Z.ISROILOVA, S.ZUNNUNOVA SHE’RIYATIDA LIRIK”MEN”NING IJTIMOIYLASHUVI

Annotasiya

Ushbu maqolada XX asr boshlariga kelib ijtimoiy-siyosiy vaziyatning murakkablashgani bois ijtimoiy-siyosiy millat ong-u tafakkurini o’zgartirishga yo’naltirilgan badiiyat namunalari yaratilganligi, ya’ni lirikada an’anaviy “men”ning ijtimoiylashuvi Z.Isroilova hamda S.Zunnunova she’riyati misolida yoritiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
75-80
36

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Berdiyeva, D. . (2024). Z.ISROILOVA, S.ZUNNUNOVA SHE’RIYATIDA LIRIK”MEN”NING IJTIMOIYLASHUVI. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(6), 75–80. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53424
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada XX asr boshlariga kelib ijtimoiy-siyosiy vaziyatning murakkablashgani bois ijtimoiy-siyosiy millat ong-u tafakkurini o’zgartirishga yo’naltirilgan badiiyat namunalari yaratilganligi, ya’ni lirikada an’anaviy “men”ning ijtimoiylashuvi Z.Isroilova hamda S.Zunnunova she’riyati misolida yoritiladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

75

Z.ISROILOVA, S.ZUNNUNOVA SHE’RIYATIDA LIRIK”MEN”NING

IJTIMOIYLASHUVI

Berdiyeva Dilnavoz Orif qizi

berdiyevadilnavoz92@gmail.com

Qarshi davlat universiteti tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11664848

Annontatsiya.

Ushbu maqolada XX asr boshlariga kelib ijtimoiy-siyosiy

vaziyatning murakkablashgani bois ijtimoiy-siyosiy millat ong-u tafakkurini
o’zgartirishga yo’naltirilgan badiiyat namunalari yaratilganligi, ya’ni lirikada
an’anaviy “men”ning ijtimoiylashuvi Z.Isroilova hamda S.Zunnunova she’riyati
misolida yoritiladi.

Kalit so’zlar:

she’riyatda lirik “men”ning ijtimoilashuvi, ayollar

she’riyati, lirik qahramon dunyoqarashi, ruhiy olam, Z.Isroilova, S.Zunnunova

Annotation.

In this article,since the socio-political situation has become

more complicated by the beginning of the 20th century, the social-moral nation
is the creation of examples of artistry aimed at changing consciousness-u
thinking, that is, the socialization of the traditional “I”in lyricism, in particular,
Z.Israilova and It is revealed on the example of S.Zunnunova's poetry

Keywords:

the socialization of the lyrical "I"in poetry, women's poetry,

the worldview of the lyrical hero, the spiritual world, Z.Israilova. S.Zunnunova

XIX asrning oxiri XX asr boshlariga kelib ijtimoiy-siyosiy vaziyatning
murakkablashgani, Chor istilosining davomi o’laroq bolshevizmning kuchayishi
milliy respublikalarda zulm va zo’ravonlikning avj olishi, shuningdek, global
muammolarning boshlanishi lirikadagi an’anaviy “men”ning ijtimoiylashuviga
olib keldi. Bu hodisani ilk navbatda jadid she’riyatida kuzatish mumkin. Ayni
holat haqida jadidshunos Begali Qosimov shunday yozadi: “Jadidchilik g’oyalari
erta bahorning shiddatli shamollari singari po’panak bosib, biljirab ketgan o’rta
asrchilik turmushini eng pastki qatlamlarigacha olib tashladi. Momoguldirak
bo’lib, millat va Vatanning hayot-mamot masalasi kun tartibiga qo’yilganligi
haqida bong urdi. Chaqmoqdek chaqnab uning bag’ridagi jarohatlarini yoritdi.
Obirahmat bo’lib ona Turkiston ko’ksidagi maorif, matbuot, teatr nihollariga
hayot baxsh etdi. Bu g’oyalarning asosida milliy uyg’onish, milliy mustaqillik
uchun kurash yotar edi”.

1

XX asr ijodkorlari, xususan, jadidlar ijodida shaxsiy kechinmalar, o’tkinchi
hoy-u havas, ishqiy motivlar kamaytirilib, uning o’rniga ijtimoiy-axloqiy millat
ongi va tafakkurini o’zgartirishga yo’naltirilgan badiiyat namunalarini yaratdilar.

1

Қосимов Бегали. Миллий уйғониш. – Тошкент. Маънавият, 2002. 4-бет


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

76

Bu nuqtayi nazardan XX asr boshlarida maydonga chiqqan jadid adabiyoti yangi
bir davrni boshlab berdi. Bu davr she’riyatining yetuk namoyondalari sifatida
Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulhamid
Cho’lpon kabi adabiyotning ilg’or vakillari jadidchilik taraqqiyotini yuqori
bosqichga olib chiqdilar.
“Bu yangi davrda milliy adabiyotimizda proza, drama vujudga kelgan bo’lsa-
da, she’riyat, baribir, yetakchi soha bo’lib qolaverdi. Jadid adabiyoti – an’ana va
yangilik kesishgan chorrahada maydonga kelgan adabiyotdir, deydigan bo’lsak,
eskilik va yangilik aynan she’riyatda ro’baro’ keldi; yangilik she’riyatda eskilik
ichidan tug’ilib keldi; aynan she’riyatda eskilik o’z umrini yashab bo’lgan hodisa
sifatida, yangilik kurtak holida – hali barqaror bo’lmagan sifatlar bilan namoyon
bo’ldi”.

2

Ma’rifatparvar shoirlar ijodida kurtak ochib, jadid ijodkorlari ijodida

shakllangan lirikaning ijtimoiylashuvi o’zbek ayollari she’riyatiga ham ko’cha
boshladi. Bu davrga kelib o’zbek adabiyotida ayollar ijodiga ham yuksak baho
berila boshlandi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, XX asr birinchi yarmida yaratilgan
o’zbek she’riyatini lirik qahramonlar dunyoqarashi, ruhiy olamining rang-
barangligi jihatdan ikki toifaga ajratish mumkin. Ularning aksari sho’ro
siyosatining faol targ’ibotchisi sifatida ijod qilgan bo’lsa, ikkinchi toifa vakillari
sho’ro siyosatining mohiyatini anglagan holda munosabat bildirgan isyonkor
shoirlar sifatida ko’zga tashlanadi. Shuningdek, Bu davr she’riyati mavzu va
mazmunini yangi tushunchalar, yangicha motivlar egalladi. Jumladan, G’afur
G’ulom, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya kabi ayni davrda yashab ijod qilganlar
asarlarida, xususan, she’rlarida bu holni yaqqol kuzatish mumkin.

Ma’lumki, XX asr ayollar she’riyati ko’p millatli sovet adabiyotining yirik

namoyondasi, O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova ijodidan boshlanadi.
1915-yilda tug’ilgan shoira 30-yillarda adabiyot maydoniga kirib keldi.
Z.Isroilova ham shodlik va baxtiyorlikni kuylardi. Uning lirik qahramoni ayolga
bu qadar baxtiyorlik, quvonch va erk bergan partiya va hukumatga cheksiz
minnatdorlik tuyg’ularini izhor etib bordi:

Hayotning borligi, bari seniki,

Har qayga uzatsang yetadi qo’ling.

Senga kecha-kunduz nur o’zi hamdam,

To’g’ridir, yorqindir va kengdir yo’ling.

3

2

Афоқова Н. Жадид ғазалиёти. – Тошкент. ФАН., 2005. 3-бет

3

Зулфия. Асарлар. Уч жилдлик. 1-жилд. Шалола. Ғ.Ғ. номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, –

Тошкент. 1985. 117-б


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

77

Bu davrda ijod qilgan adabiyot vakillari erk va e’tiqodidan mahrum qilindi.

Hukmron tuzumga, hukmron mafkura va partiyaga to’la bo’ysundirildi.
Adabiyotshunos olim Naim Karimov ta’biri bilan aytganda: “Atoqli shoirlarimiz
bilib-bilmay o’z she’rlari bilan, romannavislarimiz esa yostiqdek-yostiqdek
asarlari bilan o’z xalqini ruslashtirish jarayoniga katta hissa qo’shdilar”.

4

Xususan, Zulfiya Isroilova ana shunday shoirlar qatorida hukmron mafkura va
partiyaning targ’ibotchisi o’laroq ijod qildi:

Kecha edi, shu chechan qizlar
Insonlikdan mahrum etilgan.
Quyosh ko’rmay sarg’ayib yuzlar
Dillarini tahqirlik tilgan.
Biri boyning qo’lida oqsoch,
Go’daklari ko’chada sarson.
Kun o’tadi och-u yulang’och
Topmoq mushkul hatto parcha non.
Bu qismatni Oktyabr yiqdi,
Taqdir ozod, dil topdi qanot.
Quyosh bo’lib dilni isitdi,
Inson topdi haqiqiy hayot.

5

O’z tarixidan, erkidan ayrilgan adabiyot ham boshqa san’at turlari kabi

siyosatga, hukmron mafkuraga xizmat qildirildi. “O’tmishni ideallashtirish,
panturkizm, panislomizm, yagona madaniyat nazariyasiga qarshi kurash
shiorlari ostida o’zbek adabiyotini ona zamin bilan, turkiy madaniyatlar olami
bilan bog’lovchi rishtalar uzib tashlandi. Oqibatda o’zbek adabiyoti faqat rus
adabiyoti iqlimida nafas olib, o’zining milliy ildizidan, milliy ozuqa manbalaridan
mahrum etilayozdi”.

6

Shunday qilib, bu davrida o’zbek adabiyoti bir qadar

milliyligidan, o’zligidan ayro tushdi, milliy urf-odatlar, qadriyatlar kuylanmadi,
tarix qoralandi. Natijada, bu davr she’riyatining asosiy mavzu va motivlari ham
tubdan o’zgardi.

Zulfiya she’rlarining ruhi va ohangini, mazmun va maqsadi, lirik

qahramonning aytar so’zlari belgilagan narsa umuminsoniy fikr va tuyg’ulardir.
Uning she’rlarida ayollarga xos hayot zavqi, yaratish shavqi, kelajak sururi,
insonlar saodati, hijron azobi, ayolning ulug’ toqati, sadoqati, armoni kabi
umuminsoniy tuyg’ular qalamga olinadi:

4

Каримов Н. ХХ аср адабийт манзаралари. – Тошкент. Ўзбекистон, 2008. 231 - бет

5

Зулфия. Асарлар. Уч жилдлик. 1-жилд. Шалола. Ғ.Ғ. номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, –

Тошкент. 1985. 50-52-б

6

Каримов Н. ХХ аср адабийт манзаралари. – Тошкент. Ўзбекистон, 2008. 229 - бет


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

78

Bas, bas, ezgu onalar qalbi,

Yashay olsin bexavf, baxt bilan.

Mehnatimiz, g’azab, sevgimiz

Tinchlik, deydi butun xalq bilan.

7

Zulfiya Isroilovadan keyin o’zining nafis she’riyati bilan adabiyot

bo’stoniga qadam qo’ygan Saida Zunnunova ijodi o’zbek ayollar she’riyatining
yangi bir xazinasidir. She’riy to’plamlaridan birining debochasida: “She’r – juda
katta ehtiros, iztirob, hayajon, kayfiyatning mahsuli. Shoira, shoirning hissiyot
darajasi qanchalik teran bo’lsa, kitobxonning yuragiga shunchalik chuqur
o’rnashadi. Bu qobiliyatdan tashqari juda katta mehnatdir”,-

8

deya yozgan

shoiraning she’rlarida Z.Isroilovadan farqli ravishda jamiyatdagi tuzumdan
norozilik kayfiyati, mahzunlik kayfiyati sezilib turadi. Shoira sho’ro davriga
qarshi o’zining norozi kayfiyatini ochiq ifoda etmagan bo’lsa-da, ishoralar bilan
mavjud tuzumga qarshi munosabatini anglatgan:

Tarixni so’zlama menga, ey odam,

Bitta chalib bergin “Cho’li Iroq”ni.

Bitta chalib bergin, toki yana ham

Yaxshiroq ajratay qorani, oqni.

9

S.Zunnunovaning she’rlari tabiiy va quyma satrlari bilan diqqatga sazovor.

Bu she’rlardagi lirik qahramon zukko, donishmandona fikr yuritadi, har bir
so’zni injalab satrlarga teradi. Shoira tarix haqida so’z yuritar ekan, “Cho’li
Iroq”ni yodga oladi. Aslida, lirik qahramon “tarix” deya o’zi yashab, guvohi
bo’layotgan tarixiy kunlarni – sho’ro davrini nazarda tutadi, “Cho’li Iroq” kuyini
esa bosqinchi zolimlar zulmidan aziyat chekayotgan mazlum xalqning nola-yu
fig’oni o’laroq yodga oladi:

Tarixning eng olis qatlamlarida

Armonda uxlagan orzu-alamlar.

Dunyo manglayiga ajin tushirgan,

Dardni, qarilikni yaratgan g’amlar.

10

Haqiqiy iste’dod odami, hassos qalb sohiblari dunyoni so’zsiz anglaydi.

Shoiraning ushbu she’ridagi lirik qahramon ham tarix haqidagi soxta
xabarlardan bezgan, unga asl tarixni, o’tmish haqiqatlarini “Cho’li Iroq”qa singib

7

Зулфия. Асарлар. Уч жилдлик. 1-жилд. Шалола. Ғ.Ғ. номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, –

Тошкент. 1985. 198-б (416 бетлик)

8

Зуннунова С. Дебоча / Танланган асарлар. Уч томлик. Биринчи том. Ғ.Ғ. номидаги адабиёт ва санъат

нашриёти, – Тошкент. 1976. 3-б. (368 б)

9

ХХ аср ўзбек шоиралари. Анталогия. “LESSOH PRESS” МЧЖ. – Тошкент. 2021. 14-бет. (262 б)

10

ХХ аср ўзбек шоиралари. Анталогия. “LESSOH PRESS” МЧЖ. – Тошкент. 2021. 14-бет. (262 б)


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

79

ketgan mazlum, ezilgan xalq kuylaydi. Shoira she’riyatidagi lirik “men” o’ziga xos
tabiatli, sinchikov, ijtimoiy hayotni teran anglaydi.

Shoiraning “Yoshimni so’rama” she’rida lirik qahramon sochidagi oqni

ko’rsa-da, hech-hech ko’ngli o’ksimaydi, aksincha, o’tgan umridan, bosib o’tgan
yo’llaridan mamnun bo’ladi:

Yoshimni so’rama, bema’ni bu oq
Oralay berarkan sochlarga har vaqt.
Shu o’tgan ozgina umrimga biroq,
Hech vaqt achinmayman, shuning o’zi baxt.
Xiyon at, g’iybatni bilmadim sira,
Nodonlik yo’liga qo’ymadim oyoq.
Ishqim bo’lsin, dedim- nurdek pokiza,
Balki shuning uchun sochimdagi oq,

11

1957-yilda yozilgan mazkur she’r ohang va mazmun jihatdan Zulfiyaning

“Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim” she’riga yaqin turadi. “Ayollarning
qismati haqida bitilgan misralar, ayniqsa, kishi qalbining eng nozik torlarini
chertib, unga tug’yon soluvchi badiiy kuchi, harorati bilan alohida diqqatni
tortadi. Shuning uchun ham shoirlarimizning har biri bizga mo’tabar va
azizdir”.

12

Ammo S.Zunnunova bu she’rni yozganida endigina 31 yoshni

qarshilaganiga e’tibor qaratsak, bu yoshda sochida oq ko’rgan har qanday ayolni
yuragiga hadik uyg’onishi, yoshlikning zavol topib borayotganidan tabiiy holda
o’ksinish paydo bo’ladi. Bu yoshda sochlariga oq tushgan shoira esa
tushkunlikka tushish o’rniga bu oqlikka hayotning bir in’omi o’laroq munosabat
bildiradi.

Har ikki she’rda ham lirik “men”dagi ayollik nafosati, shukronalik tuyg’usi,

muhabbat, sadoqat, qanoat tuyg’ulari yorqin aks etadi. Shuningdek, o’ttiz bir
yoshli shoiraning sochlariga tushgan oq u yashagan davr va jamiyatning
asoratlari edi. Sochlaridagi oqni ko’rar ekan, ayni damda bosib o’tgan yo’llariga
razm soladi va shu onda tahlikali bir davr, ijtimoiy, huquqiy tengsizlik,
adolatsizlik avj olgan, insonlar mehnati va qadri oyoqosti etilgan bir davrda
nodonlik va g’iybatdan tiyilgan, xiyonat yo’liga qadam qo’ymasdan, ishqini
pokiza saqlagan lirik qahramon qiyofasi gavdalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Қосимов Бегали. Миллий уйғониш. – Тошкент. Маънавият, 2002. 4-

бет

11

Зуннунова С. Танланган асарлар. Уч томлик. Биринчи том. Ғ.Ғ. номидаги адабиёт ва санъат

нашриёти, – Тошкент. 1976. 76-б.

12

Қодирова М. Шоира Муаззамхон. – Тошкент. “ФАН”, 1992. 3-бет.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

80

2.

Афоқова Н. Жадид ғазалиёти. – Тошкент. ФАН., 2005. 3-бет

3.

.Зулфия. Асарлар. Уч жилдлик. 1-жилд. Шалола. Ғ.Ғ. номидаги

адабиёт ва санъат нашриёти, – Тошкент. 1985. 117-б
4.

Каримов Н. ХХ аср адабийт манзаралари. – Тошкент. Ўзбекистон,

2008. 231 – бет
5.

Зуннунова С. Дебоча / Танланган асарлар. Уч томлик. Биринчи том.

Ғ.Ғ. номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, – Тошкент. 1976. 3-б. (368 б)
6.

ХХ аср ўзбек шоиралари. Анталогия. “LESSOH PRESS” МЧЖ. – Тошкент.

2021. 14-бет. (262 б)
7.

Зуннунова С. Танланган асарлар. Уч томлик. Биринчи том. Ғ.Ғ.

номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, – Тошкент. 1976. 76-б.
8.

Қодирова М. Шоира Муаззамхон. – Тошкент. “ФАН”, 1992. 3-бет.

Bibliografik manbalar

Қосимов Бегали. Миллий уйғониш. – Тошкент. Маънавият, 2002. 4-бет

Афоқова Н. Жадид ғазалиёти. – Тошкент. ФАН., 2005. 3-бет

.Зулфия. Асарлар. Уч жилдлик. 1-жилд. Шалола. Ғ.Ғ. номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, – Тошкент. 1985. 117-б

Каримов Н. ХХ аср адабийт манзаралари. – Тошкент. Ўзбекистон, 2008. 231 – бет

Зуннунова С. Дебоча / Танланган асарлар. Уч томлик. Биринчи том. Ғ.Ғ. номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, – Тошкент. 1976. 3-б. (368 б)

ХХ аср ўзбек шоиралари. Анталогия. “LESSOH PRESS” МЧЖ. – Тошкент. 2021. 14-бет. (262 б)

Зуннунова С. Танланган асарлар. Уч томлик. Биринчи том. Ғ.Ғ. номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, – Тошкент. 1976. 76-б.

Қодирова М. Шоира Муаззамхон. – Тошкент. “ФАН”, 1992. 3-бет.