Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Legal regulation of crowdfunding as a new method of
investment in the Republic of Uzbekistan
Gavkhar KHALIKOVA
University of World Economy and Diplomacy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
15 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
15 June 2024
The article presents a comprehensive analysis of the legal
regulation of crowdfunding activities in the Republic of
Uzbekistan and other countries. Given the absence of specific
norms regulating the rights and duties of subjects of
crowdfunding activity in Uzbekistan, the existing legal
documents that can be used to regulate these relations have
been studied. The application of legal documents to similar
relations is also analyzed. It was emphasized that crowdfunding
activities will be regulated by law, to implement appropriate
amendments to the legislation on investment activities.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss5/S-pp27-32
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
crowdfunding,
investment activity,
investment legislation,
legal regulation,
Internet platform.
O
‘
zbekiston respublikasida investitsiyalashning yangi
usuli sifatida kraudfanding faoliyatining huquqiy tartibga
solinishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kraudfanding,
investitsiya faoliyati,
investitsiya qonunchiligi,
huquqiy tartibga solish,
internet platformasi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlarda
kraudfanding faoliyatini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos
jihatlari atroflicha tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida
kraudfanding faoliyati subyektlarini huquq va burchlarini tartibga
soluvchi maxsus normalarning mavjud emasligi sababli, ushbu
munosabatlarni tartibga solishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
mavjud qonun hujjatlari o‘rganilgan. Qonun hujjatlarini o‘xshash
munosabatlarga nisbatan qo‘llanishi tahlil qilingan. Kraudfanding
faoliyatini aniq huquqiy tartibga solinishi va bu orqali investitsiya
faoliyatiga doir qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi
ta‘kidlangan.
1
Doctoral student, University of World Economy and Diplomacy. E-mail: gavharkholiqova@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
28
Правовое регулирование краудфандинга как новый
метод инвестиций в Республике Узбекистан
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
краудфандинг,
инвестиционная
деятельность,
инвестиционное
законодательство,
правовое регулирование,
интернет
-
платформа.
В данной статье проводится комплексный анализ
правовых аспектов регулирования краудфандинговой
деятельности в Республике Узбекистан и сравнительный
обзор с другими странами. Особое внимание уделяется
анализу
существующих
нормативно
-
правовых
актов,
которые могут быть применимы для регулирования
краудфандинга в условиях отсутствия специализированных
законов в Республике Узбекистан. Исследуется возможность
адаптации действующих правовых документов для
управления данным видом экономической деятельности. В
статье делается вывод о необходимости внесения
специфических
изменений
в
законодательство
об
инвестиционной деятельности, что позволит четко и
эффективно регулировать сферу краудфандинга.
Butunjahon internet tarmog‘ining kundan kunga rivojlanishi va jamiyat hayotining
turli sohalariga kirib borishi o‘z navbatida
moliyalashtirishning ham yangi turlari paydo
bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Internet tarmoqlaridan foydalangan holda investitsiya jalb qilish
hollari yanada kuchaydi va bu faoliyat bugungi kunda kraudfanding atamasi ostida keng
tarqalib bormoqda.
Kraudfanding (inglizcha “crowdfunding” –
olomon, omma tomonidan
moliyalashtirish)
–
bir qancha shaxslar guruhi tomonidan, internet platformasi yoki
maxsus kraudfanding saytlari orqali, turli xil
loyiha, g‘oya yoki korxonalarni
moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini yig‘ish usulidir.
Ushbu faoliyat turiga nisbatan
olimlar tomonidan turlicha ta‘riflar beriladi. Masalan, E.N.
Chagalovning eng yangi xorijiy
so‘zlar lug‘atiga ko‘ra, kraudfanding xayriya va siyosiy loyihalarni qo‘llab
-quvvatlash
uchun o‘z pullari yoki
boshqa resurslarini, odatda internet platformasi orqali
birlashtirgan odamlarning ishonchiga asoslangan jamoaviy hamkorlik. Bunday jamoaviy
hamkorlikdan asosiy maqsad esa
ta‘lim, fan, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish va boshqa
sohalardagi innovatsion loyihalarni amalga oshirishda yordam berish. Ushbu ta’rifga
ko‘ra kraudfanding faoliyati asosan xayriya faoliyatiga o‘xshash faoliyat sifatida
ta‘riflanadi. P.
Vorobyeva esa kraudfandingga bir muncha umumiy ta‘rif berib, ushbu
faoliyatni internet texnologiyalariga asoslangan moliyalashtirish vositasi sifatida
ta‘riflaydi. Yana bir xorijlik olim V.L.
Chugrayev kraudfanding faoliyatini ijtimoiy
texnologiyalarga asoslangan jamoaviy moliyalashtirishning beg‘araz ko‘rinishi deb deb
ta‘kidlagan. Ammo shuni ta‘kidlash lozimki, bugungi kunda kraudfanding faoliyati
internet platformasi orqali nafaqat xayriya faoliyatini amalga oshirish, balki tijorat
maqsadlarida moliyalashtirishning rivojlanayotgan ko‘rinishidan biriga aylandi.
Kraudfandingning eng muhim afzalliklaridan biri, uning internet orqali amalga
oshirishning qulay ekanligi, mablag‘ yig‘ish jarayonlarining soddalashitirilganligi va
ommaviy shaklda amalga oshirilishidir. Bunda platformga joylashtirilgan loyiha
foydalanuvchilarga ma’qul bo‘lsa, tez fursatda zarur mablag‘ni yig‘ish imkoniyati
mavjuddir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
29
Ushbu faoliyat moliyalashitirishda keng imkoniyatlarga va yuqori samaradorlikka
egadir. Biroq, mamlakatimizda ushbu huquqiy munosabatlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri tartibga
soluvchi huquqiy normalarning yo‘qligi, ushbu faoliyat ishtirokchilarining huquq va
majburiyatlarini shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normalar bilan
tartibga solinishini talab etadi. Ayniqsa investitsiya jalb qilishning zamonaviy ko‘rinishi
sifatida kraudfanding faoliyatini
o‘rganish, uning huquqiy tabiatini tadqiq qilish muhim
masaladir. Shunday ekan kraudfandingni moliyalashtirishning yangi usuli sifatida tadqiq
qilar ekanmiz, investitsiyaga doir qonun hujjatlarini hamda o‘xshash munosabatlarni
tartibga soluvchi normalarni tahlil qilish ham zarurdir.
Kraudfandingni investitsiya qonunchiligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish
kraudfanding faoliyatining qaysi turlariga nisbatan investitsiyaga doir qonunchilikni
qo‘llash masalasini ham o‘rganishni talab qiladi. Chunki kraudfanding faoliyatining
barcha turlarida ham mablag‘ beruvchi shaxslar moddiy foyda olishni ko‘zlamaydilar.
So‘nggi yillarda kraudfanding yordamida mablag‘ yig‘ish quyidagi asosiy yo‘nalishlarda
amalga oshirilmoqda: davolash va qayta moliyalashtirish, istiqbolli tijorat loyihalarini
moliyalashtirish, obodonlashtirish, siyosiy faoliyatni rivojlantirish, xayriya, fan, adabiyot,
san‘at, sport va boshqa sohalarda moliyalashtirish. Quyida kraudfanding faoliyati
turlariga qisqacha to’xtalib o’tish orqali, ular o’rtasida farqni ko’rishimiz mumkin.
Kraudfanding faoliyatinining asosan 4 ta turi mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
1-Reward based crowdfunding-mukofotga asoslangan kraudfanding. Bu eng
mashhur kraudfanding modellaridan biri bo‘lib, bu yerda mablag‘ ajratuvchi shaxslar
oldindan kelishilgan mukofotlar yoki loyiha egasi tomonidan tayyorlangan mahsulotlar
yoki xizmatlar evaziga loyihaga xayriya qiladilar.
2-Equity-based crowdfunding-Aksiyalarga asoslangan kraudfanding. Ushbu
turdagi kraudfandingda investorlar ma’lum kompaniyadagi aksiya yoki foydadan
olinadigan ulush evaziga sarmoya kiritadi. Ushbu model asosan investitsiya jalb qilish
uchun startaplar va biznes loyihalarida qo‘llaniladi. Kraudfandingning ushbu turi shaxsiy
va notijorat loyihalar uchun mos kelmaydi.
3-Donation-based crowdfunding-Xayriyaga asoslangan kraudfanding. Ushbu
turdagi kraudfandingda mablag‘ ajratuvchilar hech qanday moddiy manfaat ko‘zlamagn
holda pul mablag‘larini ajratadilar.
4-Debt-based crowdfunding-Kreditlashga asoslangan kraudfanding. Ushbu
modelda kreditorlar mablag‘larni foiz evaziga qaytarilish sharti bilan taqdim etadilar.
Olimlar o‘rtasida ham kraudfanding faoliyatini turlarga ajratishda tur xil ilmiy
yondoshuvlar mavjud.
S.
Petrovich Kraudfanding faoliyatini 2 turga yani, tijorat va notijorat turga bo‘ladi.
Unga ko‘ra notijorat kraudfanding faoliyati xayriya shartnomasi tuzish orqali amalga
oshiriladi. Bizning fikrimizcha bunday turlarga bo’lish o’ta umumiy hisoblanadi
V.A.
Kuznetsov kraudfandingni quyidagi 4 ta turga bo‘ladi: xayriya,
shartli ravishda
qaytariladigan, kraudinvesting, kraudlending kabi turlardir.
D.A.
Kotenkoning fikriga ko‘ra esa kraudfanding faoliyatini quyidagi 3 ta guruhga
bo‘lish mumkin. Bular, bepul yoki shartli ravishda bepul kraudfanding, shartli ravishda
qaytariladigan kraudfanding, shuningdek, so‘zsiz qaytariladigan kraudfanding.
A.O.
Klinovning qarashlari ko‘ra esa kraudfandingning bir biridan farq qiladigan
5 ta modeli mavjuddir. Bular xayriya modeli, shartli qaytarish modeli, oldindan egalik
qilish modeli, kraudinvesting va kraudlending kabi modellardir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
30
Yuqorida kraudfanding modellarini qisqacha tahlil qilish orqali ko‘rdikki, ushbu
modellarda fuqarolik huquqi bilan tartibga solinuvchi hadya, qarz va investitsiya faoliyati
bilan o‘xshash jihatlar
ham ko‘zga tashlanadi. Agar kraudfanding investitsiyalash bilan
bog‘liq bo‘lsa, unda bunday munosabatlarni shartnomaviy tartibga solish nuqtai
nazaridan hamma narsa ancha sodda bo‘ladi, chunki ular investitsiya qonunchiligi bilan
ham tartibga solinadi. Bundan tashqari, investor investitsiya qonunchiligi taqdim
etadigan kafolatlar, imtiyozlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar
kraudfanding faoliyati davomida ko‘rsatilgan g‘oya yoki
loyihani amalga oshirilishi
natijalaridan mablag‘ ajratuvchilarning moddiy manfaatdorligi ko‘zlansa, bunday
faoliyatda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi investitsiya faoliyatiga doir
belgilarining mavjudligiga e‘tibor qaratilishi va shuning uchun unga doir tushunchalar
hisobga olinishi mumkin. Belgilangan huquqiy munosabatlarga nisbatan investitsiya
faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalarni qo‘llanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ham kraudfanding uchun bir nechta internet
platformalari mavjud. Ammo ushbu huquqiy munosabatlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri tartibga
soluvchi huquqiy normalarning yo‘qligi kraudfanding ishtirokchilarining faoliyatini,
ularning huquq va burchlarini analogiya
bo‘yicha
umumiy normalar orqali tartibga
solishga majbur qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida kraudfanding huquqiy
munosabatlarini tartibga solish uchun qo‘llaniladigan shartnoma konstruksiyalari va
ularning ularning barcha xususiyatlarini to‘liq hisobga olmagan.
Tadqiqotchi S.Z. Tojiboyevning fikriga ko
‘
ra kraudfanding shartnomasi-
tashabbuskor, mahsus platforma operatori va investor tomonidan tuziladigan bitim
bo‘lib, investor tashabbuskorning mulkiga va unga bo‘lgan huquqiga (qismi) egalik qilish
maqsadida maxsus platforma operatori hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish
majburiyatini oladi, operator esa tegishli mablag‘ evaziga tashabbuskorning mulki va
unga bo‘lgan huquqni (qismi) investor nomiga o‘tkazish va rasmiylashtirish
majburiyatini oladi. Tadqiqotchi tomonidan fuqarolik kodeksiga yuqoridagi ta’rifni
kiritish taklifi ilgari surilgan. Bu yondoshuv kraudfanding shartnomalarining faqat tijorat
turlariga nisbatan qo’llanishi mumkin va kraudfanding shartnomasi uchun umumiy ta’rif
bo
‘la olmaydi. Ammo ushbu ta’rifni invistitsiyaga asoslangan kraudfanding shartnomalari
uchun qo
‘llash o’rinlidir
Bepul (notijorat) kraudfanding bo‘yicha huquqiy munosabatlar fuqarolik
qonunchiligi normalari, xususan, hadya shartnomasini (O‘zbekiston Respublikasi
FK 502-moddasi), xayr-
ehsonlarni (O‘zbekiston Respublikasi FK 511
-moddasi) aks
ettiruvchi normalar bilan tartibga solinadi.
Pullik (tijorat) kraudfandingni huquqiy tartibga solish uchun fuqarolik
qonunchiligi normalari qo‘llaniladi, ular oldi
-
sotdi shartnomasini (O‘zbekiston
Respublikasi FK 386-
moddasi) va kredit shartnomasini (O‘zbekiston Respublikasi
FK 744-moddasi) tartibga soluvchi normalar bilan tartibga solinishi mumkin.
Bundan
tashqari
tadqiqotchi
S.Z.Todjiboyev
tomonidan
kraudfanding
investitsiyalash qator munosabatlar bilan bog‘liqligi tufayli uni quyidagi munosabatlarga
qo‘llaniladigan shartnomalar
konstruksiyalari orqali amalga oshirilishi mumkinligi
ta‘kidlanadi:
1.
Mulkiy huquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalar;
2.
Xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq shartnomalar;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
31
3. Innovatsion shartnomalar;
4. Investitsiya shartnomalar;
5. Kraudfanding moliyalashtirish shartnomasi tuzishdan oldingi
munosabatlarga qo‘llaniladigan shartnomalar.
Ushbu sohada tadqiqot olib borgan A. Tojiboyev kraudfanding shartnomasi
investitsiya shartnomasi va haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining gibrid
ko‘rinishi sifatida baholanishi lozimligini ta‘kidlagan. Zero, kraudfanding faoliyatida
jarayonida yuqoridagi ikkala huquqiy munosabatlarda mavjud belgilar jamlanmasini ham
ko’rish mumkin.
Ushbu huquqiy munosabatlarning boshqa davlatlarda huquqiy tartibga solish
masalasini ko‘rib chiqish esa kraudfanding faoliyatining ba‘zi xususiyatlarni ajratib
ko‘rsatishga imkon beradi.
Masalan, Estoniyada kraudfanding pul mablag‘larini oluvchi va investor o‘rtasida
tovarni berish yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan masofadan turib tuzilgan
shartnoma yordamida amalga oshiriladi.
Fransiyaning investitsion qonunchiligiga muvofiq, kraudfanding mexanizmlari
orqali moliyalashtiriladigan internet platformalari investitisiya maslahatchisi yoki
moliyaviy vositachi hisoblandi. Shuningdek ular sug‘urta brokerlarining davlat reestrida
ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart hisoblanadi.
Rossiya
Federasiyasining
qonunchiligiga
nazar
solsak,
kraudfanding
moliyalashtirishni tashkil etish, turli xil resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq faoliyatdir.
Ushbu faoliyatning mohiyati shundan iboratki, kraudfanding, bir tomondan investor,
boshqa tomondan investitsiyani jalb qiladigan shaxslarga, ushbu tizim asosida
shartnomalar tuzish uchun internet platformasiga
kirish va undan foydalanib o‘zaro
bitim tuzish imkoniyatini beradi.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish usuli sifatida kraudfandingning yuqori darajada
samardorligi mavjud bo‘lsada, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bunga ta‘rif
berilmagan. Ammo qonunchilikda investitsiya faoliyatini amalga oshirishning va
investorlar huquqlarini himoya qilishning aniq huquqiy mexanizmi shakllantirilgan.
Yuqorida aytilganlarga asoslanib,
“
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6
-moddasidagi investitsiyalarni
amalga oshirish shakllariga
tegishli o‘zgartirishlar kiritish, hamda investitsiyalarni
amalga oshirish shakli sifatida kraudfandingni qonunchilikka kiritish maqsadga
muvofiqdir.
Ushbu norma kraudfandingni investitsiyalarni amalga oshirish usuli sifatida ko‘rib
chiqishga imkon beradi. Bu kraudfanding faoliyati ishtirokchilariga investitsiya
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini qo’llash, shartnomalarni tuzish va amalga
oshirish tartibini belgilash imkonini beradi. Chunki bugungi kunda kraudfanding huquqiy
munosabatlarini tartibga solish uchun qo‘llaniladigan iqtisodiy tuzilmalar ularning
barcha xususiyatlarini to‘liq hisobga olmaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini
amaldagi investitsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgarish kiritilgan taqdirda,
kraudfanding faoliyati ishtirokchilari investorlarga taqdim etiladigan imtiyozlar va
yengilliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, investor kraudfanding huquqiy munosabatlarida o‘z huquqlarini
himoya qilish uchun investitsiya qonunchiligida nazarda tutilgan himoya
mexanizmlaridan foydalangan holda investitsiya nizolarini tartibga solish imkoniyatiga
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2024) / ISSN 2181-1415
32
ega bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar esa o’z navbatida mamlakatning investitsion
jozibadorligini oshirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini yuqori darajaga ko‘tarish
imkonini beradi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXAT:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi // Qonun hujjatlari ma‘lumotlari
milliy bazasi, 23.01.2020 y., 03/20/603/0071-son.
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi “Investitsiyalar va
investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun // Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi,
26.12.2019 y., 03/19/598/4221-son Maxsus adabiyotlar
3.
Кузнецов В.А. Краудфандинг–актуальные вопросы регулирования //
Деньги и кредит. 2017. № 1. C. 65
-73
4.
Котенко
Д.А.
Краудфандинг
–
инновационный
инструмент
инвестирования // Журнал «Закон». 2014. № 5. C. 140
-145.
5.
Клинов А.О. Правовое регулирование краудфандинга в России и за
рубежом // Журнал «Закон». 2018. № 2. С. 90
-105.
6.
S.Z.Tojiboyev // Kraudfanding
–
innovatsiyalarni investitsiyalashning yangi
usuli sifatida.
–
T.:JIDU. 2024
7.
A.Z.Tojiboyev Startap loyihalarni kraudfanding orqali investitsiyalash // Huquq
va burch ilmiy jurnali. №4. 2020. –
B.31-32
8.
Tojiboyev A.Z. Startaplar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish. Yuridik
fanlar bo‘yicha falsafa doktori... diss.
-T. 2021.
9.
https://www.lex.uz
10.
http://www.norma.uz
11.
https://ilex.by/news/
12.
https://www.eg-online.ru/
