VOKAL IJROCHILIK KO’NIKMALARINING NAZARIY VA TARIXIY ASOSLARI

Abstract

Ushbu maqolada vokal san’atining kelib chiqish tarixi, uning rivojlanishi, hamda musiqada tutgan o’rni haqida atroflicha so’z boradi. Shu bilan birga vokal san’atining nazariy asoslari haqida fikr yuritilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
57-61
15

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ikromova , F. (2025). VOKAL IJROCHILIK KO’NIKMALARINING NAZARIY VA TARIXIY ASOSLARI. Solution of Social Problems in Management and Economy, 4(5), 57–61. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/83459
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada vokal san’atining kelib chiqish tarixi, uning rivojlanishi, hamda musiqada tutgan o’rni haqida atroflicha so’z boradi. Shu bilan birga vokal san’atining nazariy asoslari haqida fikr yuritilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

57

VOKAL IJROCHILIK KO’NIKMALARINING NAZARIY VA TARIXIY

ASOSLARI

Ikromova Faramgiz

Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo’limi

Musiqa ta’limi yo’nalishi 2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15321087

Annotatsiya:

Ushbu maqolada vokal san’atining kelib chiqish tarixi, uning

rivojlanishi, hamda musiqada tutgan o’rni haqida atroflicha so’z boradi. Shu
bilan birga vokal san’atining nazariy asoslari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar:

vokal, opera, libretto, diapazon, oratoriya, kantata

O‘zbek musiqa madaniyati qadim davrlardan buyon boy va serjilodir. Vokal

san’ati o‘zbek musiqa san‘atida muhim ahamiyat kasb etib ko’p asrlardan buyon
xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin olib, rivoj topib kelmoqda. Musiqani ovoz bilan
ijro etish, musiqiy asarning mazmunini qo‘shiq ovozi orqali yetkazish bu vokal
san‘atidir. Shuni ham aytib o‘tish joziki, ushbu san‘at eng qadimgi san‘at
turlaridan biridir. Vokal bu qo’shiq, romans akapella cholg‘u jo‘rligida yoki
jo‘rsiz kuylash uchun mo‘ljallangan musiqadir. Vokal mukammalligi o’z
navbatida diapazonning eng quyi notadan tortib eng avj qismigacha bo'lgan
notalar uyg'unligi bilan qiyoslanadi. “Vokal” so‘zining asl ma’nosi bizda
qadimdan mavjud bo’lgan qo’shiq, ashula degan musiqiy atamalarga to‘g‘ri
keladi. Shunga ko‘ra “vokal” tarixiy ijtimoiy, madaniy-marifiy jarayonlarning
ajralmas bir bo‘lagi sifatida qadim zamonlardan beri yashab kelyapti. O‘zbek
xalqi madaniy hayotiga XIX asrning ikkinchi yarmidan kirib kelib, san‘at janrini
ifodalay boshlagan vokal tushunchasi Yevropada uzoq tarixga ega bo‘lib, uning
negizi antik davr diniy marosimlari ijro jarayoniga borib bog‘lanadi . Vokal
musiqasi tarixi quyidagi muhim bosqichlarni o'z ichiga oladi:

1. Qadimiy davrlar: Vokal musiqasi qadimiy davrlarda, xususan,

Mesopotamiya, Misr va Gretsiyada paydo bo'lgan. Ushbu davrlarda diniy
marosimlar va xalq bayramlarida vokal ijrochiligi keng tarqalgan.

2. O'rta asrlar: Bu davrda cherkov musiqasi, xususan, Gregorian xonandalari

ijodi rivojlandi. Vokal musiqasi diniy marosimlarda asosiy rol o'ynagan va
polifonik vokal asarlar paydo bo'la boshlagan.

3.Renessans davri: XV asrlarda vokal san’ati yanada rivojlandi. Polifonik

uslublar keng tarqaldi, kompozitorlar, masalan, Josquin des Prez va Giovanni
Palestrina kabi ijodkorlar, murakkab vokal asarlarni yaratdilar.

4.Barokko davri: XVII asrda vokal musiqasi opera va oratoriya shaklida

yangi bosqichga o'tdi. Kompozitorlar, masalan, Claudio Monteverdi va Jon


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

58

Sebastian Bax, vokal musiqaning yangi shakllarini yaratdilar, bu esa vokal ijro
san'atining rivojlanishiga olib keldi.

5.Klassik davr: XVIII asrda Yozef Gaydn, Volfgang Amadey Mozart va

Lyudvig van Betxoven kabi kompozitorlar vokal san’atini yanada rivojlantirdilar.
Opera va kantata janrlari kengayib ularda vokal musiqasi ohangining xilma-
xilligi oshdi.

6.Romantik davr: XIX asrda vokal musiqasi yangi ifoda shakllarini qabul

qildi. Kompozitorlar, Shubert, Vagner va Verdi, vokal musiqaga chuqur
hissiyotlar va dramatik elementlar kiritdilar.

7.XX asr va zamonaviy davr: Bu davrda vokal musiqasi turli janrlarga,

jumladan, jazz, pop va rok kabi yangi uslublarga bo'linib ketdi .

Vokal tarixiga nazariy adabiyotlarning guvohlik berishicha, Yevropa

mamlakatlarida vokalning markazi va tarixiy jihatdan eng qadimiysi Italiya
hisoblanadi. Milodiy birinchi asrdan boshlab Yevropaning madaniyat
markazlaridan biri bo‘lgan Italiyada ilk bor masihiylik e‘tiqodi, shu asosda
masihiylik cherkovlari va diniy marosimlar tizimi paydo bo‘ldi. Ushbu tizimda
ham, asosan, so‘z ritmi uyg‘unligida ijro etilgandagina diniy marosim to‘laqonli
amalga oshadi, degan an‘ana davom ettirildi. Diniy marosim shakllariga qarab
yunonlar dastlab ibodatlarini musiqa jo’rligida yoki akapella tarzida ijro
etganlar. Eng muhimi, ibodat marosimlari qay tarzda ijro etilishidan qat‘iy nazar
so‘z ritm bilan uyg‘unlashib kelganki, bu keyinchalik biz bugungi kunda vokal
deb nomlayotgan janrga poydevor vazifasini bajargan. Bu dalil vokal san‘atining
asosi diniy marosimlarda kuylangan musiqalar, qo’shiqlar ekani haqida
yuqoridagi fikrlarni asoslashi bilan bir qatorda, zamonaviy vokal san‘atining
o‘chog‘i nima uchun Italiya bo‘lganligi tog‘risidagi savollarga ham javob beradi.
Shuning uchun ham, vokal tarixining umumiy tasnif etganimizda ro‘yxatning
boshida Italiya vokal maktabi keladi. Yevropa vokal san‘atining shakllanishi va
taraqqiyotida qadimgi Italyan vokal maktabi asoschilari Petrov Tozi,
Jiambattista Manchini, Jo‘zeffo Sarlino, L.Yudoviko Sakkoni, Juliyo Kachchini
(XVI-XVII asr) xizmatlari katta. Chunki vokal san‘ati tarixida vokal nazariyasi va
amaliyotini uyg‘un holatda olib borgan shaxslar ham talaygina. Bunga misol
sifatida Manuel Garsia, M.I.Glinka, F.I.Shalyapinlarni keltirish mumkin.
Oʻzbekistonda vokal musiqasi san’atining asoslarini oʻrganar ekanmiz jahon
xonandalik maktablari tarixiga nazar tashlashimiz lozim.

O’zbekistonga vokal san’atining kirib kelishi. Yurtimizda dastlab vokal

san’ati rus xonandalik maktabiga tayangan holda shakllana boshladi. O’ziga
xosligi bilan ajralib turgan Oʻziga xoslikni avaylagan holda rus xonandaligi


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

59

maktabi Italiya, Fransiya va Germaniya xonandalik maktablarining boy
udumlarini oʻzlashtirdi. Uning rivojiga oʻz hissasini qoʻshganlardan G.Lamakinni
aytib oʻtishimiz mumkin. U 1837-yilda yaratgan “Методу пения-1” va “Методу
пения-2” asarlari, F.Evseevning 1833-yilda chop etilgan “Школа пения” asari,
A.Varlamovning “Полная школа пения” asarlaridagi koʻrsatmalari zamonaviy
kuylash prinsiplari bilan hamohang va chambarchas bogʻliqdir. Akademik
yoʻnalishda barcha millat vakillari kuylay oladilar, lekin ovoz aparatini
ishlatishda turli farqlar mavjud. Istedodli xonanda uchun milliy va akademik
yo’nalishda kuylash muommo tug’dirmaydi. Oʻzbekistonda bu ikki yoʻnalishda
kuylagan xonandalar bor, bular xalq artistlari K.Zokirov, N.Xoshimov,
S.Yarashev, S.Qobulova va boshqalar. Oʻzbekistonda vokal musiqasi san’atining
paydo boʻlishi ulugʻ inqilobdan soʻng qoʻshiqchilik va musiqa janrlarida
yuksalish va koʻtarilish imkonlari ochilganday boʻldi. Kuy va qoʻshiqlarimizni
atoqli ashulachilarimizdan Muhiddin Qori Yoqubov va rus musiqashunosi
Mironov tomonidan bir necha ashulalarimiz notaga olinib chop ettirildi. Musiqa
maktablaridan chiqqan talabalar Rossiyadagi musiqa texnikumlari va
institutlariga joʻnatila boshlandi. Yevropa ohang usullaridan koʻz yumib qoʻshiq
va kuylarimizni oʻz ohanggiga qolishiga tirishaylik degan fikr tugʻildi. Bu
toʻgʻrida Uspenskiyning katta tajribasi bor edi . Vokal san’ati rivojlanar ekan,
opera, musiqali drama kabi yo’nalishlar rivojiga ham turtki bo’ldi.
O‘zbekistonda opera san’ati XIX asr oxiri, XX asr boshidan rivojlana boshladi.
O‘zbek operalari musiqali drama, chet el operasining ta’siri ostida yuzaga kelgan.
Shuningdek Toshkentga 1894-yilda gruzin, 1907-15 yillarda italyan, tatar, rus,
ozarbayjon opera gruppalari gastrolga kelishi, 1918-yildan Toshkentda rus
opera teatri o‘z faoliyatini boshlashi buning yaqqol isbotidir.

1918-yil iyul oyida Toshkentda ochilgan Turkiston xalq konservatoriyasi

O‘rta Osiyodagi birinchi musiqa maskani bo‘lib, u o‘sha yilning aprel oyida
tashkil topgan Turkiston dorilfununing tarkibiga kirgan. 1930-yida Toshkentda
oliy musiqa maktabi ochildi oradan ikki yil o‘tgach esa Toshkent davlat
konservatoriyasiga aylantirildi. U yerda o‘zbek qo‘shiqchilarining vokal
tayyorgarligi masalasi vujudga keldi. Qo‘shiqlar vokal tayyorgarligi faqat
O‘zbekistonda musiqali teatr san’atini rivojlantirishga xizmat qiladigan Oliy
kasbkorlik ta’limi olish huquqini berib qolmadi, balki sovet davridagi
qo‘shiqchilik ijodining asosi ham bo‘ldi. Mazkur teatr sahnasida o’zbek tilida
qo‘yilgan birinchi operalar E.Brusilovskiyning 1937-yilda yozgan “Er Targ‘in” va
M.Magamayevning “Nargiz” operasidir. 30-yillarning 2-yarmidan boshlab
birinchi o‘zbek operalari vujudga kela boshladi. Bular S.Vasilenko va


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

60

M.Ashrafiylarning hamkorlikda yaratgan “Bo‘ron” operasi bilan R. Glier va
T.Sodiqovlarning “Layli va Majnun” operalari edi. O‘zbek opera gruppasi o‘zbek
musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, aynan ushbu operalar bilan o‘z faoliyatini
boshlagan. Dastlabki o‘zbek operalari o‘zbek va rus kompazitorlarining ijodiy
hamkorligi natijasida,hamda O’zbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining
mahalliy mavzudagi ijodida rivoj topdi. O’zbek opera gruppasi o’zbek musiqali
teatr zaminida yuzaga kelib, o’z faoliyatini kompozitorlar Sergey Vasilenko va
Muxtor Ashrafiy hamkorlikda yaratgan “Bo’ron” operasi bilan bog’ladilar.
Kompozitorlar bu operani 6 oy davomida ijod qilib, 1939-yilning 25-martida
tugallaydilar. Operani sahnalashtirishda ancha qiyinchiliklar ham bo‘ladi.
Birinchidan, bu yangi janrni sahnada ijro etishda xonandalarga noqulayliklar
tug‘diradi, chunki musiqali drama bilan opera orasida katta farq bor edi. Lekin
shu bilan birga, milliy o‘zbek og‘zaki an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan sahnalar
ham ijrochilarga, ham tinglovchilarga maroq bag‘ishlaydi. Asar 1939-yilning
iyunida sahna yuzini ko‘rdi. Operani sahnalashtirilishi rus va o’zbek xalqlari
orasidagi birodarlikni mustahkamlashga va ikki kompazitor Sergey Vasilenko,
Muxtor Ashrafiylarning ijodiy hamkorliklarini timsoli bo‘ldi. Operaning sahna
yuzini ko‘rishi, O‘zbekistonning musiqali teatr hayotida katta voqeaga aylandi.
Aynan, “Bo‘ron” operasi premyerasidan so‘ng musiqiy dramatik teatr “O‘zbek
opera va balet teatri” nomini olishga sazovor bo‘ldi. Operaning qisqacha
mazmunini ya’ni librettosini Komil Yashin yozgan. Operadagi asosiy
qahramonlar bu-xalq. Shubhasiz, bosh qahramon xalq bo‘lganligi sababli
ommaviy sahnalar muhim ahamiyatga ega, har bir pardaning avjini xalq
sahnalari tashkil etadi. “Bo‘ron” operasi bilan deyarli bir vaqtda Alisher Navoiy
dostoni asosida “Layli va Majnun” operasi ustida ish olib borildi. O‘zbek opera
san’ati turmush sharoitlariga ko‘ra, zamon talablari asosida asta-sekinlik bilan
musiqali drama ildizida o‘z rivojini topdi. O‘zbekistonda opera san’atining
vujudga kelishi, uni rivojlanishida rus musiqa madaniyatining alohida hissasi
borligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Kompazitorlar V.A.Uspenskiy, R.M.Glier, A.
Kazlovskiy, G. Mushel va boshqalar o‘zbek musiqa san’atining turli janrlarida ,
jumladan, opera janrida ham ijod qilganliklari sababli, o‘zbek opera san’atini
yana ham boyiganini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek operalarining dunyoga kelishi
bu zamon talabi bo‘lib, Respublikamizning madaniy rivojiga yana bir katta
qadam hisoblandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.Jabborov, S.Begmatov, M.A’zamova “O’zbek musiqasi tarixi”. Toshkent 2018.
E.Rahimov. “Vokal” Toshkent.2017.
2. Abdumannon Nazarov, Olimjon Bekov, O’zME. Birinchi jild. Toshkent,2000y.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

61

3. N.Xabirova. “O’zbekistonga vokal san’atining kirib kelishi, tarixi, rivojlanish
bosqichlari” 37-to’plam, 3-qism.
4. J.Saidov. “O’zbek opera san’atini shakllanish asoslari” Central Asian Journal of
education and innovation.December.2022.
5. H.Orifjonov. “O’zbekistonda akademik xonandalik yo’nalishini rivojlanishi va
shakllari”. Theoretical and Practical Foundations of Scientific Progress in
Modern Society.
6. B.Qo’ldoshboyev. “O’zbek operalari librettosi”. Scientific Methodical Journal.
volume 5. Issue 2. April 2024.

References

A.Jabborov, S.Begmatov, M.A’zamova “O’zbek musiqasi tarixi”. Toshkent 2018. E.Rahimov. “Vokal” Toshkent.2017.

Abdumannon Nazarov, Olimjon Bekov, O’zME. Birinchi jild. Toshkent,2000y.

N.Xabirova. “O’zbekistonga vokal san’atining kirib kelishi, tarixi, rivojlanish bosqichlari” 37-to’plam, 3-qism.

J.Saidov. “O’zbek opera san’atini shakllanish asoslari” Central Asian Journal of education and innovation.December.2022.

H.Orifjonov. “O’zbekistonda akademik xonandalik yo’nalishini rivojlanishi va shakllari”. Theoretical and Practical Foundations of Scientific Progress in Modern Society.

B.Qo’ldoshboyev. “O’zbek operalari librettosi”. Scientific Methodical Journal. volume 5. Issue 2. April 2024.