111
GLOBALLASHUV SHAROITIDA OMMAVIY MADANIYAT
TRANSFORMATSIYASI JARAYONLARINING DAVLAT XAVFSIZLIGIGA
TA’SIRI
O‘lmasxo‘jayev Zoirxoja, IMTI ilmiy xodimi,
Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya.
Globallashuv barcha sohal
arda bo‘lgani kabi ommaviy
madaniyat
hodisasida
transformatsiya
jarayonlari
kechayotganligini,
geosiyosiy maqsadlar shiddat bilan keskin o‘zgarishi natijasida yangi tahdid
va xatarlar paydo bo‘layotganligi, ularni ayniqsa yoshlar ongiga halokatli
tasiri, a
n’anaviy qadriyatlarni badnom qilishga hamda axloqqa zid g‘oyalarni
keng yoyishga urinishlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy
immunitetni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar:
Ommaviy madaniyat hodisasi, turli tahdidlar, xatarlar,
transformatsiya
jarayonlari,
profilaktik
choralar,
tizimli
yondashuv,
geosiyosat, terrorizm, ekstremizm, radikalizm, milliy qadriyatlar, ezgulik,
mehr-shafqat, insoniylik.
O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga jadallik bilan
integratsiyasi jarayonlariga 30 yildan oshdi.O‘tgan yillarda hamkorlik xalqaro
aloqalari kuchayib, barcha sohada, shu jumladan, madaniyat va ma’naviyat
sohasida ham harakat erkinligi yuzaga keldi. Ayniqsa, keyingi yillarda
mamlakat ochiqlik va shaffoflik s
iyosatining e’lon qilinishi, OAV, jumladan
internet tarmoqlarda ijtimoiy hayotning muayyan sohalarida jahondagi turli
sohalardagi yangiliklar bilan birga o‘ziga xos muammolar paydo bo‘lishiga
olib kelayotgan tahdid va tajovuzlar bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, “avvalambor, “ommaviy
madaniyat” ko‘rinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar, giyohvandlik, diniy
ekstremizm, missionerlik kabi balo-qazolardan yoshlarimizni asrash, ularning
ta’lim-tarbiyasiga har birimiz mas’ul ekanimizni hech qachon unutmasligimiz
kerak”. [1] deb ta’kidladi.
Shu munosabat bilan hozirgi kunda ma’naviy va moddiy mazmundagi
112
hodisalarning qandaydir majmui emas, balki XIX-
XX asrlar bo‘sag‘asida
industrial jamiyatda vujudga kelgan hamda “ommaviy madaniyat” deb atalgan
hodisa transformatsiyasi keltirib chiqarayotgan muammolar oldingi marraga
chiqmoqda.
O‘ziga xos bo‘lgan bu hodisaning genezisi hamda hozirgi jamiyatdagi
rolini ilmiy tadqiq etish, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda
jami
yat hayotining ko‘p tomonlari tijoratlashuvi, ayniqsa, badiiy va kundalik
madaniyatda tuturuqsiz, bema’ni, axloqqa zid jihatlar bag‘oyat kuchayib
borishini rag‘batlantirdi. Ko‘pincha an’anaviy madaniyatlarga xos axloqiy
me’yorlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘ladigan hamda qadrini
tushiradigan ommaviy madaniyat mahsuloti tarqalishi uchun sharoit aynan
oldi-sotdi jarayonida yaratilgandi. Bu haqda 2012- yilda nashrdan chiqqan
“Ommaviy Madaniyat” [2] deb nomlangan kitobimizda fikr yuritgandik. XXI
asrning 20-yillariga kelib internet texnologiyalar yutuqlaridan samarali
foydalanayotgan g‘arazli kuchlar o‘zlarining yaratgan yangi platformalari
orqali buzg‘unchi g‘oyalarini shiddat bilan yo‘llayotganliklari tufayli jahonda
yuzaga kelayotgan salbiy tendensiyalar va xatarlar ushbu hodisani ilmiy
tadqiq etishni tobora dolzarb qilib qo‘ymoqda. Globallashuvning jahon
bo‘yicha yoshlar psixologik xususiyatlarini hisobga olib yuborayotgan yangi
to‘lqini O‘zbekiston yoshlar sub madaniyatining rivojlanishi va
transforma
tsiyasining quyidagi jarayonlarini o‘zida aks ettirmoqda:
Ommaviy ongga saviyasi nisbatan tuban bo‘lgan madaniyat
mahsulotlari hamda taqlid uchun yangi namunalar havola etilayotganligi.
Masalan:
-
Strimerlar -
to‘g‘ri efirlar tashkillashtirib o‘z obunachilarining har
qanday istaklarini pul evaziga ijro etish;
-
Geymerlar: Youtube videoxosting orqali kompyuter o‘yinlariga
jalb qiluvchilar;
-
Anoreksiya kasalligini o‘smir qizlar o‘rtasida targ‘ib
etib ular
safini kengaytirish;
113
-
Gopniklar: ular so‘kinish, haqorat so‘zlar, janjal,to‘palon
chiqarish, magazinlarga bosqinchilik qilish, shoqollar singari
ko‘pchilik bo‘lib,
o‘z o‘ljalariga tashlanish kabi huquqbuzarlik holatlari sodir etadilar;
-
Reperlar: o‘z xohishlarini she’riy ritm orqali tezijro
etib,
munosabatlarini izhor etadilar, giyohvand moddalar istemol qilish orqali tarki
dunyo kayfiyatida bo‘ladilar, o‘z hayotlarini badnom qilib, 30 yoshga yetmay
dunyoni tark etadilar.
Animachilar: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolajonlarga animatsiya
multplikatsiyali seriall
ar ishlab chiqib ular ongida o‘zgarishlar qilishga harakat
qilib, borgan sayin ahloqqa zid holatlarni kuchaytira boradilar, masalan,
mashhur animelardan biri Hunter xHunter, keyinchalik Geney Ryodan jinoiy
guruhidan bo‘lib, ular yollangan qotillardan iborat, ko‘p mamlakatlarda
vujudga bu guruhlar o‘rgimchak suratli, 4 raqamli kiyim, katakli shimlar
kiyishni urf qilganlar. Dastlab bu guruh a’zolari jamiyatga xavf tug‘dirmagandi,
biroq keyinchalik ular jamoat joylarida begunoh odamlarga tashlanib bezorilik
holatlarini sodir eta boshlaganlar.
Ushbu jinoiy guruhlar negizida xususiy harbiy kompaniyalar tuzildi.
(Toshkent shahrida 2023-yil 5-mart kuni Xalqaro forumlar saroyi yaqinida 50
ga yaqin o‘smirlar bezorilik uyushtirib qurolli hujum uyushtirishlari chaqiriqlar
bilan chiqdilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ularning
barchasi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdilar).
Bunday holatlarning vujudga kelishi sabablarini aniqlash, yoshlar
bilan maqsadli oldini olish tadbirlar ishlab chiqishni kun tartibiga chiqardi.
Hozirgi paytda madaniyatni siyosiylashtirish bilan bog‘liq murakkab
jarayon sodir bo‘layotganini qayd etib o‘tish lozim. G‘arbdagi ko‘p
mamlakatlar uchun bu - odatiy hodisa: Yevropa va AQShda ommaviy
madaniyat davlat apparati, shuningdek, qudratli transmilliy kompaniyalar
tomonidan moliyaviy va iqtisodiy jihatdan qattiq qo‘llab-quvvatlanadi.
Boshqa tomondan esa, hozir jahonda murakkab mafkuraviy kurash
borayotganiga bepisand qarab bo‘lmaydi. To‘g‘ri, mafkura sohasidagi kurash
114
doimo mavjud bo
‘lgan. Lekin avvallari mafkuraviy kurash qirg‘in keltiruvchi
urushlarga qo‘shimcha ravishda olib borilgan. Bu tarzdagi mafkura
jamoatchilik fikrini hosil qilish, bir davlatning boshqa davlat hududiga qurolli
bosib kirishi va h.k.ning adolatliligini yoki mu
qarrarligini kishilar ko‘z o‘ngida
oqlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Soddaroq qilib aytganda, mafkuraviy
ta’sir vositasi harbiy va iqtisodiy ta’sir vositalariga qo‘shimcha hisoblangan.
Biroq bizning asrimizga kelib bari o‘zgardi: hozir mafkuraga faqat
harbiy qudrat va iqtisodiy tazyiq potensiali bilangina qiyoslash mumkin
bo‘lgan ta’sir salohiyatiga ega kuch sifatidagina emas, balki ta’sirchanligi
bo‘yicha barcha ta’sir vositalaridan ancha ustun turuvchi vosita sifatida ham
qaraladi. Bunday holat mafkurani jahon hamjamiyati siyosiy hayotining oldingi
marrasiga olib chiqadi.
Bugungi kunda mafkuraviy kurash amalda ham g‘arbdan, ham
sharqdan, yer yuzining barcha nuqtalarida olib borilmoqda. Ommaviy
madaniyat namoyandalari ushbu kurashda reaksion kuchlar va
nosog‘lom
g‘arazli mafkuralar tomonida turib ishtirok etmoqda.
Ushbu transformatsiya jarayonlari natijasida ular o‘zining sinalgan,
zamonaviy usullari bilan, aslida insoniyatning ko‘p asrlik madaniy tajribasiga
hech qanday aloqasi bo‘lmagan qadriyatlarni abadiylashtirishga urinmoqda.
Binobarin, ommaviy madaniyat ta’sirini yetarlicha baholamaslik, uni
faqat g‘arb hodisasi, uni oddiy ko‘ngilochar ish, “ikkinchi nav san’at”,
tuturuqsiz, bema’ni, bachkana hodisa deb hisoblash, bizningcha, noto‘g‘ri
bo‘ladi. “Ommaviy madaniyat”ning soddalashtirilgan modelini yaratib, biz
zamonaviy madaniyatning bu qadar jiddiy hodisasiga jamiyatning e’tiborini
kuchaytirish o‘rniga, susaytiramiz, u jamiyat axloqiy sog‘lomligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkinligini hisobga olmaymiz.
Bunga yuqorida takidlaganimizdek, masalan, Xitoyda 2016-yilda
vujudga kelgan mashhur Tik-Tok platformasi[3], 2022-yilda Yaponiyada
boshlangan “Geney Ryodan” [4] jinoiy guruhi haqidagi Huhter x Huhterga
daxldor submadaniyat va boshqa g‘arazli harakat, oqimlarning vujudga
115
kelayotganligidir.
Bizning fikrimizcha, bunday transformatsiyalar bosimi yanada
kuchayadi, yangi g‘arazli g‘oyalar, turli o‘yinlar, turli yosh kategoriyalarini
qamrab olib, jumladan, hatto maktab yoshgacha bo‘lgan go‘daklar
psixologiyasi
ga maqsadli ta’sir boshlanganligidan ham bilishimiz mumkin.
Shunday qilib, mazkur omillar pirovard natijada ushbu tadqiqot
mavzusi
umuman
dolzarbligini
belgilab
beradi,
chunki
ommaviy
madaniyatning nazariy hamda konkret-tarixiy tahlili davlatning unga nisbatan
bosiq yaxlit siyosatini ishlab chiqishga, shuningdek, madaniyatning himoya
mexanizmlarini tizimli safarbar qilishga ko‘maklashadi.
Shu munosabat bilan ushbu tadqiqotda “ommaviy madaniyat”
hodisasi tanqidiy ko‘rib chiqiladi, uning hozirgi mafkuraviy kurashdagi roli
hamda ahamiyati, jahon madaniyatiga ba’zan zohiran sezilmaydigan,
halokatli ta’siri tadqiq etiladi. Binobarin, mazkur tadqiqotning yangiligi
shundan iboratki, unda biz “ommaviy madaniyat” transformatsiyasi
hodisasining biron-bir jihati bilan cheklanib kolmay, uning ijtimoiy, siyosiy,
tarixiy, falsafiy, madaniyatshunoslik jihatlarini ham qo‘shib o‘rganishga
harakat qilmoqdamiz.
Shuningdek, kitobda ommaviy madaniyat bo‘yicha ancha avval olib
borilgan tadqiqotlarda e’tibordan chetda qolgan bir qator muammolar ham
tahlil etishga harakat qilindi. Jumladan, “ommaviy madaniyat”ni ishlab
chiqarish texnologiyasi, ommaviy ongga ta’sir ko‘rsatishning an’anaviy
vositalari hamda uning yangi, zamonaviy usullari, moslashuvchanligi,
ommaviy kommunikatsiya
vositalari bilan aloqa, iste’molchilik didi va
instinktini ko‘zlab ish olib borishi, uning ongni boshqarish xususiyatlari ko‘rib
chiqildi.
Bizning nazarimizda, “ommaviy madaniyat”ning bugungi kundagi
transformatsiyasi tahlilining siyosiy jihati, uning hozir butun dunyoda barcha
hududlarga kirib borayotgani masalasi ham o‘ta muhim ko‘rinadi.
Ommaviy madaniyatning yoshlarga hamda jamiyatga halokatli ta’siri
116
oqibatlari chindan ham dahshatli. Bu, birinchi navbatda, oila, sadoqat, vafo,
do‘stlik singari an’anaviy qadriyatlarning yemirilishidir. Ommaviy madaniyat
hodisalari keltirib chiqargan hamda ommaviy kommunikatsiya vositalari
yordamida butun jahonga yoyilgan seksual revolyutsiya kishilar, eng avvalo,
yoshlar ongiga oilaviy rishtalar va majburiyatlar domidan
o‘zini xalos qilgan
omadli macho imijini, shuningdek, asosiy maqsadi hozirgi zamon ayoli
huquqlari uchun adolatli kurash emas, balki uni an’anaviy oiladan ajratib
olish, ona, beka rolidan mahrum etish va h.k. bo‘lgan o‘ta agressiv separat
feminizm g‘oyalarini ham singdiradi.
Ommaviy madaniyat tomonidan targ‘ib etilayotgan g‘ayriaxloqiy
g‘oyalar G‘arbiy Yevropa va AQShda vujudga kelgan ayanchli demografik
vaziyatda bugunoq o‘z aksini topdi. Bundan tashqari, ikkilamchi
ijtimoiylashuv-
ning muhim omili bo‘lgan oila institutiningahamiyati
pasaytirilmoqda,
avlodlar vorisiyligi
buzilmoqda,
yoshlarning
g‘ayriijtimoiylashuvi ortib bormoqda, bu esa, o‘z navbatida, uning jinoyat,
giyohvandlik va ichki-
likbozlik yo‘liga kirishiga olib keladi.
Bugungi kunda ijtimoiy ongd
a nafaqat an’anaviy jahon dinlari
ta’limotlarning, balki turli qadimiy dinlar, soxta ezoterik ta’limotlar va
hokazolarning quroqlari aralashgan yangicha dindorlik deb atalmish
hodisaning shakllanishi muammosi dolzarb hisoblanadi.
An’anaviy jahon dinlarining ommaviy kommunikatsiya vositalari
tomonidan
badniyatlik
bilan
ongli
ravishda
va
faollik
bilan
obro‘sizlantirilayotgani ushbu hodisa uchun zamin bo‘lmoqda. Buning yakuni
o‘laroq, jamiyatda diniy identifirizm shiddat bilan kuchaymoqda, bunga
muqobil javob
o‘laroq fundamental ekstremizm va radikalizm yoyilib, nufuzi
kuchayib bormoqda.
Ommaviy madaniyatning halokatli ta’siri kengayib borayotgani bilan
bog‘liq vaziyatni tahlil etar ekanmiz, ushbu hodisa Markaziy Osiyoni ham
chetlab o‘tmaganini taassuf bilan aytib o‘tishimiz darkor. Qulay geosiyosiy
vaziyat, boy yer osti konlari hamda inson zaxiralaridan iborat yuksak iqtisodiy
117
salohiyat Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan O‘zbekistonni buzg‘unchi
kuchlar uchun jozibali nishonga aylantiradi. Mazkur kuchlar o
‘zlarining
badkirdor niyatlariga erishish uchun mintaqadagi barqarorlikka putur
yetkazish uchun butun choralar bilan intilishmoqda, buning uchun mafkura
poligonlari ko‘magidan foydalanishmoqda. Mafkura poligonlari halokatga olib
boruvchi zararli mafkuralarni ijtimoiy ongga singdirish uchun foydalanadigan
ishonchli hamda sinovdan o‘tgan vosita ommaviy madaniyat va uning
transformatsiyasi bo‘lib, uning bosimiga alohida olingan davlat amalda
chidam bera olmaydi.
Bugungi kunda yoshlarimiz ongiga ko‘plab asrlar davomida
ajdodlarimizga yashash va o‘zining buyuk kelajagini qurishga yordam berib
kelgan an’anaviy normalar hamda qoidalarni yemiruvchi g‘ayriaxloqiy
g‘oyalarni tiqishtirishga urinishlar bo‘layotganini kuzatishimiz mumkin.
Mavjud vaziyatda xalqimizning ko
‘p asrlik an’analarinigina emas, balki
mafkura sohasidagi ilg‘or ishlanmalarni ham o‘ziga singdirgan
O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi mamlakatimiz fuqarolarida
mafkuraviy immunitetni hosil qilishga qodirdir.
Inson beshikdaligidanoq uzluksiz tarbiy
a va ta’lim bilan qurshab
olinsa, vatanparvarlik, Vatanga muhabbat bilan birga, bag‘rikenglik, boshqa
madaniyatlarga hurmatni targ‘ib qiluvchi bunyodkor mafkura ruhida
tarbiyalansagina, ommaviy madaniyatning salbiy ta’siriga muvaffaqiyat bilan
qarshi tura
oladi. Prezident Shavkat Mirziyoev “Yangi O‘zbekiston
strategiyasi” kitobida haqli ta’kidlaganlaridek,Mana shunday keskin
vaziyatda, ulug‘ mutafakkirlar aytganidek, dunyoni ezgulik, mehr-shafqat,
insoniylik qutqaradi.
ADABIYOTLAR:
1.
Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi Toshkent:
“O'zbekiston” nashriyoti, 2021, - 277 bet.
2.
G‘oyibnazarov
Sh.G‘.
Ommaviy
madaniyat
Toshkent:
“O'zbekiston” nashriyoti 2012.
118
3.
https://ru.wikipedia.org/wiki/TikTok
4.
https://www.pravmir.ru/chto-takoe-chvk-redan-antropolog-dmitrij-
5.
Хамедов, И. "Открытость государственного управления как
принцип и механизм." Жамият ва бошқарув 2 (2013).
6.
Хамедов,
Иса.
"Некоторые
вопросы
дальнейшей
демократизации и модернизации государственной власти и управления
и административно-правового обеспечения этих процессов в
Республике Узбекистан." Общество и управление 1.1 (2013): 14-25.
