O‘g‘uz va Dashti Qipchoq urug‘larining Xorazmshohlar davlati tarixidagi ro‘li

Annotasiya

 XII asr oxiri XIII asr boshlarida Xorazmshohlar nomi ostida hukmronlik qilgan Anushteginlar davlati tarixi nafaqat O‘zbekiston qolaversa dunyo tarixida ham katta ahamiyatga ega sulolalardan hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur sulolaning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayoti haqida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Biroq aksariyat holda undagi ayrim masalalar o‘z yechimini topmay qolgan holatlar ham kuzatiladi. Mazkur maqola aynan Markaziy Osiyo tarixida katta ro‘l o‘ynagan o‘g‘uz hamda dashti qipchoq urug‘lari haqida hamda ularning xorazmshohlar davlati tarixidagi ahamiyati xususidagi tahlillarga qaratilgan. Unda XIII asrning birinchi choragida, hukmronlik qilgan Anushtegin Xorazmshohlar davlatining ichki siyosatidagi jarayonlar jumladan, Qipchoq va Og‘uz urug‘lariga mansub bo‘lgan davlat amaldorlarining o‘zaro raqobati, Turkon Xotun va Muhammad Xorazmshoh o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuv jarayonlari, shu bilan birga Xorazmshohning mo‘g‘ullar bosqini davrida o‘z yurtini tashlab ketishiga majbur qilgan  omillar hamda ularning sabablari yana bir bor ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumotlar tahlili tadqiqot ob’yekti davriga doir sharq manbalari hamda bir qator zamonaviy adabiyotlar asosida amalga oshirilgan va xulosalar qilingan.

 

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
CC BY f
108-118
58

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Bekmuradov , S. ., & Muxtorova , G. . (2024). O‘g‘uz va Dashti Qipchoq urug‘larining Xorazmshohlar davlati tarixidagi ro‘li. Jamiyat Va Innovatsiyalar, 5(5/S), 108–118. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5/S-pp108-118
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

 XII asr oxiri XIII asr boshlarida Xorazmshohlar nomi ostida hukmronlik qilgan Anushteginlar davlati tarixi nafaqat O‘zbekiston qolaversa dunyo tarixida ham katta ahamiyatga ega sulolalardan hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur sulolaning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayoti haqida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Biroq aksariyat holda undagi ayrim masalalar o‘z yechimini topmay qolgan holatlar ham kuzatiladi. Mazkur maqola aynan Markaziy Osiyo tarixida katta ro‘l o‘ynagan o‘g‘uz hamda dashti qipchoq urug‘lari haqida hamda ularning xorazmshohlar davlati tarixidagi ahamiyati xususidagi tahlillarga qaratilgan. Unda XIII asrning birinchi choragida, hukmronlik qilgan Anushtegin Xorazmshohlar davlatining ichki siyosatidagi jarayonlar jumladan, Qipchoq va Og‘uz urug‘lariga mansub bo‘lgan davlat amaldorlarining o‘zaro raqobati, Turkon Xotun va Muhammad Xorazmshoh o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuv jarayonlari, shu bilan birga Xorazmshohning mo‘g‘ullar bosqini davrida o‘z yurtini tashlab ketishiga majbur qilgan  omillar hamda ularning sabablari yana bir bor ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumotlar tahlili tadqiqot ob’yekti davriga doir sharq manbalari hamda bir qator zamonaviy adabiyotlar asosida amalga oshirilgan va xulosalar qilingan.

 


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of Oguz and Dasht-i Kipchak tribes in the history
of Khorazmshahs

Sanjar BEKMURADOV

1

, Gulkhayo MUKHTAROVA

2


Tashkent of Applied Sciences

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024

Received in revised form

15 May 2024

Accepted 25 May 2024

Available online

15 June 2024

The history of Anushteginids, who ruled under the name of

the State of Khorezmshahs from the end of XII to the beginning

of XIII century, is considered one of the most important
dynasties not only in the history of Uzbekistan but also in World

History. Today there are many studies on this dynasty's social,
political, and cultural life. However, in most cases, some of the
problems are not solved.

This article is devoted to the analysis of the Oghuz and

Dasht-

i Kipchak (“Steppe of the Kipchaks”) tribal

confederations, which played an important role in the history of
Central Asia, and their significance in the history of
Khorezmshahs. The article will examine the processes in the

internal politics of the state of the ruling Anushteginid
Khorezmshahs in the first quarter of the 13th century, including
the rivalry of state officials belonging to the Kipchak and Oghuz

clans, the processes of tension between Terken-Khatun and
Mohammed

Khorezmshah.

The

factors

that

forced

Khorezmshah to leave his country during the Mongol invasion
and their reasons will also be considered.

The data has been analyzed and conclusions drawn based on

oriental sources and some modern literature on the period of
the object of study.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5/S-pp108-118

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Oghuz,

Kipchak,

Terken-khatun,

Qutb ad-Din Muhammad

Khorezmshah,

Kezlik Khan,

Ancient Guzia,

Mahmud-toy,

Nasir ad-Din,

Genghis Khan,

Majid ad-Din Baghdadi.

1

Senior Lecturer, History Department University, Tashkent of Applied Sciences. E-mail: stb.uz.com@gmail.com

2

Student, University of Tashkent of Applied Sciences.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

109

O‘g‘uz va Dashti Qipchoq urug‘larining Xorazmshohlar

davlati tarixidagi ro‘li

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

O‘g‘uz,

Qipchoq,

Turkon Xotun,

Qutbiddin Muhammad

Xorazmshoh,

Kezlikxon,

Qadimgi G‘uziya,

Mahmud-toy,

Nosir ad-Din,

Chingizxon,

Majid ad-Din

Bag‘dodiy.

XII asr oxiri XIII asr boshlarida Xorazmshohlar nomi ostida

hukmronlik qilgan Anushteginlar davlati tarixi nafaqat

O‘zbekiston qolaversa dunyo tarixida ham katta ahamiyatga ega

sulolalardan hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur sulolaning

ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayoti haqida ko‘plab tadqiqotlar

olib borilmoqda. Biroq aksariyat holda undagi ayrim masalalar

o‘z yechimini topmay qolgan holatlar ham kuzatiladi.

Mazkur maqola aynan Markaziy Osiyo tarixida katta ro‘l o‘ynagan

o‘g‘uz hamda dashti qipchoq urug‘lari haqida hamda ularning

xorazmshohlar davlati tarixidagi ahamiyati xususidagi tahlillarga

qaratilgan. Unda XIII asrning birinchi choragida, hukmronlik qilgan

Anushtegin Xorazmshohlar davlatining ichki siyosatidagi jarayonlar

jumladan, Qipchoq va Og‘uz urug‘lariga mansub bo‘lgan davlat

amaldorlarining o‘zaro raqobati, Turkon Xotun va Muhammad

Xorazmshoh o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuv jarayonlari,

shu bilan birga Xorazmshohning mo‘g‘ullar bosqini davrida o‘z

yurtini tashlab ketishiga majbur qilgan omillar hamda ularning

sabablari yana bir bor ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumotlar tahlili tadqiqot ob’yekti davriga doir sharq

manbalari hamda bir qator zamonaviy adabiyotlar asosida

amalga oshirilgan va xulosalar qilingan.

Роль племен Огузов и Дашт

-

и

-

Кипчак в истории

Хорезмшахов

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Огузы,

Кипчаки,

Теркен

-

хатун,

Кутб ад

-

Дин Мухаммед

Хорезмшах,

Кезлик

-

хан,

Древняя Гузия,

Махмуд

-

той,

Насир ад

-

Дин,

Чингисхан,

Маджид ад

-

Дин Багдади.

История Ануштегинидов, правивших под именем государства

Хорезмшахов с конца XII по начало XIII века, считается одной из

важнейших династий не только в истории Узбекистана, но и во

всемирной

истории.

Сегодня

существует

множество

исследований, посвященных общественно

-

политической и

культурной жизни этой династии. Однако в большинстве

случаев некоторые проблемы остаются нерешенными.

Данная статья посвящена анализу огузских и Дашт

-

и

-

Кипчакских (Кипчакских степных) родов, сыгравших важную

роль в истории Центральной Азии, и их значению в истории

Хорезмшахов. В статье рассматриваются процессы во

внутренней политике государства правящих ануштегинидских

хорезмшахов в первой четверти XIII века, включая

соперничество государственных чиновников, принадлежащих к

кипчакским и огузским родам, и напряженность между Теркен

-

хатун и Мухаммедом Хорезмшахом. Также будут рассмотрены

факторы, вынудившие Хорезмшаха покинуть свою страну во

время монгольского нашествия, и причины этого.

Полученные данные проанализированы и сделаны выводы

на основе восточных источников и ряда современной

литературы по периоду объекта исследования.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

110

KIRISH

Qadim zamonlardan sivilizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lgan Xorazm tarixi bilan

nafaqat mamlakatimiz balki dunyo tarixchilari tomonidan qiziqish bildirilib kelingan va

ushbu haqida qator yirik ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Biroq tadqiqotimizdan o‘rin olgan

Xorazmning o‘rta asrlar tarixi fanda kam o‘rganilgani bilan muammolidir. Vaholangki,

Markaziy Osiyo tarixida xususan, o‘rta asrlarda dunyo ahamiyatiga molik bo‘lgan katta

voqealarga boy Xorazm haqida ko‘plab ma’lumotlar manbalarda aks etilganiga qaramay,

undagi ba’zi voqealar jarayoni to‘liq tahlil qilinmagan va o‘rganilmagan. Ana shunday

kam tadqiq etilgan muammolardan biri bu Anushteginlar

*

davlatida ichki siyosiy

jarayonlar va ularning Xorazmshohlar sulolasining barxam topishi yo‘lidagi masalalardir.

Bugungi kunda ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan chetlab o‘tilayotgan, XII asr oxiri

XIII asr boshlarida Xorazmshohlar nomi ostida hukmronlik qilgan Anushtegin

Xorazmshohlar davlatining madaniy hayoti va tashqi siyosatidagi kuch qudrati o‘z davri

uchun namuna sifatida ko‘rsatiladi. Ushbu davlatning ko‘chmanchi mo‘g‘ullar bosqiniga

bardosh bera olmasligi davlatning ichki siyosatidagi mavhum bo‘lib qolayotgan

muammolar va ularning sabablari, Turkon Xotun, Dashti Qipchoq va O‘g‘uz urug‘larining

Xorazmshohlar davlati tarixidagi ro‘lidan voqif bo‘lish uchun

yana bir bor to‘xtalib

o‘tishga undaydi. Xususan, Xorazmshohlarda muhim rol o‘ynagan qipchoq urug‘ining,

qolaversa Turkon Xotun

*

obrazining saltanat tarixidagi ahamiyati alohida o‘ringa ega.

Birgina Anushtegin Xorazmshohlar davlatining ichki va tashqi boshqaruvida o‘z o‘rniga

ega bo‘lgan Turkon Xotun Dashti Qipchoqlarning asli qaysi urug‘iga mansubligi

masalasining o‘zi turli baxslarga sabab bo‘ladi. Zero, uning haqida manbalarda ham turli

qarashlar mavjud.

Davlat boshqaruvidagi ikki hukmron urug‘ o‘g‘uz va qipchoq vakillarining bir

-

biriga nisbatan o‘zaro ta’sir kuchi shu o‘rinda, Turkon Xotun va Muhammad Xorazmshoh

o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil etishda ushbu davr haqida qimmatli ma’lumotlarni

beruvchi asosiy manbalar bor. Jumladan, Ibn al-Asir, Shihob ad-Din Muhammad an-

Nasaviy, Alouddin Atomalik Juvayniy, Mirzo Ulug‘bek, Abulg‘ozi Baxodirxon asarlari va

V.V. Bartold, Z.M. Buniyatov, I. Jabborov, A. Ziyo, M. Gurbuz, C. Dalay, B.G. Piter kabi

zamonaviy tadqiqotlar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Anushtegin xorazmshohlar davlatidagi yuqori qatlamlardan biri hisoblangan

o‘g‘uzlarning etnik shakllanishi murakkab va uzoq davom etganligi bilan farqlanadi.

Xitoydan to Qora dengiz bo‘ylarigacha cho‘zilgan hududlarda istiqomat qilib kelgan

ko‘chmanchi va chorvador aholi orasida o‘g‘uzlar ham bo‘lgan. Ular tarixda

to‘qug‘uzlar

nomi bilan tilga olingan. VI asrning ikkinchi yarmi va VIII asrda ular Turk hoqonligi

tarkibida g‘arbga tomon harbiy yurishlarda faol qatnashgan. VIII asr o‘rtalarida

Yettisuvni tashlab Chu daryosi vodiysiga ko‘chib o‘tishgan. Bu yerda

“Qadimgi G‘uziya”

degan qarorgoh barpo qilgan o‘g‘uzlar IX asr boshlariga kelib,

qarluqlar

va

kimaklar

bilan

birlashib,

qang‘ar

-pecheneglarni

mag‘lubiyatga uchratishgan. So‘ng Sirdaryo va Orol

*

Anushtegin Garchoy

1077

1097-yillarda Xorazm hukmdori va Anushtegin xorazmshohlar sulolasi asoschisi. Rashid

ad-

din va Hofizi Abru qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Anushtegin turkiy qavmlardan kelib chiqqan va Bekdili o‘g‘uz

sulolasiga mansub bo‘lib, yoshligida u Garjistonda qul bo‘lgan, Saljuqiy amirlaridan biri Isfaxsalar Izz ad

-Din Onar

Bilge Tekin tomonidan sotib olingan. So‘ngra xizmat yuzasidan martabasi ko‘tarilib borgan va natijada sulton

Malikshoh hizmatigacha yetib kelib, “tashtdara” lavozimiga ega bo‘lgan. Ma’lum vaqtdan so‘ng Anushtegin

Malikshohning ishonchli insoniga aylandi. An’anaga ko‘ra, tashtdara lavozimi bilan bog‘liq barcha harajatlar

Xorazmdan keladigan soliq tushumlari hisobidan to‘langanligi sababli, Anushtegin 1077

-yilda Xorazm hukmdori

(mutasarrifi) etib tayinlangan.

*

Turkon Xotun (asli Terkan “Oliy nasabli” “zodagon oilaga xos”, “Xotun” –

malika).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

111

bo‘yini egallaganlar. O‘g‘uzlar Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqum

o‘rnashib bu hududda IX asr oxiri X asr boshlarida

O‘g‘uzlar

davlatiga asos solishgan.

IX asr oxirida

xazarlar

bilan

pecheneglarga

zarba berib, Ural va Volga daryolari oralig‘ini

ham egallaydilar. Pecheneglar bilan uzoq davom etgan urushlar o‘g‘uz qabilalari ittifoqini

siyosiy birlashishga olib kelgan.

O‘g‘uzlar tarkibiga Sirdaryo vohasi Orol

-Kaspiy dashtlaridagi qadimgi turklashgan

etnik komponentlar, hind-yevropa va fin-ugor tillariga mansub qabilalar Yettisuv va

Sibirning ko‘chmanchi hamda yarim ko‘chmanchi qabilalaridan

xalaj, jagra, charuk,

qarluq, imur, bayundur, qay

urug‘lari kirgan. O‘g‘uz guruhlari dastlab Yettisuvda

shakllangan, ammo ularning tarkibi g‘arbga siljishi oqibatida janubiy va g‘arbiy
Qozog‘iston hududlarining ko‘chmanchi va yarim o‘troq aholisi hisobiga to‘ldirilgan. Ular

sharqda

qarluqlar,

shimoliy-

g‘arbda

xazarlar,

shimoliy-sharqda

Emba daryosi

*

hududlari

bilan chegaralangan. Sirdaryo bo‘ylab Yangikent, Jand, Sig‘noq kabi shaharlarga borib

joylashgan. Poytaxt etib Yangikent tanlangan.

X asrda o‘g‘uzlar shimolda

qipchoqlardan

zarbaga uchragach, ular ikkiga bo‘linib

ketadi. Birinchi guruh g‘arbga tomon saljuqiy turklari nomi ostida janubiy Rossiya

dashtlariga, ikkinchi guruh Movarounnahr orqali janubi-

g‘arbga siljib saljuqiylar

boshchiligida Old Osiyo

*

mamlakatlariga istilochilik harakatlarini amalga oshirganlar.

Shu o‘rinda takidlab o‘tish joizki, XIII asrning birinchi choragida mo‘g‘ullar va

Anushtegin Xorazmshohlar davlatining siyosiy maydonida muhim rol o‘ynagan Dashti

Qipchoqlar ham dastlab 760-yildan boshlab qadimgi

turkiy

va

runiy

bitiklarida tilga olinadi.

Musulmon manbalarida esa arab geografi Ibn Xurdodbeh tomonidan

“Kitob al

-masolik va-l-

mamolik”

(“Yo‘llar va mamlakatlar haqida”)

asarida hijriy 232/846-847-yillarda tilga olingan

va VIII asrlardagi turk qabilalari ro‘yxatida eslatilgan. 656

-

yil G‘arbiy turk hoqonligi

yemirilganidan so‘ng qipchoqlarning katta guruhi Oltoydan Irtish bo‘yigacha bo‘lgan

yerlarda

kimaklar

tarkibida birlashadi. Ammo VIII oxiriga kelib kimaklardan ajralib chiqib

g‘arbga ko‘cha boshlagan. Lekin ulardan butunlay mustaqil bo‘la olmay

, baribir kimak

hoqonligiga qaram bo‘lib qoladi. Kimak hoqonligi yemirilgach qipchoqlar mustaqil bo‘ladi.
Ular endi O‘rta Osiyo va janubi

-sharqiy Yevropa bilan yaqin aloqalarga kirisha boshlaydi va

XI asr ikkinchi choragidan

qipchoq

qabilalari Sirdaryo, Orolbo‘yi hamda Kaspiybo‘yi

cho‘llaridan o‘g‘uzlarni siqib chiqara boshlaydilar. Mintaqada etnosiyosiy vaziyat o‘zgarishi

bilan

“Mafazat al

-

g‘uz”

(“O‘g‘uzlar cho‘li”)

o‘rnida Dashti Qipchoq nomi paydo bo‘ladi.

Shu bilan birga Dashti qipchoq jamiyatining shakllanish jarayonini uch davrga

bo‘lish mumkin

*

. Qipchoqlarning shakllanishiga ko‘plab

qang‘li

,

turkiy

tilli qabilalar

uran

(X asrda sharqiy Turkistondan kelib qolgan)

bayat, azkishi

va

turgashlar, qarluqlar,

*

Emba

Qozog‘istondagi daryo

. Ural, Sirdaryo, Ishim, Ili, Irtish va Tobol kabi suv oqimlari bilan bir qatorda eng

yiriklaridan biridir. Emba bir vaqtning o‘zida Qozog‘istonning ikkita viloyatini qamrab olgan: Atirau va Aqto‘be va

mamlakatni Osiyo va Yevropa qismlariga ajratuvchi uning kanali hisoblanadi.

*

Old Osiyo,

o‘lkasi Kichik Osiyo yarimoroli, Armaniston va Eron tog‘liklarini o‘z ichiga oladi. Bu o‘lka shimolda Sharqiy

Yevropa, Sharqda Orta Osiyo, janubi sharqda Janubiy Osiyo, janubda Janubi-

g‘arbiy Osiyo o‘lkalari bilan chegaralanadi.

*

Birinchi davr

kimak qabilaviy ittifoqining tashkil topishi bilan bog‘liq bo‘lib, qipchoqlar ittifoq tarkibida VIII asrning

ikkinchi yarmidan to VIII asr oxirigacha muhim o‘rin tutgan. Ikkinchi davr –

VIII asr oxiridan to XI asr boshlarigacha davom

etgan. Bu davrda qipchoqlar Oltoy va Irtishdan to janubiy-

ural tog‘lari va Volgagacha bo‘lgan hududlarga tarqalgan.

Bu davrda qipchoqlar kimaklar, qumanlar bilan etno-

siyosiy aloqalarga kirishgan. Qipchoq etnosi ko‘plab urug‘ va qabilalar

bilan qondoshlik orqali emas, balki hududiy xo‘jalik munosabatlar prinsipida shakllangan. Uchinchi davr –

XI asr oxiridan

XIII asr boshlarigacha davom etib, Qipchoq xonlarining qudrati o‘sib borgan, qachonki hokimiyat yelbori (sharqiy)

urug‘larining sulolaviy xon hokimiyati legitimatsiyasi kuzatiladi. XI–

XII asrlarda qipchoq konfederatsiyasi tarkibi juda qiyin

kechgan. Qipchoq jamiyatiga qipchoqlardan tashqari turkiy tilli kimaklar, qumanlar, qadimgi boshqird, o‘g‘uz qabilalari,

hamda turkiylashgan, yoki ikki tilli eroniy tilli etnik qatlamning elementlari qo‘shilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

112

chig‘illar

ta’sir ko‘rsatgan. Qipchoqlar siyosiy qudratining o‘sishi, qabilalar va etnik

guruhlar qipchoqlar hukmronligining yagona etnosga bog‘liq ekanligini tushinib qipchoq

etnonimini qabul qilganlar.

Qipchoq ko‘chmanchi bekliklari

XIII asr boshlarigacha mavjud

bo‘lgan, ularning xalq sifatida shakllanishining tugallanishini mo‘g‘ul bosqini to‘xtatib

qolgan.

Shu boisdan, Xorazmshohlar davlatining volidasi hisoblangan Turkon Xotun dashti

qipchoqlarning qaysi urug‘iga mansubligi haqida manbalarda turlicha qarashlar

keltirilgan. Masalan, Shihob ad-Din Muhammad an-Nasaviy

Bayot urug‘ining Emek

qabilasidan ekanligini ta’kidlasa, Juvayniyda

Qang‘li,

Abulg‘oziyda

Qiniqli,

Juzjoniyda esa

Qipchoqlardan

ekanligi haqida aytiladi. Manbalardagi bu kabi farqli ma’lumotlar

mavjudligi tufayli mahalliy tadqiqotchilardan S.

Ulashova o‘zining izlanishlarida Turkon

Xotun qipchoqlarning

Bayot

urug‘idan ekanligi haqidagi fikrni ilgari surmoqda.

Ma’lumki, Turkon Xotun turk hukmdorlaridan birining hukmdori

Konkishining

qizi

bo‘lib, el

-

Arslonning o‘g‘li Takesh

*

bilan davlatning siyosiy manfaatlari yo‘lida

nikohlanadilar. Buning natijasida hokimiyat Muhammad Xorazmshohga Takeshdan

1220-

yilda meros bo‘lib o‘tgach,

Emek, Uroniy, Qarluq, Ug‘rak

va

Xalaj

kabi yirik qabilalar

uning davlati tarkibiga kelib qo‘shiladilar. Muhammad Xorazmshoh davrida

Dashti

Qipchoq

urug‘larining Anushtegin Xorazmshohlar davlatidagi ta’siri kuchayadi.

Davlatning ichki va tashqi boshqaruvida foydali hamda zararli tomonlari ko‘zga tashlana

boshlaydi. Jumladan, 1208-

yildagi Qang‘li raisi

*

Qodirxon va Kezlikxonning ko‘targan

isyoni; 1218-

yil Xorazmshohning qang‘li

-

qipchoqlardan tashkil topgan qo‘shini bilan Jo‘ji

o‘rtasida jang; 1218

-

yildagi O‘tror fojiasi va shohning bu hodisa qarshisidagi pozitsiyasi.

Albatta Takesh davrida ham Turkon Xotunning davlatdagi mavqeyi yetarlicha baland

bo‘lgan, biroq hali davlat ishlariga aralashish darajasida emas edi. Aynan Muhammad

Xorazmshohning hukmronlik davriga kelib davlatning aksariyat amaldorlari Turkon

Xotunning urug‘idan ekanligi, uning Xorazmshohlar davlatidagi mavqeini yanada oshirdi.

Natijada Turkon Xotun mamlakatni boshqara boshladi

*

. Aniqroq aytganda, uning davlat

ishlariga aralashuvi Qoraxitoylar xoni Gurxon Xorazmshohlar diyoriga soliq yig‘ish uchun

elchi sifatida vaziri

Mahmud-Toyni

*

yuborganda boshlandi. Bunda Turkon Xotun paytdan

foydalanib elchilarni sharaf bilan qabul qilib yaxshi kutib oladi. Ammo Juvayniyning
yozishicha,

Mahmud-Toy

o‘z yurtiga qaytgach, hukmdoriga Muhammad Xorazmshoh haqida

salbiy fikr bildirganligini aytib o‘tadi. Juvayniy elchilar bilan bo‘lgan jarayonda Muhammad
Xorazmshohning Qipchoq safariga tayyorgarlik ko‘rayotganligi bois, elchilar bilan muzokara

olib borishni o‘z ixtiyori bilan Turkon Xotunga topshirganligi haqida ma’lumot beradi. Aslida

*

To‘liq ismi Alouddin Takesh ibn el

-Arslon ibn Otsiz ibn Anushtegin (1152

–1200) anushteginiylar sulolasidan bo‘lgan

Xorazmshohlar davlatining hukmdori (1172

1200-yil) Takesh otasi el-

Arslon o‘limi arafasida Jand viloyati voliysi bo‘lib

turgan,shuning uchun el-

Arslon kenja o‘g‘li Sultonshohni valiaxd qilib tayinlaydi. Takesh Sultonshohni tan olmaydi va

ukasi bilan 20 yil davomida taxt tuchun kurash olib boradi. Takesh 1172-yil 11-dekabrda xalqning madadi bilan

rasman Xorazm taxtiga o‘tirgan.

*

Rais (arabcha

rahbar, sardor)

Shahar hokimi.

*

Xorazmshohlar davlatining tarixida Sulton Muhammad hukmdorligi davrini o‘rganar ekanmiz, unda Turkon

xotunning yetakchi ro‘l o‘yanaganligini, uning buyruq va maslahatlari Sulton tomonidan so‘zsiz bajarilganligini

kuzatish mumkin. Mantiqan olib qaraganda, Turkon Xotun mamlakatda ikkinchi, ehtimol, birinchi shaxs bo‘lgan deyish

mumkin. Chunki, Sulton Muhammadning farmon yoki topshiriqlari onasi tomonidan muhokama qilinmasdan rad

etilgan paytlar ham ko‘p bo‘lgan.

*

Mahmud-

Toy, Gurxonning bosh vaziri bo‘lib, Toy

-

tog‘a ma’nosini bildiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

113

Gurxonning maqsadi birinchidan, Xorazmshoh bilan G‘ur sultoni Shihob ad

-Din

*

o‘rtasidagi

jangda Xorazmshohga 10 ming askar yuborib yordam berganligi uchun unga itoat etishini,

ikkinchidan, Otsiz davridan Qorqxitoylarga to‘lanadigan soliqni to‘lashdan Xorazmshoh bosh

tortayotganligi uchun uning kuch-

qudratga to‘lib borishini istamasligi edi. Muhammad

Xorazmshoh esa o‘z davlatini Qoraxitoylar itoatidan to‘laqonli mustaqil etishni va Gurxonni

mag‘lub etishni maqsad qilganligi bois, elchilarni Turkon Xotun ixtiyoriga topshigan edi.
Nazarimizda, shu voqeadan so‘ng Turkon Xotun mamlakatda ikkinchi darajali

“hukmdor”

ga

aylana boshlagan.

Turkon Xotun bu vaqtda allaqachon Gurganjda o‘z qarorgohi hamda o‘z iqto

*

mulkiga ega edi. Mazkur mulklar nihoyatda katta bo‘lib, asosan Xorazmshoh biror

mamlakatni bosib olishi bilan onasi va uning atrofidagilarga hududlarni ajratib berishi

natijasida to‘plangan edi. M.Gurbuz ham Volida asosan davlatning ichki va tashqi
ishlariga mas’ul bo‘lib, o‘ziga tegishli saroy va devoni bo‘lgani haqida ta’kidlaydi. Shu

tariqa asta-sekin davlatning moliya

*

ishlarini ham o‘zi boshqara boshlagan. “Olam

hukmdori”

(“Xudovand

-

i Jahon”)

maqomiga ega bo‘lgan, Turkon Xotunning kotiblari

yettita

(“Kuttab al

-

insho”)

bo‘lgan. Farmonlari uchun shaxsiy

tug‘rasi

bo‘lib, u “Tinchlik va

iymon himoyachisi, Buyuk Terken, ikki dunyo ayollarining bekasi” (

“Ismat ad

-Dunya

va-

d Din Ulug‘

-Terken Malika niso al-

ag‘a

-

main”

) deb nomlangan. Uning doimiy shiori,

“Men faqat Allohdan panoh tilayman” (“i’tasamtu bi

-

llahi”)

naqlida bo‘lgan.

Turkon Xotun saltanat hazinasini o‘zi istagancha sarflash huquqiga ham ega bo‘lgan.

Xatto, Nasaviy orqali bizga uning tez-

tez yashirin vaqtichog‘lik ziyofatlarini tashkil

qilganligi ham ma’lum bo‘ladi. Ba’zida Xorazmshohning buyruq va farmonlari Turkon
Xotun tomonidan muhokama qilinar, hatto bekor qilinib o‘z kuchini yo‘qotgan vaqtlari ham

bo‘lgan. U o‘z qabilasiga mansub bo‘lgan davlat amaldorlarini doim himoya qilgan va ular
boshqaruvida so‘z sohibi hisoblangan. Ularni

“ajamiylar”

*

deb ham atashgan,

Turkon Xotun davlatni Xorazmshoh ortidan turib boshqarishni emas, balki ikkinchi

“hukmdor”

sifatidagi boshqaruvni afzal ko‘rgan va bu esa davlat ichida qarama qarshi

kuchlarni yuzaga keltirgan. U doim qipchoq urug‘idan bo‘lgan amaldorlarga suyanib ish
ko‘rgan. Bevosita davlatning yuqori qatlami hisoblangan shayxlarni ham o‘z tarafiga

og‘dirishga harakat qilgan va buning uddasidan chiqqan ham. Onasining ichki siyosatdagi

xatti-harakatlarini sezgan Xorazmshoh 1216-yilda u bilan til biriktirgan shayx Majid ad-

Din Bag‘dodiyni qatl ettiradi. Majid ad

-

Din Bag‘dodiy Kubroviya so‘fiylik tariqatining

asoschisi shayx Najm ad-

Din Kubroning shogirdi bo‘lib, onasining hiylasiga javoban

qilingan bu ishi davlatdagi butun din vakillarini o‘ziga qarshi qilishiga qaratilgan edi.
Shohning bu ish yuzasidan bergan farmoniga nisbatan o‘z davri manbalari va

tadqiqotchilari tomonidan turli fikrlar bildiriladi. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek Turkon
Xotun o‘z shayxi bilan Xorazmshohga bir kecha qasd qilganligi uchun onasiga achchiq

qilib qasddan qatl ettirishga farmon berganligini aytadi. Zamonaviy tadqiqotlarda,

*

G‘uriylar –

Suriylar xonadoniga mansub G‘ur sultonlari sulolasi (1148–1206) yilgacha hukmronlik qilgan. G‘uriylar

sulolasining eng mashhur vakili Shihob ad-

Din bo‘lib, garchi 1203

-

yilgacha G‘uriy davlatining oliy hukmdori rasman

G‘iyosiddin G‘uriy bo‘lsa

-da, amalda butun hokimiyat ukasi Shihob ad-

Din qo‘lida bo‘lgan.

*

Iqto, Iqto‘, Iqta (arabcha) –

Movarounnahr, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarida o‘rta asrlarda hukmdor tomonidan

katta xizmatlari evaziga in’om qilingan chek yer. Iqto egasi iqtodor deb atalgan.

*

Moliya

markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta

taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.

*

Ajam

arablardan boshqa sharq xalqlarining umumiy nomi. Shuningdek, arablar yashaydigan sharq mamlakatlari,

xususan, Turon, Eron ham “Mulki ajam” deb yuritilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

114

xususan V.V.

Bartoldda, Turkon Xotunning o‘z shayxi bilan siyosiy emas balki aynan

ishqiy munosabatda bo‘lganligi uchun Xorazmshoh uni o‘limga buyurganligini aytib
o‘tadi. M.Gurbuz esa Shohning shayxda shaxsiy adovati bo‘lganligi uchun o‘ldirganligini

ta’kidlaydi. Ma’lum bo’lganidek, Xorazmshohlar davlatining ichki siyosatida Muhammad
Xorazmshoh bilan Turkon Xotun o‘rtasidagi siyosiy to’qnashuv sabablaridan biri sifatida,

Turkon Xotun va Majid ad-

Din o‘rtasidagi ishqiy munosabatdan voqif bo‘lganidan so‘ng

boshlanganligi haqidagi qarashlar mavjud. Ammo manbalarni o‘rganish davomida,

Volidaning xiyonatini aniq tasdiqlovchi dalillar uchramadi. Shu boisdan, zamonaviy

tadqiqotchilar o‘rtasida ushbu haqidagi fikrlar turlicha.

Fikrimizcha, bunda Turkon Xotunning asl maqsadi hokimiyatda Qipchoq

urug‘ining hukmronligini to‘la o‘rnatish bo‘lgan. Shu boisdan, davlatning

shayxulislomlarini shu hiyla yo‘li bilan o‘g‘liga qarshi qilgan. Uning amaldagi harakatlari
o‘z natijasini ko‘rsatdi ham, albatta. Buning sababini Xorazmshohning 1217

-

yil Bag‘dodga

qo‘shin tortishiga shayxlar va amirlar tomonidan bo‘lgan qarshiliklarda ko‘rishimiz

mumkin. Xususan Ibn al-

Asirda bu voqealardan so‘ng Muhammad Xorazmshoh bor yo‘g‘i

15000 otliq bilan yurish boshlaganligi aytiladi.

Muhammad Xorazmshohning Bag‘dodga qo‘shin tortishining sabablari ham

tadqiqotchilar tomonidan turlicha baholanadi. Masalan, V.V. Bartold, Xorazmshoh

Bag‘dodning o‘zida uning nomiga hutba o‘qilishini, ya’ni xalifaning dunyoviy hokimiyatdan

Xorazmshoh foydasiga voz kechishini talab qilgan. Aynan Takeshning maqsadi ham

shunday bo‘lgan degan fikrni bildirgan. E.V.

Rtveladze esa Xorazmshoh

“Iskandar as

-

soniy”

(“Ikkinchi Iskandar”)

va

“Sanjar”

(“Sulton Sanjar”)

unvonlarini olganidan so‘ng, u xalifalikni

Bag‘doddan Movarounnahrga ko‘chirishga qaror qilganini va shu boisdan xalifalikka

qo‘shin tortganligini aytadi. Z.M.

Buniyatov Xorazmshohning maqsadi, Bag‘dodni egallab

xalifani taxtdan ag‘darish hamda davlat sarhadlarini yanada kengaytirishdan iborat bo‘lgan

deb ta’kidlaydi. O‘z davri tarixchisi Nasaviyda esa Xorazmshoh Iroq mamlakatini to‘la
bo‘ysundirgandan so‘ng Bag‘dodga yurish qilishni maqsad qilganini yozib, bu yurish

sababini Shihob ad-Din as-Suhravardiyning

*

elchilik faoliyati muvaffaqiyatsiz

yakunlanganligi va xalifadan g‘azablanganligi bilan izohlaydi. Ibn al

-Asir, Muhammad

Xorazmshoh uning nomidan Bag‘dodda va’z o‘qilishini va Sultonlik unvonini olishni orzu
qilgan deb takidlagan. Fikrimizcha, Xorazmshohning xalifalikka qo‘shin tortishidan

maqsadi asosan, Sultonlik maqomini qo‘lga kiritish va Buyuk Ipak yo‘lida o‘z hukmronligini
o‘rnatish bo‘lgan. Chunki, bundan avval ham Takesh huddi shunday Bag‘dod halifasidan

Sultonlik hutbasini olish maqsadida qo‘shin tortgan edi.

Xorazmshohning Bag‘dodga qilgan xarbiy yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragach,

1218-

yil fevral oyida Nishopurga yetib keladi. So‘ng darhol xalifa

an-Nosir

nomini

hutbadan chiqarib tashlashni buyuradi va xalifaning vafot etganini e’lon qiladi. Marvning

boshqa shaharlarida ham huddi shunday qilingan bu farmon

Balx, Buxoro

va

Saraxsda

ijro etilib, faqat

Xorazm, Samarqand

va

Xirot

bundan mustasno bo‘lgan. Chunki bu

shaharlar Turkon Xotunning buyrug‘iga bo‘ysinib, Muhammad Xorazmshohning qudrati

deyarli tan olinmagan.

*

Shixobiddin Abu Xafs as-Suxravardiy 1145

1234-

yillarda yashagan. Bag‘dod so‘fiylarining boshlig‘i, shayxlar shayxi

bo‘lib, Muhammad Xorazmshoh huzuriga elchi bo‘lib kelishi va Shixobiddin as

-Suxravardiyning elchilik faoliyati

muvoffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng xalifa an

-

Nosir Bag‘dod himoyasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.

Xorazmshohning yurishi 1217-yilning kuzida boshlanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

115

Turkon Xotun va Muhammad Xorazmshohning davlat boshqaruvidagi

maqsadlarining o‘zaro zidligi mamlakatda jiddiy ichki kurashlarni keltirib chiqargan.
Shunday bo‘lsada, Xorazmshoh onasiga kattayu

-kichik ishlarda ham, jiddiy va

ahamiyatsiz ishlarda ham ikki sababga ko‘ra qarshi chiqmagan. Birinchidan, onaga
bo‘lgan muhabbat va hurmat bo‘lsa, ikkinchidan, davlat amirlarining aksariyati onasining

urug‘iga mansubligi. Shu bois manbalarda, Xorazmshohning sobiq vaziri

Nizom al-Mulk

Muhammad ibn Nizom al-

Mulk Bahouddin Mas’ud al

-Xaraviy

mansabidan

chetlashtirilgandan so‘ng Turkon Xotunning iltimosiga ko‘ra,

Nizom-al-Mulk

va

Nosir ad-

Din

unvonlarini olgan volidaning sobiq g‘ulomining o‘g‘li Muhammad Solihni vazir etib

tayinlaydi. Nasaviyda xatto Xorazmshoh bu lavozimga kimni qo‘yish kerakligi to‘g‘risida
onasidan maslahat so‘raganligi haqida aytiladi.

Tabiiyki, Nosir ad-

Din Turkon Xotunning buyrug‘iga bo‘ysungan. O‘g‘lining

atrofidagi sodiq davlat vakillarini o‘g‘lidan uzoqlashtirish maqsadida Nosir ad

-Dinning

qo‘li bilan Xorazmshoh va Nishopur qo‘shin qozisi

*

Sadriddin al-Jandiy

*

o‘rtasiga doimo

nifoq solib yurgan. Sadr ad-

Dinning qozilik lavozimiga qo‘yilishi va ozod qilinishi

o‘rtasida bir kun yoki ikki kun o‘tgan. Turkon Xotun va vazir tomonidan Xorazmshohga
suiqasd uyushtirilgandan so‘ng Xorazmshoh vaziriga:

“O‘z ustozingning eshigiga yo‘qol”

deb uni onasining yoniga jo‘natadi.

Nizom al-Mulkning

Nishopurdan Xorazmga kelishi Volida tomonidan tantanali

kutib olinib. U Xorazmda ham Xorazmshohga qarshi ishlarini davom ettiradi. Ya’ni Nosir

ad-Din Karim ad-Din at-

Toyfuriyni huzuriga chaqirib katta miqdorda pul to‘lashga

majbur qiladi. Karim ad-Din esa bu paytda Xorazm viloyatlaridan birida Xorazmshohning

amili

*

bo‘lgan. Bu vaziyat yuzasidan Karim ad

-Din Movarounnahrga borib Xorazmshohga

Nosir ad-Din ustidan arz qiladi. Xorazmshoh esa Xorazmga Iz ad-

Din Tug‘rul

boshchiligida qo‘shin yuborib Nosir ad

-Dinning boshini olib kelishi haqida farmon beradi.

Tabiiyki, Turkon Xotunning rejasi asosida amalga oshirilayotgan bu ishlar natijasi o‘laroq,

Volida Nosir ad-

Dinning mavqeyi va darajasini yanada mustahkamlab qo‘yadi. Ya’ni,

Nosir ad-Dinga Xorazm hukmdori taxtining valiaxdi, Qutb ad-

Din O‘zloqshohning

*

vaziri

lavozimini topshirib uning shaxsiyatini dahlsiz qilib qo‘yadi. Volida esa Nosir ad

-Dinning

boshini olishga kelgan Iz ad-Dinga devonxonada Xorazmshohning Nosir ad-Dinga
salomini yetqazishini va uning nomidan:

“Mening sendan bo‘lak vazirim yo‘q. Sen o‘z

devoningning boshchisi bo‘lib qol. Mening mulkimda hech kim sening yorliqlaringga qarshi
chiqolmaydi va hukmronligingni rad eta olmaydi” –

degan so‘zlarni naql ettiradi.

Fikrimizcha, bu jarayonlarning natijasi o‘laroq qipchoqlarning yo‘lboshchisi sifatida
Turkon Xotun davlatda o‘z hukmronligini o‘rnatishga harakat qilishi tabiiy hol edi.

*

Xorazmshohlar qo‘shinida ham saljuqiylardagi singari qo‘shin qozisi bo‘lgan. Ular qo‘shin ichidagi diniy

-huquqiy

ziddiyatlarga barham berganlar.

*

Rukniddin al-Mugisiy

Nishopur qozisi bo‘ib, qo‘shin qozisi esa Sadriddin al

-Jandiy edi. Sadr ad-Dinning xorazmshoh

bilan yaqinligi ajdodlarining hizmatlari tufayli edi. Ular Xorazmshoh Takesh Jandda paytida xizmatida bo‘lgandilar.

Sadr ad-

Din, yuqorida ko‘rsatilgan imkoniyatlardan tashqari, yaxshi notiq, tashqi ko‘rinishidan olijanob odam edi.

*

Amil

Voliy degani. Xorazmda u shunday nomlangan. Xorazmshohlar davlatidagi mansablar Saljuqiylarnikidan

keskin farq qilgan. Amil

soliq yig‘uvchi manosini bildirgan, Voliy esa Sultonning viloyatidagi hukmdori. Hukmdor

bilan soliq yig‘uvchi o‘rtasida katta farq bor.

*

Qutb ad-

Din O‘zloqshoh, Muhammad Xorazmshohning kenja o‘g‘li. Onasi bayot qabilasidan bo‘lgan, Turkon Xotunning

sevimli nabirasi uning istagi bilan Xorazmshoh O‘zloqshohni o‘ziga valiaxd qilib belgilab, Xorazm, Xuroson va

Mozandaronni bergan edi. Farmonlarini tasdiqlash uchun unga laqab emas, quyidagi tarzda “Islom amirlarining

yordamchisi, Sulton Sanjarning o‘g‘li Sulton Abul Muzaffar O‘zloqshoh” degan nom berilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

116

Xorazmshoh Nosir ad-

Dinni lavozimidan chetlashtirgandan so‘ng vazirlik ishlarini

bajarishni oltita vakildorga topshirgan, ammo Xorazmshohning bu tizimdagi islohoti o‘z

natijasini ko‘rsatmagan. Chunki tashqaridan davlatga mo‘g‘ullarning bosqini vaqti

yaqinlashib qolgan edi.

Mo‘g‘ullar 1215

-

yilda Pekinni fath etganidan so‘ng, Xorazmshohlar

davlatini bosib olishni maqsad qiladilar. Chingizxon bu davlatni qilich bilan yenga olishi

mushkul ekanligini yaxshi bilardi, shu bilan birga Xorazmshohlar davlatining ichki

siyosatidagi bosh-

boshdoqlikdan ham xabardor edi. Cingizxon diplomatiya yo‘li bilan

Xorazmshohni tuzoqqa tushirishni rejalashtirgan bu rejasi, Turkon Xotun vositachiligida

amalga oshirildi. 1218-

yil O‘trorda yuz bergan voqea sababli, Turkon Xotun Chingizxon va

Xorazmshoh o‘rtasidagi aloqalarni keskinlashtirib yuborganligining oqibati Xorazmshohlar

davlatining tarix sahnasidan o‘chirib yuborishiga olib keldi.

Mo‘g‘ullar rasman Xorazmshohlar davlatiga kirib kelganidan so‘ng, ichki

boshqaruvda ikkiga bo‘linib ketgan davlatni birlashtirib mo‘g‘ullarga qarshi jang

qilishning iloji yo‘q edi. Shu boisdan, Xorazmshoh davlatni tark etgandan so‘ng, Turkon

Xotun ham mo‘g‘ullardan qutilish uchun

Ilol

*

qal’asiga qochar ekan, Xorazmda asirlikda

bo‘lgan Qipchoq bo‘lmagan urug‘ hukmdorlarini o‘ldirishga farmon beradi. Ularning

orasida

Sulton Tug‘rul as

-Saljuqiyning

o‘g‘li ham bor edi.

J

uvayniyning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mo‘g‘ul askarlari tomonidan asir olingan

Turkon Xotun o‘g‘illari, qizlari va Nosir ad

-Din bilan birga Toliqonda

*

turgan Chingizxon

huzuriga olib borilgan. Hijriy 618/1221

1222-

yilda uning buyrug‘iga ko‘ra, Nosir ad

-Din

qiynab o‘ldirilgan, Xorazmshohning o‘g‘illari ham qatl ettirilgan, qizlari va singillari esa

Chingizxonning o‘g‘illari hamda yuqori lavozimdagi amaldorlariga hadya etilib, Turkon

Xotun Qoraqurumga olib ketilgan. U 630/1232

1233-

yillar oralig‘ida vafot etgan.

Nasaviy

ham Turkon Xotunning Chingizxon qo‘lida kechgan

asirlikdagi umrining oxirgi yillari haqida

ma’lumot bergan. Yuqorida ko‘rsatilgan mazkur sabablarga ko‘ra, o‘rta asrlarda hukmronlik

qilgan buyuk Xorazmshohlar davlati shu tarzda parchalanib ketgan.

XULOSA

Anushtegin Xorazmshohlar davlatining parokanda bo‘lishiga olib kelgan asosiy

sabablardan biri sulola tarkibidagi urug‘kashlik bo‘ldi. Bunday urug‘chilik munosabatlari

o‘z navbatida Turkon Xotun va Muhammad Xorazmshoh o‘rtasidagi ochiq hamda yopiq

dushmanchilikka olib keldi. Bu esa keyinchalik Turkon Xotunning dashti qipchoqlar

boshlig‘i sifatida davlatda mutlaq hokimiyatni qo‘lga kiritish maqsadi, nafaqat Volida

balki butun Qipchoq urug‘iga mansub bo‘lgan yuqori mansab vakillarining ham oliy

maqsadiga aylanishiga olib keldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ahmadali Asqarov. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. –

Toshkent:

“Universitet”, 2007. –

340 b.

2.

Alimova R.R. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (O‘rta asrlar). –

Toshkent: ToshDSHI,

2013.

180 b.

3.

Bekmuradov S.T. “Al

-Mulhakat Bi-S-

Surah” and Translations with Notes of the

Chapter about History of Mongols // International Journal of Central Asian Studies.

Volume 22. 2018.

P. 171-192.

*

Nasaviyda yozilishicha, Ilol qal’asi Sori

daryosining yuqori qismida joylashgan. Juvayniyda yozilishicha, Turkon Xotun

Sulton oilasining va boyliklarining bir qismini Tehron yaqinidagi Larijon qal’asiga jo‘natganligi aytiladi.

*

Toliqon

XII asr manbalarida Xurosonning alohida viloyati tarzida qayd etilgan va unga birqancha Shahar va

qishloqlar qaragan Toliqon qal’asi o‘rta asrlarda Mansurko‘h yoki Nusratko‘h deb nomlangan. U juda mustahkam

bo‘lib, XIII asrda Chingizxon qo‘shinlari uni kuch bilan egallay olmay, 7 oy qamal qilib olishga majbur bo‘lishgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

117

4.

Bekmuradov S.T. “ТАВАРИХ

-

И ГУЗИДА –

НУСРАТНОМА” АСАРИ МАРКАЗИЙ

ОСИЁ ТАРИХИ ҲАҚИДА МАЪЛУМОТ БЕРУВЧИ МАНБА СИФАТИДА // Oriental

Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Volume 2, issue 8.

2022.

P. 133-143.

5.

Bekmuradov S.T. Chig‘atoy ulusi boshqaruvi legitimligida islomning ahamiyati

// Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume 9,

issue 5.

2021.

P. 708-720.

6.

Bekmuradov S.T. Chig‘atoy ulusida ilk boshqaruv shakli // Oriental Renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences. Special issue 5.

2021.

P. 249-265.

7.

Bekmuradov S.T. History of the Chigatay Nation in Arabic Sources // International

Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD).

P. 56-59.

8.

Bekmuradov Sandjar Tursunmamatovich, Muxtorova Gulhayo Alisher qiz,

CHINGIZXON VA SULTON XORAZMSHOX MUNOSABATLARI TARIXIDAN // Educational

Research in Universal Sciences. VOLUME 2, ISSUE 12.

2023.

P. 134-143.

9.

Peter B. Golden. Central Asia in World History. Oxford: Oxford University Press,

2011.

193 p.

10.

Абу Абдуллох аш

-

Шоший. Мўғул босқини ёҳуд мусулмонларнинг қонли

кечмиши. –

Рабвах: Islamic Propagation office, 2012. –

369 б.

11.

Алоуддин Атомалик Жувайний. Тарихи жаҳонгушо (Жаҳон фотиҳи

тарихи)/ Алоуддин Атомалик Жувайний; масъул муҳаррирлар Ҳ.Болтабоев,

М.Маҳмудов. –

Тошкент: “MUMTOZ SO ‘Z”, 2015. –

504 б.

12.

Арипова З. Ўрта асрларда Марказий Осиё

Миср муносабатлари, илмий

рисола

.

Тошкент

:

“Ўзбекистон халқаро ислом академияси”

, 2021.

Б.

48.

13.

Бартольд

В.В.

Работы по истории и филологии тюркских и монгольских

народов

.

Сочинения.

Т.

IX.

Москва:

Наука,

1968.

759 с.

14.

Бартольд

В.В.

Туркестан

в

эпоху

монгольского

нашествия.

Сочинения.

Т.

I.

Москва:

Издательство

восточной

литературы,

1963.

760 с.

15.

Баҳодирхон А. Шажарайи турк: Ўрта ва катта мактаб ёшидаги болалар

учун /Масъул

муҳаррир ва сўзбоши муаллифи Б.А.Аҳмедов

.

Тошкент: Чўлпон

,

1990.

192 б.

16.

Буниётов З.М. Ануштегин

-

Хоразимшохлар давлати (1097

-1231) /

Рус

тилидан Ашраф Аҳмад ва Маҳкам Маҳмуд таржимаси. –

Тошкент: Ғофур Ғулом

номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1998. –

256 б.

17.

Буниятов З.М. Избранные сочинения в трех томах

.

Т

. 3.

Баку: Элм, 1999

.

376 с

.

18.

Гурбуз М

.

Хоразмшоҳларда давлат ташкилоти, иқтисодий ва маданий

ҳаёт / Н.Раҳим

таржимаси

.

Урганч: “Огаҳий”

, 2022.

304 б

.

19.

Далай

Ч. Монголия в XIII

-

XIV веках.

/

Отв. ред

.

Б.П.Гуревич.

Москва:

Наука

, 1983.

232 с.

20.

Жабборов И. Буюк Хоразмшохлар давлати: (Қадимий тарих саҳифалари).

// Масъул муҳаррир: С.К.Камолов. –

Тошкент: “Шарқ”, 1999. –

144 б.

21.

Жумадил А.К

.

Военное дело кочевников Евразии: историографи

-

ческий

анализ: монография / А.К. Жумадил. –

Алматы: Казак университету

, 2014.

272 с.

22.

Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия

босқинига қадар). –

Тошкент: “Шарқ”, 2000. –

368 б.

23.

Ибн ал

-

Асир. Ал

-

Камил фи

-

т

-

Тарих. Полный свод. Пер. с арабского языка,

примечания и комментарии П.К.Булгакова, доплнения к переводу, примечаниям и

коментариям, введение и указатели Ш.С.Камолиддина. –

Ташкент: УЗБЕКИСТАН,

2006.

560 с.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2024) / ISSN 2181-1415

118

24.

Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Т. III. / Таржимон ва нашрга

тайёрловчи С.М.Муталлибов. –

Tошкент: ЎзФА нашриёти, 1960. –

250 б.

25.

Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи (

Британия музейи (Англия) қўлёзмаси.

инв. № АDD 26190

: Тарих

-

и арбаъ улус). –

Тошкент: Чўлпон, 1994. –

352 б.

26.

Ртвеладзе

Э.

Хорезм в истории государственности Узбекистана

.

Ташкент:

Издательство “Узбекистан файласуфлари миллий жамияти”

, 2013.

336 с.

27.

Ўзбекистон тарихи. Хрестоматия. 2

-

жилд, 1

-

ктиоб. Илк ўрта асрлар

манбалари. –

Тошкент, 2013. –

508 б.

28.

Улашова С

. XIII-

XV асрларда Мовароуннаҳрдаги этник жараёнлар.

Монография. –

Тошкент: “Firdavs

-

Shoh” нашриёти, 2023. –

205 б.

29.

Шиҳобиддин Мухаммад ан

-

Насавий. Султон Жалолиддин Мангуберди

ҳаёти

.

Тошкент: Ўзбекистон; Ёзувчи, 1999. –

432 б

.

30.

Чингиз

-

хан и Чингизиды. Судьба и власть // Турсун Икрамович

Султанов. –

М.: АСТ: АСТ МОСКВА, 2006. –

445 с.

Bibliografik manbalar

Ahmadali Asqarov. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. – Toshkent: “Universitet”, 2007. – 340 b.

Alimova R.R. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (O‘rta asrlar). – Toshkent: ToshDSHI, 2013. – 180 b.

Bekmuradov S.T. “Al-Mulhakat Bi-S-Surah” and Translations with Notes of the Chapter about History of Mongols // International Journal of Central Asian Studies. Volume 22. 2018. – P. 171-192.

Bekmuradov S.T. “ТАВАРИХ-И ГУЗИДА – НУСРАТНОМА” АСАРИ МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИ ҲАҚИДА МАЪЛУМОТ БЕРУВЧИ МАНБА СИФАТИДА // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Volume 2, issue 8. – 2022. – P. 133-143.

Bekmuradov S.T. Chig‘atoy ulusi boshqaruvi legitimligida islomning ahamiyati // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume 9, issue 5. – 2021. – P. 708-720.

Bekmuradov S.T. Chig‘atoy ulusida ilk boshqaruv shakli // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Special issue 5. – 2021. – P. 249-265.

Bekmuradov S.T. History of the Chigatay Nation in Arabic Sources // International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD). – P. 56-59.

Bekmuradov Sandjar Tursunmamatovich, Muxtorova Gulhayo Alisher qiz, CHINGIZXON VA SULTON XORAZMSHOX MUNOSABATLARI TARIXIDAN // Educational Research in Universal Sciences. VOLUME 2, ISSUE 12. – 2023. – P. 134-143.

Peter B. Golden. Central Asia in World History. Oxford: Oxford University Press, 2011. – 193 p.

Абу Абдуллох аш-Шоший. Мўғул босқини ёҳуд мусулмонларнинг қонли кечмиши. – Рабвах: Islamic Propagation office, 2012. – 369 б.

Алоуддин Атомалик Жувайний. Тарихи жаҳонгушо (Жаҳон фотиҳи тарихи)/ Алоуддин Атомалик Жувайний; масъул муҳаррирлар Ҳ.Болтабоев, М.Маҳмудов. – Тошкент: “MUMTOZ SO ‘Z”, 2015. – 504 б.

Арипова З. Ўрта асрларда Марказий Осиё – Миср муносабатлари, илмий рисола. – Тошкент: “Ўзбекистон халқаро ислом академияси”, 2021. – Б. 48.

Бартольд В.В. Работы по истории и филологии тюркских и монгольских народов. Сочинения. Т. IX. – Москва: Наука, 1968. – 759 с.

Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Сочинения. Т. I. – Москва: Издательство восточной литературы, 1963. – 760 с.

Баҳодирхон А. Шажарайи турк: Ўрта ва катта мактаб ёшидаги болалар учун /Масъул муҳаррир ва сўзбоши муаллифи Б.А.Аҳмедов. – Тошкент: Чўлпон, 1990. – 192 б.

Буниётов З.М. Ануштегин-Хоразимшохлар давлати (1097-1231) / Рус тилидан Ашраф Аҳмад ва Маҳкам Маҳмуд таржимаси. – Тошкент: Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1998. – 256 б.

Буниятов З.М. Избранные сочинения в трех томах. Т. 3. – Баку: Элм, 1999. – 376 с.

Гурбуз М. Хоразмшоҳларда давлат ташкилоти, иқтисодий ва маданий ҳаёт / Н.Раҳим таржимаси. – Урганч: “Огаҳий”, 2022. – 304 б.

Далай Ч. Монголия в XIII-XIV веках. / Отв. ред. Б.П.Гуревич. – Москва: Наука, 1983. – 232 с.

Жабборов И. Буюк Хоразмшохлар давлати: (Қадимий тарих саҳифалари). // Масъул муҳаррир: С.К.Камолов. – Тошкент: “Шарқ”, 1999. – 144 б.

Жумадил А.К. Военное дело кочевников Евразии: историографи-ческий анализ: монография / А.К. Жумадил. – Алматы: Казак университету, 2014. – 272 с.

Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). – Тошкент: “Шарқ”, 2000. – 368 б.

Ибн ал-Асир. Ал-Камил фи-т-Тарих. Полный свод. Пер. с арабского языка, примечания и комментарии П.К.Булгакова, доплнения к переводу, примечаниям и коментариям, введение и указатели Ш.С.Камолиддина. – Ташкент: УЗБЕКИСТАН, 2006. – 560 с.

Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Т. III. / Таржимон ва нашрга тайёрловчи С.М.Муталлибов. – Tошкент: ЎзФА нашриёти, 1960. – 250 б.

Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи (Британия музейи (Англия) қўлёзмаси. инв. № АDD 26190: Тарих-и арбаъ улус). – Тошкент: Чўлпон, 1994. – 352 б.

Ртвеладзе Э. Хорезм в истории государственности Узбекистана. – Ташкент: Издательство “Узбекистан файласуфлари миллий жамияти”, 2013. – 336 с.

Ўзбекистон тарихи. Хрестоматия. 2-жилд, 1-ктиоб. Илк ўрта асрлар манбалари. – Тошкент, 2013. – 508 б.

Улашова С. XIII-XV асрларда Мовароуннаҳрдаги этник жараёнлар. Монография. – Тошкент: “Firdavs-Shoh” нашриёти, 2023. – 205 б.

Шиҳобиддин Мухаммад ан-Насавий. Султон Жалолиддин Мангуберди ҳаёти. – Тошкент: Ўзбекистон; Ёзувчи, 1999. – 432 б.

Чингиз-хан и Чингизиды. Судьба и власть // Турсун Икрамович Султанов. – М.: АСТ: АСТ МОСКВА, 2006. – 445 с.