BOLALAR ONGIDA TAFAKKUR TUSHUNCHASINING AHAMIYATI

Abstract

Maqolada bolalarda tafakkurning rivojlanishi va uning bolalar psixologiyasiga ta`siri haqida so`z boradi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abduqahhorova, D. (2024). BOLALAR ONGIDA TAFAKKUR TUSHUNCHASINING AHAMIYATI. Solution of Social Problems in Management and Economy, 3(4), 14–17. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53468
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada bolalarda tafakkurning rivojlanishi va uning bolalar psixologiyasiga ta`siri haqida so`z boradi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

14

BOLALAR ONGIDA TAFAKKUR TUSHUNCHASINING AHAMIYATI

Abduqahhorova Durdona

https://doi.org/10.5281/zenodo.10934446

Annotatsiya: Maqolada bolalarda tafakkurning rivojlanishi va uning bolalar

psixologiyasiga ta`siri haqida so`z boradi.

Kalitso`zlar ;tafakkur,bola,analiz ,sintez,intelekt ,kreativlik,diqqat,xotira.
Tafakkur insonga qaysidir yoshda yoki qaysidir davrda tuhfa etilmaydi. U

bola tug`ilgandayoq u bilan birgalikda dunyoga keladi. Keyinchalik bola bilan
birgalikda rivojlanadi va murakkablashadi. Katta yoshli insonga nisbatan kichik
yoshdagi bolalarda tafakkur tushunchasi biroz rangliroq. Ya`ni ularda fantasia
ko`lami keng, tushunchalar real voqealardan ko`ra ko`proq biroz bo`rtirrishlar
asosiga quriladi. Bularning hammasi tafakkurning hosilalari hisoblanadi.
Tafakkur tushunchasini ilmiy tomondan izohlasak nazariy ma`lumotlar
talaygina. Bolalar ham o`smirlik davrigacha dunyoga boshqacha ko`z bilan
qaraydilar. Ya`ni ularda analiz va sintez jarayonlari ba`zi jihatdan osonroq
qaysidir jabhalarni anglash esa qiyinroq kechadi. Olamni anglashda bolalarga
ularning ota –onalari ko`maklashishi lozim. Ayniqsa ona tomonidan bu ish
samarali amalga oshirilishi ehtimoldan yiroq emas. Chunki otalardan ko`ra bola
tarbiyasida onaning roli kattaroq. Atrofda bo`lyotgan voqea –hodisalar
bolalarning tafakkurida ko`rgazmali –obrazli shaklda namoyon bo`ladi. Ular
bunda voqea yoki qaysidir shaxsni o`ziga notanish bo`lgan so`zlar orqali emas
,balki ko`z o`ngida gavdalantirish asosida eslab qolishadi. Kichik yoshdagi
bolalarda mulohazalardan ko`ra obrazlar ko`proq bo`ladi.

Bolalar ongida tafakkur tushunchasining ahamiyati
Ularning tafakkurida so`z ikkinchi darajali vositaga aylanadi. Misol uchun

professor B.C.Muxina; ,, Bolalarda so`zlarda tushuntirishdan ko`ra harakatlar
orqali izohlash osonroq`` deb ta`kidlagan. Ya`ni ularga buzilgan o`yinchoqni
tuzatish uchun bersangiz ular tuzatish jarayonini faqatgina ko`rsatib beroladilar
.So`zlashga kelganda birmuncha qiynaladilar. Lekin 5 yoshdagi bolalarda nutq
boyligi tez sur`atlarda o`sadi. Qiziquvchanlik ham shuncha rivojlanadi.
Buniularning bizga berayotgan turfa xil savollaridan bilib olishimiz lozim. Biz
shu narsani unutmasligimiz zarurki, bolalar berayotgan savollarga iloji boricha
to`g`ri javob berishga harakat qilishimiz kerak. Chunki javobsiz qolgan savollar
natijasida bolalar ongida qiziqish susaya boshlaydi. Bolalarning tafakkurining
rivojlanishi uchun ota –onalar mas`ul shaxslardir. Turli xil foydali o`yinlar,
sog`lomlashtirish mashqlari va atrofdagi voealarni to`g`ri tahlil qilib berish
,bundan tashaqari ularning tafakkurida obrazlarni jonlantirish uchun turli


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

15

ertaklar hamda ibratli hikoyalar aytib berish bolalar ongida tafakkurning
rivojlanishiga katta hissa qo`shadi. Biz bolalarga hayotning faqat oq tomonini
emas ,kezi kelganda qora tomonini ya`ni ba`zi haqiqatlarni ham o`rgatishimiz
shu bilan birgalikda ularni o`rab turgan olam faqatgina oq –qora emas balki
turfa ranglardan iborat eknligini tushuntirishimiz lozim.
Tafakkur tushunchasi bilan birgalikda bolalarda intellect va kreativlik degan
tushunchalar ham bor.Ular doimo yonma yon keladi. Sababi bu tushunchalar bir
biriga o`zaro bog`liq. Ba`zida biz shunday bolalalarni ko`rishimiz mumkinki,
ularning fikrlash ,tafakkur qilish darajalari hatto ba`zi katta yoshdagi odamlarni
ham aqlini shoshirib qo`yadi. Aynan ularda aql bilan bog`liq jarayonlar yaxshi
rivojlangan bo`ladi. Intellektbu- idrok qilish ,xotirlash ,fikr yuritish, insonlar
bilan so`zlashish va shu kabi holatlardir. Bolalarda bunday tushunchalarning
rivojlanishida nafaqat oila balki jamiyat ham o`z hissasini qo`shadi. Lekin
bunday intellektlar bolalalarda turlicha shakllangan ,kimdadir yuqori darajada
kimdadir quyi darajada. Kreativlik ham huddi shunday, beshta bolaga yashil
rangdagi plastilinni berilsa, ular bu rangdan o`z tafakkuridagi predmetlarni
yasaydilar. Yani ularning tafakkurida nima yashil bo`lsa shuni amaliyotga tadbiq
etadilar. Kreativlik va intellect bolalarda shundayligicha rivojlanmaydi .Uni
paydo bo`lishiga irsiyat va nasl –nasab ham bog`liq. Agar ota-ona yoki
qarindoshlaridan kimdadir kreativlik yoki aqliy jarayonlar yuqori bo`lsa
ularning farzandlari ham ruhan ham jismonan barkamol shaxs bo`lib voyaga
yetadi. Chunki ularning keying voyaga yetish davrida ham aynan mana shu
tushunchalar

ularni

rivojlantiradi.

Tafakkur haqida turli olimlar turlicha fikr bildirganlar. Masalan nemis faylasufi
Martin Xaydegerning fikricha,, Tafakkur mavjudligining asosiy hislati bu
tasavvurdir " deydi. Faylasufning fikricha,, Tafakkur bor, chunki insonlar
tasavvur qilishyapti" demoqchi. Menimcha bu fikrga hech bir inson raddiya
bildira olmaydi. Chunki tafakkurlar natijasida tasavvurlar vujudga keladi.
Aynan bu holat yosh bolalarda katta yoshli insonlarga nisbatan qiziqarliroq
kechadi. Bolalar tafakkurida buvijonlari tomonidan aytilgan ibratli
ertaklarning qahramonlarini aynan mana shu tasavvurlar orqali
gavdalantirishadi. Ertak qahramonlarining yaxshi yoki yomon fazilatlarining
analiz va sintez jarayonlaridan so'ng ularda umumiy tasavvur xulosasi kelib
chiqadi. Ota – onalar farzandlarining tasavvurlarini shakllantirishda ehtiyotkor
bo'lishlari kerak. Birgina harakat yoki birga voqea sababli bolalarning
tasavvurida qora dog'lar paydo bo'ladi. Bundan tashqari jamiyatda bolalarga
nisbatan,, Sen jim o'tir, gapga ko'p aralashma, sen nimani ham bilar


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

16

eding"degan jumlalarni eshitib qolamiz. Aslida bu gaplar xato. Mashhur
olmon adibi Romen Rollan ta'kidlashicha :,, Tafakkurni o'ldirgan odam uch
karra qotildir "degan edi. Biz ham extiyot bo'lishimiz lozim. Zero bolalar
tafakkurining qotili bo'lib qolmaylik. Bolalar psixologiyasida tafakkur
,tasavvur ,diqqat hamda xotira degan tushunchalar doimo yonma yon keladi.
Sababi bu jarayonlar bir biri bilan o`zaro bog`liq holda namoyon bo`ladi. Biz
bolalar psixologiyasida jarayonlarda tafakkurni birinchi o`ringa ,ikkinchi
bosqichga diqqatni qaratishni va keying bosqichga ko`rilgan hamda diqqat
qilingan hodisani eslab qolishi ya`ni xotirasiga muhrlashini qo`yishimiz mumkin.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga
oshirishnining va ularning samaradorligini ta`minlovchi muhim shartlardan
biri hisoblanadi. Diqqatning asosiy tamoyili bu fikrni bir nuqtaga jamlash va
uni idora etishdir. Katta yoshdagi insonlarda hayotiy tajribalar talaygina
bo`lganligi sababli va ularning miya faoliyati bolalarnikidan yaxshiroq
rivojlanganligi sababli ularda diqqatni jamlash osonroq. Ammo bolalarda
yoshlik davrlarini ma`lum bir davrlarga ajratadigan bo`lsak, ilk bolalik
davrida ularning diqqat ko`lami anchagina beqaror bo`ladi. Bolalarga hamma
narsa yangilik bo`lib tuyulaveradi. Biror hodisaga diqqatini qaratib ,tezlik bilan
yana boshqa jarayonga ko`chib o`tishi oson bo`ladi. Masalan
N.M.Menchinskayaning ta`kidlashicha : Birorta bolaga Echki bolalari haqida
ertak aytyapsiz, voqealar rivoji bo`ri kelib eshikni taqillatadi degan joyiga
keladi. Bola taqqillash ovoziga qiziqib xona eshigini taqqillatib ko`radi.
Bolada diqqatning hali yaxshi rivojlanmaganligi sababli u ertak eshitshni
unutib butun e`tiborini eshikni taqqillatishga qaratadi. Bog`cha yoshidagi
bolalarda esa bu jarayon ozroq murakkablashadi. Nafaqat bog`cha sharoitida
,balki oila davrasida ham o`z namoyishini ko`rsatadi. Biror mashg`ulotga
e`tibor berishi yoki birorta o`yinni uzoqroq o`ynashi ham aynan mana shu
diqqatni tobora barqarorlashyotganini ko`rsatadi. Maktab yoshidagi
bolalarda diqqatning turlari ya`ni ixtiyoriy ,ixtiyorsiz va ixtiyordan keyingi
turlari anchagina taraqqiy etgan bo`ladi. Bog`chada dars mashg`ulotlari o`n
besh daqiqaga borsa , maktab dars mashg`ulotlarining vaqti qirq daqiqani
tashkil etadi. Bu vaqtning barchasida diqqat bir nuqtaga jalb etilmasada
,tamomila tarqab ham ketmaydi. Tafakkur qilayotgan jarayonlariga yetarli
darajada diqqat-e`tiborini qaratoladi. Bola ko`rib tafakkur qilgan narsasiga
diqqatini qaratadi va so`ngida eslab qoladi. Ko`pchilik bir narsani inkor
etolmaydiki, katta yoshli insonlarga nisbatan bolalarda xotiraning tezligi
hamda uning kerakli paytda qayta ishga solinishi anchagina osonroq.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

17

Bolalarda xotira turlari har xil rivojlangan bo`ladi. Yodlash,saqlash ,esga
tushirish va unutish kabi jarayonlar kimdadir passiv, kimdadir esa aktivroq.
Misol uchun bog`chada bolalarga tarbiyachi tomonidan she`r o`rgatilsa
hammasi uchun bir xil takrorlatilgan she`rni qaysidir bola qolganlariga
nisbatan tezroq yodida saqlab qoladi.Mashxur olim E.S.Rapatsevich: Ushlab
turish xotirada o`rganilgan ,ya`ni miyyadagi iz va bog`lanishlarning
saqlanishidir degan. Olimning fikricha materialning bola tafakkurida rol
o`ynashi hamda xotiraga saqlanishi ,uni bu jarayonda qay darajada ishtirok
etishiga bog`liq. Shu sababli bolalarga nimanidir o`rgatayotgan paytda
ko`rgazmali qurollardan ko`p foydalanishadi. Bundan tashqari tafakkur
etilayotgan narsalarni esda saqlash uchun K.D.Ushinskiy quydagicha ta`rif
keltirgan: Agar siz boalning xotirasiga nimanidir mahkamlab qo`ymoqchi
bo`lsangiz uning barcha sezgi a`zolarini ishga soling , ya`ni ko`rish , eshitish
hatto ta`m va hid bilishgacha . Demak yoshlik paytida bolaning xotirasi ustida
qanchalik ko`p ishlansa maktab davrida bu o`zining ijobiy samarasini albatta
beradi. Ta`kidlab o`tish joizki ,keyinchalik xotiraga mahkamlangan mana shu
taasurotlar bolaning tafakkur qilish imkoniyatiga ham o`z ta`sirini
ko`rsatmay qolmaydi. Bu xotiraning qanday bo`lishidan qat`iy nazar ,ya`ni
yaxshi xotira yoki yomon xotira. Shu o`rinda aytib o`tish kerakki , bolaning
kelajak hayotida qanday jarayonlarga tayyorligi va bu holatlarni qay tarzda
boshidan kechirishi uning yoshlik paytidan qolgan mana shunday psixologik
jarayonlar bilan o`zaro uzviy bog`liqdir.

Adabiyotlar:

1.

Najmiddinovna, Rahimova Feruza. "" GENERAL PEDAGOGY" SCIENCE

PRIORITY

DIRECTIONS

OF

DEVELOPMENT."

Galaxy

International

Interdisciplinary Research Journal 10.12 (2022): 1365-1369.
2.

Раҳимова, Феруза Нажиддиновна. "Мулътимедиа воситаларининг

ижтимоий педагогик фаолиятга таъсир этувчи педагогик-психологик
омиллари." Academic research in educational sciences 3.NUU Conference 2
(2022): 879-884.
3.

Rakhimova, Feruza. "Model of Developing Communicative and Didactic

Competence among Future Teachers." Eastern European Scientific Journal 1
(2019).
4.

Mamadzhanova, Khushruy. "Psychological and Pedagogical Training of

Children for School Readiness: A Comprehensive Approach." HOLDERS OF
REASON 4.1 (2024): 13-23.

References

Najmiddinovna, Rahimova Feruza. "" GENERAL PEDAGOGY" SCIENCE PRIORITY DIRECTIONS OF DEVELOPMENT." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.12 (2022): 1365-1369.

Раҳимова, Феруза Нажиддиновна. "Мулътимедиа воситаларининг ижтимоий педагогик фаолиятга таъсир этувчи педагогик-психологик омиллари." Academic research in educational sciences 3.NUU Conference 2 (2022): 879-884.

Rakhimova, Feruza. "Model of Developing Communicative and Didactic Competence among Future Teachers." Eastern European Scientific Journal 1 (2019).

Mamadzhanova, Khushruy. "Psychological and Pedagogical Training of Children for School Readiness: A Comprehensive Approach." HOLDERS OF REASON 4.1 (2024): 13-23.