BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Annotasiya

Maqolada o‘quvchilarning bilish faoliyatini takomillashtirishga  yo‘naltirilgan  tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchilar kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
53-56
20

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Safarov , F. ., & Safarov, F. . (2024). BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(7), 53–56. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53362
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada o‘quvchilarning bilish faoliyatini takomillashtirishga  yo‘naltirilgan  tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchilar kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

53

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARNI KASBIY

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

TEXNOLOGIYALARI

Safarov Feruz Saminjon o‘g‘li

Termiz davlat universiteti Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi

Elektron manzil:safarovferuz254@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12742452

Annotatsiya:

Maqolada

o‘quvchilarning

bilish

faoliyatini

takomillashtirishga

yo‘naltirilgan

tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchilar

kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

raqobatbardosh, mutaxassis, malaka, yuksak, insoniy, fazilat,

kasb, xalq, sodiq, jamiyat, fuqaro, mas’uliyat.

Aннотация:

В статье излагается мысли оразвитие технологической

компетентности учителей направленной к совершенствование учебной
деятельности учащихся.

Ключевые

слова:

конкурентоспособность,

специалисты,

квалификация, высокий, человечность,характер, профессия, народ,
бывший, общество, раждан, ответственность.

Hozirgi kunda ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish bosqichida jamiyatimiz malakali

kadrlarni tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish muammosini
qo‘ymoqda. Shu munosabat bilan oliy ta’lim tizimi oldida jamiyat uchun faqat
chuqur bilimli, kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qila oladigan haqiqiy
raqobatbardosh, muayyan mutaxassislik malakalarini egallagan shaxslarnigina
emas, balki ayni vaqtda davr talablariga javob bera oladigan, yuksak insoniy
fazilatlarga hamda chuqur kasb sohibi va uning fidoyisi, xalqiga sodiq, jamiyatda
fuqarolik kasb va mas’uliyatini yaxshi anglagan, o‘z vatanining madaniyatli
mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifasini ado etishni talab etadi.

Buning uchun: Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari bilim, ko‘nikma va

malakalarini takomillashtirish ya’ni kompetentligini jonlantirish ko‘zda tutiladi.

“Kompetentlik” bu nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o‘z bilimlarini

uzluksiz ravishda yangilab borishi hamdir.

Kompetenlik bu inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini

bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lishi
demakdir. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kompetensiya masalasi uning
jamiyatdagi o‘rni masalasidan qator bahslar davom etmoqda. Ta’limtarbiya
sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anglab olish zamonaviy
pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy kompetensiya


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

54

masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki an’anaviy o‘zbek
pedagogikasi me’yorlaridan kelib chiqqan holda kompetensiya mezonlarini
belgilashda fikrlar xilma-xil bo‘lib, hali yechilmagan masalalar talaygina.
A.Avloniy nomidagi Tarbiyachilar malakasini oshirish instituti pedagog olimasi
L.T.Xurvalieva: “Kompetensiya – bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar, individning
qadriyati va shaxsiy sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir
ko‘rsatish qobiliyati”, deb ta’riflaydi. “Kasbiy kompetentsiya” tushunchasining
mohiyatini tahlil qilish, uni tarbiyachining (tarbiyachining) kasbiy faoliyatni
samarali amalga oshirish va maktabgacha ta’lim tizimida shaxsni rivojlantirish
bilan bog‘liq maqsadlarga erishish qobiliyatini aks ettiradigan bilim, tajriba va
kasbiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlar integratsiyasi sifatida taqdim etishga
imkon beradi. Va bu kasbiy faoliyat sub’yekti ma’lum darajadagi
professionallikka erishgan taqdirda mumkin. Psixologiya va akmeologiyadagi
kasbiylik – bu kasbiy faoliyat vazifalarini bajarishga tayyorlikning yuqori
darajasi, mehnat predmetining sifat xarakteristikasi, yuqori kasbiy malakalar va
malakalarni, turli xil samarali kasbiy mahorat va ko‘nikmalarni aks ettiruvchi,
shu jumladan ijodiy echimlar, zamonaviy algoritm va yechimlarga egalik
qobiliyatlarini aks ettiradi.

Yurtimiz kelajagi hisoblangan yosh avlodni barkamol shaxs sifatida

tarbiyalashda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’lim
tashkilotlari mutaxassislarining o‘rni beqiyosdir.

Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarni kasbiy kompetentlik sifatlariga

uyidagila kiradi:

1.Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish

ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga
kirisha olish.

2.Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga

tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini
real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik
negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va
kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi.

Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari kasbiy kompetentlikni o‘quvchilarda

tarbiyaviy ishlar jarayonida qo‘llaganlarida pedagogik ta’sir etish usullarini
takomillashtirishda quyidagi tadbirlarni jonlantirish ko‘zda tutiladi:

Pedagogik ta’sir usuli-bu aniq pedagogik holatlarni tashkil qilish usulidan

iborat bo‘lib, unda ma’lum qonuniyatlar asosida o‘quvchilarning ijobiy ishlarida
o‘z kamchiliklarini yo‘qotishga undovchi yangi fikrlar va hissiyotlar uyg‘onadi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

55

Pedagogik ta‘sirning har bir usuli o‘zining tabiatli xususiyatlariga ega bo‘lib,

ular ikkita elementning o‘ziga xos birligida vujudga keladi, y‘ani a)yaratilayotgan
pedagogik holatlar xususiyatlari;

b)yangi pedagogik holatga o‘quvchilarda tug‘iladigan yangi fikrlar,

tarbiyaning yangi sabablari va shaxsiy kamchiliklarini engib o‘tishga asos

bo‘ladigan xissiyotlar mazmuni. Pedag‘ogik ta’sir usullaridan foydalanish aniq
pedagogik tamoyillarga rioya kilishga asoslangan. Bu tamoyillar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:

-pedagogik optimizm;

-o‘quvchilarga hurmat;

-o‘quvchining ruxiy holatini tushunish;

-o‘quvchi shaxsiy tabiatining tashqi xususiyatlari va sabablarini ochish;

-o‘quvchining taqdiri bilan qiziqish.

Ishontirish uslubining asosiy shakllari-tushuntirish, o‘qtirish, g‘oyaviy-

siyosiy hamda axloqiy mavzularda suhbatlar, ma’ruzalar, munozaralar tashkil
etish, uchrashuvlar uyushtirish, badiiy asarlar bilan tanishtirish, televidenie
ko‘rsatuvlari va teatr spektakllarini ko‘rish hamda tahlil qilish va h.k.lardan
iborat.

Kompetentli o‘qituvchining ma’naviy, ma’rifiy, madaniy qiyofasi:

-pokligi, to‘g‘ri so‘zligi, qat’iyatligi, vijdoniyligi, xalolligi, o‘z pozitsiyasini

himoya qilaolishi, ongli tushunuvchi, o‘qimishli, ziyoliligi, odamiylik,
odamoxunligi, raximdillik, mehirbonlik, samimiyligi, beg‘arazligi, kamtarlik,
kamsuqumlik, vijdonli, nomusli oz zo‘zida turuvchi kabi hislatlarga ega bo‘lishi
talab etiladi.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida qayd etilgan asosiy pedagogik talablar
o‘qituvchida mujassam bo‘lsa kompetentli o‘qituvchi sifatida o‘quvchilarning
bilish faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarni
rivojlantirish hamda pedagogik ta’sir ko‘rsatish texnologiyalaridan samarali
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Davletshin M. G. Psixologiya,-Toshkent: O‘qituvchi, 2007.-41-bet
2. Muslimov N.A. va boshqalar Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy
kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Monagrafiya Toshkent, TDPU,
2013.
3. Muslimov N.A., Mutalipova M.J., Abdullaeva Q.M. Bo‘lajak o‘qituvchilarining
kasbiy

kompetentligini

shakllantirish

texnologiyasi.

Metodik

qo‘llanma,Toshkent, TDPU, 2014


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

56

4.G.O. Ochilova Kasbiy kompotentlik. 2022- yil 5-6 betlar 2. Abdullaeva SH.X.
Pedagog professional kompetentliligini shakllantirishning ijtimoiypsixologik
mexanizmlari: Psixol.f.d. (DSc) ... dis-ya avtoreferati: 19.00.05. – T.: O‘zMU, 2019.
– 61 b. 3.
5. Raven Dj. Kompetentnostь v sovremennom obщestve: vыyavlenie, razvitie i
realizatsiya / Raven Dj. Per. s angl. – M. : Kogito-TSentr, 2002. – 396 s. – ISBN 5-
89353-052-7
6. Safarov F.S Bo'lajak texnologik ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash
bosqichlarining nazariy tahlili // Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar/. -ISSN:2181-
1458, -Namangan -2023-yil.3-son. –B 444-448
7. Safarov F.S Innavatsion yondashuv asosida yog‘och materiallardan antikvar
jixozlar tayyorlash texnologiyasi// Eurasian Journal Of Academic Research/ -
ISSN 2181-2020, https://doi.org/10.5281/zenodo.749 37 53 -Toshkent -2022-
yil 2-son -B.1471-1474

Bibliografik manbalar

Davletshin M. G. Psixologiya,-Toshkent: O‘qituvchi, 2007.-41-bet

Muslimov N.A. va boshqalar Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Monagrafiya Toshkent, TDPU, 2013.

Muslimov N.A., Mutalipova M.J., Abdullaeva Q.M. Bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Metodik qo‘llanma,Toshkent, TDPU, 2014

G.O. Ochilova Kasbiy kompotentlik. 2022- yil 5-6 betlar 2. Abdullaeva SH.X. Pedagog professional kompetentliligini shakllantirishning ijtimoiypsixologik mexanizmlari: Psixol.f.d. (DSc) ... dis-ya avtoreferati: 19.00.05. – T.: O‘zMU, 2019. – 61 b. 3.

Raven Dj. Kompetentnostь v sovremennom obщestve: vыyavlenie, razvitie i realizatsiya / Raven Dj. Per. s angl. – M. : Kogito-TSentr, 2002. – 396 s. – ISBN 5-89353-052-7

Safarov F.S Bo'lajak texnologik ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash bosqichlarining nazariy tahlili // Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar/. -ISSN:2181-1458, -Namangan -2023-yil.3-son. –B 444-448

Safarov F.S Innavatsion yondashuv asosida yog‘och materiallardan antikvar jixozlar tayyorlash texnologiyasi// Eurasian Journal Of Academic Research/ -ISSN 2181-2020, https://doi.org/10.5281/zenodo.749 37 53 -Toshkent -2022-yil 2-son -B.1471-1474