TOPISHMOQLARNING TIL XUSUSIYATLARI HAMDA USLUBIY TAHLILI
Ushbu maqolamizda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lgan topishmoqlarning til xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildik. Topishmoqlar og‘zaki ijodning ommaviy va maxsus janrlaridan biri. Ularning uslubi metafora (istiora), ko‘chim, kinoya, qochiriq yo‘li bilan so‘zlarni ko‘chma ma‘noda ishlatib, yashirilgan narsa, hodisalarning belgilariga ikkinchi bir narsa, hodisalarning belgilarini qiyoslash, imo-ishora qilishdan iboratdir. Topishmoqlarning shu xususiyati haqida qadimgi yunon filosofii Aristotelning: “Juda yaxshi metafora tuzish yo‘li”, deyishi bejiz emas. Topishmoqlarning qaysi davrda yaratilganligiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning til xususiyati turlicha ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Biz ushbu maqolamizda ana shu holatni tahlil qilishga harakat qildik.