkirlari

davlat boshqaruvida adolat hukm surishi, jamiyatda ilm, ma’rifat, tenglik,
farovonlik qaror topishini istaganlar va fuqarolik jamiyati g‘oyalarini ilgari
surganlar. Bu g‘oyalar Amir Temur, Ulug‘bek, Mirzo Bobur kabi hukmdorlarning
boshqaruvi davrida qisman amalga oshgan.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.https://temurtuzuklari.uz/. Temur tuzuklari.
2.https://temurtuzuklari.uz/. Temur tuzuklari.
3.Husayn Voiz Koshifiy. Axloqi Muhisiniy. - Dushanbe. Adib nashriyoti, 1991.
4.Jaloliddin Davoniy. Axloqi Jaloliy. O‘zRFA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti qo‘lyozmalar fondi.

Bibliografik manbalar

https://temurtuzuklari.uz/. Temur tuzuklari.

https://temurtuzuklari.uz/. Temur tuzuklari.

Husayn Voiz Koshifiy. Axloqi Muhisiniy. - Dushanbe. Adib nashriyoti, 1991.

Jaloliddin Davoniy. Axloqi Jaloliy. O‘zRFA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi.