SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
38
PROFILAKTIKA INSPEKTORI TOMONIDAN OILA-TURMUSH
MUNOSABATLARI DOIRASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR
PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLLASHTIRISH
Do‘stmatov Aloviddin Axat O‘g‘li
IIV Akademiyasi kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11649918
Yurtimizda amalga oshrilayotgan islohotlarning bosh maqsadi
xalqimiz,ayniqsa,voyaga yetmaganlar qalbida buyuk kelajakka intilib yashash
tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq
davlatimiz rahbarning tashabbusi bilan voyaga yetmaganlar talim-tarbiyasi,
ularning manaviyatini yuksaltirish boarsidagi islohatlarning hayotimizning
yoshqa sohalari bilan uzviy bog‘lanagn holda,tizimli,bosqichma-bosqich
amalga oshiriladigan starategiyasi belgilab olindi.Unga asosan,voyaga
yetmaganlar huquqbuzarliklarini himoya qilishning quyidagi ustuvor
yo‘nalishlarida islohatlar amalga oshirilmoqda.
Oila turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarning viktimologik
profilaktikasini tashkil etishda davlat organlari va jamoatchilik
tashkilotlarining hamkorligi Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 30
oktyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2014 yil 10 aprelda maʼqullangan
2014 yil 14 maydan boshlab kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuniga asosan amalga
oshiriladi. Ushbu qonunning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ijtimoiy
reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish — huquqbuzarlikdan
jabrlanuvchiga, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil
bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik,
tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga, shuningdek ularga
jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga
qaratilgan chora-tadbirlar majmui; g‘ayriijtimoiy xulq-atvor — shaxsning
jamiyatda qabul qilingan xulq- atvor normalari va qoidalarini buzuvchi
turmush tarzi, harakati yoki harakatsizligi; huquqbuzarlik — sodir etilganligi
uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli g‘ayrihuquqiy
qilmish (harakat yoki harakatsizlik); huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi —
jismoniy, maʼnaviy yoki mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida
huquqbuzarlikdan jabrlangan shaxs; huquqbuzarliklar profilaktikasi —
huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
39
aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir
etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash,
bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus,
yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy
va boshqa chora-tadbirlari tizimi; huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan
shaxs — o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori xavfliligi tufayli huquqbuzarlik
sodir etish ehtimoli holatida bo‘lgan jismoniy shaxs.
Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat: shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya
qilinishini taʼminlash; jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish; huquqbuzarliklarning sodir etilishi
sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish,
bartaraf etish chora- tadbirlarini ko‘rish;
huquqbuzarlikdan
jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar
sodir
etishga
moyil
bo‘lgan,
huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan
mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish
va ijtimoiy moslashtirish; jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan
jabrlanuvchiga
aylanishi
xavfini
kamaytirish;
huquqbuzarliklar
profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar
hamda muassasalar faoliyatining o‘zaro hamkorligini taʼminlash va ularning
faoliyatini muvofiqlashtirish.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar
va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:
ichki ishlar organlari;
prokuratura organlari;
Davlat xavfsizligi xizmati organlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati organlari; Milliy
gvardiya organlari;
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi;
adliya organlari;
davlat bojxona xizmati organlari;
davlat soliq xizmati organlari;
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
40
mehnat organlari
taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari;
davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash
muassasalari;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi organlari.
Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi
vakolatlari: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab
chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasiga
doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; mamlakatdagi,
ayrim mintaqalardagi, tumanlar va shaharlardagi kriminogen vaziyatni
o‘rganadi, mavjud kuchlar va vositalardan huquqbuzarliklarning oldini olish
hamda ularni bartaraf etishda foydalanilishi samaradorligi tahlilini amalga
oshiradi; huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan
shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; huquqbuzarliklarning, ularni
sodir etgan shaxslar va huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarning hisobini
yuritadi,
mazkur
maʼlumotlarning
tahlilini
amalga
oshiradi;
Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi Qonunning 35-moddasida
nazarda tutilgan shaxslarni profilaktik hisobga olishni amalga oshiradi;
faoliyati taqiqlangan tashkilotlarga va diniy- ekstremistik yo‘nalishdagi
guruhlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi, ularga nisbatan chora-
tadbirlar ko‘radi; pasport-viza rejimiga, fuqarolar va yuridik shaxslar
tomonidan o‘qotar qurolni saqlash qoidalari hamda tartibiga rioya qilinishi
ustidan nazoratni taʼminlaydi; jinoyatlarni fosh etishda va tergovga, sudga
kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar hamda bedarak yo‘qolgan fuqarolar
qidiruvida ishtirok etadi; ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy
moslashtirish chora- tadbirlarini ko‘radi; huquqbuzarliklar profilaktikasini
bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda
muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Ichki ishlar organlari qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining
20-moddasiga
asosan
Huquqbuzarliklar
profilaktikasi
samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita
amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning o‘zaro hamkorligini
taʼminlash maqsadida prokuratura organlari huzurida huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar tuziladi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
41
Huquqbuzarliklar
profilaktikasi
bo‘yicha
muvofiqlashtiruvchi
kengashlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi
organlar va muassasalar faoliyatini
muvofiqlashtirib borish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar
va muassasalar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha
ko‘rilayotgan chora- tadbirlar samaradorligini baholash;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlari va boshqa
dasturlar bajarilishi ustidan nazorat qilish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi
organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish
hamda ularga barham berishda, shuningdek huquqbuzarliklarning
sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-
sharoitlarni aniqlash bo‘yicha o‘zaro hamkorligini yaxshilashga doir
chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir axborotni to‘plash, saqlash,
ishlovdan o‘tkazish, tahlil qilish hamda undan huquqbuzarliklar
profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar
faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish.
Tarkibida ishchi guruhlar tuzilishi mumkin bo‘lgan muvofiqlashtiruvchi
kengash huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi
kengashlar faoliyatining tashkiliy shaklidir.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar
zarur bo‘lgan axborotni, shu jumladan statistika maʼlumotlarini talab qilib
olishga, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishga
haqlidir.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar
faoliyatini tashkil etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Oila turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarning viktimologik
profilaktikasini tashkil etishda davlat organlari va jamoatchilik
tashkilotlarining hamkorligini amalga oshirishda biz davlat organlariga
aniqlik kiritdik, e ndi jamoatchilik tashkilotlariga aniqlik kiritamiz.
Jamoatchilik tashkilotlariga Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar kiradi. Bularga turli
partiyalar: O‘zlidep, Adolat.., jamg‘armalar Ekosan, Mehr nuri, Istiqbolli avlod
kabi, harakatlar Fidokor yoshlar, ekologik harakat singari va hokazolar kiradi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
42
2014 yil 14 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasida Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning
huquqbuzarliklar profilaktikasidagi ishtiroki belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari: huquqbuzarliklar
profilaktikasiga doir davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni
amalga oshirishda ishtirok etadi; huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga
oshiradi; tegishli hududda jamoat tartibini taʼminlashda, shu jumladan
fuqarolarning kelishi va ketishi hisobga olinishini tashkil etishda, voyaga
yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda
ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarda huquqni muhofaza
qiluvchi organlarga ko‘maklashadi; ro‘yxatdan o‘tkazilmagan diniy
tashkilotlar faoliyatiga chek qo‘yish, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligiga
bo‘lgan huquqlariga rioya etilishini taʼminlash, diniy qarashlarni majburlab
singdirishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘radi, vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq
boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi; ichki ishlar organlarining profilaktika
bo‘yicha tegishli inspektori bilan birgalikda «Profilaktika inspektori
yordamchisi» jamoat tuzilmasi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yarashtirish
komissiyalari
va
boshqa
komissiyalarni
tuzadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi
boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Nodavlat notijorat
tashkilotlari va fuqarolar huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi
hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarga ko‘maklashish hamda
zarur yordamni ko‘rsatish yo‘li bilan huquqbuzarliklar profilaktikasida
ishtirok etishi mumkin.
2014 yil 14 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Huquqbuzarliklarning viktimologik
profilaktikasi nomli 6-bobining 43-moddasida Huquqbuzarliklarning
viktimologik
profilaktikasi
tushunchasi
berilgan.
Unga
asosan
“Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki
muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga
aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini
qo‘llashga doir faoliyati huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasidir”
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
43
deyiladi.
Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari
quyidagilardan iborat: huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan
shaxsning individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisobga olingan
holda profilaktika tadbirlarini o‘tkazish; aholiga, shu jumladan
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar o‘rtasidagi nizolarni hal etish
usullarini o‘rgatish; huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va
himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish; huquqbuzarliklardan
jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni
tashkil etish; huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va psixologik
xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni
ishlab chiqish va amalga oshirish, uni qonunda nazarda tutilgan o‘zini o‘zi
mudofaa qilish usullari va vositalari to‘g‘risida xabardor qilish; g‘ayriijtimoiy
xulq-atvor nisbatan tez-tez kuzatiladigan yoki huquqbuzarliklar tez-tez sodir
bo‘lib turadigan joylarni (hududlarni) muntazam ravishda nazorat qilish;
hujum qilingan taqdirda zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat haqidagi
maʼlumotlarni keng tarqatish yo‘li bilan aholiga huquqiy tarbiya va taʼlim
berish; g‘ayriijtimoiy xulq-atvor, tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki
sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot olish maqsadida
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki
muassasa huzurida ishonch, tezkor aloqa telefonlarini, qutqaruv xizmatlarini
tashkil etish; profilaktika dasturlari va tadbirlari loyihalarining ommaviy
muhokamalarini tashkil etish, ularni amalga oshirish jarayonida muammolar
va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida jahon Internet
axborot
tarmog‘ida
veb-saytlar,
bloglar,
chatlar
tashkil
qilish;
huquqbuzarliklar profilaktikasining zamonaviy usullari to‘g‘risida elektron
adabiyotlarni tarqatish.
Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari qonun hujjatlariga
muvofiq huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatuvchi
ixtisoslashtirilgan
muassasalar
tuzishi
mumkin.
Ixtisoslashtirilgan
muassasalar huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga huquqiy, ijtimoiy,
psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatadi.
Huquqbuzarliklardan
jabrlanuvchilarga
yordam
ko‘rsatuvchi
ixtisoslashtirilgan muassasalarni tuzish va ularning ishini tashkil etish tartibi
qonun hujjatlarida belgilanadi. Shelterlar tuzilgan 155 ta
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
44
Oila turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning
oldini olishda aholining to‘liq ijtimoiy hayot, oila turmush, meʼyoriy dam olish
va mehnat qilishni taʼminlash, ushbu vazifalarni bajarishdagi turli
parokandalik va qarama-qarshiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, doimiy ravishda aniq
maqsad sari rivojlantirish hamda takomillashtirish va bir meʼyorda tashkil
etish g‘oyatda muhimdir. Bu yo‘nalishdagi viktimologik profilaktika choralari
ko‘p qirrali bo‘lib, unda hokimiyat idoralari faoliyatini hamda davlat tizimiga
kiruvchi barcha kuch va vositalar hamkorligini yo‘lga qo‘yish katta
ahamiyatga egadir.
Shu o‘rinda taʼkidlash lozimki, mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish
nafaqat shaxsning maʼlumot olishi va dunyoqarashining shakllanishi,
maʼnaviy ehtiyojlarining taʼminlanishiga taʼsir etadi, balki odamning
madaniyati,
maishiy
turmushda
o‘zini
tutishi,
oiladagi
o‘zaro
munosabatlarining shakllanishiga ham yordam beradi.
Aynan yashash joylarida yakka tartibdagi viktimologik profilaktika
ishlarini yo‘lga qo‘yish shaxsga nisbatan muhim taʼsir chorasi sifatida katta
ahamiyatga egaligini va ularni turli kriminogen vaziyatlar taʼsi- ridan
ajratishga xizmat qilishini unutmaslik zarur. Oilaviy-maishiy turmush
yo‘nalishlarida ichki ishlar organlari olib boradigan kompleks profilaktika
ishlarini tashkil etishda viktimologik profilaktika bo‘yicha amalga
oshiriladigan chora-tadbirlar alohida ahamiyatga egadir. Ushbu profilaktika
yo‘nalishi o‘ziga xos tarzda umumiy va maxsus profilaktika choralarini olib
boruvchi subyektlarning oila sharoitida, shaxsiy turmush va jamiyat hayoti
bilan bog‘liq jarayonlar hamda yo‘nalishlarda jinoyat jabrlanuvchii bo‘lgan
jabrlanuvchilar bilan bog‘liq viktim holatlarni aniqlash va kriminogen
holatlarni yo‘qotish bilan bog‘liqdir.
Oila turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarning oldini olish
tizimida viktimologik profilaktika o‘ziga xos o‘rin tutadi va asosan turli
guruhdagi jabrlanuvchilarning jinsi, yoshi, o‘zini tutishi, mavqei va boshqa
viktim holatlarning yuzaga kelishiga taʼsir etuvchi shaxsiy xususiyatlar
hisobga olinadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda
shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari cheklanishiga,
shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada bo‘lishga,
shaxsiy hayot, yozishmalar, telefonda so‘zlashuvlar, pochta, telegraf xabarlari
va boshqa xabarlar sir saqlanishi, bir joydan ikkinchi joyga erkin ko‘chish va
yashash joyini tanlash, shuningdek shaxsiy daxlsizligi, uy- joy daxlsizligi
buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
45
Huquqbuzarliklar
profilaktikasini bevosita amalga
oshiruvchi
organlar va muassasalar faoliyatining moliyaviy hamda moddiy-texnika
taʼminoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Faoliyati huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid chora-tadbirlarni amalga
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat
ijtimoiy
buyurtmani
joylashtirish
va
qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar vositasida qo‘llab-quvvatlaydi.
Xalq hokimiyatini so‘zda emas, amalda ta’minlash bugungi davrning asosiy
talabiga aylandi. Mamlakatimizda «
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir
manbaidir»
degan ulug‘vor g‘oyani amalda to‘liq ta’minlash bo‘yicha samarali
mexanizmlar yaratilmoqda. Davlat idoralari mansabdor shaxslarining mas’uliyati
kuchaytirilib, jamoatchilik oldida hisob berishning ta’sirchan mexanizmlari joriy
etilmoqda.
Alohida ahamiyat berish joizki, profilaktika inspektorini «lavozimga
tasdiqlash» va «qasamyod qabul qilishi» mexanizmlarijoriy etildi.
Ta’kidlash o‘rinliki, endilikda, profilaktika inspektori lavozimiga tayinlash
va lavozimdan ozod etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri,
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar
boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
2017 yilning 1 oktyabridan boshlab tegishli fuqarolarning o‘zini-o‘zi
boshqarish organlari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan muhokamalar
natijalariga ko‘ra qabul qilinadigan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining
qarori bilan profilaktika inspektorlarini o‘z lavozimiga tasdiqlash tartibijoriy etildi.
Profilaktika inspektori tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori
bilan lavozimga tasdiqlanib, uning majlisida qasamyod qabul qilgan vaqtdan
boshlab lavozimga kirishgan deb hisoblanadi.
Aholi bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqot natijalari bir haqiqatni yaqqol
ko‘rsatmoqda: ko‘pgina joylarda odamlar mahallasiga biriktirilgan profilaktika
inspektorini aksariyat holatda tanimaydi, profilaktika inspektorlarining
ko‘pchiligi xalq hayotidan, uning dardu tashvishlaridan uzoqlashib ketgan.
Bugungi kunda bunday salbiy holatlarni to‘liq barham berish, profilaktika
inspektorlari lavozimlarini xalqning ishonchi va mehrini qozona oladigan,
xalqparvar, malakali mutaxassislar bilan jamlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda.
2017 yilning 1 oktyabridan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari tomonidan har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
46
eshitishi tartibi joriy etildi. Profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitish
yakunlariga ko‘ra ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan
ko‘rilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi, ular
faoliyatining samaradorligiga alohida baho beriladi hamda egallab turgan
lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinishi belgilab
qo‘yildi.
«Fuqarolarimizning Konstitutsiyada muhrlab qo‘yilgan davlat organlari va
muassasalariga, xalq vakillariga murojaat qilish huquqini ta’minlash maqsadida
ommaviy uchrashuvlarda murojaatlarni qabul qilish tartibi belgilandi. Bugungi
kunda fuqarolarimiz mansabdorlar oldiga emas, balki mansabdor shaxslarning o‘zi
xalqimiz oldiga bormoqda. Bu – katta o‘zgarish.
Ayni vaqtda ko‘p rahbarlar bular hammasi vaqtincha, bir yillik ish, degan
xom xayol bilan yuribdi. Ammo ular shuni qulog‘iga quyib olsin, ko‘priklar
allaqachon yonib ketgan. Endi hech qachon orqaga qaytmaymiz»
1
.
Profilaktika inspektorlarining faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni
ta’minlash, ularning faoliyatini jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tashkil
etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Endilikda fuqarolarning ijobiy fikri
profilaktika inspektorlari faoliyatiga baho berishda asosiy mezonga aylandi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar, ma’muriy nazorat o‘rnatish va
boshqa ishlarning sudlar tomonidan sayyor tartibda ko‘rilishining yo‘lga
qo‘yilganligi nafaqat sudning tarbiyaviy rolini kuchaytirmoqda, balki
fuqarolarning sudma-sud ovorayu‒sarson bo‘lib yurishi kabi salbiy amaliyotga
barham bermoqda. Jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qonuniy, asosli va
adolatli qarorlar qabul qilinishiga xizmat qilmoqda. Qolaversa, xalqning
profilaktika inspektorlari va sudlar faoliyatidan rozi bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda.
Profilaktika inspektorlarini o‘z vazifalarini bajarish natijadorligi uchun
moddiy rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmlari joriy etildi. Profilaktika
inspektorlari yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikmalari va huquqiy madaniyati,
fidokorona mehnati, mardligi va ko‘rsatgan jasorati uchun o‘rnatilgan tartibda
rag‘batlantiriladilar.
«....jinoyat sodir etilmayotgan mahalla profilaktika inspektorining oylik ish
haqiga 50 foiz ustama qo‘shib beriladi. Aksincha, o‘z hududida jinoyatning
33
Қаранг: Конституция – эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янадатараққий эттиришнинг
мустаҳкам пойдеворидир. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси
қабул қилинганининг 25 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халқ сўзи. – 2017.
– 8 дек.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
47
ko‘payishiga yo‘l qo‘ygan profilaktika inspektorining oyligidan esa 50 foiz ushlab
qolinadi»
2
.
Bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasiga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Mahallalar, ko‘chalar, savdo
va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 114 mingdan ortiq videokuzatuv vositasi
o‘rnatildi. Ularning yordamida 10 mingga yaqin jinoyat fosh etildi. 2017 yilda
jinoyatchilik darajasi 2016 yilga nisbatan 14 foizga
3
, sodir etilgan jinoyatlar soni
2017 yilga nisbatan 33,5 foizga(73692/49011)yoki 24 681 taga
4
kamaydi va
bunda ana shu ishlarning ahamiyati katta bo‘ldi.
Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari
xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini
tanqidiy qayta ko‘rib chiqish asosida, zamonaviy talablar va ilg‘or xorijiy
tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasida «Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati» mutaxassisligi
bo‘yicha ta’lim oluvchilar soni ko‘paytirildi.
Ichki ishlar organlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida
«Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimiga asosan haqiqiy
harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarni saralash va tayinlashning (tanlov asosida)
samarali mezonlari joriy etildi.
Profilaktika inspektori lavozimiga tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan
talablar kuchaytirildi. Jumladan, bu lavozimga oliy ma’lumotga ega, kasbiy,
axloqiy-ruhiy va jismoniy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, huquqbuzarliklar
profilaktikasi shakllari va usullarini amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan
shaxslar tayinlanishi, shuningdek, profilaktika katta inspektori lavozimiga ichki
ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarida kamida besh
yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi belgilandi.
34
Қаранг: Конституция – эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янадатараққий эттиришнинг
мустаҳкам пойдеворидир. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси
қабул қилинганининг 25 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халқ сўзи. – 2017.
– 8 дек.
35
Одамларнинг бунёдкорона меҳнатини қадрлаб, уларга муносиб турмуш шароити яратиш –
энг муҳим вазифамиздир // Халқ сўзи. – 2017. – 18 нояб.
36
Қаранг: Конституция – эркин ва фаровон ҳаётимиз, мамлакатимизни янадатараққий эттиришнинг
мустаҳкам пойдеворидир. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси
қабул қилинганининг 25 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халқ сўзи. – 2017.
– 8 дек.
37
Ички ишлар органлари фаолиятига оид раҳбарий ғоялар ва норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами.
– Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, 2019. – 813 б.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
48
Profilaktika inspektorlarining bilimi va kasbiy tayyorgarligini oshirish
bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, profilaktika inspektori
lavozimiga birinchi marotaba tayinlanayotgan shaxslar, shuningdek, ushbu
lavozimda uch yil xizmat qilgan shaxslar tegishlicha o‘rnatilgan tartibda kasbiy
tayyorgarlik kursini va malaka oshirishni o‘taydilar. Birinchi bor lavozimga
tayinlangan profilaktika inspektoriga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
tomonidan belgilanadigan tartibda bir yil muddatga tajribali profilaktika
inspektorlari orasidan murabbiy biriktiriladi.
Profilaktika inspektorlari uchun munosib ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha zarur
choralar ko‘rilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari tomonidan profilaktika inspektorlariga o‘zlari
biriktirilgan hududdan xizmat turar joyi ajratilishi amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda ichki ishlar tizimining quyi bo‘g‘inini mustahkamlash
muhim masalalardan biriga aylandi. Kriminogen vaziyat, aholi soni va
hududlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda toifalangan ichki ishlar
organlari tayanch punktlarining yangilangan joylashuvi tasdiqlandi.
Yangi barpo etilayotgan ichki ishlar organlari tayanch punktlarini jihozlash,
shu jumladan, qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PF–4944-sonli farmoniga muvofiq amalga oshirilayotgan «Mahalla
markazi» majmualari va fuqarolar yig‘inlari binolari namunaviy loyihalariga
profilaktika inspektorlari uchun alohida xonalar kiritildi.
Tayanch punktlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnik ta’minoti bilan
bog‘liq masalalar aniq tartibga solindi.
Tayanch punktlari uchun yer maydoni va binolarni ajratish,qurilish,
ta’mirlash va kapital ta’mirlash, shuningdek, mebel’ bilan jihozlash shahar va tuman
hokimliklari tomonidan mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan
amalga oshiriladi. Tayanch punkti tuman, shahar hokimliklari balansida bo‘ladi
va uning binosi O‘zbekiston Respublikasi IIVning Huquqbuzarliklar profilaktikasi
bosh boshqarmasi roziligisiz boshqa organlar, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarga sotilmaydi yoki berilmaydi.
Tayanch punktlarini zaruriy texnik vositalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, xizmat
hujjatlari va avtotransport vositalari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi
IIV tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan ajratiladigan
mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
49
Jamoat birlashmalari bilan doimiy va samarali hamkorlikni ta’minlash
maqsadida tayanch punktlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan
bir binoda yoki unga yaqin joyda joylashadi.
Profilaktika inspektorlarini bevosita o‘zlariga biriktirilgan hududda xizmat
turar joyi bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Bu esa profilaktika inspektorlarini
kommunal-maishiy sharoitlarga ega bo‘lgan, zamonaviy talablar va standartlarga
javob beradigan qulay xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga, shuningdek, ularning
nufuzini oshirishga va xizmatni samarali o‘tashini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Ichki ishlar organlari xodimlarini
tayyorlash, qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish tizimi
tubdan qayta ko‘rib chiqildi hamda yanada
takomillashtirildi. Kadrlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qo‘yishning ilѓor
mexanizmlari joriy etildi. Ularning malakasi, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini
oshirish orqali kadrlar salohiyatini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda,
«bunday uylar profilaktika nozirlarining kechayu kunduz o‘z hududida bo‘lib,
mahallada jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini
ta’minlashida muhim ahamiyatga ega»
5
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi«
Ichki
ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat
uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
PQ-2906-sonli qarori bilan «2017-2018 yillarda ichki ishlar organlari tayanch
punktlarining profilaktika inspektorlarini bevosita ular xizmatni o‘taydigan
hududda joylashadigan xizmat uy-joyi bilan ta’minlash dasturi» ma’qullandi.
Mazkur dastur asosida ishlar samarali tashkil etilmoqda.
Profilaktika inspektorlari uchun barcha zarur sharoitlarning yaratilganligi,
o‘z navbatida, ularning zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarning talab
darajasida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini jiddiy kuchaytirishni taqozo
etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu borada: «Biz profilaktika
inspektorlarining yashashi va ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratib berdik.
Endi ularning salohiyatini, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorligini
kuchaytirish zarur. Bundan keyin mahallalardagi profilaktika inspektori
lavozimiga tanlov asosida uch nafar eng professional xodimdan bittasi saralab
38
Одамларнинг бунёдкорона меҳнатини қадрлаб, уларга муносиб турмуш шароити яратиш –
энг муҳим вазифамиздир // Халқ сўзи. – 2017. – 18 нояб.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
50
olinadi. Shunday qilsak, ular o‘rtasida raqobat kuchayadi, odamlarning tinchligi va
osoyishtaligini ta’minlaydigan chinakam samarali tizim yaratiladi» deb, ta’kidlaydi
6
.
Yuqoridagilardan tashqari, 2018 yil 14 fevralda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi
tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi PQ-3528-son qarori qabul qilinib, jamoat
tartibini saqlash, avvalambor, voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasidagi
huquqbuzarliklar
profilaktikasi
va
jinoyatchilikka
qarshi
kurashish
samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzg‘unchi
tahdidlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va
sifatli bartaraf etilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 iyun’ kuni qabul qilingan
«Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish samara-dorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3786-son qarori bilan poytaxtda huquqni muhofaza
qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligini oshirish, sutkaning kechki va tungi
vaqtida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ularning yaqin hamkorligini tashkil etish
ta’minlanib, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda
«Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi eksperiment tariqasida joriy etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 yanvardagi «Fuqarolar va jamoat
tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni
tasdiqlash haqida»gi 15-son qarori asosida fuqarolar va jamoat tashkilotlarini
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki
uchun rag‘batlantirish tartibi belgilab berildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojatnomasida xukukni
muxofaza qiluvchi organlari vazifasiga to‘htalar ekan, ichki ishlar idoralari
jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishini
ta’kidladilar. Shuningdek, Oliy Majlisga murojatnomasi tegishli idoralar va
tashkilotlar tomonidan o‘rganilishi barobarida unda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosi
yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2018 yil 28-dekabr kuni
Oliy Majlisga Murojaatnomasida hamda 2017 yil 9-fevral’ kuni IIOlari bilan
o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasini jaxon
39
Одамларнинг бунёдкорона меҳнатини қадрлаб, уларга муносиб турмуш шароити яратиш –
энг муҳим вазифамиздир // Халқ сўзи. – 2017. – 18 нояб.
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
51
xamjamiyatida tutgan o‘rnini yanada ko‘tarish va mustaxkamlash uchun avallo
o‘zimizning mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik xamda fuqarolar sog‘ligini
ta’minlasak, albatta, bunga xam erishamiz deb, ta’kidlab o‘tdilar. Shularni amalga
oshirish maqsadida IIOlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga kirishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ichki ishlar organlari
profilaktika xizmatlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini
tartibga soluvchi normalarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
A
) fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi normalar:
fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va
erkinliklarining daxlsizligi (19-modda); fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini
amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy
manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shartligi (20-
modda); fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun
bilan belgilanganligi (21-modda); har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan
tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turarjoyi
daxlsizligi huquqiga egaligi (27-modda); har bir inson xohlagan diniga e’tiqod
qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga egaligi, diniy qarashlarni
majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi (31-modda); har bir shaxs mehnat qilish,
erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan
tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egaligi (37-modda); Davlat
fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari hamda
erkinliklarini ta’minlashi (43-modda); voyaga yetmaganlar, mehnatga
layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidaligi (45-modda);
ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga
majburligi (64-modda); voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-
onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburligi (66-modda);
B) ichki ishlar organlari profilaktika xizmatlari tomonidan muayyan
vazifalarni amalga oshirishni taqozo etuvchi normalar
:
inson, uning hayoti,
erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini turli jinoiy
tajovuzlardan himoya qilish (13-modda); faoliyatni inson va jamiyat farovonligini
ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirish (14-
modda); fuqarolarni huquqiy himoya qilish (22-modda); chet el fuqarolarining va
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklarini xalqaro normalarga
muvofiq ta’minlash (23-modda); inson hayotiga suiqasd qilish og‘ir jinoyat
ekanligi (24-modda); hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki
qamoqda saqlanishi mumkin emasligi (25-modda); fuqarolarning davlat siri va
boshqa sirlarga taalluqli bo‘lmagan fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi (29-
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
52
modda); har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod
qilmaslik huquqiga egaligi, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l
qo‘yilmasligi (31-modda); har bir shaxsning ariza, taklif va shikoyatlar bilan
murojaat qilish huquqini ta’minlashi (35-modda); fuqarolar tomonidan
konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajarishni ta’minlash (47-modda);
fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga rioya etishi, boshqa kishilarning
huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishini ta’minlashi (48-
modda); fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini
avaylab asrashini ta’minlash (49-modda); fuqarolar atrof tabiiy muhitga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini ta’minlash (50-modda); fuqarolar qonun
bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashini ta’minlash (51-
modda); O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi o‘z davlatini himoya
qilishini ta’minlash (52-modda); xususiy va boshqa mulk shakllarining
daxlsizligini himoya qilish (53-modda); yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralarni muhofaza qilish (55-modda);
konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi,
respublikaning
suvereniteti,
yaxlitligi
va
xavfsizligiga,
fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy,
irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz
qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi
siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyatini
taqiqlashda ishtirok etish (57-modda); oilalarni muhofaza qilish (63-modda); ota-
onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashini
ta’minlash (64-modda); O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi
kurash bo‘yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil
ravishda bajaruvchi xususiy, kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va
ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishini taqiqlashda
ishtirok etish (121-modda);
V) profilaktika xizmatlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi
faoliyatini amalga oshirishda muayyan talablarga rioya etishi va majburiyatlarni
amalga oshirishini talab qiluvchi
:
konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rish
(15-modda); barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiga rioya qilish
(18-modda); fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz mahrum
etmaslik hamda cheklamaslik (19-modda); hech kimni qiynoqqa solish,
zo‘ravonlik, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi
tazyiqqa duchor etmaslik (26-modda); qonun nazarda tutgan hollardan va
tartibdan tashqari birovning turarjoyiga kirmaslik, tintuv o‘tkazmaslik yoki uni
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
53
ko‘zdan kechirmaslik, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor
qilmaslik (27-modda); qonunda belgilangan cheklashlardan tashqari, O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosining respublika hududidan bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chishi, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketishi huquqini
ta’minlash (28-modda); qonunda belgilangan cheklashlardan tashqari,
fuqarolarning o‘zi istagan axborotni izlashi, olishi va uni tarqatishi huquqini
ta’minlash (29-modda); fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor
bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish
imkoniyatini yaratib berish (30-modda); har bir insonning xohlagan diniga
e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini, diniy qarashlarni
majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash (31-modda); faqat xavfsizlik
nuqtai nazaridangina mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarni to‘xtatish yoki
taqiqlash (33-modda); fuqarolarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini qonunda
belgilangan tartibda ko‘rib chiqish (35-modda); sud hukmi bilan tayinlangan
jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari
majburiy mehnat taqiqlanishi (37-modda); har bir shaxsga o‘z huquq va
erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar,
jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat
qilish huquqi kafolatlanishi (44-modda); mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan
hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi (53-modda); Davlat organlari
va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga,
shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar
faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi (58-modda); Davlat diniy
birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi (61-modda); farzandlarning ota-
onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida
tengligi (65-modda); qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat
tashkilotlari va fuqarolar yordam ko‘rsatishlari mumkinligi (121-modda).
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha Konstitutsiya talablarini bajarishda
vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda O‘zbekiston
Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodekslari muhim o‘rin tutadi.
