STRATEGIK BOSHQARUV HISOBIDA BUDJETLARTISHNING BOSQICHLARI

Zuhra Hamroyeva, Suxrob Norquvvatov

Strategik boshqaruv hisobi zamonaviy korxonalarda uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy va nisbiy axborotlar bazasini shakllantiradi. Ayniqsa, budjetlashtirish jarayoni strategik maqsadlarga erishishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda strategik boshqaruv hisobining budjetlashtirish jarayonidagi o‘rni va uning asosiy bosqichlari atroflicha tahlil qilinadi. Xususan, rejalashtirish, prognozlash, moliyaviy resurslarni taqsimlash, monitoring va tahlil qilish kabi bosqichlar ketma-ketlikda bayon etiladi. Shuningdek, har bir bosqichning korxonaning uzoq muddatli strategik muvaffaqiyatiga ta’siri yoritiladi. Tadqiqotda budjetlashtirishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar, SWOT-tahlil, KPI indikatorlar va balanslashgan ko‘rsatkichlar tizimi (BSC) kabi usullarga ham to‘xtalib o‘tiladi. Tezisda amaliy misollar asosida budjetlashtirish bosqichlarining real faoliyatga ta’siri ko‘rsatiladi va ularni takomillashtirish yo‘llari taklif qilinadi. Bu orqali strategik boshqaruv hisobi samarali qaror qabul qilishda qanday xizmat qilishi tushuntiriladi.

14

Koʻrishlar

11

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos