Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The history of state formation and governance systems in
Ancient Khwarazm
Khamdam MATYAKUBOV
1
Urgench State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
25 February 2025
This article examines the initial state system that formed in
the Khorezm oasis during the 7th-6th centuries BC, based on
social, economic, and military factors. Drawing on information
about the Kuzaliqir culture, it is argued that during this period,
military-administrative and religious centers were established
in Khorezm, along with the development of defense systems
and craftsmanship. The process of transitioning from tribal
unions to state structures in Khorezm is analyzed in
comparison with similar processes in Margiana and Bactria.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Kozaliqir,
Khorezm,
state system,
military-administrative
center,
Zoroastrianism,
tribal unions,
defense system,
Achaemenid Empire,
Margiana,
Bactria,
archaeological studies.
Qadimgi Xorazmda davlatchilikning shakllanishi va
boshqaruv tizimi tarixi
ANNOTATSIYA
Kalit so
‘
zlar:
Koʻzaliqir,
Xorazm, davlatchilik tizimi,
harbiy-ma
’
muriy markaz,
zardushtiylik,
qabilalar uyushmasi,
mudofaa tizimi,
Ahamoniylar davlati,
Margʻiyona,
Baqtriya,
arxeologik tadqiqotlar.
Ushbu maqolada miloddan avvalgi VII
–
VI asrlarda Xorazm
vohasida shakllangan dastlabki davlatchilik tizimi ijtimoiy,
iqtisodiy va harbiy omillarga asoslanganligi tadqiq qilinadi.
Koʻzaliqir madaniyatiga oid ma’
lumotlar asosida bu davrda
Xorazmda harbiy-ma
’
muriy va ibodat markazlari tashkil
topgani, mudofaa tizimlari va hunarmandchilik sohasining
rivojlangani haqida fikr yuritiladi. Margʻiyona va Baqtriyadagi
oʻxshash jarayonlar bilan qiyoslanib, Xorazmda ham qab
ilalar
uyushmasidan davlat tuzilmalariga oʻtish jarayoni tahlil qilinadi.
1
PhD, Associate Professor, Urgench State University. E-mail: hamdamtarix@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
22
Формирование государственности и история системы
управления в Древнем Хорезме
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Козалыкир,
Хорезм,
государственная система,
военно
-
административный центр,
зороастризм,
племенные союзы,
оборонная система,
Ахеменидская империя,
Маргиана,
Бактрия,
археологические
исследования.
В данной статье исследуется формирование ранней
государственной системы в Хорезмском оазисе в VII–VI вв.
до н.э., основанной на социальных, экономических и
военных факторах. На основе данных о культуре
Козалыкир рассматривается создание в этот период
военно
-
административных и культовых центров в
Хорезме, развитие оборонных систем и ремесел. Сравнивая
с аналогичными процессами в Маргиане и Бактрии,
анализируется переход от племенных союзов к
государственным структурам.
KIRISH
Xorazmning ilk davlatchilik tizimi tarixi miloddan avvalgi VII
–
VI asrlarga oid bo
‘lib,
bu davrda vohada yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va siyosiy omillar, shuningdek,
hududiy jihatdan alohida tumanlarda rivojlangan davlat tuzilmalari bilan ajralib turadi.
Ushbu maqolada Ko
‘
zaliqir madaniyatining arxeologik tadqiqotlari asosida Xorazmda ilk
harbiy-ma
’
muriy va ibodat markazlari tashkil topgani, mudofaa tizimlarining rivojlanishi,
hunarmandchilik va qishloq xo
‘
jaligining taraqqiy etganligi haqida so
‘
z yuritiladi. Mazkur
davrda qabilalar uyushmasidan davlat tuzilmalariga o
‘
tish jarayonlari Marg
‘
iyona va
Baqtriyadagi o
‘
xshash jarayonlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Ko
‘zaliqir madaniyatiga oid ilmiy tadqiqotlar asosan arxeologik qazishmalar va
yozma manbalarga tayanadi. Tadqiqotchilar Ko
‘
zaliqir harbiy-ma
’
muriy markazi va
uning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o
‘
rganishda, ichki qal
’
alar va mudofaa tizimlari,
shuningdek, hunarmandchilik markazlari tahliliga alohida e
’
tibor qaratgan. Sh.T. Adilov
va boshqa olimlarning izlanishlari asosida Ko
‘
zaliqir madaniyati davrida Xorazmda
harbiy xavfsizlik, mudofaa tizimi va hunarmandchilik taraqqiyoti bilan bog
‘
liq yangi
yondashuvlar ilgari surildi.
METODOLOGIK ASOSLAR
Mazkur tadqiqotning metodologik asosi arxeologik tadqiqotlar, yozma manbalar va
qiyosiy tarixiy tahlillarga tayanadi. Arxeologik qazishmalar natijasida Ko
‘
zaliqir
madaniyatiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari, jumladan, ichki qal
’
alar, mudofaa
inshootlari, ibodatxonalar va hunarmandchilik ustaxonalari aniqlangan. Ushbu topilmalar
asosida qabilalar uyushmasidan davlat tuzilmalariga o‘tish jarayonlari tadqiq etiladi.
TAHLIL
Tadqiqotchining qarashlari boʻyicha Koʻzaliqir harbiy –
ma
’
muriy va ibodat
markazi koʻrinishiga ega. Shu
sababdan ichki qal
’
ada joylashgan saroyning keng hovlisida
oʻrnatilgan taxtida marosimlar chogʻida saklar podshosi oʻtirgan ekan, hovlining ikki yon
tomonida xom gʻishtdan terilgan supalarda qabila zodagonlari joylashgan, taxtning
roʻparasida, hovlining m
arkazida baland poydevorga ega ibodat otashkadasida olov
yonib turgan kabi xulosalarga kelingan [1, c. 27].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
23
Mazkur dissertasiya muallifi ham oʻz ishlarida, mil.avv. VII–
VI asrlar chegarasi
davrdagi Xorazmda davlatchilik tizimining shakllanish jarayoni ijtimoiy-iqtisodiy va
harbiy-
siyosiy omillarga asoslanganligi gʻoyasi ma’
qullanib, lekin bir oz farqli yondashuv
tarzda vohadagi ilk davlatchilik tuzilmalari alohida voha-
tumanlarida (Koʻzaliqir
-
gʻarbda,
Hazarasp-janubda) rivoj topishi, ular hududiy jihatdan mayda davlatchilik tashkilotini
oʻzida aks ettirishi, Markaziy Osiyoning barcha viloyatlarida ilk davlatchilik alohida voha
-
tumanlar asosida shakllanganligi va ushbu umummintaqaviy xususiyat Xorazm tarixiga
ham mansub boʻlgan deb ta’
kidlangan edi [2,
б
. 202-203].
Bu yondashuvga, oʻtgan asrning 90
-yillari
–
XXI asr boshlarida mintaqa miqyosida
ilk davlatchilik tarixini qayta baholash, yangi ma
’lumotlar asosida koʻrib chiqish va
davlatchilik tizimining arxeologik belgilarini ishlab chiqish natijalari koʻp jih
atdan ta
’
sir
qilgan.
Oʻsha davrda yangi ma’lumotlarga asoslangan holda, Margʻiyona va Baqtriyada
bronza davriga mansub ilk davlatlar hududiy jihatdan alohida ziroatkorlik voha-
tumanlarda yuzaga kelishiga oid masala ilgari surildi. Janubiy
Oʻzbekistondagi
Jarqoʻtonda ichki qal’
a, saroy va ibodatxona topildi [3]. Bunday me
’
morchilik inshootlari
Shimoliy Afgʻoniston va Quyi Murgʻob vohasida ham aniqlandi. (Dashtli, Gonur) [4. C.
102
–103]. Oʻrganilgan arxeologik manbalar ziroatkorlar jamoalarid
a ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning murakkablashuvidan dalolat berdi. Jamiyatda ishlab chiqarishni
tashkillashtirish, jamoadagi urf-
odatlarni bajarish, oʻzaro aloqalarni tartibga solish va
nazorat qilish kabi boshqaruv vazifalari bilan bogʻlangan yoʻlbos
hchilar ajralib chiqishi
xususida fikrlar bildirildi [5,
б
. 23-
24]. Hattoki Quyi Murgʻob vohasida qadimgi Sharq
tipidagi Margʻush kabi podshohlikning rivojlanishi haqida masala roʻyyobga chiqarildi
[6, 272 c]. Shuningdek, bronza davridan temir asriga oʻti
sh bosqichda hamda bevosita
temir davri davlatchilik tarixi masalalari yoritildi [7,
Б. 3
-11].
Yangi ma
’
lumotlarga asoslanib, mil.avv. VII asrning oxirida Xorazmda davlatchilik
kelib chiqish harbiy iqtisodiy va ijtimoiy belgilari ichida quyidagilar ajratildi:
–
harbiy va ibodat markazi, umumiy mudofaa tizimi, ichki qal
’
a va saroyning
mavjudligi;
–
tashqi bosqinlar xavf-xatari paytida jamoalar a
’
zolari va ularning asosiy boyligi
uchun panajoy, harbiy istehkom;
–
hunarmandchilik sohasi, temir va bronzaga ishlov berish, turli metall buyumlar
va qurol-
yarogʻlarni ishlab chiqarish, kulolchilik, binokorlik va yuqori mahsuldor
chorvachilikning rivojlanishi;
–
jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi, chorvadorlar, hunarmandlar, binokorlar,
oʻrtaxol va oddiy jamoa vakillari, urugʻ boshliqlari, qabila yoʻlboshchilari, kohinlar,
jangchilar [8,
Б.188
].
Koʻzaliqir misolida, mil. avv. VI asrning birinchi yarmiga oid Xorazmning ijtimoiy
munosabatlar tarixida murakkab jarayonlar yuzaga kelganligi (ichki qal
’
ada qarorgoh
–
saroy va e
’
tiqod markazining bunyod etilishi) kuzatildi. Xorazm vohasida avval ma
’
lum
boʻlmagan harbiy istehkom, mudofaa tizim yirik imoratlarning bunyod etilishi, qurilish va
arxitektura sohasida paxsa va xom gʻisht ishlatilishning boshlanish
i, amaliy binokorlik
bilimlari va usullarining yoyilishi, kulolchilik charxi va temir qurollaridan foydalanishni
ham Margʻiyona Baqtriya aholisining migrasiyalari natijasi sifatida tan olindi.
Koʻzaliqir madaniyati davrida taraqqiy etgan davlatchilik tuzil
ishidagi boshqaruv
dastlab urugʻ
-qabila tuzumining ijtimoiy munosabatlari, urf-odatlari va e
’
tiqodlar
an
’
analariga asoslanib, jamoalarning hayotiy zarur manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
24
hududiy va harbiy sohalarda amalga oshirish kabi vazifalar bilan belgilangan. Ammo
oldingi davrlarga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va tashqi aloqalarning jadal
rivojlanishi oqibatida boshqaruv funksiyalari kengayib borib, murakkablashgan [9, c.
127-128].
Tadqiqotchilarning yozishicha mil. avv. 545
–
539-yillar orasida fors shohi Kir II
Margʻiyona, Xorazm, Sugʻd va Baqtriyani zabt etib, Ahamoniylar davlatining hududiy
chegaralari Sirdaryo havzasi va Hindistonning shimoli-
gʻarbigacha etgan [10, c. 104]. Lekin
Kaspiy va Orol dengizlari oʻrtasidagi dashtlarda yashagan s
ak-massagetlar forslarga
boʻysunmagan. Mil.avv. 530
-yilda Kir II ularga qarshi muvaffaqiyatsiz yurish qilgan.
Soʻnggi bronza davriga oid ikkinchi bosqichda taxminan, XV–
X asrlarda Markaziy
Osiyo, Qozogʻiston hududlarida dasht chorvadorlarning keng yoyilishi natijasida Orolboʻyida
dehqonchilik koʻnikmalariga ega oʻtroq chorvadorlar madaniyati taraqqiy topib, ularning
ijtimoiy tuzumida urugʻdoshlik an’analari va urf
-
odatlari etakchi oʻrin egallagan.
Mil. avv. IX
–VIII asrlarni oʻz
ichiga olgan uchinchi davrda “Avesto” ma’
lumotlari
boʻyicha mintaqaning janubiy yurtlarida “Kavi
-
podshohlar” hukmronligi chogʻida,
Sharqiy Orolboʻyidagi Shimoliy Tagisken madaniyatining mazmun
-
mohiyatiga koʻra,
chorvadorlar jamoalarida harbiy yoʻlboshchil
ar ajralib chiqishgan va dastlabki qabilaviy
uyushmalari shakllana boshlagan.
Ikki bosqichdan iborat boʻlgan toʻrtinchi davrida, oldin VII asrda, Xorazm vohasida
saklar
–
xorazmliklar va Sharqiy Orolboʻyidagi saklar jamoalari alohida qabilalarning
harbiy u
yushmalariga birlashgan, oʻz manzilgohlarini himoya qilish va tashqi yurishlarni
amalga oshirish maqsadida qurol-
yarogʻlar (nayza, xanjar, bolta, oʻq
-yoy, katta pichoqlar)
ishlab chiqilgan miqdori koʻpaygan, jamiyatda harbiy funksiyalar hamda harbiy sardor
lar
va jangchilarning obroʻsi ortib borgan.
NATIJALAR
Mil.avv. VII asrning oxiri
–
VI asr oʻrtalari davomida Koʻzaliqir madaniyatining
vujudga kelishi va rivojlanishi, avvalgi tarixiy bosqichlarga nisbatan Xorazmda deyarli
toʻla yangilik boʻlib, saklar –
xorazmliklar unga moslasha borishgan.
Koʻzaliqir qal’
asi qabilalar uyushmasining nafaqat siyosiy va ibodat markaziga,
balki tashqi hujum, harbiy xavf-xatari paytlarida tevarak chorvadorlar aholi va ularning
asosiy boyligi chorva uchun boshpanaga aylangan. Harbiy istehkom, mudofaa inshoot
kabi tushunchalari bilan bogʻliq holda, tadqiqotchilar “Xorazm” toponimining ma’
nosini
“hu
-
warazam” shaklda
“chorva uchun yaxshi istehkomlarga ega oʻlka; mustahkamlangan
manzilgohlari mavjud zamin” sifatida izohlab berishad
i, bu borada Xorazm atamasiga
tegishli “Avesto” dan ma’lum boʻlgan “wara” –
istehkom, mudofaa inshoot- qal
’a va “zam”
–
oʻlka, er kabi soʻzlar katta ahamiyat kasb etgan [11, c. 28
-29].
Shuni ta
’kidlash joizki, Koʻzaliqir qal’
asidan ilgari davrda, mudofaa devorlari bilan
oʻrab olingan va ichki qal’
a qarorgohiga
ega yirik markazlar Baqtriya va Sugʻd
hududlarida bunyod etilgan. Masalan, Baqtriyada Qiziltepa, Oltindilyor va Otchopar [12,
c. 85-
86], Sugʻdagi Uzunqir, Erqoʻrgʻon va Koʻktepa [13, Б.32
-33] shunday katta harbiy
istehkomlarni tashkil etib, ular dehqonchilik vohalarida yashagan aholi va chorva uchun
bekinadigan joy, harbiy bosqinlardan himoyalanish imkoniga ega boʻlishgan.
Koʻzaliqirning ichki qal’
asida qabilalar uyushmasi sardorining saroy-qarorgohi va
qishloq xoʻjalik mahsulotlari zahiralani saqlanishiga moʻljallangan xumlardan iborat
omborxonalar va don oʻralari aniqlangan. Hamda qal’
ada temir eritish va temirga ishlov
berish ustaxonaning qoldiqlari topilgan [14, c.155-156].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
25
Koʻzaliqir moddiy
madaniyati tarkibida saklarga xos qoʻlda ishlangan sopol
idishlar, bronza oʻq uchlari va ot anjomlari mavjud, lekin asosiy belgilarga koʻra
(arxitektura, gʻishtdan bunyod etilgan katta binolar, mudofaa tizimi, kulolchilik charxida
ishlangan sopol idishlar, temirga ishlov berish) va zardushtiylik dafn marosimlarining
yoyilishi janubiy sivilizasiyalar an
’
analarining keng tarqalishidan dalolat beradi.
Koʻzaliqir vohasida, Amudaryoning Dovdon oʻzani boʻylab Quyisoy, Yassiqir kabi
oʻtroq chorvadorlarning manzil
gohlari joylashgan. Janubiy Xorazmdagi Xazarasp
vohasida bevosita Amudaryo oʻzaniga yaqin xududda yashagan aholi dehqonchilik va
hunarmandchilik bilan shugʻullanishgan.
Bundan Xumbuztepa, Qaratosh va Toshsaqa yodgorliklarda qoʻlga kiritilgan
arxeologik materialar dalolat beradi [15,
№ 1
].
Shuningdek, Oʻrta Amudaryoning soʻl
sohilida Koʻzaliqir madaniyatiga oid Qoʻshqal’aning kashf etilishi tufayli, oʻz paytida
qadimgi Xorazmning janubiy chegaralari xususida masala ilgari surilgan edi [16, c. 40-
41]. Bunday
yondashuv oʻz tarafdorlarini topib, Sh.T.Adilovning maqolasida, mil.avv.VI
asrda Gʻarbiy Sugʻd
-
Buxoro vohasi erlarini oʻzlashtirilishi jarayonlari toʻgʻridan
-
toʻgʻri
xorazmliklarning migrasiyasi sifatida faraz qilingan [17, c. 124-125].
Yuqorida keltirilgan ma
’
lumotlar, mil.avv. VI asrning birinchi yarmida Xorazmning
aholi oʻtroq chorvadorlar va ziroatkorlarga boʻlinishi, ularning hududiy joylashish
doirasining kengayib borishi, dehqonchilik uy-
qoʻrgʻonlari va qal’alarning paydo boʻlishi
va hunarmandchilik
ning yangi asoslarda rivojlanishini koʻrsatib beradi.
XULOSA
Bizning nuqtai nazarimizga koʻra, bunday tarixiy
-
madaniy oʻzgarishlar sharoitida
Xorazmda hukm surgan yoʻlboshchilarning vazifalari ham oʻzgargan. Birinchidan, Xorazm
aholisi oʻz mamlakatining turli qismlarida (Sariqamishboʻyi Amudaryoning qadimiy
oʻzanlari havzasi, Hazarasp va Qoʻshqal’
a vohalarida) joylashganligi, ma
’
muriy-hududiy
boshqaruvning zaruratini vujudga keltirgan. Ilk yozma manbalarda “Xorazm” toponimi
“mamlakat” tushunchasi bilan bogʻliq holda yoritilib, “Avesto” da “xvarizam”, qadimgi
fors tilida “huvarazmis” deb atalgan [18, c. 21]. Shu mamlakat aholining etnonimi
qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida “xorasmiylar” sifatida tilga olingan.
Ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv tizimida tashkillashtirish, amalga
oshirish, ishlab chiqish va nazorat kabi vazifalar takomillashib, yangi ichki va tashqi
iqtisodiy aloqalarning paydo boʻlganligi bilan belgilangan.
Mil.avv. VI asrning birinchi yarmidagi Xorazmda ilgari (mil.avv. VII asrda)
rivojlangan qabilalar uyushmasiga nisbatan davlat birlashmasining yangi tipi-podshohlik
shakllana boshlagan. Ushbu jarayonning rivojlanishiga turtki boʻluvchi ijtimoiy, iqtisodiy
va harbiy sabablar qatorida, umumiy hudud, etnos va til, umumiy moddiy madaniyat va
din-zardushtiylik birlashtiruvchi omillar sifatida muhim ahamiyat kasb etgan.
Mil. avv. 540-yilda fors shohi Kir II tomonidan boshlangan va mil. avv. 519-yilda
Doro I hukmronligi davrda yakunlangan yurishlar natijasida Markaziy Osiyoning oʻtroq
dehqon aholisi va chorvador saklar Ahamoniylar davlati tarkibiga kirib, muayyan harbiy-
ma
’
muriy birliklar-
satrapiyalarni tashkil etishgan. Xorazm Parfiya, Areyya va Sugʻd bilan
birgalikda 16-satraplikda birlashtirilib, belgilangan miqdorda kumush soliqdan tashqari,
chorva qishloq xoʻjalik va hunarmandchilik mahsulotlari shaklda fors davlatiga
qoʻshimcha oʻlpon toʻlashga majbur boʻlgan.
Markaziy Osiyo hududlari qadimgi forslar tomonidan bosib olinishi oqibatida,
mintaqaning qadimiy mamlakatlarida uzoq vaqt davomida mahalliy davlatchilik
an
’analarning rivojlanishi toʻxtab qolgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
6
№
1 (2025) / ISSN 2181-1415
26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ягодин В. Н. Низовья Амударьи. С. 27.
2.
Матяқубов Х. Х. Хоразм воҳаси бронза асри ва илк темир даври... Б. 202
-203.
3.
Аскаров А. А, Ширинов Т. Ш.
Ранняя городская культура эпохи бронзы юга
Средней Азии
-
Самарканд: Институт археологии АН РУз, 1993. –
162 с.; Хуфф Д.,
Шайдуллаев Ш. Б. Жарқўтон 2000 // Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар.
2000 йил. –
Самарқанд, 2002. –
Б. 23
-25.
4.
Сарианиди В. И. Древности страны Маргуш. –
Ашхабад: Ылым, 1990. –
С. 102
-103.
5.
Шайдуллаев Ш. Илк давлатларнинг археологик белгилари //
O
‘
zbekiston
tarixi
, 2002. № 3. –
Б. 5.;
o
‘
sha muallif
. Ўзбекистон ҳудудида давлатчиликнинг пайдо
бўлиши ва ривожланиши босқичлари: Тарих фан. докт.. дисс.... автореф. –
Самарқанд: ЎзФА Археология институти, 2009. –
Б. 23
-24.
6.
Сарианиди В.И. Маргуш. Древносточное царство в старой дельте реки
Мургаб. –
Ашгабат, 2002. –
272 с.
7.
Исамиддинов М.Х. Истоки городской культуры Самаркандского Согда. –
Ташкент: Изд. Им. А. Кадири, 2002. –
255 с.; Матбобоев Б. Қадимги Фарғонада илк
давлатчилик илдизлари //
O
‘
zbekiston tarixi
, 2002. № 1. –
Б. 3
-11.
8.
Матякубов Х. Х. Хоразм воҳаси бронза асри... Б. 188
9.
Мамбетуллаев М. Социально
-
экономические и политические факторы
возникновения и развития городов Хорезма эпохи античности // ИМКУ. –
Ташкент, 2002. Вып. 33. –
С. 127
-128.
10.
Дандамаев М. А., Луконин В. Г. Культура и экономика древнего Ирана. –
М.: “Наука”, 1980. –
С. 104.
11.
Хромов А. Л. Хорезм в древнеиранских и среднеиранских письменных
источниках // Хорезм и Мухаммад ал
-
Хорезми в мировой истории и культуре. ¬–
Душанбе: “Дониш”, 1983. –
С. 28
-29.
12.
Мамедов М. Древняя архитектура Бактрии и Маргианы. –
Ашхабад, 2003.
–
С. 85
-86.
13.
Хасанов М. Илк темир ва
антик даврда Суғд маданияти: Тарих фан. докт.
(DSc
) дисс... автореф.
–
Самарқанд: Миллий археология маркази, 2021. –
Б. 32
-33.
14.
Вишневская О. А., Рапопорт Ю. А. Городище Кюзели
-
гыр... С.155
-156.
15.
Баратов С. Р. Новые данные по археологии Южного Хорезма //
Археология Узбекистана. –
Самарканд,
2013. № 1.
16.
Воробьёва М. Г. Проблема «Большого Хорезма» археология // Этнография
и археология Средней Азии.
–
М.: “Наука”, 1979. –
С. 40
-41.
17.
Адылов Ш. Т. Западный Согд в
VI
в. до.н.э. –
IV
в.н.э. (очерк по
политической и этнической истории региона) // ИМКУ. –
Ташкент, 2024. Вып 44. –
С. 124
-125.
18.
Оранский И. М. Иранские языки в историческом освещении. –
М.: “Наука”,
1979.
–
С. 21.
