SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
68
TA'LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA DIZARTRIYALI BOLALAR
NUTQINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TEXNOLOGIYALAR
Raxmatova Dilnavoz Аʼzam qizi
Nizomiy nomidagi TDPU
Maxsus pedagogika va inklyuziv taʼlim fakulteti
oʼqituvchisi
Bekmuratova Feruza G’ayrat qizi
Logopediya yo’nalishi 104-guruh
talabasi
Email:dilnavozraxmatova9@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11656392
Annotatsiya
Hamkorlikka asoslangan talim – bu ta’lim jarayonini
nisbatan samaraliroq tashkillashtirishga qaratilgan bо‘lib, bolalarning
savodxonligini oshirish bevosita maktabgacha ta’lim tashtashkilotidan
boshlanganligi sababli, aynan maktabgacha ta’lim tashkilotida kooperativ
ta’limning ba’zi bir elementlaridan foydalanish mumkinligi yoritilgan.
Аннотация
Кооперативное обучение направлено на более
эффективную организацию образовательного процесса, а поскольку
повышение грамотности детей начинается непосредственно в
организации дошкольного образования, поясняется, что именно в
организации дошкольного образования могут быть использованы
некоторые элементы кооперативного образования.
Abstract
Cooperative education is aimed at organizing the educational
process more effectively, and since the improvement of children's literacy
begins directly in the preschool education organization, it is explained that it is
in the preschool education organization that some elements of cooperative
education can be used.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, hamkorlik, texnologiyalar, metodika, axborot, jamoa,
tarbiya, nutq, topshiriq, imkoniyat, qarsak, musiqa, yuklama
Ключевые слова:
образование, сотрудничество, технологии,
методология, информация, команда, обучение, речь, задание, возможность,
аплодисменты, музыка, скачать
Key words:
education, cooperation, technologies, methodology,
information, team, training, speech, assignment, opportunity, applause, music,
download
Hamkorlikka asoslangan talim
– bu ta’lim jarayonini nisbatan
samaraliroq tashkillashtirishga qaratilgan bо‘lib, bolalarning savodxonligini
oshirish bevosita maktabgacha ta’lim tashtashkilotidan boshlanganligi sababli,
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
69
aynan maktabgacha ta’lim tashkilotida kooperativ ta’limning ba’zi bir
elementlaridan foydalanish mumkin bо‘ladi.
Hozirda biz haddan tashqari keng axborot makonida yashayapmiz, bunday
vaqtda mavjud ma’lumotlar har daqiqada yangilanib turishini unutmaslik kerak.
Shu sababdan agarda hozirgi zamon tarbiyachisi yoki pedagogi bolalar uchun
asosiy axborot manbai sifatida an’anaviy pedagogning rolini о‘z zimmasiga
oladigan bо‘lsa, u holda pedagog yuklamalarga bardosh bera olmasligi mumkin.
Chunki, insoniyat Internet, Google, Rambler va Yandex kabi turli qidiruv
tizimlari yohud kuchliroq axborot manbalari xizmatidan foydalanish
imkoniyatiga egadir.
Kooperativ ta’lim quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
-jamoa tarkibida ishlash (birgalikda, bir-birini xabardor qilgan holda ishlash);
-bilim, kо‘nikma va malaka darajasidan qat’iy nazar samarali о‘qitish;
-ta’lim jarayonida har bir ishtirokchining maksimal bandligini ta’minlash;
Albatta ta’lim jarayonida, mashg‘ulotlarda bolalar bir necha daqiqa davomida
ma’lumotni samarali idrok etishlari va eslab qolishlari mumkin, keyin ularning
e’tibori tabiiy ravishda asta sekinlik bilan susayib borishini ham hisobga olish
lozim. Shuning uchun ta’lim jarayonini bolalarning e’tiborini doimiy ravishda
jalb etish orqali shunday muvofiqlashtirish juda muhim hisoblanadi. Biror bir
material yoki predmetni harakatlantirish va diqqatni jamlash imkonini beruvchi
tuzilmalardan foydalanish bolalar e’tiborini jalb etishga yaxshi yordam beradi.
Ushbu tuzilmalarda jamoani shakllantirish (Teambuilding) va sinfni
shakllantirish(Classbuilding)da ham foydalanish mumkin.
Jamoani shakllantirish (Teambuilding)
- bu turli xil kelib chiqishi va
tajribalariga ega bо‘lgan 4 kishidan iborat guruh о‘zaro hamkor va bir-biriga
g‘amxо‘r jamoaga aylanadigan jarayondir. Jamoani shakllantirish (qurish) vaqtni
chog‘ qiladigan kо‘ngilochar va qiziqarli jarayon bо‘lib, haftasiga 2 marta
о‘tkazilishi mumkin.
Guruhni shakllantirish (Classbuilding)
- bu turli xil kelib chiqishi va
tajribalariga ega bо‘lgan bitta xonaga jamlangan kо‘p sonli shaxslarning о‘zaro
hamkor va bir-biriga g‘amxо‘r jamoaga aylanadigan jarayondir. Guruh
shakllantirish (qurish) jarayoni- bu butun sinf yoki guruh bilan ishlashni о‘z
ichiga oladi. О‘yin-kulgi va vaqtni chog‘ qiluvchi jarayon sifatida uni haftada 1-2
marta о‘tkazilsa, о‘quv maqsadidagi mashg‘ulotlar uchun – zaruratga qarab tez-
tez qо‘llash mumkin.
“Jimjitlik signali”
(High Up! - yuqoriga! - Qо‘lingizni kо‘taring!)
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
70
Guruh yoki sinfda tinchlik (sukunat) о‘rnatish juda muhimdir. Buning uchun
qandaydir signaldan foydalanish qulay. Masalan, qо‘lingizni kо‘taring.
Partalarni joylashtirish:
-jarayon boshlanishidan oldin bolalar о‘tirishi uchun joy tayyorlash kerak;
-partalar raqamlab chiqiladi;
-partalarni quyosh nurlari shaklida joylashtirish zarur.
JAMOANI SHAKLLANTIRISH (TEAMBUILDING)
Jamoalarni shakllantirishda:
hech qachon jim (tek) turmaydigan va tez-tez bezovta bо‘ladigan bolalarni bir
joyga qо‘ymang;
-ular о‘rtasida ziddiyat yuzaga kelmasligi kerak;
-bolalarning jinsi ham hisobga olinishi kerak.
Sinfdagi о‘quv jarayoni samarali bо‘lishi uchun bolalarni jamoalarga qanday
taqsimlash kerakligini о‘ylab kо‘ring?
Masalan, biz “MIX PEA SHEA” yoki “MIX FREEZE GROUP” dan foydalanamiz.
MIX PEA SHEA
– sinfdagi bolalarni musiqa yordamida tasodifiy aralashtirish,
musiqa tugashi bilan tasodifiy juftlikni shakllantirish va mavzuni qisqa
javoblarda yoki tо‘liq muhokama qilish. MIX FREEZE GROUP - о‘quvchilarni
musiqa yordamida aralashtirish, u tо‘xtaganda, ular muzlashadi va guruhlar
tuzishadi, ularning soni berilgan savolning javobiga bog‘liq bо‘ladi.
“TURLI UMUMIY JIHATLAR”
Tarbiyachi, har bir ishtirokchi birinchi navbatda о‘zi haqida о‘ylashi kerakligini
tushuntiradi, masalan, nima qilishni yaxshi kо‘radi, sо‘ngra tarbiyalanuvchi buni
hammaga aytishi kerak. Agar 2-, 3- va 4-ishtirokchilar ham bu ishni qilishni
yoqtirsa, u holda 3-chi ishtirokchi о‘rtaga yozadi, agar hamma rozi bо‘lmasa, 1-
raqam ostida yozadi. Keyin 2-chi ishtirokchi aylana bо‘ylab javob beradi va
hokazo. Ushbu jarayon uchun о‘quvchilarga ma’lum vaqt berilishi kerak.
Natijada, har bir guruh barcha ishtirokchilarni birlashtiradigan о‘z rо‘yxatiga ega
bо‘ladi. Ushbu rо‘yxatga asoslanib, ishtirokchilar nom topishlari va jamoani
shakllantirishlari kerak - bu ishtirokchilar qaysidir bosqichda bir vaqtning о‘zida
birlashishi va tananing biror bir qismiga teginishi kerak bо‘lgan harakatdir.
Zamonaviy pedagog qanday fazilatlarga ega bо‘lishi kerak?
Sizga tavsif beradigan bitta sо‘zni tanlang.
Insonlarning qaysi fazilatni kо‘proq qadrlaysiz?
“MIX-PAIR-SHARE”
(“aralashing - juftingizni toping -gaplashing”)
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
71
Bolalar xonada harakatlanayotganda raqsga tushishadi. Tarbiyachi e’lon qiladi:
"Juftlar" bolalar о‘zlariga eng yaqin bо‘lgan sherigiga yaqinlashib "beshni
tashashadi"(qо‘llarini kо‘tarib, kaftini sherigining kaftiga urib qarsak chaladi) va
juftlashadilar. Juftlanmagan bolalar bir-birlarini topish uchun qо‘llarini
kо‘taradilar. Pedagog savol beradi va о‘ylash uchun 3-5 soniya vaqt beradi.
Bolalar о‘z sheriklari bilan “Timed-Pair-Share” yoki “RallyRobin” yordamida
ma’lumot almashishadi.
“RALLY ROBIN”
Pedagog bir necha javob varianti yoki yechimlarga ega bо‘lgan muammoni
о‘rtaga tashlaydi va о‘ylash uchun vaqt beradi. Bolalar navbatma-navbat
javoblar va yechimlarni topishadi.
О‘ylab kо‘ring, qanday qilib boshqa odamni xursand qilishingiz mumkin?
Biz yelkama-yelka sheriklar bilan juftlikda ishlaymiz. A guruhi a’zolari boshlaydi.
Bir-birimizga minnatdorchilik bildiramiz: A guhdagi sheriklar о‘zingizga
yelkadosh bо‘lgan sherigingizga: "Katta rahmat, men sizning maslahatingizdan
albatta foydalanaman!" deb ayting Endi yonidagi boshqa sherik unga javob
beradi: "Menga sizning g‘oyalaringiz juda yoqdi, qachonlardir men ulardan
foydalanaman!"
“TIMED-PAIR-SHARE
”
Bu "Rally Robin " dan farq qiladi, chunki savol uzoq javobni talab qilganligi
sababli, har bir bolaga javob berish uchun ma’lum vaqt beriladi.
Pedagog mavzuni nomlaydi, sо‘ngra har bir bola qancha vaqt davomida
ma’lumot almashishini e’lon qiladi va о‘ylash uchun vaqt beradi. Shundan sо‘ng
о‘yinni kim boshlashini e’lon qiladi.
Masalan:
-kimning kiyimlarida tugmalari eng kо‘p bо‘lsa о‘sha boshlaydi;
-kimning sochlari shiftga yaqinroq bо‘lsa;
-kimning kafti kattaroq bо‘lsa;
-kimning kо‘zlari yorqinroq bо‘lsa va hokazo.
Bolalar bir-birlariga minnatdorchilik bildirib rahmat aytishadi:
“Bu ma’lumotni men bilan baham kо‘rganingiz uchun rahmat”, “Men sizni
tinglaganimdan zavq oldim!”, “Menga sizni tinglash yoqdi, chunki...”, “Sizni
tinglash orqali men buni bilib oldim...” va hokazo.
Tuzilmalarni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
-jarayonga barcha ishtirokchilar jalb qilinishi kerak;
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
72
-tarbiyachi har doim о‘quvchilarning qanchalik tо‘g‘ri javob berishini tekshirishi
va topshiriqni bajargandan keyin ovoz chiqarib javob berishlarini sо‘rashi
mumkin;
-tuzilmalar har bir bolaga fikr bildirish va boshqalardan minnatdorchilik olish
imkoniyatini beradi, albatta bu bolalar uchun juda muhimdir;
-bunda bolalar bir-biriga biror narsani о‘rgatishi va о‘zlari ham biror narsani
о‘rganishlari mumkin.
“Cheers” (“Minnatdorchilik izhor etamiz!”)
1. "Mushaklar(feyrverklar)"
2. “A’lo”
3. “Qarsaklar”
4.
“High-five!” (“Beshni tasha!” yoki “Beshni ol”)
5. Ertalabgi mashq:
- Salom dо‘stim! (qо‘llarni yon tomonga ochgan holda)
- Qalaysan endi? (qulog‘ini ushlagan holda)
- Qayerda eding? (yelkasini ushlagan holda)
- Men seni sog‘indim (qо‘llarini kо‘ksiga qо‘ygan holda)
- Nihoyat sen kelding! (qо‘llar yon tomonga ochgan holda)
Yaxshi! (quchoqlashishadi)
