THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
72
QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH VA
QAYTA ISHLASHNING AYRIM JIHATLARI
Dilnavoz Azamatovna Bahromova
dilnavozbahromova68@gmail.com
TIQXMMI MTUning Qarshi Irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Gidromelioratsiya fakulteti.
Iqtisodiyot yo’nalishi 309-Guruh Talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13889580
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining janubiy
hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bilan
ta’minlash, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va kelajakda
innovatsiyalarni joriy qilish va
va resusrlardan unumli foydalanish bo‘yicha
nazariy fikr-mulohazalar, takliflar va tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlari
: innovatsiya, resusrlar, ishchi kuchi, ishlab chiqarish, qayta
ishlash, oziq-ovqat, meva-sabzavotlar, janubiy hududlar, yetqazib berish,
daromad, qishloq xo‘jaligi.
Аннотация:
В данной статье проводится анализ решений по
принимаемым мерам по обеспечению выращивания и переработки
сельскохозяйственной продукции в южных регионах Республики
Узбекистан, дальнейшему расширению, развитию и поддержке
производства и представлены мнения, предложения и рекомендации по
эффективному использованию.
Ключевые слова:
инновации, ресурсы, труд, производство,
переработка, продовольствие, плодоовощная продукция, южные регионы,
завоз, доходы, сельское хозяйство.
Abstract
: In this article, there is an analysis of the decisions in the
measures taken to ensure the cultivation and processing of agricultural products
in the southern regions of the Republic of Uzbekistan, further expansion,
development and support of production, and the introduction of news and
innovations expected in the future.
Keywords
: innovation, resources, labor, production, processing, food,
fruits and vegetables, southern regions, delivery, income, agriculture.
Milliy iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi tarmog‘i har bir mamlakatda hal
qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki qishloq xo‘jaligi iste`mol bozorini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan, sanoat tarmog‘ini xomashyo bilan ta`minlab kelmoqda.Shu
bilan birga, qishloq xo‘jaligi ko‘plab boshqa ishlarni ham bajarib keladi,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
73
jumladan, o‘ziga zarur bo‘lgan tovarlarni sotib olish, ishlab chiqarish, sotish,
saqlash, logistika, xomashyo yoki mahsulotlarni qayta ishlash.
G‘alla ekinlari orasida ob-havo sharoiti, kasalliklar, hasharotlar,
zararkunandalar, begona o‘tlarning paydo bo‘lishi, o‘sishi va rivojlanishini
prognoz qilish, mavsumiy tebranishlar ta`siri ham ushbu mahsulotni hisobga
olish va boshqarishni murakkablashtiradi.Harorat va yog‘ingarchilikning
o‘zgarishi, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va boshqa ekstirimental ob-havo
hodisalarining ko‘payishi ko‘plab hududlarda allaqachon ekinlar hosildorligi va
chorvachilik mahsuldorligiga salbiy ta’sir o‘tkazib kelmoqda. O‘zbekiston
Respublikasining 70 foizdan ko‘proq hududi cho‘ldan iborat bo‘lib,
sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish, botqoqlanish, shamol va suv eroziyasi,
yaylovlarda yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi hamda Orol dengizining qurishi
natijasida 3 million gektardan ortiq maydonda Orolqum cho‘li paydo bo‘lgani
barchaga ma’lum.Kuchli sho‘rlangan yerlarning ulushini 37 foizga qisqartirish,
maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni qo‘llaydigan hamda xalqaro sifat
menejmenti tizimini joriy etgan fermer xo‘jaliklari sonini 20 foizga oshirish, suv
tejovchi texnologiyalar joriy etilgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining
umumiy maydonini 32 foizga kengaytirish shular jumlasidandir.
Bugungi kunda respublikamizning janubiy hududlarida ishlab chiqarishni
kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport
qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar jadal sur'atlarda amalga
oshirilmoqda. Meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirishga doir loyihalarni
amalga oshirish uchun ekin maydonlari sezilarli ravishda kengaytirildi, meva-
sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar
ishga tushirildi, moliyaviy resurslar, jumladan, xalqaro moliya institutlari
mablag‘lari faol ravishda jalb etilmoqda. Misol uchun 2022 yil yanvar-dekabr
oylarida 189924,3 mlrd.so‘mlik investitsiyalarning 8%-i qishloq xo‘jalik
sohasiga yo‘naltirilgan. Natijada, shu yilda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari hajmi 215,7 trln.so'mni yoki 2021 yilga nisbatan 102,7%ni, shu
jumladan dehqonchilik maxsulotlari 108,3 trln.so'mni (103,7 %), chorvachilik
maxsulotlari - 107,4 trln.so'mni (101,7 %) tashkil qildi.
Shu bilan birga xorijiy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlaridagi yuqori
darajadagi raqobat agrotexnikaning hamda ishlab chiqarish va mahsulot etkazib
berish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy uslublarini jadal ravishda joriy
etishni talab qilmoqda.Meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlanishida mahsulot
yetishtirishning ilg'or texnologiyalarini qo‘llash, mahsulotni qayta ishlash va
saqlashning zamonaviy usullarini joriy qilish bugungi kunda oziq-ovqat
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
74
tanqisligini oldini olish imkonini yaratadi. Ma'lumki, yetishtirilgan meva-
sabzavot mahsulotlarini iste'molchiga tayyor mahsulot ko‘rinishida yetib
borishigacha bir qator texnologik jarayonlardan o‘tadi. Meva-sabzavotlarni
faqatgina nobud bo‘lishini oldini olish bo‘yicha emas, balki, ekiladigan
maydonlarni kengayishi va olinadigan yalpi hosilning ortib borishi ham bu soha
mutaxassislari oldiga katta vazifalarni yuklaydi. Buning uchun birinchi navbatda
ekiladigan navlarning seleksiyasiga va agrotexnik ishlov berish jarayonlariga
katta e'tibor berilishi lozim. Meva-sabzavotlar pishib yetilishi bilan ularni o‘z
vaqtida yig‘ishtirib olish va kerakli keyingi bosqichlarga o‘z vaqtida yetkazish
yaxshi natija beradi.Xalqaro tajribadan malumki, raqobatdoshlikka erishish va
dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish,
tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori
texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining
jadal rivojlanishini ta'minlash, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va
marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish hisobidan amalga oshirilishi
mumkin.
Qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlari,
shu
jumladan,
meva-sabzavot
mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqaruvchi (fermer
xo‘jaligi) uchun qo‘shimcha barqaror daromad manbai yaratiladi. Mahsulotni
qayta ishlash orqali unga qo‘shimcha qiymat qo‘shiladi, ya’ni mahsulotning
qiymati ortib boradi.Qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan xo‘jalik yoki
tadbirkorlar, avvalo, o‘z atrofida xomashyo bazasining yetarli bo‘lishiga va
mavjud xomashyo hajmidan kelib chiqqan holda xarid qilib, o‘rnatiladigan qayta
ishlash uskunasining quvvatini to‘g‘ri tanlanishiga e’tibor qaratishlari lozim
bo‘ladi.Yana bir asosiy jihat ishlab chiqarilgan mahsulot uchun bozor
masalasidir. Ya’ni, ishlab chiqarilgan mahsulot tashqi bozorda sotiladimi
(eksport), ichki bozorda sotiladimi, buni aniq rejalashtirish kerak. Agar ishlab
chiqariladigan mahsulot eksport qilinadigan bo‘lsa, sotib oluvchi davlatning
standart talablariga to‘liq javob berishi, shuningdek, mahsulot ham narx
jihatdan, ham sifat jihatdan raqobatbardosh bo‘lishi lozim. Bu omillar ichki
bozorga mahsulot sotishda ham muhim omil hisoblanadi. Aks holda qayta
ishlovchi faqat ombor uchun mahsulot ishlab chiqaradi va kutgan natijasiga
erishmaydi. O‘zbekistoning janubiy hududlari (Qashqadaryo, Surxandaryo)da
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashning eng qadimgi usullaridan ko‘mib yoki
osib saqlash, mevalardan qoqi olish uchun quritish kabilar keng qo‘llanilgan.
Mahsulotlarni saqlash, qayta achitish, sabzavot, don, meva, go‘sht, qazi va
tuxumni erga ko‘mib saqlash, poliz mahsulotlarini osib saqlash, turli meva,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
75
qovun, pamidoridan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayxon, jambil va
qizil qalampirni quritish amalda keng qo‘llanib kelingan.Asosan quruq
mahsulotlar tez buzilmaydiganlar hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni
yoki sopol idishlarda, yopiladigan kog‘oz qutilarda saqlangan. Don va un asosan
qoplarda, katta ko‘za, xum yoki qutilarda saqlangan. Qishloq xo‘jaligida
mahsulotlarni saqlash hosilot, iqtisodchi va zoomuxandislarga bog‘liq. Ularga va
boshka qishloq xo‘jalik xodimlariga mahsulotlarni saqlashda quyidagi vazifalar
qo‘yiladi.
-mahsulotlarni va urug‘lik fondini imkoniyati boricha isrof qilmasdan hamda
sifatini tushirmasdan saqlash.
-mahsulotlarni saqlayotgan paytda tegishli texnologik usul va rejimlar qo‘llab
ularning sifatini yanada oshirish.
-o‘z mehnat sarf-harajat qilib, mahsulotlarni rentabel holda saqlash.
Mahsulotlarni saqlashdagi xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarishdagi
qiymatidan ham ortib ketadi. Xarajatlarni kamaytirish urug‘lik, ozuqa-yem va
boshqa mahsulotlarning tan narxini pasaytirishga hamda uni sotib foyda olishga
olib keladi. Xo‘jaliklar tarkibidagi texnika bazasini korxonalarning rivojlanish
yo‘nalishiga, u joylashgan yerning ob-havo sharoitiga qarab qurish, jihozlari va
texnik hamda iqtisodiy tomondan unumli foydalanish zarur. Qishloq xo‘jaligida
yetishtiriladigan xar bir xom ashyoning sifati qator omillarga bog‘liq. Don va
boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarining oziq-ovqat va texnologik qiymati
to‘g‘ridan-to‘g‘ri nav, agrotexnik tadbir, ob-havo, yetishtirish sharoiti, hosilni
yig‘ib olish usuli va muddati, hosil yig‘ib olingandan keyingi tayyorlashda,
tashish va saqlashga uzviy bog‘liqdir. Mahsulotlarni unumli saqlash nafaqat
mavjud texnik bazasi, ombor, turli mashina va uskunalardan foydalanishga,
saqlanajak mahsulotlarning chidamliligiga ham chambarchas bog‘liqdir.
Xulosa sifatida janubiy O‘zbekiston hududlaridagi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar quyidagi yo‘nalishlarni yanada
yaxshilashga xizmat qiladi.Tarmoqning barqaror o‘sishini ta’minlash, resurslar
samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Kelgusida respublika qishloq
xo‘jaligi salohiyatini kengaytirishga yordam beradi. Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha jahon yetakchilari bilan
yaqinlashtiradi.Qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish qishloq xo‘jaligida xomashyo
bazasining yetarli bo‘lishiga va mavjud xomashyo hajmidan kelib chiqqan holda
xarid qilish, qayta ishlash uskunalarining quvvatidan unumli foydalanishga
xizmat qiladi.Mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda barcha turdagi qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab sifatlini ta’minlash va ularning ichki va
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
76
tashqi bozorlarda sotilishi (eksport)ni optimal variantlarini yechimini izlashga
zaruratini tug‘diradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan
Murojaatnomasi// www.uza.uz
2.ZAXIDOV G.E. va boshqalar. Makroiqtisodiyot ,2019 y
3.www.wikipedia.com
4.www.ziyo.net
5.Kun.uz google internet.
6. The Decree of the President of the Republic of Uzbekistan Sh. Mirziyoyev on
January 23, 2017 "On the Strategy of Actions for the Further Development of the
Republic of Uzbekistan".
7. Gusakov VG The newest economy and organization of agriculture in the
conditions of market formation: scientific search, problems, solutions / VG
Gusakov. - Minsk: Institute of System Studies in the AIC, 2008. - 431 p.
