O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANIDA QO‘LLANGAN AYRIM IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI

Abstract

Ushbu maqolamizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida qo‘llangan bir,ikki, uch, to‘rt komponentli iboralar mazmuniy jihatdan tahlilga tortilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
85-87
83

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Pormonov , F. . . (2025). O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANIDA QO‘LLANGAN AYRIM IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI. Science and Innovation in the Education System, 4(1), 85–87. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/63858
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolamizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida qo‘llangan bir,ikki, uch, to‘rt komponentli iboralar mazmuniy jihatdan tahlilga tortilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

85

O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR”

ROMANIDA QO‘LLANGAN AYRIM IBORALARNING SEMANTIK

TAHLILI

Pormonov Fayozbek Raxmomberdi o‘g‘l

i

Toshkent kimyo xalqaro universiteti

filologiya fakultiti 1-bosqich talabasi

gmail: fayazbekfarmonov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14729082

Annotatsiya.

Ushbu maqolamizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan

umrlar” romanida qo‘llangan bir,ikki, uch, to‘rt komponentli iboralar mazmuniy
jihatdan tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar:

ibora, komponent, uslubiy bo‘yoqdor so‘z, frazeologiya,

barqaror birikma.

Ibora arabcha so‘z bo‘lib biror bir tushuncha yoki gapning bir so‘z bilan

ifodalanishi, yani turg‘un bog‘lama. Masalan,

qovog‘idan qor yog‘yapti, kapalagi

uchdi, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib kettdi, qovun tushurdi

va hakazo. Ibora o‘zi

ifodalayotgan tushuncha bilan so‘zga teng, lekin uslubiy bo‘yoqdorligi sababli
bu tenglik buziladi. Ibora har vaqt uslubiy bo‘yoqdor bo‘ladi. Til qurilishining
lug‘at sathida leksik va frazeologik qatlam (Uni o‘rganuvchi soha ham)
frazeologiya deb yuritiladi. Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan va nutqiy jarayonga
qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan,
nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi soha frazeologiya deb nomlanadi. Bizning
ushbu tadqiqotimizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”
romanidagi iboralarni semantik jihatdan tahlil qilishga harakat qildik. Asarda
to‘rt komponentli

“qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan”

iborasi qo‘llanilgan bo‘lib,

frazeologik lug‘atlarda

“nihoyat darajada beozor mo‘min”

degan ma’noni

ifodalaydi. Ushbu ibora O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”
romanida quydagi o‘rinda komessar nutqida qo‘llangan:

“– Senga qolsa, Vasilyevning alibiysi qo‘lida! To‘laganova qo‘y og‘zidan cho‘p

olmagan farishta” (185-bet).

Ikki komponentli

“kapalagini uchirmoq” “kayf(i)ni uchirmoq”

iborasining varianti bolib, lug‘atlarda “qattiq cho‘chish bilan qo‘rqmoq”
ma’nosini o‘zida aks ettiradi. Mazkur ibora romanda quyidagi o‘rinda qo‘llangan:

“-Ie, o‘zingmisan, o‘rtoq ? –dedi dadillanib.-Marhamat qani, ichkariga! Odamning
kapalagini uchirib yubording-ku,og‘ayni?(

61- bet). Bundan tashqari yana ikki

komponentli iboralardan

“palagi toza”

frazeologizmi ham qo‘llangan bo‘lib,

semantic ma’nosi

“urug‘-aymog‘i, avlodi va oila a’zolaridan ibrat olsa bo‘ladigan;


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

86

namunali, zotli”

degan ma’noni anglatadi. Romanda

“palagi toza”

iborasi

quyidagi o‘rinda qo‘llangan:

“keyin…. Qarasam, yuzingda nur bor. Mana endi

tushundim. Palaging toza ekan”

(109- bet). Bu o‘rinda ma’lum bir shaxsning

yaxshi bir urug‘ vakili ekanligini anglatadi.

“Burnini suqmoq”

-

“kirmoq”

ma’nosini

anglatib, ushbu iboraning

“tumshug‘(i)ni tiqmoq

” varianti ham mavjud. Bu

ibora asarning quyidagi o‘rnida qo‘llangan:

“Otang ko‘rgan bunaqa “Yozuvchi”

lardan qanchasin! Hamma yerga burnini suqadi.(129- bet).

Bo‘lar -bo‘lmas

ishlarga ham aralashib ketaveradigan odamlarga nisbatan mana shu ibora
qo‘llanadi.

“Qovun tushirmoq”

iborasi

“qovun tushirib, shag’al to‘kmoq”

iborasining varianti hisoblanib, uning semantic ma’nosi

“suhbat mavzusiga

qovushmaydigan, noo’rin gap-so’z aytmoq”

ma’nolarini o‘zida jamlashi qayd

etilgan. Mazkur ibora O‘.Hoshimov romanida aynan shu ma’noni ifodalash
uchun qo‘llanilgan.

“Xolamlardan xabar olay deb kiribmanda ,ko‘ngillarini

ko‘taraman, deb qovun tushuribman

(82- bet). Bu ibora bilib-bilmasdan biror

ishni noto‘g‘ri va noo‘rin bajarib qo‘yadigan odamlarga nisbatan ko‘proq
qo‘llanadi.

Asarda nafaqat ikki komponentli, balki uch va to‘rt kompanentli

iboralar mavjud bo‘lib

, “tishini tishiga qo‘ymoq“

-

“butun his-tuyg‘usini iroda kuchi

bilan yengib chidamoq”

ma’nosini anglatadi. Mazkur ibora romanda aynan shu

ma’noni bo‘yoqdor va ta’sir doirasi kuchliroq bo‘lishi uchun ishlatilgan. Masalan:
“Komessar G‘aniyevning o‘g‘li allaqanday qing‘ir-qiyshiq ulfatlari bilan siyosat
so‘qiyapti. Ziyofat tugaguncha tishini tishiga qo‘yib chidadi” (129- bet).

“Xom sut

emgan”

iborasi izohli lug‘atda

“hamma qatori; boshqalardan ajralib turadigan

joyi yo‘q (banda, odam bolasi) ma’nolarini o‘zida aks ettirgan

va bu turg‘un

birikma “Tushda kechgan umrlar “ romanida Rustamning otasi nutqida
qo‘llangan:

“Yoshim oltmishdan o‘tib, ko‘p narsalarga endi-endi tushunyapman,

xom sut emgan banda!”

(210-bet).

To‘rt komponentli

“miyasini qoqib, qo‘liga bermoq”

iborasi

“quloq-

miya(si)ni yemoq”

iborasiga sinonim hisoblanib, ma’nosi

“so‘rayverib miyasini

charchatmoq, sergapligi bilan bezdirmoq”

ma’nosini ifodalaydi. Bu ibora O‘tkir

Hoshimovning romanida quyidagi o‘rinda qo‘llanilgan

: “-Miyamni qoqib,qo’limgq

berdingiz-ku, xola. Aytayapman-ku, men boshqa narsani so‘ramoqchiman

(105-

bet). Asardagi

“xom sut emgan”

iborasining semantik ma’nosi “hamma qatori;

boshqalardan ajralib turadigan joyi yo‘q (banda, odam bolasi) ma’nolarini o‘zida
aks ettirgan(538-bet). Bu ibora asarda

“Yoshim oltmishdan o‘tib, ko‘p

narsalarga endi-endi tushunyapman, xom sut emgan banda!”

tarzida qo‘llangan


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

87

bo‘lib,insonning hayot tarzi davomida xatoliklarga yo‘l qo‘ygani uchun
afsuslanish holatini aks ettiradi (210-bet).

Xulosa qilib aytganda, iboralarni semantik jihatdan tahlil etganda,

ularning har biri turli xil ma’no ifodalaydi, bularning barchasi matn ichida
namoyon bo‘lishini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bunday somatik iboralar
tarkibida bir qancha sematik munosabatlar borligini o‘rganilgan roman matni
dalillashga harakat qildik. Bunday munosabatlar ular orasidagi antonimlik,
ma’nodoshlik, shakldoshlik asosida yuzaga chiqishi misollar orqali tahlil qildik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hoshimov O‘. Tushda kechgan umrlar. “Ilm-ziyo-zakovat”. Toshkent, 2019
2. O‘zbek tili frazeologik lug‘ati.”G‘ofur G‘ulom” nomidagi nashiryoti matbaa
ijodiy uyi,2022.
3. Berdiyorov X, Rasulov R, Yo‘ldoshev B. O‘zbek frazeologiyasidan materiallari.
“Navro‘z” nashryoti.-Samarqand,1978.
4. Bekmurod Yo‘ldoshev. Frazeologik uslubiyat asoslari.- Samarqand, 1998.

References

Hoshimov O‘. Tushda kechgan umrlar. “Ilm-ziyo-zakovat”. Toshkent, 2019

O‘zbek tili frazeologik lug‘ati.”G‘ofur G‘ulom” nomidagi nashiryoti matbaa ijodiy uyi,2022.

Berdiyorov X, Rasulov R, Yo‘ldoshev B. O‘zbek frazeologiyasidan materiallari. “Navro‘z” nashryoti.-Samarqand,1978.

Bekmurod Yo‘ldoshev. Frazeologik uslubiyat asoslari.- Samarqand, 1998.