SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
105
TASHQI SAVDO SOHASIDA MAMLAKATDA AMALGA
OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
F.P.Azimova
Dotsent
Abduraxmonova N.
talaba
Toshken to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14731522
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlar natijasida ishlab chiqarilayotgan va tayyorlanayotgan zamonaviy
kiyim-kechaklarning tashqi iqtisodiy faoliyati, hamda tashqi savdo sahosida
amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yoritilgan.
Аннотация:
В данной статье описывается внешнеэкономическая
деятельность современной одежды, произведенной и изготовленной в
результате осуществленных в стране реформ, а также объемы работ,
проводимых в сфере внешней торговли.
Abstract:
This article describes the foreign economic activity of modern
clothes produced and prepared as a result of the reforms implemented in the
country, as well as the scope of the work carried out in the field of foreign trade.
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha taraqqiyot strategiyasida eksport salohiyatidan tizimli foydalanish
yo‘nalishlarini tashkil etishda; eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar
ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport
logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar
uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish kabi qator vazifalarning amaliy
ijrosi eksport tarkibida diversifikatsiyalash jarayonlarini ortishiga ta’sir
ko‘rsatdi [1].
Mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish,
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab-
quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish, mahsulotlarini eksportga
yo‘naltirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish borasida olib borilayotgan keng
ko‘lamli
ishlar
iqtisodiyotning
barqaror
sur’atlar
bilan
o‘sishiga,
mamlakatimizning eksport salohiyati izchil yuksalishiga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, «Made in Uzbekistan» yorlig‘i tushirilgan mahsulotlarimiz dunyo
bozorlaridan mustahkam joy olmoqda. Korxonalarimiz jahonga qariyb barcha
turdagi tovarlarni – oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, qurilish
materiallaridan tortib yuqori texnologiyali zamonaviy texnikalargacha taklif
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
106
etmoqda. Xalqaro andozalar asosida ishlab chiqarilayotgan bu mahsulotlar
yuksak sifati bilan xorijlik iste’molchilarga manzur bo‘lmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2016 yil 16 martdagi «Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori kichik biznes,
xususiy tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat
qilmoqda[2].
Jamg‘arma ko‘magida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari chet ellarda
o‘tkazilayotgan yirik xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etib, o‘z
mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish, eksport geografiyasini kengaytirish,
xaridorlar topish va shartnomalar tuzishga muvaffaq bo‘lmoqda.
Respublikamiz
Prezidenti
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasida
ta’kidlaganidek[3], to‘qimachilik sanoati mahsulot eksportini yiliga qariyb 300
million dollarga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, tayyor tikuvchilik va
trikotaj mahsulotlari eksport geografiyasini yanada diversifikatsiya qilish ham
muhim ahamiyatga ega. Masalan, 2021 yilda deyarli barcha MDH davlatlariga
etkazib berilgan bo‘lsa, shundan 52,5 Rossiya bozoriga to‘g‘ri kelga[4].
Davlat Statistika qo‘mitasi 2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi[5].
Tashqi savdo aylanmasi
unga ko‘ra 2021 yilning yanvar-dekabr oylari
yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 36 299,3 mln. AQSH
dollarini tashkil etib, 2019- yilga nisbatan 5 451,7 mln. AQSH dollariga yoki
13,1% ga kamaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha
20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan
beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (772,3
mln. AQSH dollari), Qirg‘iz Respublikasi (610,1 mln. AQSH dollari), Tojikiston
(307,2 mln. AQSH dollari), va Eron (33,2 mln. AQSH dollari) shular
jumlasidandir. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida, tashqi savdo aylanmasida
MDH davlatlarining ulushi 32,6% ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi
2019- yilga nisbatan ulushi 2,0% ga kamaygan.
Eksport bo‘yicha
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatning
eksportyorlari soni 6 109 tani tashkil etib, ular tomonidan 9 323,3 mln. AQSH
dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2019- yilning
mos davriga nisbatan 25,7% ga kamaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi
ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi eksporti dekabr oyida 930,4 mln. AQSH
dollari qiymatida qayd etilib, o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 673,5 mln. AQSH
dollariga kamaydi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
107
Import bo‘yicha
2021 yilning yanvar-dekabr oylarida import hajmi 21
171,5 mln. AQSH dollarini va 2019- yilga nisbatan 87,2% ni tashkil etdi. Import
tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,6%),
sanoat tovarlari (16,9%) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga
kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar (13,7%) hisobiga to‘g‘ri keldi.
2021 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi tomonidan 147 davlatdan tovarlar va xizmatlar importi amalga
oshirildi. Etti yirik hamkor davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya
Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Turkiya, Germaniya va CHexiya
Respublikasi) jami importning 71,9% ulushini tashkil qildi, bu 15 228,2 mln.
AQSH dollarini tashkil etdi.O‘zbekiston Respublikasida tovarlar tashqi savdosi
statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar
nomenklaturasi (keyingi o‘rinlarda TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda –
XSST) ishlatiladi. Bu o‘z navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import
qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi.
Tovarlarni XSST bo‘yicha kodlashtirish, TIF TN va XSST o‘rtasida o‘tish kalitlari
yordamida amalga oshiriladi[6].
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, raqobatdagi ustunlikni
ta’minlashda ichki bozor ta’sirini oshirish, tashqi bozorga yo‘naltirilgan tovar va
xizmatlar tarkibini takomillashtirish va assortimentini yangilash borasidagi
qator chora-tadbirlar ta’sirida barqaror iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari
ta’minlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 2022 yil 28 yanvardagi 2022-2026 yilda “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni
2.«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» gi qarori. 2016 yil 16 mart.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2021 yil Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. https://uza.uz/oz /politics/zbekiston-respublikasi-
prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy
4. Azimova F.P., Yuldashev S.N. Vidyabharati International Interdisciplinary
Research Journal 13(2) ISSN 2319-4979. 2021 yil 25 dekabr
5.www.stat.uz- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy
axborot sayti.
6.https://www.spot.uz/oz/2021/01/21/tashqi-savdo/ O’zbekistonda xizmat
ko’rsatish sohalari qanday rivojlanganligi haqida
