SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
5
PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI O‘QUVCHILARIDA LOYIHALASH
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA TAJRIBA-
SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH.
A.K.Abdullayev
(Professional ta’limni rivojlantirish instituti mustaqi tatqiqotchisi.)
( tel: +998972121012 )
https://doi.org/10.5281/zenodo.10929623
Annotatsiya:
Ushbu maqolada professional ta’lim tizimi o‘quvchilarida
loyihalash kompetentligini rivojlantirish jarayonida tajriba-sinov ishlarini
tashkil etish metodikalari ko‘rib o‘tilgan, o‘tkazilgan tajriba-sinovlari asnosida
matematik statistik taxlilari keltirilgan.
Kalit so‘zla
r: tajriba-sinov, professional-ta’lim, loyihalash, modellashtirish,
arxitektura, AutoCAD, CorelDraw, kompyuter grafikasi.
Jahonda texnologik innovatsiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda
virtual
modellashtirishning
professional
ta’limga
integratsiyalashuvi
o‘zgartiruvchi kuch sifatida paydo bo‘lib, bo‘lajak mutaxassislarning turli kasb
sohalarida yetuk malakali kadr sifatida shakllanishlariga zamin yaratmoqda.
Butun dunyodagi yetakchi ta’lim muassasalari virtual modellashtirishning
kasbiy tayyorgarlikka ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda.
Jumladan, Garvard Biznes maktabi(Harvard Business School)da virtual
simulyatsiyalar o‘quvchilarga nazariy bilimlarni dinamik, real dunyo
kontekstlarida qo‘llash imkonini beradi va ularni kelajakdagi kasbiy faoliyat
murakkabliklariga tayyorlaydi. Shuningdek, Massachusets texnologiya instituti
(Massachusetts Institute of Technology) virtual modellashtirishning yetakchilik
va boshqaruv ta’limiga ta’sirini o‘rganishda yetakchi o‘rinni egallaydi. U yerda
o‘tkazilgan tadqiqotlar strategik fikrlash va muammolarni hal qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirishda virtual modellashtirish imkoniyatlarini namoyish
etadi. Stenford muhandislik maktabi (Stanford School of Engineering) esa,
muhandislik va qurilish ta’limida virtual modellashtirishni qo‘llashga qaratilgan
tadqiqotlar olib boradi. Tadqiqot yuqori malakali mutaxassislarning yangi
avlodini rivojlantirishga yordam beradi.
Dunyoning yetakchi institutlari tomonidan professional ta’limda virtual
modellashtirishni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy
ta’limning pedagogik shart-sharoitlarini yaratgan holda professional ta’lim sifati
va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu institutlar professional ta’lim
sohalaridagi tadqiqotlarni ilgari surishda davom etar ekan, virtual
modellashtirishning transformativ ta’siri tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
6
Virtual modellashtirish professional ta’limni yaxshilash asosida keng fikrlovchi,
kasbiy vaziyatlarga moslasha oladigan va tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha
mukammallikka tayyor bo‘lgan bitiruvchilarni tayyorlash vositasi sifatida
o‘zingning keng imkoniyatlarini namoyon qilmoqda.
Yangi O‘zbekistonimizda ham dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasi
asosida professional ta’limda o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalardan
foydalanib o‘qitish, ularda o‘qishga nisbatan ichki va tashqi motivatsiyasini
uyg‘otish, arxitekturaviy-loyihalash tasavvuri va grafik tafakkuri, kreativ fikrlash
qobiliyatini rivojlantirishning multimediali, virtual ta’lim texnologiyalari, virtual
modellashtirish usullari joriy qilish bilan bog‘liq bir qator ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda. Jumladan, o‘quvchilarning grafik tasavvuri, arxitekturaviy grafik
topshiriq-loyihalar, bino-inshootlarining loyihalash chizmalari bilan ishlash
kompetentliligini rivojlantirishning multimediali, virtual ta’lim bilan bog‘liq
imkoniyatlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” Strategiyasida ham sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal
joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash va uning imkoniyatlaridan
bo‘lajak mutaxassislarni raqobatbardosh qilib tayyorlashda foydlanish
dolzarbligi ta’kidlangan.
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda pedagogik tajriba-sinov ishlarining
maqsadi ilmiy tadqiqot ishida ilgari surilgan farazning to‘g‘ri tanlanganligi,
tajriba natija berishini isbotlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon o‘zaro
aloqadorlikda, mavjud muammoning yechimini bosqichma-bosqich hal etishga
yo‘naltirilgan uch bosqichda amalga oshirildi. Pedagogik eksperimentning
bosqichlari. Pedagogik eksperiment bosqichma-bosqich o‘tkazildi va aniqlash,
shakllantirish bosqichlarini o‘z ichiga oldi. Ilmiy tadqiqiqot ilmiy farazi bo‘yicha
tahlillar, kuzatuvlar amalga oshirildi. Jumladan, quyidagi vazifalarni hal qilishga
qaratilgan edi:
• bo‘lajak arxitektorlarning loyihalash kompetensiyasini shakllanadigan
o‘quv jarayonining dastlabki holatini baholash;
• diagnostik vositalarni ishlab chiqish;
• nazorat va eksperimental guruhlarni aniqlash;
• kiruvchi nazorat va uning natijalarini tahlil qilish;
• model va pedagogik shartlarni moslashtirish.
1. Tayyorgarlik bosqichi 2020–2021 yillarda o‘tkazilib, bu davrda quyidagi
ishlar amalga oshirildi:
- tadqiqotning eksperimental qismining asosiy yo‘nalishini aniqlab olish;
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
7
- professional ta’lim tizimida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan so‘rovnomalar
o‘tkazish;
- tadqiqot o‘tkazilayotgan fan bo‘yicha kerakli o‘quv-meyoriy hujjatlar,
o‘quv-uslubiy manbalarni o‘rganish, tahlil qilish va taqqoslash;
- professional ta’limda pedagogik tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish uchun
pedagogik shart-sharoitlarni o‘rganish;
- dastlabki pedagogik tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish va boshqalar.
2. Ikkinchi bosqich – 2021–2022 yillarda quyidagilar amalga oshirildi:
- rejaga binoan pedagogik tajriba-sinov ishlarini davom ettirish;
-“Arxitekturaviy loyihalash” fanidan darslarni kuzatish, o‘rganish va tahlil
qilib borish;
- olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish,
yangilash, shu asosida ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish metodikasini
takomillashtirish, zaruriy vaziyatlarda ularga qo‘shimchalar kiritish va
rivojlantirish;
- o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlaridan olingan natijalarni miqdor, sifat va
ilmiylik nuqtai nazaridan tahlil qilish;
- o‘quv jarayoniga raqamli uslubiy ta’minot vositalari, nostandart testlar,
virtual modellar, turli murakkablikdagi loyiha topshiriqlar to‘plami, ijodiy
ishlash uchun loyihalar to‘plamlarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish
darajasini aniqlash;
- tadqiqotga tegishli ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil etish hamda ularni
umumlashtirish va solishtirish;
- o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalarini tahlil qilish hamda tajriba-
sinovga jalb etilgan mutaxassislar bilan xamkorlikda ekspert baholash.
3. Tadqiqotning uchinchi bosqichi 2023–2024yillarda o‘tkazilib, unda
quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- ilmiy tadqiqot bo‘yicha tajriba-sinov ishlari davom ettirildi;
-tadqiqot o‘tkazishda ta’lim-tarbiya, bilim, ko‘nikmalarni rivojlanish
natijalarining o‘zaro uzviyligi tahlil qilindi;
-olingan natijalar bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarish, ilmiy asoslash, ularni
faraz hamda vazifalarga mosligi aniqlandi;
-tadqiqotning
tajriba-sinov
ishlarida
qatnashgan
professor-
o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari o‘rganildi, ta’lim jarayoni sifati va
samaradorligi oshganligini aniqlash maqsadida anketa-so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Professional ta’lim tizimida “Arxitekturaviy loyihalash” fanini o‘qitishda
virtual modellashtirish vositasidan foydalanish bo‘yicha anketa so‘rovlari
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
8
o‘tkazildi. Arxitekturaviy loyihalashni o‘qitishda virtual modellashtirish
vositasidan foydalanish imkoniyatlari haqida o‘qituvchilarning fikrlari o‘rganildi.
O‘qituvchilarning anketa savollariga bergan javoblaridan shuni aniqlash
mumkinki, so‘ralganlardan 30–36 foizigina arxitekturaviy loyihalashni
o‘qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga ijobiy munosabat
bildirganlar.
2022 yilda anketa so‘rovlari qayta o‘tkazildi va bir yildan so‘ng bu
ko‘rsatkich olib borilgan tadqiqotning ta’sir doirasi kengayib borganligi,
ta’limning elektron resurslari ta’lim sifatini oshirish omili ekanligi o‘z isbotini
topa borgani bois arxitekturaviy loyihalash o‘qitishda kompyuter
texnologiyalari va grafikasidan foydalanishga ijobiy fikr bildirgan professor-
o‘qituvchilar ulushi ortib, 80–88 foizni tashkil etgan.
Arxitekturaviy loyihalashni o‘qitishda zamonaviy raqamli uslubiy ta’minot va
grafik dasturlardan foydalanish holatini o‘rganish uchun Namangan sanoat
texnikumi, Namangan arxitektura va qurilish texnikumi, Buxoro arxitektura va
qurilish texnikumi, Marg‘ilon arxitektura va qurilish texnikumi, Olmaliq
arxitektura-qurilish texnikumlarining 2021–2022 yillarda Arxitektura, Bino
inshootlar qurilishi yo‘nalishi guruhlarida anketa-so‘rovlari o‘tkazildi.
O‘qituvchilarning javoblari va natijalari asosida ishlab chiqilgan metodikaning
samarali ekanligi ko‘rib o‘tildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Qahharov A.A. Darajali grafik topshiriqlar to‘plamini yaratishning
zamonaviy usuli // Pedagogik ta’lim. – Toshkent: 2013. –№4. 49–53-b.
2.
Qahharov A.A. Intellektual o‘yinlarni kompyuter yordamida tashkil etish
yo‘li bilan ta’lim samaradorligini oshirish //Zamonaviy ta’lim. –Toshkent: 2018.
–№2. 56–61-b.
3.
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy
metodik asoslari. Diss. .. ped. f. d. – T.:2007. – 315 b.
4.
Ergashev B., Abdullayev A. Professional ta’lim tizimi o‘quvchilariga virtual
modellashtirish asosida arxitekturaviy loyihalashni o‘rgatish ilmiy-pedagogik
muammo sifatida. “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy
usullarni joriy etishda ta’lim sifatini boshqarish muammolari” mavzusidagi
ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Qo‘qon, 2022 y. 553-557 bb.
