GAPIRISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR

Annotasiya

Mazkur maqolada bolalar orasida uchraydigan gapirishdagi nuqsonlar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinadi. Nutqiy rivojlanishdagi bu muammolar ta’lim-tarbiya jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu maqolada aynan logopedik metod orqali bolalarning nutqini to‘g‘rilash, ularni til va adabiyot darslariga tayyorlashda qanday usullar qo‘llanishi mumkinligi ilmiy asosda yoritilgan. Metodning amaliy qo‘llanilishi, ta’limiy samarasi va bolaning ijtimoiy moslashuviga ta’siri keng yoritiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
177-179
16

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Boltayeva , I. (2025). GAPIRISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR. Наука и инновации в системе образования, 4(5), 177–179. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/98725
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada bolalar orasida uchraydigan gapirishdagi nuqsonlar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinadi. Nutqiy rivojlanishdagi bu muammolar ta’lim-tarbiya jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu maqolada aynan logopedik metod orqali bolalarning nutqini to‘g‘rilash, ularni til va adabiyot darslariga tayyorlashda qanday usullar qo‘llanishi mumkinligi ilmiy asosda yoritilgan. Metodning amaliy qo‘llanilishi, ta’limiy samarasi va bolaning ijtimoiy moslashuviga ta’siri keng yoritiladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

177

GAPIRISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI RIVOJLANTIRUVCHI

METODLAR

Boltayeva Iroda

Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti

Turkiy tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15532008

Annotatsiya:

Mazkur maqolada bolalar orasida uchraydigan gapirishdagi

nuqsonlar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinadi. Nutqiy
rivojlanishdagi bu muammolar ta’lim-tarbiya jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Ushbu maqolada aynan logopedik metod orqali bolalarning nutqini
to‘g‘rilash, ularni til va adabiyot darslariga tayyorlashda qanday usullar
qo‘llanishi mumkinligi ilmiy asosda yoritilgan. Metodning amaliy qo‘llanilishi,
ta’limiy samarasi va bolaning ijtimoiy moslashuviga ta’siri keng yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

logopedik metod, nutqiy rivojlanish, bola psixologiyasi,

artikulyatsiya mashqlari, fonematik eshituv, til va adabiyot, nutq nuqsonlari

Annotation:

This article analyzes speech defects among children and their

causes. These problems in speech development can seriously affect the
educational process. This article scientifically explains what methods can be
used to correct children's speech and prepare them for language and literature
lessons through the speech therapy method. The practical application of the
method, its educational effectiveness and impact on the child's social adaptation
are widely covered.

Keywords:

speech therapy method, speech development, child psychology,

articulation exercises, phonemic hearing, language and literature, speech defects

Bola nutqining to‘laqonli shakllanishi – uning aqliy, ijtimoiy va estetik

rivojlanishining muhim omillaridan biridir. So‘nggi yillarda maktabgacha
yoshdagi bolalar orasida nutq buzilishlari, ayniqsa, tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz
qilish, gap tuzishda qiynalish, sekin yoki totqillab gapirish kabi holatlar ko‘p
kuzatilmoqda. Bunga esa nuqsoni bo‘lgan bolaning tengdoshlaridan ajralib,
yakkalanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu muammo asosan psixologik omillar,
genetik moyillik, yetarlicha og‘zaki muloqotning bo‘lmasligi yoki nutqiy
muhitning yetarlicha boy bo‘lmasligi natijasida yuzaga keladi. Ayniqsa, til va
adabiyot darslarida bolalarning matnni tushunishda, ifoda qilishda, she’r
yodlashda va hikoya tuzishda qiynalishi ularning og‘zaki va yozma nutqida
sezilarli kamchiliklarga olib keladi. Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun
logopedik metodlar qo‘llanish va o‘quvchilarga kichik yoshlaridan folklore
namunali, turli ertak, hikoya, she’rlarni ifodali hamda ta’sirchan namoyon qilish
o‘z samarasini bermoqda.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

178

Nutq buzulishi nafaqat muloqot qilishga, balki inson va jamiyat o‘rtasidagi

munosabatlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Nutqdagi buzulishlar
tug‘ma bo‘lishi ham mumkin yoki biror narsadan qattiq qo‘rqib qolish natijasida
ham yuzaga kelishi mumkin. Tug‘ma nuqsoni bor ayrim bolalarini davolashning
iloji bo‘lmasa ham, bog‘cha yoki maktab yoshlarida baxtsiz hodisa orqali ushbu
nuqson paydo bo‘lgan bolarni davolash, darslarga jalb qilish, o‘zig bo‘lgan
ishonchi orttirish mumkin. Respublikamizda olib borilayotgan barcha
islohotlarning maqsadi davlatimiz kelajagiga mustahkam poydevor qurishdan
iborat. Biz pedagoglar ham bunga o‘z hissamizni qo‘shsak maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Rag‘batlantirish, gapirishda nuqsoni bo‘lgan bola chiqargan tovushlarni
yanada yaxshiroq aytishiga ko‘maklashish bolalarga avvalgi holiga qaytishiga
yordam beradi.

Logopedik metodning mohiyati

Logopedik metod – bu nutq buzilishlarini aniqlash, tuzatish va oldini

olishga qaratilgan tizimli, ilmiy asoslangan mashqlar majmuasidir. Bu metod,
ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar uchun zarurdir,
chunki bu davrda til o‘zlashuvi va nutq shakllanishi eng faol bosqichda kechadi.
Logopedik yondashuv orqali bolaning nutq apparati – til, lab, jag‘, nafas tizimi va
eshituv idorasi faoliyati uyg‘unlashadi.

Logopedik metodda qo‘llaniladigan asosiy mashqlar:

Artikulyatsion mashqlar
Bola tilining harakatchanligini, lablarining moslashuvchanligini oshirish

orqali tovushlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishiga erishiladi. Masalan, “tip-tip”,
“buloqcha” kabi onomatopeya asosidagi mashqlar orqali harakat va tovush
uyg‘unligi mustahkamlanadi.

Tovush ishlab chiqish va avtomatizatsiya. Masalan, “R” harfini to‘g‘ri ayta

olmagan bolalarga maxsus mashqlar orqali tovush pozitsiyasi ishlab chiqiladi.
So‘ng, bu tovush so‘zlarda, gaplarda va matnlarda mustahkamlanadi.

Fonematik eshituvni rivojlantirish. Bola tovushlarni ajratadi, ularni to‘g‘ri

eshitadi va o‘z nutqida qo‘llaydi. Bu til darslarida diktant yozishda, o‘qish
paytida tushunishni oshirishda muhim vosita bo‘ladi.

Nutq nafasini boshqarish. Bola she’r yoki matn o‘qiyotganda to‘g‘ri nafas

olish va pauza qilishni o‘rganadi. Bu tutluqishning oldini oladi va ifodali o‘qish
malakasini shakllantiradi.

So‘z boyligi va bog‘liq nutqni rivojlantirish. Til va adabiyot fanlarida hikoya

tuzish, she’r yodlash, maqollar, topishmoqlar bilan ishlash logoped
mashg‘ulotlariga uyg‘unlashtiriladi. Masalan, bola "Bahor keldi" mavzusida rasm


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

179

asosida matn tuzadi, bu esa uni fikrini izchil bayon qilishga undaydi. Bundan
tashqari u bilan alohida ishlash uning his-tuyg‘ularidan boxabar bo‘lib shu
o‘quvchiga huddi shu mavzuda topshiriq berish ham unumlidir.

Metodning amaliy qo‘llanilishi

Logopedik metodni til va adabiyot darslariga integratsiya qilish yuqori

samarani beradi. Boshlang‘ich sinfda o‘qituvchi logoped bilan hamkorlikda
individual yondashuv asosida quyidagi ishlarni olib borishi mumkin:

Har bir darsda 3–5 daqiqalik artikulyatsion mashqlar

Yangi so‘zlarni tovushli tahlil qilish

Matn asosida nutqiy ketma-ketlikni tuzish (kirish–asosiy fikr–xulosa)

Hikoya qilish, savollarga javob berish, erkin fikr bildirish

Bu metod nafaqat nutqiy nuqsonni tuzatadi, balki bolaning nutqiy

estetikasi, fikrlash aniqligi, ifoda qilish madaniyatini ham rivojlantiradi.

Xulosa: Gapirishdagi nuqsonlar bolaning shaxsiy taraqqiyotiga jiddiy salbiy

ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu muammolarning erta aniqlanishi va logopedik
metod orqali tuzatib borilishi nafaqat bolaning nutqini, balki uning ta’limdagi
muvaffaqiyatini, o‘ziga ishonchini va ijtimoiy faolligini oshiradi. Ayniqsa,
logopedik mashg‘ulotlarning til va adabiyot darslari bilan uyg‘un olib borilishi
bolaning og‘zaki va yozma nutqini bir vaqtning o‘zida rivojlantirish imkonini
beradi. Shu bois bu metodni keng miqyosda joriy etish, pedagog va logopedlar
hamkorligini kuchaytirish muhim vazifalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

D.Sh.Nafasov, I.X.Ruzimova, I.Q.Sayfullayeva, N.B.Djabbarova Inklyuziv

ta’lim. Gospital pedagogika
2.

Madatov Ilhom Yusup o‘g‘li Inklyuziv ta’lim darslik T-2024

3.

Z.N.Mamarajapova, B.Q.Subanova Inklyuziv ta’lim o‘quv qo‘llanma

Toshkent-2022
4.

https://cyberleninka.ru/article/n/nutq-nuqsonlariga-ega-bo-lgan-bolalar

Bibliografik manbalar

D.Sh.Nafasov, I.X.Ruzimova, I.Q.Sayfullayeva, N.B.Djabbarova Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika

Madatov Ilhom Yusup o‘g‘li Inklyuziv ta’lim darslik T-2024

Z.N.Mamarajapova, B.Q.Subanova Inklyuziv ta’lim o‘quv qo‘llanma Toshkent-2022

https://cyberleninka.ru/article/n/nutq-nuqsonlariga-ega-bo-lgan-bolalar