SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
98
TEMURIYLAR DAVRIDA YER-SUV MUNOSABATLARI
Otaxonova Gulsanam Alisher qizi
Mirzayeva Mexruza Sharofiddin qizi
Sunnatov Murtazo Zamonali oʻgʻli
Termiz davlat pedagogika instituti 3- kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15672897
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
Temuriylar
davridagi
yer-suv
munosabatlari, Temuriy hukmdorlarning sohani rivojlantirish yoʻlida qilgan
bunyodkorlik ishlari yozma manbalar asosida yoritib beriladi. Oʻsha davr
dehqonchilik tajribalarining bugungi kun bilan bogʻliqligi va ahamiyatini tahlil
qilishga harakat qilinadi.
Kalit
soʻzlar
: Temuriylar, yer egaligi, dehqonchilik, Samarqand, taraqqiyot,
Temur tuzuklari, yozma manbalar, Zarafshon vodiysi, suyurgʻol.
Abstract:
The article examines land-water relations during the Timurid era
and the creative activities of Timurid rulers in developing this area based on
written sources. An attempt was made to analyze the relevance and significance
of the agricultural experience of that period for today.
Keywords:
Timurids, land ownership, agriculture, Samarkand,
development, Timur’s decrees, written sources, Zarafshan Valley, syuyurgol
,
Аннотация:
В статье на основе письменных источников
рассматриваются земельно-водные отношения в эпоху Тимуридов и
творческая деятельность правителей Тимуридов по развитию этого
сектора. Сделана попытка проанализировать актуальность и значимость
опыта земледелия того периода для наших дней.
Ключевые слова:
Тимуриды, землевладение, сельское хозяйство,
Самарканд,
развитие,
указы
Тимура,
письменные
источники,
Зарафшанская долина, Сююргол,
Tarixdan maʼlumki, davlatning qudrati albatta unda yashayotgan xalqning
turmush sharoitiga, dehqonchilik, xususan, aholidan olinadigan soliqlarga
bogʻliq boʻlgan. Dehqonchilik qanchalik rivojlanib, taraqqiy etishida albatta
hukmdorlar ham birdek manfaatdor boʻlgan , desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Bugungi kun bilan bogʻlaydigan boʻlsak, ,, Xalq boy boʻlsa, davlat qudratli boʻlur”.
Qadim davrlardan yer odamlarning doʻsti va ularning diqqat e’tiborida boʻlgan.
Unga ishlov berish shart-sharoitlari uchun hukmdorlar tomonidan koʻpgina
tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, Temuriylar davridagi yer egalik
munosabatlariga e’tibor beradigan boʻlsak, yer egaligining 4 xil shakli boʻlgan:
mulki devoniy, mulk, mulki vaqf, jamoa yerlari. Bundan tashqari, temuriylar
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
99
davrida yerlarni suyurgʻol qilib berish ham keng tarqalgan. Jumladan, Amir
Temurning oʻzi ham egallagan hududlarni oʻgʻillari va nabiralariga suyurgʻol
qilib boʻlib bergan. Temuriylar davri manbalariga e’tibor beradigan boʻlsak, yer-
suv munosabatlari keng yoritib berilganini koʻrishimiz mumkin.
Temuriylar davri yozma manbalari ma'lumotlariga asoslanib Markaziy
Osiyo suvlari, umuman, tabiati va xoʻjaligi holatiga nazar solsak, uning iqlimi
hozirgiga nisbatan bir oz seryogʻin boʻlgani koʻrinadi. Bunga bir qancha misollar
keltirishimiz mumkin: Zarafshonning suvi toshib oqqan yillarda Amudaryogacha
yetib borgan. Temuriylar davrida Zarafshon vodiysida sugʻorma dehqonchilik
nisbatan keng rivojlangan, yangi yerlar oʻzlashtirilgan, Bogʻ-rogʻlar barpo etilgan,
qishloqlar va shaharlar soni ham, aholining umumiy soni ham koʻp boʻlgan.
Temuriylar davrida Markaziy Osiyo va Xurosonda koʻplab, yangi sugʻorish
tarmoqlari barpo etilib, obodonchilik ishlari keng yoʻlga qoʻyilgan edi. Bu ishlar
Amir Temur davridayoq boshlangan. Samarqand shahri va uning atroflarida
bogʻ-rogʻlar yaratilgan. Bogʻi Shamol, Bogʻi Dilkusho, Bogʻi Chinor, Bogʻi Bixisht,
Bogʻi Buldo,Bogʻi amirzoda Shoxrux, Bogʻi Zogʻon, Bogʻi Baland, Bogʻi amirzoda
Ulugʻbek, Bogʻi Maydon kabi bogʻlar nonlari Xofizi Abruning ,, Geografiya”
asarida sanab oʻtilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning ,, Zafarnoma “sida yuqorida
aytilb oʻtilganlarga qoʻshimcha, Samarqand viloyatida yana Taxtaqoracha,
Qaratoʻba va Davlatobod bogʻlari nomlari ham eslatiladi. Movarounnahrning
asosiy dehqonchilik rayoni doimo Zarafshon vodiysi boʻlib kelgan, undan keyin
Qashqadaryo vodiysi turgan. Bu yerlarda hosil boshqa viloyatlarga qaraganda
tez pishgan va odatda shimolroqdagi shaharlarga yetkazilgan. Xoʻjand
atroflarida ham, donli ekinlar yetishtirilgan, biroq aholi ehtiyojni toʻliq
taʼminlamagani uchun ham, uni moʻl hosil olingan Fargʻonadan keltirilgan.
Manbalarda Shoshga tutash yerlar ishlov berilganligi bilan ajralib turgan.
Movarounnahrning serhosil vodiylaridagi dehqonchilikda turli donli ekinlar
yetishtirilgan, asosan, bugʻdoy ekilgan. Geografik holati va yil fasllariga qarab
uning turli navlari ekilgan. . Amir Temur ayniqsa Samarqand vohasini sug‘orib
obod etishga alohida e’tibor berdi. Obirahmat, Bozor, Korand va Nahri Jadid kabi
sug‘orish tarmoqlari orqali obod etilgan birgina Angor tumanida dehqonchilik
bilan shug‘ullanadigan qishloqlarning soni 72 taga yetdi. Amir Temur faqat
Movarounnahrda emas, balki Xuroson, Eron, Kavkaz va boshqa viloyatlarda ham
bir qancha yirik irrigatsiya ishlarini amalga oshirdi. Uning farmoni bilan
Murg‘ob vohasida qazdirilgan qator sug‘orish kanallari, Kobul yaqinidagi
Jo‘yinav dahasining Bodon anhori yoki Kavkazda Boylaqon mavzeyida Barlos
arig‘i shular jumlasidandir. ,,Yana amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
100
yoki koriz qursa, yo biron bog' ko'kartirsa, yoxud biron xarob bo'lib yotgan yerni
obod qilsa, birinchi yili undan hyech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o'z
roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili esa oliq-soliq qonun qoidaga
muvofiq xiroj yig'sinlar.Yana buyurdimki, agar har yer va elning amaldorlari va
kalontarlari oddiy fuqaroga jabr-zulm qilsa va shu orqali bechoralarga zarar
yetkizgan bo'lsa bunday vaqtlarda yetkazilgan zararni kalontarlardan undirib,
jabr ko'rganlarga bersinlar, toki ular yana o'z hollariga kelsinlar.Xarob bo'lib
yotgan yerlar egasiz bo'lsa, xolisa tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo'lsa-yu,
lekin obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli narsalar
bersinlar, toki o'z yerini obod qilib olsin" kabi soʻzlar Amir Temurning
obodonlashtirish ishlariga bergan yuksak e'tiboridan dalolatdir. Sohibqiron
Amir Temurning obodonchilik ishlariga oid yana bir misollardan biri Aras
arigʻining qazilishidir. Aras atrofidagi choʻllarda bir daryodan ariq qazilgan
boʻlib, u zamonlar oʻtishi bilan buzilib koʻmilib ketadi. Amir Temur ov vaqtida
ushbu joyni koʻrib uni qayta qazishga buyuradi. Bir oyga yaqin muddat
davomida shunday ariq qazishadiki, unda hatto kemalar suzsa boʻlardi deb
ma'lumot beradi,Sharafiddin Ali Yazdiy. Ushbu ariqqa Barlos arigʻi deb nom
berishadi. Mazkur ariqning qazilishi xuddi ummon bilan bir kichkina ariqni
qiyoslagandan yoki bepoyon dengizdan bir ariq chiqargan kabidir. Bundan
tashqari, Shohrux Mirzo buyrugʻi bilan Bog'i Safed mavzesida bir bogʻ va bir
koʻshk bino qildirgani, unda mevalarning turli xillari ayniqsa, uzumning yuz xili
borligi, har bir navi alohida nom bilan atalishi haqida maʼlumot beriladi. Shohrux
Mirzo Marv shahrining asosiy suv manbai boʻlgan Murgʻob daryosining buzilgan
toʻgʻonini, koʻmilib ketgan ariqlarini qayta qazishga, toʻgʻonni qayta tiklashga
farmon beradi. Shohrux Mirzo zamonida koʻplab xonaqohlar, madrasalar,
rabotlar, ariqlar barpo ettiradi.
Mirzo Ulugʻbek davrida ulkan obodonchilik ishlari tufayli qaysi tomonga
yurilmasin, agar musofirlar choʻlda tunashga toʻgʻri kelmagan, toʻrt faslda ham
boshpana va suv tayyor turganligi aytiladi. Samarqandning atroflari, uning
shaharga tegishli qismi beshta ariq va yetmish ikkita qishloqdan iboratligi:
Bozor, Mazdoxin, Obi Rahmat, Korand, Anhori Jadid kabi ariqlar borligi aytib
oʻtilgan. Akademik. V. V. Bartold Amir Temurning ziddiyatli faoliyatini shunday
tavsiflaydi: "Temur ayni bir paytda beshafqat, vayronakor va jonboz quruvchi
edi; uning tomonidan ajoyib bog-rog'lari bilan muhtasham binolar qurildi,
shahar va qishloqlar tiklandi, sug'orish tizimlari barpo etildi. Shohruh va
Ulug'bek bu siyosatni davom ettirishga harakat qildi. 1403 yili Samarqandga
Ispaniyadan elchi bo'lib kelgan Rui Gonsales de Klavixo shahaming
SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN
MANAGEMENT AND ECONOMY
International scientific-online conference
101
ko'rkamligidan hayratda qolgan. U shahar bog'lar va uzumzorlar bilan
o'ralganini, shahar tashqarisida joylashgan bog'larda ko'pdan-ko'p uylar,
shoxning saroylari, omborlari bo'lganligini, shaxarga kirib borganda, go'yo
shaxar baland daraxtlar bilan qoplangan o'rmon o'rtasida turganday taassurot
qoldirganini yozadi. Ma'lumotlarga ko'ra, musulmonchilik qoidalariga ko'ra
hovuzlarning eni ham, bo'yi ham kamida 40 gaz qilib qurilgan, aks holda, undagi
suv harom deb hisoblangan.
Xulosa
Amir Temur va temuriylar davrida yer-suv munosabatlari ijtimoiy-
iqtisodiy hayotning markaziy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, davlat boshqaruvi,
dehqonchilik va moliyaviy siyosatning asosini tashkil qilgan. Temuriylar
davlatida yer egaligi turli shakllarda – davlat yerlaridan tortib, vakf va mulk
yerlariga qadar – mavjud bo‘lib, har bir yer egasi aniq majburiyatlar bilan
belgilangan. Suv resurslarini boshqarish esa sug‘orma dehqonchilik asosida
rivojlangan bo‘lib, kanallar, ariqlar va suv inshootlari orqali yerlar unumdorligi
ta’minlangan. Ayniqsa, sug‘orish tizimining markazlashgan holda boshqarilishi
agrar sohaning barqarorligiga xizmat qilgan.Temuriy hukmdorlar, xususan Amir
Temur va Mirzo Ulug‘bek davrida yer va suvning adolatli taqsimlanishi, soliq
tizimining yuksak darajada yuritilishi va yirik irrigatsiya loyihalarining amalga
oshirilishi, davlat iqtisodiyotini mustahkamlashga zamin yaratgan. Bu davrdagi
yer-suv munosabatlari Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo agrar tarixida muhim
bosqich bo‘lib, keyingi asrlar uchun ham ijobiy tajriba sifatida namoyon bo‘lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma .Toshkent-1997
2.
Temur va Ulugʻbek davri tarixi. Toshkent-1996
3.
Temuriylar bunyodkorligi davr manbalarida. Toshkent-1997
4.
O. Boʻriyev, Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo.
Toshkent-1997
