Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Key issues of the education system in the globalization
period
Mukhlisakhon ABDUJALILOVA
Kokand State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
15 May 2024
Accepted 15 June 2024
Available online
25 June 2024
The article examines the essence and key goals of reforming
the education system in the context of globalization. Particular
attention is paid to analyzing the need to make changes to adapt
to global educational trends and preserve national spiritual
values. Both challenges and opportunities arising in the process
of integrating global educational practices are discussed.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3-pp76-81
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
globalization process,
education system,
modern humanity,
development,
value,
global citizen,
spirituality,
education,
family,
reform.
Globallashuv davrida ta’lim tizimining dolzarb masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
globallashuv jarayoni,
ta’lim tizimi,
zamonaviy insoniyat,
taraqqiyot,
qadriyat,
global fuqaro,
ma’naviyat,
tarbiya,
oila,
islohot.
Maqolada globallashuv darida ta’lim tizimiga kiritishi zarur
bo‘lgan o‘zgartirishlarning mohiyati, maqsad va
vazifalariga
to‘xtalib o‘tiladi. Ushbu jarayonda ma’naviy qadriyatlarni saqlab
qolish bilan bir qatorda ta’lim tizimida ham bir qator
o‘zgartirishlarni amalga oshirish zarurligi bilan bog‘liq
masalalar yoritib beriladi.
1
Teacher, Kokand State Pedagogical Institute. E-mail: sh.shomurotov7707@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
3 (2024) / ISSN 2181-1415
77
Ключевые вопросы системы образования в период
глобализации
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
процесс глобализации,
система образования,
современное
человечество,
развитие,
ценности,
гражданин мира,
духовность,
образование,
семья,
реформа.
В статье исследуется сущность и ключевые цели
реформирования системы образования в контексте
глобализации.
Особое
внимание
уделено
анализу
необходимости внесения изменений для адаптации к
мировым образовательным трендам и сохранению
национальных духовных ценностей. Обсуждаются как
вызовы, так и возможности, возникающие в процессе
интеграции глобальных образовательных практик.
Bugungi kunda ta’lim tizimi va uning ajralmas atributi bo‘lgan fan ham
globallashuvda muhim o‘rin egallab bormoqda.
Oliy ta’lim global tarmoqning bir
qismiga
aylanib qolishi o‘z navbatida o‘zining territoriyasida faoliyat yuritadigan va markaziy
o‘rinni
tashkil etadigan
an’anaviy universitetlarning rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston tajribasi ham uzuluksiz ta’lim tizimini joriy etar ekan insonning butun
hayotida ta’lim olishi haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun va ularda ilgari surilgan ta’lim bosqichlari ham buni isbotlaydi.
Endilikda universitetlar faqat bilim berish maskani bo‘libgina qolmaydi, ularda
aholining turli sohalardagi ma’lumotlarini oshirishga xizmat qiladigan va turli
strukturadagi tadbirkorlik faoliyatiga maslahat beradigan firma filiallari ham tashkil
etilmoqda. Universitetlar o‘zlarining turli xizmatlarini birlashtiradigan tarmoqlar tashkil
etishlari zarur.
An’anaviy ta’lim va an’anaviy oliy o‘quv yurtlari bugungi dunyodagi mavjud
qashshoqlik va boylik, ekologik muammolar, xalqaro jinoyatchilik, kishilarning bir-
biridan begonalashuvi kabi
global muammolarni yakka o‘zi hal qila olmaydi.
“E.Giddensning fikricha, Xitoyda ta’lim darajasini zamon talablariga yetkazish uchun, ellik
yil yalpi ishlab chiqarishning 2%ni sarflash lozim ekan, bu xisob yalpi ishlab
chiqarishning o‘sishi har yil o‘rta xisobda 10% dan oshib borayotgan mamlakat haqida
boryapti. Bu xisob esa bugungi rivojlangan mamlakatlar simsiz axborot tizimini o‘rnatish
orqaligina jahon ta’lim tizimini rivojlantirish mumkinligini isbotlaydi.”
Globallashuv tufayli insoniyat faoliyatida, uning turmush tarzida va avvallari turli
–
tuman bo‘lgan
uning madaniyatida
yangi, jahon standartlari paydo bo‘ldi. “Zamonaviy
insoniyat millatidan qat’iy nazar bolaligidan bir hil o‘quvchilar televezion dasturlarini,
o‘smirlik va yoshlik davrida
bir hil musiqiy kliplarni, o‘rta yoshda esa bir hil seriallarni
tomosha qiladi. Odamlar bir hil yangiliklarni o‘xshash sharxlar bilan tinglaydilar, kiyim
-
kechakda bir hil urfga amal qilib kiyinadilar, bir hil fast-fudlar bilan ovqatlanadilar, bir hil
tilda gapirishga xarakat qiladilar, bir hil jixozlangan ofislarda ishlaydilar. Buning
oqibatida yangi turkum “global fuqaro” ya’ni qarashlari, qiziqishlari va maqsadlari bir hil
odamlar paydo bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra XX
I asrga kelib 6 mingta til
iste’moldan chiqib ketadi.”
Insoniyat madaniyatining xilma-xilligi, uning milliy
qadriyatlari, urf-
odat va an’analari, milliy ahloqiy tamoyillari yo‘qolish arafasida turibdi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
3 (2024) / ISSN 2181-1415
78
Jamiyatining bosh bo‘g‘ini bo‘lgan oilaning asosi, demakki jamiyatning asosi
yuqoridagi
qadriyatlarga tayanadi va shular tufayli yashaydi. Hozirda har birimiz bularning bir
qismini yo‘qolganiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Iqtisodiy, texnologik va ilmiy taraqqiyot jamiyat ma’naviy taraqqiyotidan ko‘ra
tezlashib ketdi. Internetdan foydalanayotgan “global fuqaro”ning yashashdan maqsadi,
zamonaviy avtomobil, yaxshi uy-joy, qimmatbaxo jixozlar va dunyoni sayohat qilishdan
iborat. Avvallari bolalikdan inson ongiga singdiriladigan mehr-oqibat, odob-ahloq,
yaxshilik, go‘zallik, adabiyot, san’at, diniy ahloq bergan ma’naviy boyliklarni global
madaniyat bera oladimi, zamonaviy odam jamiyatdagi ma’naviy talablarga javob bera
oladimi? Bugungi oliy ta’lim ma’naviy boyliklarni saqlab qolish va targ‘ib qilishni jamiyat
miqyosida ishlab chiqishga xarakat qilishi kerak. Mazkur muammo O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq,
mamlakatimiz hayoti uchun eng muhim masala sifatida kun tartibiga qo‘yildi. I.
Karimovning deyarli barcha asarlarida ma’naviyatni saqlab qolish va rivojlantirish
masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Mazkur
sohadagi ishlarni boshqarish va amalga oshirish
bo‘yicha
bir qancha tashkilot va muassasalar tuzildi va ular faoliyat olib bormoqda.
“Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik xukm sursa, eng
dolzarb
masalalar o‘zbo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va
zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha
–
qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok
va tafakkur xukumron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.”
Bugungi ming yillik talablarining eng muhimlaridan biri, olimlarning fikriga ko‘ra,
zamon talablari asosida jamiyatning ma’naviy qiyofasini belgilovchi
inson hayotining
maqsadi va mazmuni masalasini ishlab chiqish va yaratish lozim. Hozirgi tez
o‘zgaruvchan hayotda bu muammoni yagona yechimi barcha xalqlarda mavjud bo‘lgan
milliy an’analar va qadriyatlar asosida insonni tarbiyalashdir. Faqat shu orqaligina
globallashuv davrida inson mavjudligini saqlab qolish mumkin.
Ayni paytda, globallashuv davr, barcha fuqarolarida shakillantirish zarur bo‘lgan,
umuminsoniy qadriyatlar ham mavjud bo‘lib bulardan birinchisi rostgo‘ylikdir, aynan
rostgo‘ylik o‘zaro aloqaning asosini tashkil etishi lozim. Rostgo‘ylik jamiyatdagi barcha
aloqalarni biriktiruvchi asos, poydevor
bo‘lib xizmat qilishi zarur.
Globallashuvning raqobat muhitida yashash uchun zarur bo‘lgan ma’naviy fazilat
mehnatsevarlikdir. Hozirgi davr ishlab chiqarishidagi raqobatiga birdosh berish uchun
murakkab vaziyatlarda, turli qarama-
qarshiliklarni yengib o‘tish va o‘zining fikrlarini
o‘tkazish uchun katta mashaqqatli mexnat talab qilinadi.
Hoziri davrda biror bir korxonaning rivojlanishi, raqobatbardoshligi va umuman
yutuqlariga sabab bo‘luvchi yana bir umuminsoniy fazilat u yerda faoliyat yuritayotgan
xodimlarga, do‘stlarga va umuman insonlarga nisbatan adolatli bo‘lishdir. Bu fazilatlar
maktabgacha va maktab yoshidagi ta’limdan shakillantirib borilishi shart.
Ko‘pincha, o‘quvchilar tarbiyasining eng faol davri bo‘lgan uch
-
to‘rt yoshligi ularga
e’tiborsizlik bilan o‘tkazib yuboriladi, bunga ota
-onalarning boalarni kichik yoshda
qanday tarbiyalash zarurligini bilmasligi ham sabab bo‘ladi. “Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va
tadqiqotlar shuni ko‘rsatdik, inson o‘z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning
70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan. Bolaning ongi asosan 5
-7 yoshda
shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan shu davrda uning qalbida oiladagi muhit
ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi.”
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
3 (2024) / ISSN 2181-1415
79
Hozirgi davrda avvalgiga nisbatan,
bu yoshda o‘quvchilarning axborotni qabul
qilish,
o‘zlashtirish faoliyati tezlashgan bo‘lib asosiy amaliy fanlar to‘g‘risida tushunchalar
berish mumkin. Maktabgacha ta’limning tayyorlov guruhlarida va kichik maktab
yoshdagi o‘quvchilarni ko‘pincha o‘rgatilinayotgan narsaga qiziqmasligini guvohi
bo‘lamiz. Bizning fikriizcha, bu yoshdagi o‘quvchilarga o‘qishni o‘rgatishdan ko‘ra,
qanday qilib o‘qish yo‘llarni uqdirish lozim. O‘quvchilarda o‘qish qobiliyati va tafakkurini
shakllantirish, ularga berilgan materialni eslab qolishdan ko‘ra ko‘proq samara beradi.
Maktab va professional ta’lim muassasalaridagi tarbiyaning natijasida esa o‘quvchilar tez
muloqotga kirisha oladigan, insonni ardoqlaydigan,
ko‘p o‘qiydigan, bo‘layotgan voqea
hodisalarni qiziqib kuzatib, ular haqida fikr bildiradigan, milliy qadriyatlarni xurmat
qiladigan
va eng muhimi o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lib, boshqalarni gapini takrorlaydigan
bo‘lmasdan tugatishi kerak.
Umumiy ta’limda globallashuvning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlarni
kuchayishini nazarda tutgan holda, tarix, geografiya va ijtimoiy fanlarni o‘qitishga
e’tiborni kuchaytirish zarur. Bu mamlakatlar tarixi, iqtisodiy yo‘nalishlari, ijtimoiy hayoti
haqida chuqurroq ma’lumotlar berish orqali o‘quvchilarni boshqa mamlakatlar
munosabatini to‘g‘ri shakllantirish mumkin.
Globallashuv davrida oliy ta’lim oldida quyidagi masalalarni hal qilish muammosi
turibdi:
1.
Oliy ta’limni baynalminallashtirish, ya’ni talabalar va ilmiy xodimlar aloqalarini
yanada rivojlantirib borish, birgalikda tadqiqot ishlari olib borish, simsiz axborot tizimini
o‘rnatish, yetakchi universitetlarga tenglashib borish;
2.
Global muammolarni hal qilish bilan birgalikda o‘z milliy taraqqiyotiga oid
muammolarni o‘z vaqtida hal qilib borish;
3.
Taraqqiy topgan va ilm fan sohasida global yutuqlarga ega davlatlar oliy o‘quv
yurtlari bilan muntazam aloqada bo‘lish va bu aloqa natijalariga asoslangan yangiliklar
yaratish;
4.
Yoshlarga ta’lim jarayonida global bozorning salbiy natijalari bo‘lgan global
migratsiya, kriminal iqtisod, global jinoyatlar haqida tushunchalar berib borish, talabalar
o‘rtasida bu haqida ilmiy
-nazariy konferensiyalar tashkil etish;
5.
Hozirgi davrda xo‘jalik yuritish yoki fermer xo‘jaliklari faqat oziq
-ovqat
maxsulotlari yetishtirish maqsadida tabiiy o‘simliklar va mikroorganizmlarni yo‘q qilib
yubormaslik va shu tariqa tabiatga xalaqit berishlarini oldini olish;
6.
Aholining tabiiy resurslar va ayniqsa qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi
fermerlarning ekologik bilimlarini oshirib boruvchi, ekotizm ya’ni tabiatni asrash orqali
insonni asrab qolishga oid bilimlar turkumini ishlab chiqish;
7.
Ta’lim tizimiga ekologiya fanini
kiritish, shuningdek, barcha ishlab chiqarish va
sanoat korxonalarida, davlat muassasalarida ekologik ma’rifatni targ‘ib qiluvchi
manbalar yaratish;
Hozirgi kunda O‘zbekiston milliy ta’lim tizimida olib borilayotgan isloxatlar aynan
global davri talablari asosida yaratilgan. Bizning fikrimizcha bu iloxotlarni amalga
oshirishda barcha ta’lim tizimi xodimlari birdek qatnashganida yanada ko‘proq samaraga
erishish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Karimov I.A. “Adabiyotga e’tibor
-
ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” Toshkent.
“Sharq yulduzi” 2009 yil №Howard M. America and the
World. St. Louis: Washington
University. The Annual Lewin Lecture, 5 April 1984. P.6.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
3 (2024) / ISSN 2181-1415
80
2.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat
-
yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat”2008,116,53
3.
Shomurotov, S. S. O. (2021). The Need for Formation of Knowledge on the
Effective Use of Water Resources in Young People in the Process of Globalization. (in the
Example of the Aral Sea). International Journal of Human Computing Studies, 3(2), 89-91.
4.
SHOMUROTOV, S. S. O. (2021, April). FIRST STEPS FOR MODERNIZATION OF
WATER FARMING IN THE REPUBLIC: ACHIEVEMENTS AND CHALLENGES. In Euro-Asia
Conferences (Vol. 4, No. 1, pp. 152-155).
5.
Shomurotov, S. S. O. (2021, February). Some Environmental Problems Related
To Land And Water Resources In Uzbekistan. In International Scientific and Current
Research Conferences (pp. 39-41).
6.
SHOMUROTOV, S. S. O. Construction and Changes in Canals and Pumping
Stations in Uzbekistan. JournalNX, 7(1), 262-266.
7.
Шомуротов, Ш. (2021). Историческое значение реформ, осуществляемых в
водной системе Узбекистана. Общество и инновации, 2(3/S), 458
-465.
8.
Шомуротов, Ш. (2021). Ўзбекистон сув хўжалиги тизимида амалга оширилган
ислоҳотларнинг тарихий аҳамияти. Общество и инновации, 2(3/S), 458
-465.
9.
Shomurotov, S. S. O. (2022). O ‘Zbekistondа Suvdаn Foydаlаnuvchilаr
Uyushmаlаrining Tаshkil Qilinishi Vа Fаoliyatidа Yuzаgа Kelаyotgаn Muаmmolаri. Miasto
Przyszłości, 29, 216
-220.
10.
Shomurotov, S. S. O. (2022). Measures Taken to Develop the Irrigation System
in the Country. Miasto Przyszłości, 29, 207
-209.
11.
Abdujalilova, M., & Solijonova, Z. (2023). DARS JARAYONIDA ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH-
MATEMATIK TA’LIMNI YANGICHA TASHKIL
QILISHNING ASOSI SIFATIDA. Conferencea, 90-93.
12.
Abdujalilova, M. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QISH DARSLARIDA ANVAR
OBIDJON IJODIY NA’MUNALARINI O ‘RGANISHNING AMALIY AHAMIYATI.
INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL
TOOLS, 2(22), 17-21.
13.
Abdujalilova, M. (2023). THE PRACTICAL SIGNIFICANCE OF STUDYING THE
CREATIVE EXAMPLES OF ANVAR OBIDJAN IN PRIMARY CLASS READING LESSONS.
Science and innovation, 2(B11), 574-576.
14.
Abdujalilova, M., & Zaxro, A. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARIDA
SAMARALI O ‘QISH KO ‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH. SCIENTIFIC APPROACH TO
THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(20), 16-19.
15.
Abdujalilova, M. (2023). USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN SOLVING TEXT
PROBLEMS. International journal of advanced research in education, technology and
management, 2(12).
16.
Ikramovna, I. S., & Abduxalilqizi, A. M. (2023). A Worldwide Picture Of Amir
Temir’s Image. Journal of Positive School Psychology, 1238
-1243.
17.
Ahmad, A. A. (2021). The Interpretation of Agricultural Words in" Baburnama”.
JournalNX, 7(12), 116-118.
18.
Amini, A. (2023). SHIMOLIY AFG’ONISTON O ‘ZBEKLARI NUTQIDAGI
DEHQONCHILIKKA OID HARAKAT FELLARINI IFODALOVCHI BIRLIKLAR. INTEGRATION OF
SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 4(1), 9-15.
19.
Amini, A. (2023). DEHQONCHILIKKA OID MAQOLLARNING SEMANTIK
TADQIQI. Молодые ученые, 2(11), 123
-128.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
3 (2024) / ISSN 2181-1415
81
20.
Ahmad, A. A. (2022). SHIMOLIY AFGONISTON OZBEKLARI NUTQIDA
DEHQONCHILIK ASBOBLARI NOMLARI VA ULARNING LISONIY TALQINI. Science and
innovation, 1(B2), 485-490.
21.
Shoirakhon, K. (2023). The Artistry of Alisher Navoi’s work “Nazm Ul
-
Javohir”.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(10),
403-408.
22.
Shoirakhon, K. (2023). The Use of Rhyming Arts in Alisher Navoi's Work Nazm
Ul Javohir. Journal of Advanced Zoology, 44.
23.
Zohidova, D., & Xo‘jayeva, S. (2024, February). “NAZM UL
-
JAVOHIR”
RUBOIYLARINING QOFIYA XUSUSIYATLARI. In Konferensiyalar| Conferences (Vol. 1, No.
5, pp. 96-102).
24.
Shoirakhon, K. (2023). THE METRIC CHARACTERISTICS OF ALISHER NAVOI’S
WORK «NAZM UL
-
JAVOHIR». Gospodarka i Innowacje., 42, 475
-480.
25.
Bakhodirovna, R. N. (2024). About Some Features of Authentic Text Materials
in Teaching a Foreign Language. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and
Culture, 5(1), 45-49.
26.
Rakhmanova, N. (2023). LANGUAGE AND CULTURE: INVESTIGATE THE
CONNECTION AMONG LANGUAGE AND CULTURE, ANALYZING HOW LANGUAGE
REFLECTS AND SHAPES SOCIAL STANDARDS, VALUES, AND PERSONALITIES. Talqin va
tadqiqotlar, 1(31).
27.
Isakova, Z. Z., & Rakhmonova, N. B. (2021). The expressing value attitude with
the help of paralinguistic methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary
Research Journal, 11(5), 1209-1213.
28.
Abdulhamidov, S. (2023). CAUSATIVITY FROM THE POINT OF VIEW OF THE
LINGUOCOGNITIVE ASPECT. Инновационные исследования в современном мире:
теория и практика, 2(23), 8
-11.
29.
Abdulhamidov, S. (2023). BASIC PRINCIPLES AND PROCEDURE FOR
STUDYING CAUSATIVE CONSTRUCTIONS IN MODERN LINGUISTICS. Наука и
технология в современном мире, 2(19), 19
-22.
30.
Xusnitdin o’g’li, S. A. (2023). ISSUES OF CREATING A LINGUISTIC IMAGE OF
THE WORLD. Gospodarka i Innowacje., 37, 44-46.
