Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Hygienic characteristics of labor process severity and
intensity, harmfulness and danger indicators of personnel
working conditions in hospitals specializing in COVID-19
treatment
Bakhriddin NURMATOV
TMA-KU Collaboration Research Center, Tashkent Medical Academy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2024
Received in revised form
15 February 2024
Accepted 15 March 2024
Available online
25 April 2024
According to the World Health Organization (WHO), the COVID-
19 pandemic has exposed serious problems in the health systems
of all countries. The main reason is that no country has previously
encountered such a unique infection and has not developed rapid
response measures. Between January 2020 and May 2021, WHO
estimates
that
between
80,000
and
180,000 health workers may have died from COVID-19, a tragic loss
and a significant blow to the global response to the pandemic.
Morbidity and mortality rates among healthcare workers have
decreased over time, but the world still has a long way to go in the
fight against this disease to reduce the risk of infection in the
workplace. This study analyzes the work of medical personnel in a
hospital setting using the sanitary observation method.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2-pp105-115
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
COVID-19,
labor process,
labor process severity,
labor process tension,
hygienic description,
sanitary monitoring.
COVID-19ni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda
ishlovchi xodimlar mehnat jarayonining og‘irligi va
keskinligi, mehnat sharoitlarining zararlilik va xavflilik
ko‘rsatkichlarini gigiyenik tavsiflash
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
COVID-19,
mehnat jarayoni,
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra,
koronavirus kasalligi barcha mamlakatlar sog‘liqni saqlash
tizimi oldiga dolzarb muammolar va masalalarni qo‘ydi. Sababi
1
Independent applicant, TMA-KU Collaboration Research Center
2
Associate Professor, Doctor of Medical Sciences, Department of Environmental Hygiene, Tashkent Medical Academy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
106
mehnat jarayonining
og‘irligi,
mehnat jarayonining
keskinligi,
gigiyenik tavsiflash,
sanitar-kuzatish.
hech bir mamlakat bunday o‘ziga xos infeksiyani boshidan
o‘tkazmagan, unga qarshi tezkor choralarni ishlab chiqmagan
edi. JSST hisob-
kitoblariga ko‘ra, 2020
-yilning yanvaridan 2021-
yilning mayigacha bo‘lgan davrda 80
000 dan 180 000 gacha
sog‘liqni saqlash
va tibbiyot xodimlari COVID-19 dan vafot etgan
bo‘lishi mumkin. Bu o‘limlar fojiali yo‘qotish ekanligi, ular,
shuningdek, dunyodagi pandemiyaga qarshi kurashda
almashtirib bo‘lmaydigan bo‘shliq ekanligi ta’kidlangan. Vaqt
o‘tishi bilan sog‘liqni saqlash va tibbiyot xodimlari o‘rtasida
kasallanish va o‘lim holatlari kamaygan: ammo dunyo bu
kasallikka qarshi tinch turmasligi hamda ish joyida infeksiya
xavfini kamaytirish uchun ko‘proq ishlar amalga oshirish
kerakligi ta’kidlangan. Shu maqsadda mazkur tadqiqo
t ishida
Kasalxonada ishlovchi tibbiyot xodimlar mehnat jarayonining
og‘irligi va keskinligi, mehnat sharoitlarining zararlilik va
xavflilik ko‘rsatkichlarining gigiyenik tavsiflash ishlari jarayonda
sanitar-kuzatish usuli yordamida amalga oshirildi.
Гигиеническая
характеристика
тяжести
и
напряженности трудового процесса, показателей
вредности и опасности условий труда персонала в
больницах, специализирующихся на лечении COVID
-19
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
COVID-19,
трудовой процесс,
тяжесть трудового
процесса,
напряженность трудового
процесса,
гигиеническая
характеристика,
санитарный контроль.
По данным Всемирной организации здравоохранения
(ВОЗ), пандемия COVID
-
19 выявила серьезные проблемы в
системах здравоохранения всех стран. Основной причиной
является то, что ни одна страна ранее не сталкивалась с
такой уникальной инфекцией и не имела разработанных
мер быстрого реагирования. В период с января 2020 по май
2021 года, по оценкам ВОЗ, от COVID
-
19 могли умереть от
80
000 до 180
000 работников здравоохранения, что стало
трагической потерей и ощутимым ударом для глобальной
борьбы с пандемией. С течением времени заболеваемость и
смертность среди медицинских работников снизились, но в
борьбе с этим заболеванием миру еще много предстоит
сделать для снижения риска заражения на рабочем месте.
В рамках данного исследования анализируется работа
медицинского персонала в условиях больницы с
использованием санитарно
-
наблюдательного метода.
KIRISH
Fanga ma’lumki 2019
-yilning oxiriga kelib, Xitoyning Vuhanda (Wuhan) viloyatida
birinchi bor og‘ir respirator sindrom bilan kuzatiluvchi (SARS
-CoV-2) yangi koronavirus
bilan kasallanish holatlari aniqlandi [1
]. Shundan so‘ng virus dunyo bo‘ylab tezda tarqala
boshladi va pandemiya
ga sabab bo‘ldi (Sohrabi va boshqalar, 2020) [2]. Pandemiyaga
sababchi bo‘lgan virus etimologiyali mazkur kasallik asosan havo
-tomchi mexanizmi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
107
orqali tarqalishi shu oilaga kiruvchi va o‘tgan davrda o‘choqli tarzda tarqalgan
SARS-CoV-1 va MERS-
CoV viruslariga o‘xshash ekanligi fanga ma’lum edi [3], ammo
patogenetik va epidemiologik xususiyatlari va inson organizmining virusga nisbatan javob
reaksiyalari (ing.
–
immune response) borasida aytarlik aniq ma’lumotlar yetarli darajada
mavjud emas edi. Natijada virusning nafaqat aholi salomatligiga ta’sirini o‘rganish, balkim
kasalxona ishchilariga ta’sirini o‘rganish, COVID
-19 bilan tibbiyot xodimlarining
kasallanish xavf omillarini, ularning mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi, mehnat
sharoitlarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarini o‘rganish dolzarb masalalar sifatida
a’yon bo‘la boshladi [4].
TADQIQOT ISHI MAQSADI
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolovchi va parvarishlovchi tibbiyot
xodimlari mehnat sharoitlarini o‘rganish va natijada ular salomatligini muhofaza qilishga
doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish ilmiy-tadqiqot ishini asosiy maqsadi sanaladi.
Pandemiya davrida faoliyat yuritgan tibbiyot xodimlari mehnat muhiti omillarining zararli
va xavfliligi bo‘yicha 3
-sinf, 3.3-
darajadan kam bo‘lmasligi ilmiy
-tadqiqot ishlarida
keltirilgan [5]
. Amerika Qo‘shma Shtatlari Mehnatni muhofaza qilish va sog‘liqni saq
lashni
boshqarish (OSHA) tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Guidance on Preparing
Workplaces for COVID-
19” [6] qo‘llanmasiga muvofiq ishchilarga SARS
-CoV-
2ning ta’siri
klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va mazkur klassifikatsiya bo‘yicha o‘ta yuqori da
raja,
yuqori daraja, o‘rta daraja, past daraja kabilarga ajratilgan. Mazkur klassifikatsiyaning o‘ta
yuqori darajasiga shifokorlar, hamshiralar, stomatologlar, paratibbiyot xodimlari, tez
tibbiy yordam shifokorlari, laboratoriya xodimlari hamda patologik anatomiya
mutaxassislari kiritilgan.
TADQIQOTNING OBYEKTI VA PREDMETI
Tadqiqot ishlari Toshkent shahridagi COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni
davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasasi
Zangiota № 2
-sonli shifoxonasida amalga
oshirildi. Tibbiyot muassasasida davolanish sharoitlariga sanitar-gigiyenik baho berish
bo‘yicha tadqiqot ishlari bemorlar bo‘ladigan asosiy joylarda –
qabulxonada, palatalarda,
intensiv bo‘limlarda, saralash maydonchalarida va boshqa xonalarda o‘tkazildi.
Tadqiqotning asosiy qismi Toshkent tibbiyot akademiyasi va Koreya Universiteti
hamkorligida ta
shkil etilgan “TTA
-
KU hamkorligidagi ilmiy markaz”da olib borildi.
Gigiyenik sharoitlarning ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar: kunning turli vaqtlarida
mikroiqlim ko‘rsatkichlari (harorat, namlik, havoning harakat tezligi), havoning
antropogen ifloslanishi darajasi (karbonat angidrid (CO
2
) konsentratsiyasi), ichki muhit
havosini mayda dispersli changlar bilan ifloslanish holati (PM-10 va PM-
2.5) o‘rganiladi.
Ushbu omillar bo‘yicha tadqiqot usullari, asosan, umumqabul qilingan, TTA
-KU
hamkorligidagi ilmiy
markaz laboratoriyasida mavjud bo‘lgan asbob
-uskunalardan
foydalanildi: havoning harorati, nisbiy namlik va harakat tezligi “Metioskop
-
M” uskunasi
yordamida, karbonat angidrid konsentratsiyasi “Thermo
-hydro-CO
2
metr” uskunasi
yordamida, Formaldegid “PM Formaldemetr” uskunasi yordamida, mayda dispersli
changlar “PM –
Mass Monitor” uskunasi yordamida tekshiriladi. Kasalxonada ishlovchi
tibbiyot xodimlar
mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi, mehnat sharoitlarining
zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlar
ining gigiyenik tavsiflash ishlari jarayonda sanitar-
kuzatish usuli yordamida amalga oshirildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
108
TADQIQOT USULLARI
Mazkur tadiqot ishida sanitariy-kuzatish va tavsifiy,
laborator va instrumental,
statistik usullaridan foydalanildi.
ASOSIY QISM
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi SanQ va M №0141
-
03 “
Ishlab
chiqarish muhitida mehnat jarayoninin
g og‘irligi va keskinligi, mehnat sharoitlarining
zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarining gigiyenik tasnifi”
[7]ga muvofiq zararli va xavflilik
darajasi bo‘yicha mehnat shartlari sinflari quyidagilarga bo‘lingan:
Ⅰ
sinf. Optimal mehnat sharoitlari
–
bu nafaqat ishchilarning sog
‘
lig
‘
i saqlanib
qoladigan, balki yuqori darajadagi ish faoliyatini ta’minlash uchun zarur shart
-sharoitlarni
yaratadigan sharoitlardir. Mikroiqlim ko‘rsatkichlari, mehnat jarayoni hamda ishlab
chiqarish omillari uchun optimal standartlar o‘rnatiladi. Boshqa omi
llar yoki nomuvofiq
omillar ruxsat etilgan darajadan oshmaydigan (RED) mehnat sharoitlari shartli ravishda
maqbul deb hisoblanadi;
Ⅱ
sinf. Ruxsat etiladigan mehnat sharoitlari
–
atrof-muhit omillari va mehnat
jarayonining ish joylari uchun gigiyenik me
’
yorlarda belgilanganidan oshmaydigan
darajalari bilan tavsiflanadi va tananing funksional
holatidagi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar
tartibga solinadigan dam olish paytida yoki keyingi smenaning boshlanishi bilan tiklanadi
va ishchilar va avlodlarning sog‘lig‘iga bevosita va uzoq muddatli salbiy ta’sir
ko‘rsatmaydi;
Ⅲ
sinf. Zararli mehnat sharoitlari
–
gigiyenik me
’
yorlardan oshib ketadigan va
ishchining tanasiga va (yoki) uning avlodiga salbiy ta
’
sir ko
‘
rsatadigan zararli ishlab
chiqarish omillarining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Zararli mehnat sharoitlari gigiyenik
me’yorlardan oshib ketish darajasi va ishchilar tanasidagi o‘zgarishlarning og‘irligiga
ko‘ra, zararlilikning quyidagi 4 darajasiga bo‘lina
di:
1-darajali, 3-sinf (3.1)
–
zararli omillar darajasining gigiyenik me’yorlardan chetga
chiqishi bilan tavsiflangan xavfli mehnat sharoitlari, ular bilan aloqaning uzoqroq uzilishi
(keyingi smenaning boshiga nisbatan) bilan tiklanadigan funksional o‘zgarishl
arga olib
keladi;
2-darajali, 3-sinf (3.2)
–
ko‘p hollarda vaqtinchalik nogironlik bilan kasallanishning
ko‘payishiga, umumiy kasallanish chastotasining oshishiga olib keladigan doimiy
funksional buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan zararli ishlab chiqarish omil
lari
darajasidagi xavfli mehnat sharoitlari (uzoq muddatli ta’sir qilishdan keyin
(15 yildan ortiq) kasbiy patologiyalarning dastlabki belgilarining paydo bo‘lishi);
3-darajali 3-sinf (3.3)
–
zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining bunday
darajalari bilan tavsiflangan, qoida tariqasida, kasbiy patologiyaning yengil shakllari va
o‘rtacha og‘irligi bilan tavsiflangan zararli, og‘ir mehnat sharoitlari: ish, surunk
ali umumiy
somatik patologiyaning o‘sishi, shu jumladan vaqtinchalik nogironlik bilan kasallanish
darajasini oshirish;
4-darajali 3-sinf (3.4)
–
kasbiy kasalliklarning og‘ir shakllari (umumiy mehnat
qobiliyatini yo‘qotish bilan) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, surunkali kasalliklar sonining
sezilarli darajada ko‘payishi kuzatiladigan, ayniqsa zararli, ayniqsa og‘ir, xavfli mehnat
sharoitlari va vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan kasallani
shning yuqori
darajasi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
109
Ⅳ
sinf. O‘ta zararli mehnat sharoiti. Ish smenasi (yoki uning bir qismi) davomida
ta’siri hayot uchun xavf tug‘diradigan, o‘tkir kasbiy jarohatlar, kasalliklar, shikastlanishlar,
shu jumladan, yuqori darajadagi ishlab chiqarish omillari darajasi bilan tavsif
langan o‘ta
xavfli (ekstremal) mehnat sharoitlari og‘ir shakllari bilan kuzatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi SanQ va M №0141
-
03 “
Ishlab
chiqarish muhitida mehnat jarayoninin
g og‘irligi va keskinligi, mehnat sharoitlarining
zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlarining gigiyenik tasnifi” [98]ga muvofiq COVID
-19ni
davolashga ixtisoslashgan kasalxonada faoliyat yuritayotgan xodimlar mehnat
jarayoninin
g og‘irligi va keskinligi
kun davomida ular faoliyati xronometraj qilindi va
quyidagi jadvalga muvofiq baholandi.
1-jadval
Mehnat jarayonining og‘irligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlari
Mehnat jarayonini tavsifi
Mehnat jarayoni
og‘irlik ko‘rsatkichi
Mehnat jarayonining
og‘irligi ko‘rsatkichlari
bo‘yicha mehnat
sharoitlari sinfi
1.Bir smenada tashqi mexanik ish birliklarida ifodalangan jismoniy dinamik yuk, kg.m.
1.1.
Mahalliy yuk bilan (qo‘l va yelka
-kamar
mushaklarining asosiy ishtiroki bilan) yukni
1 m gacha bo‘lgan masofaga ko‘chirishda.
Erkaklar uchun
9000dan yuqori;
Ayollar uchun
5500dan yuqori
2-zararli daraja
3.2-sinf
1.2. Umumiy yuk bilan (qo‘llarning,
tananing, oyoqlarning mushaklarini o‘z
ichiga olgan holda):
-
yukni 1m dan 5 m gacha bo‘lgan masofaga
ko‘chirishda:
Erkaklar uchun
30000 gach;
Ayollar uchun
20000 gacha.
1-zararli daraja
3.1-sinf
2. Qo‘lda ko‘tarilgan va ko‘chirilgan yukning massasi, kg
2.1.Boshqa ishlar bilan almashtirilganda
og‘ir yuklarni ko‘tarish va ko‘chirish (bir
martalik) (soatiga 2 martagacha)
Erkaklar uchun
30 dan katta;
Ayollar uchun
>9
1-zararli daraja
3.1-sinf
Ish smenasida doimiy ravishda og‘ir
narsalarni ko‘tarish va ko‘chirish (bir
martalik).
Erkaklar uchun
30 gacha
Ayollar uchun
>6
1-zararli daraja
3.1-sinf
3. Ishchi pozasi
Ishchi pozasi
Ish vaqtini 50% gacha
qismida vaqti-vaqti
bilan noqulay hamda
harakatsiz vaziyatda
bo
‘
lishi, 25% qismi
majburiy holatda
bo
‘
lishi, ish vaqtida
80% gacha tik holatda
qolish.
1-zararli daraja
3.1-sinf
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
110
1-jadvaldan ma
’
lum bo
‘
ldiki, COVID-19ni davolashga ixtisoslashgan kasalxonada
faoliyat yuritayotgan xodimlar mehnat jarayoninin
g og‘irligi va keskinligi
bo
‘
yicha
2-zararli daraja 3.2-sinfdan kam emasligi aniqlandi.
2-jadval
Mehnat jarayonining
keskinligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha
mehnat sharoitlarining sinflari
Mehnat jarayonini tavsifi
Mehnat jarayoni
keskinligi
ko‘rsatkichi
Mehnat jarayonining
keskinligi ko‘rsatkichlari
bo‘yicha mehnat
sharoitlari sinfi
1.
Intellektual yuklama
1.1.
Ishning mazmuni
Bosim ostida ma’lum
algoritmlar (bir qator
ko‘rsatmalar bo‘yicha
ishlash) yordamida
tanlov bilan murakkab
muammolarni hal
qilish
2-zararli daraja
3.2-sinf
1.2.
Vazifaning qiyinchilik darajasi
qayta ishlash,
tekshirish va nazorat
qilish
1-zararli daraja
3.1-sinf
1.3.
Bajarilgan ishlarning tabiati,
individual reja bo‘yicha ishlash
vaqt va axborot
tanqisligi sharoitida
yakuniy natija uchun
mas’uliyatni oshirgan
holda ishlash
2-zararli daraja
3.2-sinf
2.
Sensorli yuklamalar
2.1.
Diqqat-
e’tiborning davomiyligi
(smena vaqtini %)
>75%
3-zararli daraja
3.3-sinf
2.2.
Bir vaqtning o‘zida kuzatiladigan
obyektlar soni
4-8
O‘rtacha og‘irlikda ruhsat
etilgan
2.3.
Video terminal ekranlarining doimiy
monitoringi (smenada soat)
>6
3-zararli daraja
3.3-sinf
3.
Psixologik yuklamalar
3.1.
O'z hayotingiz uchun xavf darajasi
ehtimol
2-zararli daraja
3.2-sinf
3.2.
Boshqalarning xavfsizligi uchun xavf
darajasi
ehtimol
2-zararli daraja
3.2-sinf
4.
Monoton yuklamalar
4.1.
Oddiy vazifani yoki takroriy
operatsiyalarni amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan elementlar (texnikalar)
soni
kamida 3
2-zararli daraja
3.2-sinf
4.2.
Oddiy ishlab chiqarish vazifalari
yoki takroriy operatsiyalarning
davomiyligi (sekundlarda).
kamida 10
2-zararli daraja
3.2-sinf
5.
Ish tartibi
5.1.
Haqiqiy ish vaqti
11-12 soat
2-zararli daraja
3.2-sinf
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
111
5.2.
Ish smenasi
ikki, uch smenali ish
(tungi smenada
ishlash)
2-zararli daraja
3.2-sinf
2-
jadvaldan ma’lum bo‘ldiki,
COVID-19ni davolashga ixtisoslashgan kasalxonada
faoliyat yuritayotgan xodimlar m
ehnat jarayonining keskinligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha
mehnat sharoitlarining sinflari 2-zararli daraja 3.2-sinfdan kam emasligi aniqlandi.
Biz tadqiqot ishi davomida olingan mikroiqlim ko‘rsatkichlari ma’lumotlari asosida
kasalxonada ishlayotgan xodimlar mehnat jarayonining og‘irligi va intensivligi
ko‘rsatkichlarini tahlil qildik. SanQ va M №0141
-
03 “Mehnat muhiti omillarining zararli va
xavfliligi, mehnat jarayonining og‘irligi va intensivligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat
sharoitlarini gigiyenik tavsifi” 9
-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq mikroiqlim
ko‘rsatkichlari ma’lumotlarini quyidagicha tahlil qildik:
Bizga ma’lumki, SanQ va M №
0324-16
“Ishlab chiqarish korxonalari
mikroiqlimining sanitariya-
gigiyenik normalari”da keltirilgan “Ishlar toifasiga” muvofiq
kasalxonada faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari ishlar toifasi
Ⅰ
-b sinfga kiradi, ya
’
ni
Ⅰ
-
b toifaga o
‘
tirgan, tik turgan yoki yurgan holda va birmuncha jismoniy zo
‘
riqish bilan
birgalikda bajariladigan ishlar kiritiladi. Mikroiqlim ko‘rsatkichlari bo‘yicha natijalar
jonlantirish bo‘limida mos ravishda havo harorati 23.6±3.6 °C, havo nisbiy namligi
32.
5±6.7 %, havo harakat tezligi 0.03±0,004 m/s ni tashkil qildi. 13 ta palatadan olingan
har bir havo namunasi olingan nuqtadan kamida 3 marta o‘lchov ishlari natijalariga ko‘ra
havo harorati 23.8±1.8 °C, havo nisbiy namligi 37.1±3.7 %, havo harakat tezligi 0.02±0,004
m/sni tashkil qildi.
Xulosa qilib aytganda, mikroiqlim ko‘rsatkichlari bo‘yicha kasalxona sovuq iqlim
sharoiti ruxsat etilgan me’yor darajada ekanligi, ya’ni xavflilik darajasi bo‘yicha hech bir
sinfga kirmasligi ma’lum bo‘ldi (SanQ va M №0020
-22).
Kasalxona ichki muhit havosidagi zararli moddalar miqdori (konsentratsiyasi)ga
binoan
mehnat sharoitlarini gigiyenik tavsifini tahlil qiladigan bo‘lsak, formaldegid
kimyoviy moddalar klassifikatsiyasi bo‘yicha 2
-xavfli sinfga kiruvchi, havoda par holatida
uchrovchi kimyoviy modda ekanligi barchaga ma’lum.
Kasalxona ichki muhit havosi kimyoviy ko‘rsatkichlaridan formaldegid darajasi
jonlantirish xonasida 32.5±7, palata havosida 37.1±9.7, xodimlar xonasi havosida
47.7±1.7, qabul xonasi havosida 47.7±1.8 ppm ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu natijalar
“ppm” birligida berilgan bo‘lib, natijalarni SanQ va M №
0294-
11 “Ishlab chiqarish joylari
havosida zararli moddalarni ruxsat etilgan darajasi”da keltirilgan me’yor daraja bilan
solishtirma tahlil qilish uchun mg/m
3
birligiga konversassiya qilish talab etiladi.
“PPM
Fo
rmaldemeter operation manual” yo‘riqnomasiga binoan konvertatsiya natijalari
quyidagilarni berdi. Jonlantirish xonasida 0.06 mg/m
3
, palata havosida 0.068 mg/m
3
,
xodimlar xonasi va qabulxona havosida 0.08 mg/m
3
ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar
SanQ va M №0141
-
03 “Mehnat muhiti omillarining zararli va xavfliligi, mehnat
jarayonining og‘irligi va intensivligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarini gigiyenik
tavsifi” 1
-ilovasiga muvofiq tahlil qilinganida barcha kasalxona xonalarida RED (0,5
mg/m
3
)
dan past darajada ekanligi aniqlandi ya’ni jadvalga muvofiq zararliligi bo‘yicha
ruxsat etilgan darajada ekanligi a’yon bo‘ldi.
Kasalxona ichki muhit havosidagi uglerod
Ⅳ
oksidi (CO
2
) konsentratsiyasini tahlil
qiladigan bo‘lsak, xalqaro
standartlarga muvofiq 10.000 ppm bu 1% ni anglatadi, shu
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
112
nuqtai nazardan oladigan bo‘lsak, jonlantirish xonasi havosidagi CO
2
konsentratsiyasi
0.0023%, palata havosida 0.003%, xodimlar xonasi havosida 0.0018%, qabul xonasi
havosida 0,002% ekanligi aniqlandi. SanQ va M
№
0294-
11 “Ishlab chiqarish joylari
havosida zararli moddalarni ruxsat etilgan darajasi”da keltirilgan 1
-ilovasiga muvofiq
tahlil qilinganida barcha kasalxona xonalarida RED dan past darajada ekanligi aniqlandi
ya’ni jadvalga muvofiq zararliligi bo‘yicha ruxsat etilgan darajada ekanligi a’yon bo‘ldi.
COVID-19ni davolashga ixtisoslashgan shifoxona ichki muhit havosi changlanganlik
ko‘rsatkichlari
tahlil qiladigan bo‘lsak, Jonlantirish bo‘limida
PM-10 konsentratsiyasi
o‘rtacha 55
µg/m
3
, PM-
2.5 konsentratsiyasi 37.7 µg/m
3
ni tashkil qilgan. Palatalardan
olingan namuna natijalari mos holda PM-10-
66 µg/m
3
, 2.5-
43.4 µg/m
3
, xodimlar xonasida
PM-10-
54.6 µg/m
3
, PM-2.5-
33 µg/m
3
ni, qabul xonada PM-10-
75.7 µg/m
3
, PM-2.5-57.8
µg/m
3
ni tashkil qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi SanQ va M №0141
-
03 “Mehnat muhiti omillarining zararli
va xavfliligi, mehnat jarayonining og‘irligi va intensivligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat
sharoitlarini gigiyenik tavsifi” bo‘yicha kasalxona ichki muhiti changlanganligini
tahlil
qildik.
JSST tavsiyasiga ko‘ra (
The new 2021 WHO air quality guideline limits
–
Breeze
Technologies (breeze-technologies.de)
dispersligi kichik bo‘lgan changga zarralari, ya’ni
PM-
2.5 miqdori havoda “The new 2021 WHO air quality guideline limits” ga muvofiq bir
martalik konsentratsiyasi 5
µg/m
3
dan, 24 soatlik konsentratsiyasi 15 µg/m
3
dan
oshmasligi, PM-
10 konsentratsiyasi bir martaligi 15 µg/m
3
, 24 soatlik konsentratsiyasi 45
µg/m
3
ni tashkil etishi lozim.
Olingan natijalar, me’yor darajalar bilan tahlil qilinganida, quyidagilar ma’lum
bo‘ldi.
Kasalxona ichki muhitida changlanganlik darajasi PM-10 bir martalik
konsentratsiyasi bo‘yicha me’yor darajadan Jonlantirish bo‘limida 3.6 baravar, palatada
4.4 baravar, xodimlar xonasida 3.64 baravar, qabul xonasida 5 baravarga yuqori ekanligi
aniqlandi.
Kasalxona ichki muhitida changlanganlik darajasi PM-2.5 bir martalik
konsentratsiyasi bo‘yicha me’yor darajadan Jonlantirish bo‘limida 7.5 baravar, palatada
9 baravar, xodimlar xonasida 6.6 baravar, qabul xonasida 11 baravarga yuqori ekanligi
aniqlandi.
Demak qisqa xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya me’yorlari
va qoidalari
№0020
-22
“Davolash
-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va
ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini
tasdiqlash to‘gʻrisida” bo‘yicha mikroiqlim ko‘rsatkichlari me’yor darajadan oshmagan ya’ni
SanQ va M №0141
-
03 “Mehnat muhiti omillarining zararli va xavfliligi, mehnat jarayonining
og‘irligi va intensivligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarini gigiyenik tavsifi”ga
muvofiq xodimlar salomatligiga zararli va xavfli ta’sir etmaydi.
Kimyoviy omillar ya’ni formaldegid va CO
2
konsentratsiyalari ham SanQ va M
№
0294-
11 “Ishlab chiqarish joylari havosida zararli moddalarni ruxsat etilgan darajasi”da
keltirilgan me’yor darajada ya’ni mazkur omillar ham
xodimlar salomatligiga zararli va
xavfli ta’sir etmaydi. Ammo 4.4
-jadvalga muvofiq PM-10 hamda PM-2.5 mayda chang
zarralari konsentratsiyalari JSST tomonidan tavsiya etilgan me’yor darajadan yuqori
ekanligi aniqlandi, demak mazkur omillar xodimlar salomatl
igiga zararli va xavfli ta’sir
ehtimolini paydo qildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
113
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
114
3-jadval
COVID-19ni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda ishlovchi xodimlar mehnat
jarayonini va mehnat sharoitlarini gigiyenik tavsiflash jadvali
Zararli omil
Mikroiqlim
ko
‘
rsatkichlari
bo
‘
yicha
Kimyoviy omillar
bo‘yicha
Fizik omillar (changlanganlik
bo‘yicha)
Zararlilik va
xavflilik
darajasi
Ⅱ
sinf
Ⅱ
sinf
Ⅲ
sinf, 3-daraja
Tavsifi
Ruxsat etiladigan mehnat sharoitlari,
bunda omillar gigiy
enik me’yorlarda
n
oshmasligi bilan tavsiflanadi va tananing
funksional holatidagi mumkin
bo‘lgan
o‘zgarishlar tartibga solinadigan dam olish
paytida
yoki
keyingi
smenaning
boshlanishi bilan tiklanadi va ishchilar va
avlodlarning sog‘lig‘iga bevosita va uzoq
muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi
Zararli mehnat sharoitlari
–
gigiyenik
me’yorlardan
oshib
ketadigan va ishchining tanasiga va
(yoki) uning avlodiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan
zararli
ishlab
chiqarish omillarining mavjudligi
bilan tavsiflanadi.
3-daraja: zararli va xavfli ishlab
chiqarish
omillarining
bunday
darajalari bilan tavsiflangan, qoida
tariqasida, kasbiy patologiyaning
yengil shakllari va o‘rtacha og‘irligi
bilan tavsiflangan zararli, og‘ir
mehnat sharoitlari: ish, surunkali
umumiy somatik patologiyaning
o‘sishi, shu jumladan vaqtinchalik
nogironlik
bilan
kasallanish
darajasini oshirish
XULOSA
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, COVID
-19ni davolashga
ixtisoslashgan kasalxonada
ishlovchi xodimlar mehnat jarayonining og‘irligi va keskinligi,
mehnat sharoitlarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha
mehnat sharoitlari
Ⅲ
sinf, 3-
darajadan kam emasligi ma’lum bo‘ldi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Hu, B., Guo, H., Zhou, P., & Shi, Z. L. (2021). Characteristics of SARS-CoV-2 and
COVID-19. Nature
reviews.
Microbiology, 19(3),
141
–
154.
https://doi.org/10.1038/s41579-020-00459-7
2.
Park S. E. (2020). Epidemiology, virology, and clinical features of severe acute
respiratory syndrome -coronavirus-2 (SARS-CoV-2; Coronavirus Disease-19). Clinical and
experimental pediatrics, 63(4), 119
–
124. https://doi.org/10.3345/cep.2020.00493;
3.
Harrison, A. G., Lin, T., & Wang, P. (2020). Mechanisms of SARS-CoV-2
Transmission and Pathogenesis. Trends in immunology, 41(12), 1100
–
1115.
https://doi.org/10.1016/j.it.2020.10.004
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2024) / ISSN 2181-1415
115
4.
Ng, K., Poon, B. H., Kiat Puar, T. H., Shan Quah, J. L., Loh, W. J., Wong, Y. J., Tan, T. Y.,
& Raghuram, J. (2020). COVID-19 and the Risk to Health Care Workers: A Case Report.
Annals of internal medicine, 172(11), 766
–
767. https://doi.org/10.7326/L20-0175;
5.
В.Гребеньков, В.Е. Батов, С.М. Кузнецов. Оценка условий труда медицинских
работников военно
-
медицинских организаций в период пандемии новой
коронавирусной инфекции. Медико
-
биологические и социально
-
психологические
проблемы безопасности в чрезвычайных ситуациях.2021. №3. 35
-34-
40 стр;
6.
U.S. Department of Labor Occupational Safety and Health Administration OSHA
3990-03 2020 Guidance on Preparing Workplaces for COVID-19 (osha.gov)
7.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi SanQ va M №0141
-
03 “
Ishlab
chiqarish muhitida mehnat jarayoninin
g og‘irligi va keskinligi, mehnat sharoitlarining
zararlilik va xavflilik
ko‘rsatkichlarining gigiyenik tasnifi”;
8.
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya me’yorlari va qoidalari №0020
-22
“Davolash
-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlash to‘gʻrisida”.
