Qahramonlik axloqiy omilning yuksak ifodasi sifatida

Annotasiya

Ushbu maqolada qahramonlik hodisasi kundalik faoliyatda va jangovar harakatlarda axloqiy omilning yuksak ifodasi ekanligi haqida mulohazalar berilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2020
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Chiqarish:
CC BY f
51-55
23

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nomuratova , M. (2024). Qahramonlik axloqiy omilning yuksak ifodasi sifatida. Jamiyat Va Innovatsiyalar, 5(2), 51–55. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2-pp51-55
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada qahramonlik hodisasi kundalik faoliyatda va jangovar harakatlarda axloqiy omilning yuksak ifodasi ekanligi haqida mulohazalar berilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Heroism as a manifestation of a high ethical dimension

Makhliyo NOMURATOVA

1

Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2024
Received in revised form
15 February 2024
Accepted 15 March 2024
Available online
25 April 2024

This article discusses the high expression of ethical factors in

daily activities and belligerent actions.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2-pp51-55

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

New Uzbekistan,

New Uzbekistan,

Brave Forces,

ethical dimension,

heroism,

Najmiddin Kubro,

Amir Temur,

military heroism,

awards.

Qahramonlik axloqiy omilning yuksak ifodasi sifatida

А

NNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Yangi O‘zbekiston,

Qurolli Kuchlar,

axloqiy omil,

qahramonlik,

Najmiddin Kubro,

Amir Temur,

harbiy qahramonlik,

shijoat.

Ushbu maqolada qahramonlik hodisasi kundalik faoliyatda

va jangovar harakatlarda axloqiy omilning yuksak ifodasi

ekanligi haqida mulohazalar berilgan.

1

PhD, Associate Professor, Department of National Pride and Military Patriotism, Academy of the Armed Forces of

the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

2 (2024) / ISSN 2181-1415

52

Героизм как высшее проявление морального фактора

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Новый Узбекистан,
Вооруженные Силы,
моральный фактор,

героизм,

Наджмиддин Кубро,

Амир Темур,

военный героизм,

мужество.

В статье анализируется героический феномен как

высшее проявление морального фактора в повседневной

деятельности и боевых действиях.


Hozirgi globallashuv davrida mamlakatimizni yangi rivojlanish bosqichiga olib

chiqish, xalq farovonligini oshirish, inson qadrini ulug‘lash, barkamol shaxsni tarbiyalash
masalalariga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat, “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda har birimizning faol ishtirokimiz, chuqur
mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashash bugun davr talabiga aylandi” [1]. Ayni paytda,

xalqimizning tinch va osuda hayot kechirishini

ta’minlash

, davlatimizning hududiy

yaxlitligini va chegaralarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilish maqsadida harbiy
sohada ham

ulkan o‘zgarish

lar

ro‘y bermoqda.

Mudofaa tizimida nafaqat tinchlik va

xavfsizlik

ni ta’minlash, milliy armiyamizni jangovar qudratini oshirish

masalalari, balki

ma’

naviy-axloqiy tarbiya masalalariga alohida

e’tibor qaratilib, haftaning har juma

kuni

“Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” sifatida targ‘ibot darslari tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek,
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega
bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar
bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz” [2]

.

Ma’lumki, Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va jangovarlik qobiliyati

bir-

biri bilan o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lgan moddiy va ma’naviy omillar orqali namoyon

bo‘ladi. Moddiy tomon qanchalik ahamiyatli bo‘lmasin, asosiy e’tibor inson omiliga,

shaxsiy tarkibning harbiy-

kasbiy, ma’naviy

-axloqiy sifatlariga qaratiladi. Zero, axloqiy

omil davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlab beruvchi, zamonaviy jangovar harakatlarda
g‘alabaga yetaklovchi, asosiy hal qiluvchi manbalardan biri bo‘lib, u harbiy xizmatchining,
harbiy bo‘linmaning muayyan vazifani bajarish jarayonida axloqiy kuch

-qudratini

ifodalovchi me’yoridir. Mazkur tushuncha kundalik hayotda inson xulq

-atvori va

faoliyatiga nisbatan tavsif berishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Qahramonlik tarixiy hodisa sifatida kishilar ijtimoiy faolligining yuqori shaklini

ifodalaydi. Qahramonlik

insonning muayyan vaziyatda ongli va

maqsadga yo‘naltirilgan

faoliyatidir. Qahramon u yoki bu vaziyatda o‘zining ichki ishonchiga asoslanib, qo‘rqmay
o‘lim xavfiga qarshi boruvchi va ixtiyoriy ravishda o‘z hayotini qurbon qiluvchi shaxs.
Ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida unga mos keladigan o‘z qahramonlari bo‘ladi.

Ta’kidlash kerak, muqaddas zaminimizda ulg‘ayib, voyaga yetgan buyuk

ajdodlarimiz Vatan erki va ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan mislsiz qahramonliklari bilan

insoniyatni hanuz lol qoldirib kelmoqdalar. Ona Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak,

To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik,

Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi nomlari mangulikka daxldor shaxslarni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

2 (2024) / ISSN 2181-1415

53

ko‘ramiz. Jumladan

, buyuk ajdodimiz Najmiddin Kubroning jasorati tillardan-

tillarga o‘tib

keladi. U Xorazmga mo‘g‘ullar bostirib kelayotganidan xabar topib, birinchilardan bo‘lib
Vatan himoyasiga otlanadi. Najmiddin Kubroning xalq orasidagi dovrug‘

-shuhratini

eshitib, Chingizxon u kishiga chopar yuborib, “Men Xorazmni qatliom qilmoqchiman,
shuning uchun sizdek ulug‘ shaxs u yerdan ketib, bizga qo‘shilishingizni so‘rayman”,
degan. O‘z jonini saqlab qolish yo‘lida Vatanini yovga topshirishni or deb bilgan shayx
bosqinchilarga qarshi: “Yo Vatan, yo sharafli o‘lim” deya jangga kiradi va mardlarcha tug‘
ko‘tarib borayotgan holatda halok bo‘ladi [3]. Najmiddin Kubroning ona

-Vataniga

sadoqati asrlar osha ma’naviy jasoratning buyuk cho‘qqisiga, mardlik va matonatning

oliy namunasiga aylandi.

Qahramonlik mohiyati jihatidan shaxs erkinligining yuksak ko‘rinishini ifodalaydi.

U inson ongining o‘ziga xos komponenti sifatida kundalik amaliy faoliyatda va jangovar
harakatlarda axloqiy omil doirasida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Qahramonlik

hodisasi jangovar shon-

shavkat deb aytish mumkin bo‘lgan juda ko‘p qirralarga ega:

shijoatkorlik, mardlik, botirlik, fidoyilik, vatanparvarlik, dovyuraklik, jasorat, matonat
kabilar. Mazkur jihatlar inson faoliyatining muayyan tabiatidan kelib chiqqan holda

namoyon bo‘ladi. Shuningdek, qahramonlik eng fojiali vaziyatda ham insonning o‘ziga va
kelajakka bo‘lgan ishonchini saqlab qolishiga imkon beradi. U qo‘shinlar axloqiy
barqarorligini ta’minlab, hatto dushmanga ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ular ongida
g‘alabaga bo‘lgan ishonch hissini so‘ndiradi. Ana shunday xislatlarni o‘zida mujassam
etgan buyuk sarkarda Amir Temur Toshkent uchun bo‘lgan jangda chap oyog‘idan
jarohat olishiga qaramay jang maydonini tashlab ketmadi: “Og‘riq kuchli bo‘lsa ham, men

ovoz chiqarmadim, ingramadim hatto. Shuning uchun ham jangchilarim mening

shikastlanganimni bilishmadi. Aslida ham rahnamoning mardligi shundaki, o‘limga

yuzma-yuz borib, dushmanlar bilan mardonavor kurashish barobarida, jarohatlangan

payti dod solmasligi, ingramasligi darkor” [4].

Mardonavor harakat

qahramonlikning toji

yuksak g‘oyalar uchun kishilarning

botirlarcha xatti-

harakatlari orqali yuz beradi. Qahramonlik ro‘yobga chiqquniga qadar

turli bosqichlarda ushbu tarkibning yo u jihati yoki bu xususiyati ustuvorlik qiladi. Agar

shaxsning mardonavor harakatga tayyorgarlik darajasi milliy g‘oyamizga bo‘lgan
mustahkam e’tiqodiga, intellektning axloqiy yetukligiga asoslansa, qahramonlik hodisasi
rivojida belgilovchi ustuvorlik irodaga tegishli bo‘ladi. His

-

tuyg‘ular, o‘z navbatida,

mardonavor harakatni yuzaga chiqaradigan motivatsiyani kuchayishiga turtki beradi.

Shaxsning harbiy mahorati, maxsus kasbiy tayyorgarligi qanchalik yuqori bo‘lsa,
mustahkam e’tiqodi, barqaror ruhiyati, metin irodasi shunchalik samarali namoyon
bo‘ladi. Zamonaviy sharoitlarda har tomonlama chuqur kasbiy bilim va malakaga ega
bo‘lmay turib, qahramonlik hodisasini namoyon etish imkoniyati tobora kamayib

bormoqda.

Harbiy qahramonlik ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Harbiy

xizmat tabiati shundaki, u barcha toifadagi harbiy xizmatchilardan hamma vaqt

qahramonlik ko‘rsatishga tayyor turishni taqozo etadi. Shu sababli harbiy xizmatchi va

qahramon tushunchalari bir-

biri bilan o‘zaro dialektik bog‘liqdir. Harbiy qahramonlik

deganda shaxs, xalq, harbiy bo‘linmaning dushman ustidan g‘alaba qozonishi uchun
fidokorona harakat qilib, qurolli kurashda jangovar faollik va axloqiy mas’uliyatni yuqori
darajada namoyon etishi tushuniladi. Misol uchun, o‘zbek o‘g‘loni, 57

-gvardiyachi

diviziya qo‘mondoni general

-

mayor Sobir Rahimov ko‘rsatgan harbiy jasorati uchun to‘rt


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

2 (2024) / ISSN 2181-1415

54

marta Qizil Bayroq ordeni, Suvorov ordeni, Qizil Yulduz ordeni va ko‘plab medallar bilan

taqdirlangan. 1943-yil unga general-mayor unvoni beriladi va Moskvada oliy harbiy

Akademiyaga o‘qishga chaqiriladi. Akademiyani tamomlab, avval Belorussiyani, so‘ng

Polshaning Gnev, Starograd, Dzyaldovo shaharlarini ozod etish uchun janglarda

sarkardalarga xos harbiy san’atini hamda jasur, mard, qat’iyatli general ekanligini

namoyish etadi. U 26-martda Gdansk shahrini ozod etish uchun olib borilgan jangda

qahramonlarcha halok bo‘ladi va o‘limidan so‘ng Qahramon unvoni berilgan.

Gdansk

shah

ridagi ko‘chalar, maktablarga general Sobir Rahimov nomi berilgan.

Qahramonlik shijoati o‘lim xavf solib turgan vaziyatda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ma’lum ma’noda u “bir martalik”, individuallashgan tabiatga ega. Ayni paytda, sh

ijoat

guruh, jamoa, hatto butun bir sinfga ham xos xususiyat bo‘lib, u odatda kishilarning
qahramonlik namunalaridan ruhlanishi natijasida yuzaga keladi. “Shijoat deb botir va
yurakli bo‘lmakni aytilur. Shijoatning haqiqati qalbning matonatindan, ruhning
salomatindan iboratdir”

[5]

. Shuningdek, Xusayn Voiz Koshifiy “Axloqi Muhsiniy” asarida

aytadiki, “shijoat fazilatlarning onasidir, ya’ni ulug‘ va yoqimli xislatlardan.

U botirlik,

jasorat, mardlik ma’nolarini anglatadi. Shijoatli odamni hamma o‘ziga do‘st sanaydi. Shu
bois, bu fazilat eng qiyin, mashaqqatli fazilatlardan biridir”.

Qahramonlik shijoati

shaxsning ulug‘vor maqsadlar yo‘lida hech narsani o‘ylamay qilingan ongli xatti

-harakati.

Inson biror bir xavf-

xatarga duch kelganida irodasi mustahkam bo‘lishi, o‘zini

mardonavor tutishi lozim. Qahramonlik shijoatining ahamiyati, birinchi navbatda,

ommaviy harakatning tashabbuskori ekanligida o‘z ifodasini topadi. Zero, ona Vatani va
xalqi uchun o‘z jonini fido qilish qahramonlikning yuksak namunasi hisoblanadi.

O‘zbekiston mustaqilligining o‘tgan davrida Vatanimizning ko‘plab asl farzandlari,

xususan, mard harbiylarimiz mustaqilligimizni asrash, yurtimiz tinchligini ta’minlash,

xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga
qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va
osoyishta kunlar uchun jonini fido qildilar. Bular qatorida, 2000-yil Surxondaryo

viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari to‘dalariga qarshi kurashda

katta

leytenant Jalilov M.M., katta leytenant Salimov

A.S., leytenant G‘aniyev

B.A., leytenant

Sadinov S.S., batalon feldsheri serjant Madolimov Q.N., kichik serjant Oxunov Yu.N. va
boshqalar

fidoyilik namunalarini ko‘rsatdilar [6]. Ular jangning hal qiluvchi daqiqalarida

irodaning imkon darajasida safarbar etilishi va axloqiy tuyg‘ularning kuchayishini
namoyon etdilar. Zotan, jangda mardlik va jasorat muhim o‘rin tutadi. Bu sifatlar
kishining faqat jismoniy quvvatini anglatmaydi, balki jangchida katta qalb bo‘lishi

lozimligini ham bildiradi [7].

Jangovar vaziyatda jangovar shijoat o‘zini qurbon qilish orqali ham namoyon

bo‘lishi mumkin. Bu hodisa fidoyilikning to‘liq ifodasi, shaxs (yoki jamoa)ning umumiy
taraqqiyot manfaatlari yo‘lida o‘zini qurbon qilishga qodirligini aks ettiradi. Tillarda
doston bo‘lgan razvedkachi N.

Kuznesov o‘limi oldidan shunday yozadi: “Men hayotni

sevaman, men hali juda yoshman. Ammo o‘z onamdek sevgan Vatanim nemis
bosqinchilaridan ozod bo‘lishi yo‘lida o‘zimni qurbon qilishimni talab etmoqda va men
buni amalga oshiraman” [8]. Inson eng og‘ir, fojiali daqiqalarda o‘zidan nimadir qolishini,
uning nomi izsiz ketmasligini, ona Vatanining sodiq o‘g‘loni bo‘lib qolishni istaydi.

Faqat axloqiy erkinlikning yuksak darajasiga ko‘tarilgan insonlargina fojiali daqiqalarda
bunday harakatlarni amalga oshirishga qodir bo‘ladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

2 (2024) / ISSN 2181-1415

55

Shu bilan birga, inson kundalik faoliyati davomida

o‘z vazifalarini bajarish

jarayonida ham qahramonona harakatlarni sodir etishi mumkin. Jumladan,
chegarachilarning kundalik xizmati, uchuvchilarning murakkab vaziyatlarda yuqori va
past balandliklarda, hatto tunda ham parvozni amalga oshirishi, sapyorlar,
razvedkachilar, tankchilar, artilleriyachi va boshqa mutaxassislarning kundalik faoliyati
qahramonlikning yorqin namunasidir.

Xullas, qahramonlik harakati

inson o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarning ulug‘vorligi bilan

aniqlanadi.

Axloqiy omil yuksak ma’naviy safarbarlik holatida bo‘lganida qahramonlik

komponenti o‘zini yaqqol namoyon etadi. Shu bois harbiy xizmatchilarimizning kasbiy
mahorati, jangovar tayyorgarligi va ma’naviy

-axloqiy tarbiyasiga yuqori talablar

qo‘yilmoqda. Zero, tarbiyaviy ishlar to‘g‘ri va aniq tashkillashtirilsa, shaxsiy tarkibning
ruhiyati baland bo‘ladi, axloqiy kuch moddiy kuchga aylanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Т.: Ўзбекистон, 2021.

-

25 б.

2.

Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом

эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1

-

ж. –

Т.: Ўзбекистон, 2017. 146

-

б.

3.

Аминов Б., Расулов Т. Ватан –

юракдаги жавоҳир. –Т.: Ўқитувчи, 2001.

-77-79 b.

4.

Mарсел Брион. Менким сохибқирон –

жахонгир Темур. –Т.: Янги аср авлоди,

2012.

68-

69 б.

5.

Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2

-

ж. –Т.: Маънавият, 2006. –47 б.

6.

Мард ўғлонлар номи барҳаёт.

-

Т.: Ўзбекистон, 2018.

-

560 б.

7.

Mарсел Брион. Менким сохибқирон –

жахонгир Темур. –Т.: Янги аср авлоди,

2012.

–327 б.

8.

Говорят погибшие герои. –М.: Госполитиздат, 1961.

-

188 с.

Bibliografik manbalar

Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Т.: Ўзбекистон, 2021. -25 б.

Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-ж. – Т.: Ўзбекистон, 2017. 146-б.

Аминов Б., Расулов Т. Ватан – юракдаги жавоҳир. –Т.: Ўқитувчи, 2001. -77-79 b.

Mарсел Брион. Менким сохибқирон – жахонгир Темур. –Т.: Янги аср авлоди, 2012. –68-69 б.

Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2-ж. –Т.: Маънавият, 2006. –47 б.

Мард ўғлонлар номи барҳаёт.-Т.: Ўзбекистон, 2018. -560 б.

Mарсел Брион. Менким сохибқирон – жахонгир Темур. –Т.: Янги аср авлоди, 2012. –327 б.

Говорят погибшие герои. –М.: Госполитиздат, 1961. -188 с.