THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
108
GEOGRAFIYA DARSLARIDA QASHQADARYO VILOYATI AHOLI
JOYLASHUVINING LANDSHAFTLARGA O‘ZARO TA’SIRINI O‘QITISH
MASALALARI
Xoldavlatova Gavhar Normahmatovna
Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16880274
Annotatsiya.
Ushbu maqolada geografiya darslarida O‘zbekistonning
janubiy viloyatlaridan hisoblangan Qashqadaryo viloyatida aholi joylashuvining
hudud landshaft tuzilmasiga bog‘liq jihatlarini o‘qitish masalalari yoritilgan.
Viloyat aholisining zichligi – hududiy taqsimlanishi va ularning sabablari tahlil
qilingan. Aholining joylashuvida hudud landshaft xususiyatlarining o‘zaro ta’siri
interfaol metodlar yordamida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
aholi,
aholi joylashuvi, o‘qitish, zichlik, interfaol metodlar,
dars, tabiiy sharoit, innovatsion texnologiya, samaradorlik.
Аннотация.
В данной статье рассматриваются вопросы преподавания
аспектов размещения населения Кашкадарьинской области – одного из
южных регионов Узбекистана – на уроках географии, связанных с
ландшафтной структурой региона. Анализируются плотность населения
региона,
его
территориальное
размещение
и
причины,
их
обуславливающие.
С
использованием
интерактивных
методов
описывается взаимодействие ландшафтных особенностей региона на
размещение населения.
Ключевые слова:
население, размещение населения, преподавание,
плотность,
интерактивные
методы,
урок,
природные
условия,
инновационные технологии, эффективность.
Annotation.
This article discusses the issues of teaching aspects of
population distribution in the Kashkadarya region, one of the southern regions
of Uzbekistan, in geography lessons, related to the landscape structure of the
region. The density of the region's population - its territorial distribution and
their causes are analyzed. The interaction of the landscape features of the region
on the population distribution is described using interactive methods.
Keywords:
population, population distribution, teaching, density,
interactive methods, lesson, natural conditions, innovative technology,
efficiency.
Aholiga xos eng muhim demografik ko‘rsatkichlardan biri, uning hududiy
joylashuvidir. Aholi joylashuvini ifodalovchi eng oddiy mezon – aholi zichligidir.
Aholi zichligi, uning joylashish xususiyatlariga ijtimoiy – iqtisodiy omillar bilan
birga tabiiy – geografik sharoitlar (iqlim, relyef) ham jiddiy ko‘rsatadi. Aholi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
109
joylashuvini o‘rganish muayyan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni
oqilona rejalashtirish va bashoratlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Hududiy
taqsimlanish muammosi aholining tabiiy o‘sish va u bilan bog‘liq geodemografik
muammolariga nisbatan ham muhimroqdir.
Qashqadaryo viloyati aholisining joylashuvi, tabiiy ko‘payishi va shu kabi
demografik vaziyati bilan mamlakatda o‘ziga xos o‘ringa ega. O‘zbekiston
Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat aholi soni bo‘yicha
mamlakatda Samarqand (4335,7 ming kishi) va Farg‘ona (4181,0 ming kishi)
viloyatlaridan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Viloyatda 2025 yil 1 yanvar
holatiga ko‘ra, 3673,7 ming kishi istiqomat qiladi. Aholining joylashuvi viloyat
tumanlari bo‘yicha notekis taqsimlangan. Viloyat Qashqadaryo daryosi
havzasida joylashganligi va relyef xususiyatlariga ko‘ra turlichaligi bilan
xarakterlanadi. Hududning tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Shu
boisdan aholi joylashuvi va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, hududiy
taqsimlanganlik holatlarini tadqiq etish maqsadida quyidagi vazifalarni hal
etishga e’tibor qaratiladi:
- aholi joylashuvi bilan bog‘liq jihatlarni o‘rganish;
- aholi joylashuviga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish;
- Qashqadaryo viloyati aholisining joylashuvida landshaft ta’sirining o‘zaro
aloqadorligini o‘rganish;
- viloyat aholisining notekis taqsimlanganligi natijalarini tadqiq etish
hamda xulosalar berish muhim hisoblanadi.
Qashqadaryo havzasidagi mavjud landshaft hududlarida aholining hududlar
bo‘yicha taqsimlanishi, ko‘payishi bilan bog‘liq demografik jarayonlarni tadqiq
etish va o‘rganishni talab etadi. Viloyat demografik vaziyati, ya’ni aholi sonining
o‘sishi, zichligi, aholi manzilgohlari, mehnat resurslari va ulardan foydalanishda
yuz berayotgan o‘zgarishlarni o‘rganish viloyatda demografik vaziyatning
hozirgi holati va kelajakda rivojlanish xususiyatlarini chuqurroq tahlil qilish va
shunga munosib tadbirlarni belgilash imkoniyatlarini beradi. Tarixan aholi
viloyatning sug‘orma dehqonchilik hududlarida zich joylashgan bo‘lib, quyi
mintaqa tumanlarida aholi joylashuvi Qarshi cho‘li va uning o‘zlashtirilishi bilan
bog‘liq holda kechadi. Interfaol metodlar yordamida mazkur ma’lumotlardan
dars davomida foydalanish dars samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Qashqadaryo havzasi geomorfologik jihatdan tog‘ va tekisliklardan iborat
bo‘lib, landshaftlarning zonal va vertikal tabaqalanish, o‘ziga xos issiqlik rejimi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
110
va namlanish sharoitlariga, relyefiga va boshqa omillarga bog‘liq. Tog‘ va tekislik
hududlarining mavjudligi landshaft strukturasi tarkibida tafovutlarni vujudga
keltiradi, bu holat esa landshaft strukturasi tarkibida tog‘ va tekislik sinflarini
ajratish imkonini beradi [1]. Tog‘ landshaftlari ichki tafovutlariga ko‘ra quyidagi
kichik sinflarga ajratiladi: 1) baland tog‘ landshaftlari; 2) o‘rtacha balandlikdagi
tog‘ landshaftlari; 3) adirlar va past tog‘ landshaftlari. Tekislik qismi landshafti
sinfi strukturasida ham o‘z navbatida quyidagi kichik sinfni ajratishga sabab
bo‘ladi: 1) baland tekislik landshaftlari; 2) adir va qoldiq tog‘ landshaftlari [2].
Qashqadaryo havzasining tog‘lik qismi landshaftlarida aholi joylashuvining
quyidagi kichik sinflari ajratiladi: 1) tog‘oldi adirlar va past tog‘larning
landshaftlarida aholi joylashuvi; 2) o‘rtacha balandlikdagi tog‘ landshaftlarida
aholi joylashuvi; 3) baland tog‘ landshaftlarida aholi joylashuvi. Shuningdek,
tog‘oldi adirlari va past tog‘ landshaftlari kichik sinfda o‘rtacha quruq tipik bo‘z
tuproqlaridagi tog‘ chalacho‘l landshaftlari zonal tipi ajratiladi [3].
Tog‘ chalacho‘l landshaftlari Qashqadaryo havzasining Qoratepa, Miroqi,
Yakkabog‘ va G‘uzor adirlari hamda ular tutashib turgan mutlaq balandligi 500
m dan 1000-1200 m gacha bo‘lgan past tog‘lar uchun xos. Chiroqchi va Kitob
tumanlari hududidan o‘tadigan Qoratepa past tog‘lari va adirlarida aholi
manzilgohlarining relyefi ancha notekis, ammo aholi zich joylashgan. Bunga
sabab daryo va soy qirg‘oqlarida dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilik
yaxshi rivojlanganligidir. Shuningdek, Miroqi hududi va unga yaqin bo‘lgan
hududlarda aholi zich joylashgan bo‘lib, ular asosan dehqonchilik, bog‘dorchilik
va uzumchilik bilan shug‘ullanadilar. Aholining bir qismi hunarmandchilik bilan
band. Yakkabog‘ va G‘uzor adirlarida aholi bir tekisda taqsimlangan. Aholi
bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, pillachilik, go‘sht-sut chorvachiligi
bilan shug‘ullanadi.
Adir mintaqasiga viloyatning G‘uzor, Dehqonobod, Qamashi, Yakkabog‘,
Kitob, Shahrisabz va Chiroqchi tumanlarining tog‘oldi tekisliklari va qirlari
kiradi.
O‘rtacha baland tog‘ landshaftlarida aholi ko‘p, lekin notekis joylashgan.
Aholining ko‘p qismi daryo vodiylarida o‘zlari uchun qulay bo‘lgan sharoitlarda
yashaydi. Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha
balandlikdagi tog‘ landshaftlari jami 546 ming ga. Bu hududda aholisi 5000 dan
ziyod 35 ta, 1000-2000 dan ziyod 40 ga yaqin qishloqlar, bir nechta shahar
tipidagi manzilgohlar joylashgan bo‘lib, landshaft hududida 400-500 ming kishi
istiqomat qiladi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
111
O‘rtacha balandlikdagi tog‘ landshaftlari lalmikor dehqonchilik, o‘rmon
xo‘jaligi, chorvachilik kabi tarmoqlarni rivojlantirish uchun ham yetarli tabiiy
salohiyatga ega. Bundan tashqari bog‘dorchilik, tamakichilik, urug‘chilik va
asalarichilikni rivojlantirish uchun ham katta imkoniyatlar mavjud. Ammo, bu
tarmoqlarni to‘g‘ri va mutanosiblik bilan rivojlantirish masalalarini ilmiy asosda
hal etish lozim.
Baland tog‘ landshaftlarining turli hududlarida aholi joylashuvi har xil
joylashgan. Hududlar balandlashgan sari aholi joylashuvi siyraklashib, xo‘jalik
tarmoqlari kamayib boradi, bunda aholi bandligi tarqoq bo‘lib, aholining ko‘p
qismi yakka xo‘jalik tarmoqlari, xususan shaxsiy tamorqalarda faoliyat olib
boradilar. Baland tog‘ etaklari siyrak- qishloqlarida aholi siyrak joylashgan,
ularni yashash sharoitida, nomoddiy ishlab chiqarishda aholining bandligi uncha
sezilmaydi.
Aholi asosan baland tog‘ etaklarida joylashganligi uchun asosiy qismi
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Baland tog‘ etaklarida
Shahrisabzning yuqori qismi, Yakkabog‘daryoning yuqori qismi qirg‘oqbo‘yi,
Tanxozdaryoning boshlanish qismi va Oqsuv daryosining bosh irmoqlari
qirg‘oqlarida, Kitob tumanining Qoratepa tog‘lari etaklarida aholi juda notekis
joylashgan bo‘lib, ular asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
Bu hududlarda yozning qisqaligi va qishning nisbatan uzoq davom etishi
aholining ishlab chiqarish sohalaridagi faoliyatiga to‘sqinlik qiladi.
1-rasm. Qashqadaryo viloyati aholisining demografik ko‘rsatkichlari
(01.01.2025 y)
Manba: Qashqadaryo viloyati Statistika boshqarmasi ma’lumotlari
Hozirgi kunda geografiya darslarida interfaol usullardan foydalanish o‘quv
jarayonini faollashtirish, bilimlarni yanada qulayroq qilish, o‘quv ma’lumotlarini
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
112
tahlil qilish va bilimlarni o‘zlashtirish hamda ijodiy yondashuvni rivojlantirishda
eng muhim ahamiyatga ega ekanligi namoyon bo‘lmoqda.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1. Абдуллаев С.И., Усмонова Р. Қашқадарё ҳавзаси текислик қисми
ландшафтларни табақалашуви // Ўзбекистон География жамияти
ахбороти. 23-жилд. –Тошкент, 2003. 37-38 б.
2. Назаров М.Г. Қашқадарё ҳавзасининг антропоген ландшафтлари ва
уларнинг геоэкологик ҳолати // PhD дисс. автореф. –Самарқанд, 2020. -20
б.
3. Абдуллаев С.И., Муртазаев Б.Ч., Назаров М.Г. Қашқадарё ҳавзаси ўртача
баланд тоғ ландшафтларининг хусусиятлари // Табиатдан фойдаланиш ва
муҳофаза қилишнинг географик асослари. -Наманган, 2010. –Б. 95-97.
4. Kadirov M.A. Aholi geografiyasi demografiya asoslari bilan. Darslik. –
Toshkent, 2019. 60-62 b.
5.
Xoldavlatova
G.N.
Geografiya
darslarida
zamonaviy
axborot
texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. Educational Research in
Universal Sciences. Multidisciplinary Scientific Journal. June 2025. VOLUME 4,
ISSUE 9.
