ASARXADDON DAVRIDA: OSSURIYA IMPERIYASI.

Abstract

Ushbu maqolada Ossuriya imperiyasining eng kuchli va nufuzli hukmdorlaridan biri bo‘lgan Asarxaddon davrida davlatning siyosiy, harbiy va madaniy hayoti yoritiladi. Asarxaddon (miloddan avvalgi 681–669-yillar) davrida Ossuriya o‘z qudratining cho‘qqisiga chiqib, Misrgacha bo‘lgan hududlarni egalladi va o‘zini mintaqaning yagona superdavlati sifatida namoyon qildi. Maqolada shuningdek, uning ichki islohotlari, tashqi siyosati, harbiy yurishlari va diniy siyosati tahlil qilinadi. Asarxaddon davrida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, imperiya boshqaruvi yanada takomillashgani, hamda bu davr Ossuriya tarixida o‘ziga xos taraqqiyot bosqichi bo‘lganligi asoslab beriladi. Tadqiqot tarixiy manbalar va arxeologik topilmalar asosida yozilgan bo‘lib, qadimgi Yaqin Sharq tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
102-107
22

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ziyotov , Z. . (2025). ASARXADDON DAVRIDA: OSSURIYA IMPERIYASI. Science and Innovation in the Education System, 4(5), 102–107. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/90172
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Ossuriya imperiyasining eng kuchli va nufuzli hukmdorlaridan biri bo‘lgan Asarxaddon davrida davlatning siyosiy, harbiy va madaniy hayoti yoritiladi. Asarxaddon (miloddan avvalgi 681–669-yillar) davrida Ossuriya o‘z qudratining cho‘qqisiga chiqib, Misrgacha bo‘lgan hududlarni egalladi va o‘zini mintaqaning yagona superdavlati sifatida namoyon qildi. Maqolada shuningdek, uning ichki islohotlari, tashqi siyosati, harbiy yurishlari va diniy siyosati tahlil qilinadi. Asarxaddon davrida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, imperiya boshqaruvi yanada takomillashgani, hamda bu davr Ossuriya tarixida o‘ziga xos taraqqiyot bosqichi bo‘lganligi asoslab beriladi. Tadqiqot tarixiy manbalar va arxeologik topilmalar asosida yozilgan bo‘lib, qadimgi Yaqin Sharq tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

102

ASARXADDON DAVRIDA: OSSURIYA IMPERIYASI.

Ziyotov Zayniddin Abdusattor o’g’li

Mirzo ulug’bek nomidagi

O’zbekiston milliy universiteti

Tarix fakulteti Tarix(mamlakatlar va yo’nalishlar)

2-kurs talabasi

E-mail :zayniddinziyotov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15447454

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Ossuriya imperiyasining eng kuchli va

nufuzli hukmdorlaridan biri bo‘lgan Asarxaddon davrida davlatning siyosiy,
harbiy va madaniy hayoti yoritiladi. Asarxaddon (miloddan avvalgi 681–669-
yillar) davrida Ossuriya o‘z qudratining cho‘qqisiga chiqib, Misrgacha bo‘lgan
hududlarni egalladi va o‘zini mintaqaning yagona superdavlati sifatida namoyon
qildi. Maqolada shuningdek, uning ichki islohotlari, tashqi siyosati, harbiy
yurishlari va diniy siyosati tahlil qilinadi. Asarxaddon davrida markaziy
hokimiyat mustahkamlanib, imperiya boshqaruvi yanada takomillashgani,
hamda bu davr Ossuriya tarixida o‘ziga xos taraqqiyot bosqichi bo‘lganligi
asoslab beriladi. Tadqiqot tarixiy manbalar va arxeologik topilmalar asosida
yozilgan bo‘lib, qadimgi Yaqin Sharq tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb
etadi.

Kalit so’zlar:

Shoh, Nineviya, Sidon, Kikiliya, Harran, Zikkurat, Xaldey,

Kalxu, taxt, valiaxd, Misr, Nippur, Urartu.

Аннотация:

В статье рассматривается политическая, военная и

культурная жизнь государства в период правления Асархаддона, одного из
самых могущественных и влиятельных правителей Ассирийской империи.
При Асархаддоне (681–669 гг. до н. э.) Ассирия достигла пика своего
могущества, завоевав территории вплоть до Египта и утвердившись в
качестве единственной сверхдержавы в регионе. В статье также
анализируются его внутренние реформы, внешняя политика, военные
походы и религиозная политика. Утверждается, что во время правления
Асархаддона центральная власть была укреплена, а имперское управление
еще больше усовершенствовалось, и что этот период был уникальным
этапом развития в ассирийской истории. Исследование основано на
исторических источниках и археологических находках и имеет важное
значение для изучения истории древнего Ближнего Востока.

Ключевые слова:

Царь, Ниневия, Сидон, Киликия, Харран, Зиккурат,

Халдея, Калху, Трон, Наследный принц, Египет, Ниппур, Урарту.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

103

Abstract:

This article examines the political, military, and cultural life of the

state during the reign of Esarhaddon, one of the most powerful and influential
rulers of the Assyrian Empire. During the reign of Esarhaddon (681–669 BC),
Assyria reached the peak of its power, occupying territories as far as Egypt and
establishing itself as the sole superpower in the region. The article also analyzes
its internal reforms, foreign policy, military campaigns, and religious policy. It is
argued that during the reign of Esarhaddon, central power was strengthened
and the administration of the empire was further improved, and that this period
was a unique stage of development in the history of Assyria. The study is based
on historical sources and archaeological finds and is of great importance in the
study of the history of the ancient Near East.

Keywords:

King, Nineveh, Sidon, Cilicia, Harran, Ziggurat, Chaldea, Kalhu,

Throne, Crown Prince, Egypt, Nippur, Urartu.

Kirish:

Qadimgi Yaqin Sharq sivilizatsiyalari orasida Ossuriya imperiyasi

o‘zining harbiy kuchi, markazlashgan boshqaruv tizimi va keng hududiy
ekspansiyasi bilan ajralib turgan. Ayniqsa, miloddan avvalgi VII asrda
hukmronlik qilgan podsho Asarxaddon davri Ossuriyaning siyosiy va harbiy
qudrati eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan davr sifatida tarixda muhim o‘rin
egallaydi.

Asarxaddon nafaqat imperiyani ichki nizolardan xalos qilib, markazlashgan

boshqaruvni tikladi, balki tashqi yurishlar orqali Ossuriya hududlarini
kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. U Misrni zabt etib, o‘zining siyosiy salohiyatini
xalqaro maydonda yanada kuchaytirdi. Ushbu mavzuda Asarxaddon
hukmronligi davrida Ossuriya imperiyasining siyosiy, harbiy va madaniy
taraqqiyoti, shuningdek, uning mintaqadagi geosiyosiy ta’siri tahlil etiladi.

Tadqiqot metodologiyasi:

Ushbu mavzuda tarixiy-huquqiy, taqqoslama,

tahliliy va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanildi. Avvalo, Asarxaddon
davriga oid asosiy tarixiy manbalar – Ossuriya klin yozuvlari, shoh farmonlari,
arxeologik topilmalar va zamonaviy tarixchi olimlarning ilmiy ishlari o‘rganildi.
Tadqiqot davomida Asarxaddon hukmronligining siyosiy, harbiy va ijtimoiy
aspektlari tizimli ravishda tahlil qilinib, ularni oldingi va keyingi Ossuriya
hukmdorlarining faoliyati bilan taqqoslash asosida umumiy xulosalar chiqarildi.
Shuningdek, mintaqadagi boshqa sivilizatsiyalar bilan diplomatik va harbiy
aloqalar tarixiy voqealar ketma-ketligi asosida tahlil qilindi. Metodologik
yondashuvlar tarixiy jarayonlarning chuqurroq anglanishiga va Asarxaddon
davridagi Ossuriya imperiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga xizmat
qildi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

104

Tahlil va natijalar:

Sinaxxeribning bir necha xotinlari, o’ndan ortiq

o’g’illari bo’lgan. Aynan shu jarayon taxt vorisligi masalasida turli nizolarni
keltirib chiqargan. Sinaxxeribning birinchi xotini malika Toshmetu-Sharratdan
tug’ilgan to’ng’ich o’g’li Ashshur-nadin-Shumini taxt vorisi etib tayinlaydi.
Mil.avv. 713-yilda tug’ulgan Asarxaddon Sinaxxeribning ikkinchi xotini malika
Zakutuning o’g’li edi.[1]

Sinaxxerib o’zining to’ng’ich o’g’li taxt vorisi Ashshur-nadin-Shumini Bobil

ustidan hukmronlik qilish uchun tayinlaydi. Shahzoda o’z vazifalarini
bajarayotib, elamliklar tomonidan asir olinadi va Elamga olib ketiladi.[2] Bu
xabarni eshitgan Sinaxxerib o’g’lini qaytarish uchun Elamga yurish boshlaydi,
ammo bu yurish muvaffaqqiyatsiz tugaydi. Bu yurish shahzoda taqdirini ham
belgilaydi. Manbalarda qayt etilishicha Ashshur-nadin-Shumi asirlikda mil.avv.
694 yilda o’ldiriladi. Bu voqealardan so’ng taxt vorisligi masalasi ochiq qoladi.[3]
Ossuriyada azaldan podsho taxt vorisligiga o’zining to’ng’ich o’glini tayinlar edi.
Bo’lib o’tgan voqealardan so’ng podsho ikkinchi marta taxt vorisini tayinlashga
to’g’ri keldi. Sinaxxerib o’zining sevimli rafiqasi malika Zakutu va Bobilning
zodagonlari tazyiqi ostida malika Zakutudan bo’lgan kichik o’g’li Asarxaddonni
taxt vorisi deb rasmiy e’lon qiladi. Podsho bu qarorni xalq yig’ini vaqtida ham
e’lon qiladi.[4] Uning bu norozi bo’lgan katta o’g’illari Adarmalik va Sharrutsur
Sinaxxeribdan o’z qarorini bekor qilishni so’raydilar. Sinaxxerib ikkilanib qoladi,
lekin o’z qarorini bekor qilmaydi.[5] Bu siyosatdan norozi bo’lgan aka-ukalar
Adarmalik va Sharrutsur otasidan o’ch olishga kirishadilar. Bunga o’ziga xos
sabab ham bor edi albatta, chunki taxt vorisligiga nomzodlar asosan katta
farzandlar bo’lishardi, ammo Sinaxxerib katta o’g’illari turib kichik o’g’lini taxt
vorisi etib tayinlashi, ularga charmandalik sifatida qabul qilindi va bu uyatdan
aka-ukalar isyon bilan qutilmoqchi bo’ldilar. Ular Asarxaddonning yo’qligidan
foydalanib, Sinaxxerib Kalxu shahrida xudo Ninurti ibodatxonasiga ziyoratga
borganida o’ldirdilar va hokimiyatni egallamoqchi bo’lganlarida ularga ukalari
qarshi chiqadi. Asarxaddon isyonni darhol bostirib Nineviyada taxtni egallaydi
va Ossuriya podshosi bo’ladi.[6]

Hukmronligining dastlabki yillarini Asarxaddon o’z akalariga qarshi

kurashdan boshlaydi. Bu vaqtda mamlakatda isyonkor kuchlar avj olgan,
Asarxaddon esa ularni bostirishga va mamlakatda tartibni saqlashga harakat
qilardi. Buning ustiga esa akalari Adarmalik va Sharrutsur Urartu shohidan
yordam olib katta qo’shin bilan Nineviya tomon harakatlanayotgan edi.[7]
Nineviya atrofida aka-ukalar o’rtasida jang boshlandi, jangda Asarxaddon
qo’shinlari g’alaba qozonadi va uning xalq orasida obro’yi oshib ketdi. Tashqi


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

105

dushmanlardan qisman xalos bo’lgan hukmdor endi, mamlakatda doimiy
tinchlikni saqlashga harakat qila boshlaydi. Bu davrda Ossuriya uchun eng
og’riqli nuqta bu Bobil edi. Birinchidan, Bobilda xaldey qabilalari hokimyatni
egallash uchun doimiy tartibsizlik chiqarar edi.[8]

Ikkinchidan Sinaxxerib Bobildagi isyonlarni bostirish uchun shaharni

vayron qilgan, bu esa Bobil kohinlarining noroziligiga sabab bo’lib, Bobilda
Ossuriyaga nisbatan nafrat paydo bo’lgan edi. Bu tartibsizliklarning barchasini
yo’q qilish yo’li bilangina Asarxaddon o’z davlatini mustahkam qila olardi.
Asarxaddon hokimiyatni egallashi bilanoq birinchi qilgan ishi Bobilda o’z
hokimiyatini mustahkamlash va bu orqali Bobil kohinlarining qo’llab-
quvvatlashishiga erishish edi. Shu maqsadda otasi vayron qilgan shaharni
mil.avv 679-yilda qayta ta’mirlashni boshlaydi, hatto Asarxaddon buyrug’i bilan
mustahkam va hashamatli bo’lgan Etemenanki zikkurati quriladi. Albatta bu
kabi ishlar o’z samarasini bera boshlaydi. Bobil kohinlari Asarxaddonni buning
evaziga doimiy qo’llab-quvvatlash, uni Mardukning yerdagi ramzi sifatida xalq
orasida e’tirof eta boshlaydi. Bobildagi ishlarni yaxshilab olgan hukmdor endi
be’vosita o’z davlatida ham keng ko’lamli ishlarni amalga oshira boshlaydi.
Poytaxtda istiqomat qiluvchi aholi ma’lum muddat soliqlardan ozod etildi,
Sippar, Nippur, Borsippa, Harran kabi shaharlar alohida viloyatga aylantirilib,
ularga maxsus vakil tayinlandi. O’zining hokimiyatini qonuniylashtirib olgan
hukmdor, aholining sodiqligiga ham erishdi. U ibodatxonalarni saqlash va
ta’mirlash uchun yangi soliqlarni ham joriy etdi.[9]

Asarxaddon Ashshurda bo’lib turgan vaqtlarda Bobilda hokimiyatni Nabu-

zer-kiti-lishar egallab oladi. Nabu-zer-kiti-lishar Sargon II va Sinaxxeribning
ashaddiy dushmani bo’lgan Marduk-apla-iddin II ning o’g’li bo’lganligi. Mojoroni
yanada jiddiylashtirdi. Chunki Asarxaddon bu sulolani batamom yo’q qilmoqchi
edi. Qo’zg’olon ko’targan Nabu-xer-kiti-lishar mag’lubiyatga uchratilib, uning o’zi
o’ldiriladi va Bobilda Asarxaddon hokimiyati qayta tiklanadi. Bu g’alabalardan
so’ng Asarxaddon Ossuriya hududiga bostirib kirgan kimmeriylarni mag’lub
etib, Kichik Osiyoning ko’plab qirolliklariga qarshi kurash olib bordi va ularni
bo’ysundirdi yoki soliq to’lashga majbur qildi.[10]

Mil.avv. 680 yilda Finikiya shaharlari asta sekin itoatkorlikdan chiqib keta

boshladi. Qo’zg’olon boshida Kikiliya hukmdori bilan ittifoqqa kirgan Sidon
shohi Abdimilkutti turardi. Tez orada ularga yana bir qancha Suriya shaharlari
qo’shiladi. Bu bilan Ossuriyaga qarshi yana bir koalitsiya tuzildi. Biroq
ittifoqchilar Asarxaddonga qarshi to’liq kurash olib borokmadilar. Mil.avv. 677-
yilda ular mag’lubiyatga uchradilar, ko’p shaharlar,jumladan Sidon ham vayron


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

106

bo’ldi. Endi Asarxaddon araab qabilalariga qarshi yurish boshlashga qaror qildi.
Asarxaddon tarixiga oid qiziqarli voqealardan biri ham aynan shu hududda sodir
bo’ldi.Mil.avv. 676-yilda Asarxaddon arab mulkiga bostirib kiradi. Bir qancha
hukmdorlar o’ldirildi, ossuriyaliklar xazinalar va xudo haykallarini Nineviyaga
olib ketishdi, ammo bir shohgina tirik qoladi.[11] U Asarxaddon bilan uchrashish
uchun piyoda Nineviyaga keladi. Piyoda kelishiga sabab ossuriyaliklar uning
davlatini shu qadar talon-taroj qilgan edilarki, hatto bir dona ham ot yoki ulov
qolmagan edi. Poytaxtga kelgan bu podshohni Asarxaddon qabul qiladi va u
bilan suhbatlashadi. Podsho Asarxaddondan o’z davlatidan olib ketilgan
haykallar va boyliklarni qaytarishni so’raydi. Asarxaddon esa uning jasoratiga
qoyil qolib, uning mulklarini qaytarib beradi va uni o’ziga himoyachi qilib
tayinlaydi.

Asarxaddonning keyingi yurishlari Elam va Ossuriya o’rtasidagi chegarani

himoya qilish bo’ldi. Urush bilan emas diplomatiya orqali masalani hal qilishga
uringan Asarxaddon Elam shohi Xumban-Xaltosh II ni o’z agentlari orqali o’ldirdi
va Elam taxtiga o’ziga sodiq vakil Urtakini qo’yadi. Urtaki ham Asarxaddonga
minnatdorchilik ta’riqasida Elamda uzoq vaqtdan beri bo’lgan xudo haykallarini
bobilliklarga qaytarib beradi.[12]

Xulosa:

Asarxaddon davri Ossuriya imperiyasi tarixida eng muhim

bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda imperiya siyosiy va harbiy jihatdan eng
yuksak darajaga yetdi. Asarxaddon nafaqat ichki islohotlar orqali markaziy
hokimiyatni mustahkamladi, balki tashqi siyosatda ham muhim yutuqlarga
erishdi. Ayniqsa, Misr ustidan qozonilgan g‘alaba Ossuriyaning Yaqin Sharqdagi
ta’sir doirasini kengaytirdi. Shu bilan birga, uning diniy siyosati va davlat
boshqaruvi tizimidagi yangiliklari imperiyaning barqarorligini ta’minlashga
xizmat qildi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Asarxaddon o‘z davrining zukko
siyosatchisi, mohir harbiy yetakchisi va dono islohotchisi bo‘lgan. Uning faoliyati
Ossuriya imperiyasi qudratining saqlanib qolishiga asos bo‘lgan va keyingi
tarixiy bosqichlarga kuchli zamin yaratgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi. O’quv qo’llanma. R.Rajabov. -

Toshkent.: «Adib» nashriyoti, 2013. 243. B.
2.

Avdiyev. V.A. Qadimgi sharq tarixi.- Toshkent: 1964. 410 B.

3.

Авдиев В.А. Ассария, В кн: Большая советская энциклопедия. 1951. С

264-270.
4.

Диаконов И.М. Развитие земельных отношений в Ассирии. Л.1949. С

152.
5.

Olmstead A. History of Assyria. New York. 1923. P 387.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

107

6.

Smith S. Early history of Assyria to 1000 B.C New York. 1928. P 418.

7.

Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. Toshkent:- «Tafakkur» nashriyoti, 2016.

141-145. B.
8.

Choriyev SH. X. Harbiy tarix. Jizzax.: 2015. 17-21. B.

9.

Rajabov R. Jahon tarixi. :Toshkent- «Yangi asr» nashriyoti, 2015. 144-

151. B.
10.

Кузищин В.И. История древнего востока. Москва: «Высшая школа»

1988. С 139-150
11.

Rajabov R. Qadimgi sharq harbiy san’at tarixi Toshkent: «Yangi asr avlodi»

nashriyoti, 2018. 43-60. B.
12.

Мочалов М. Ю. Ассирийская Держава. От города-государства-к

импери. Москва: «Вече» 2015. С 119-131.

References

Qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi. O’quv qo’llanma. R.Rajabov. -Toshkent.: «Adib» nashriyoti, 2013. 243. B.

Avdiyev. V.A. Qadimgi sharq tarixi.- Toshkent: 1964. 410 B.

Авдиев В.А. Ассария, В кн: Большая советская энциклопедия. 1951. С 264-270.

Диаконов И.М. Развитие земельных отношений в Ассирии. Л.1949. С 152.

Olmstead A. History of Assyria. New York. 1923. P 387.

Smith S. Early history of Assyria to 1000 B.C New York. 1928. P 418.

Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. Toshkent:- «Tafakkur» nashriyoti, 2016. 141-145. B.

Choriyev SH. X. Harbiy tarix. Jizzax.: 2015. 17-21. B.

Rajabov R. Jahon tarixi. :Toshkent- «Yangi asr» nashriyoti, 2015. 144-151. B.

Кузищин В.И. История древнего востока. Москва: «Высшая школа» 1988. С 139-150

Rajabov R. Qadimgi sharq harbiy san’at tarixi Toshkent: «Yangi asr avlodi» nashriyoti, 2018. 43-60. B.

Мочалов М. Ю. Ассирийская Держава. От города-государства-к импери. Москва: «Вече» 2015. С 119-131.