SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
172
NARRATIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING KASBIY-
EMOTSIONAL RIVOJLANISHINING PEDAGOGIK SHART-
SHAROITLARI
Sadiyeva Shaxnoza Xusanovna
Angren universiteti direktori
shahnoza.sadiyevaa@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15308048
Annotatsiya:
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning kasbiy-
emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda narrativ yondashuvning
pedagogik imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan. Talabalarning shaxsiy
tajribasini hikoya qilish, his-tuyg‘ularini anglash va refleksiya qilish orqali
kasbiy identifikatsiyasini shakllantirish narrativ metodikaning asosiy maqsadi
sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqotda kasbiy-emotsional intellekt tushunchasining
oliy ta’limdagi o‘rni, emotsional barqarorlik va kasbiy salohiyat o‘rtasidagi
bog‘liqlik nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, reflektiv esse,
pedagogik kundalik, emotsional xaritalar kabi metodlar orqali talabalarning
reflektiv, emotsional va sotsiokultural kompetensiyalarini rivojlantirish usullari
tahlil qilingan. Maqola narrativ yondashuv asosida emotsional va kasbiy
kompetensiyalarni rivojlantirish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar va
o‘qituvchining transformativ roli haqida tavsiyalar beradi.
Kalit so‘zlar:
narrativ yondashuv, kasbiy-emotsional intellekt, refleksiya,
shaxsiy tajriba, emotsional barqarorlik, pedagogik shart-sharoitlar, oliy ta’lim,
talaba shaxsiyati.
Zamonaviy oliy ta’lim tizimi sharoitida talabalarning shaxsiy va kasbiy
rivojlanishini ta’minlovchi yondashuvlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib
bormoqda. An’anaviy bilim berishga yo‘naltirilgan metodlardan farqli o‘laroq,
bugungi kunda ta’lim jarayonida shaxsiylashtirilgan, emotsional-intellektual
o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi pedagogik strategiyalarni joriy etish dolzarb
masala sifatida e’tirof etilmoqda. Xalqaro tadqiqotlar va ilg‘or pedagogik
tajribalar shuni ko‘rsatadiki, nafaqat akademik bilim, balki emotsional
barqarorlik, o‘z-o‘zini anglash, reflektiv tafakkur va ijtimoiy-kommunikativ
kompetensiyalar ham talabalarning kelgusidagi kasbiy muvaffaqiyati uchun
muhim omillar qatoriga kiradi. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, oliy ta’limda
talaba shaxsining kasbiy va emotsional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan
innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati
vujudga kelmoqda.
Mazkur ilmiy maqolaning asosiy maqsadi – narrativ metodika asosida oliy
ta’lim
muassasalarida
talabalarning
kasbiy-emotsional
rivojlanish
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
173
imkoniyatlarini aniqlash va bu jarayonda yuzaga keladigan pedagogik shart-
sharoitlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishdan iboratdir. Tadqiqot ob’ekti sifatida
pedagogik ta’lim kontekstida talabalar shaxsining emotsional va kasbiy
salohiyatini shakllantirish jarayoni tanlab olingan. Narrativ yondashuv, shaxsiy
tajriba va hikoya qilish asosida talabaning o‘z-o‘zini anglash, refleksiya qilish,
his-tuyg‘ularini boshqarish hamda kasbiy identifikatsiya jarayonlarini
faollashtirish imkoniyatini taqdim etuvchi samarali metodologik vosita sifatida
ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada ilmiy-nazariy asoslarni aniqlash va mavjud pedagogik
tajribalarni tahlil qilish uchun qator metodlardan foydalanildi. Xususan, kasbiy-
emotsional intellekt va narrativ metodika bo‘yicha ilgari surilgan nazariy
g‘oyalar sistemali tahlil qilindi, kontent-analiz usuli yordamida zamonaviy
pedagogik va psixologik adabiyotlar o‘rganildi, taqqoslash usuli orqali turli
ta’lim tizimlaridagi narrativ metodik yondashuvlarning samaradorligi qiyosiy
tahlil qilindi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarning umumlashtirilgan
natijalari asosida pedagogik shart-sharoitlarning optimal modeli ishlab chiqildi.
Maqola oliy ta’limda narrativ yondashuvni tatbiq etish orqali talabalar
shaxsining kasbiy-emotsional o‘sishini ta’minlash imkoniyatlarini aniqlash va
ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab
chiqishga qaratilgan.
Kasbiy-emotsional intellekt zamonaviy pedagogik va psixologik
tadqiqotlarning markaziy tushunchalaridan biriga aylanib bormoqda. U
shaxsning kasbiy faoliyatda emotsional holatlarni boshqarish, o‘z his-
tuyg‘ularini anglash va nazorat qilish, ijtimoiy aloqalarni samarali yo‘lga qo‘yish,
shuningdek, kasbiy vazifalarni emotsional jihatdan barqaror amalga oshirish
qobiliyatini ifodalaydi.
1
Goleman, Mayer va Salovey kabi olimlar tomonidan
ishlab chiqilgan emotsional intellekt nazariyalari kasbiy kontekstga
moslashtirilar ekan, o‘qituvchi shaxsiyatida bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan
bir qatorda emotsional kompetensiyalar ham uzviy ahamiyat kasb etishi
ta’kidlanadi. Pedagogik talqinda kasbiy-emotsional intellekt nafaqat shaxsiy
emotsiyalarni anglash va boshqarish, balki o‘quvchilarning emotsional
ehtiyojlarini sezish, ular bilan empatik muloqot o‘rnatish va ta’lim jarayonini
insonparvarlik asosida tashkil etish qobiliyati sifatida qaraladi.
Kasbiy salohiyat va emotsional barqarorlikning o‘zaro bog‘liqligi ta’lim
jarayonida o‘zining yaqqol namoyonini topadi. O‘qituvchi kasbiy bilim va
metodik kompetensiyaga ega bo‘lgani holda, agar u emotsional barqarorlikni
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
174
ta’minlay olmasa, ta’lim sifati va pedagogik faoliyat samaradorligi sezilarli
darajada pasayishi mumkin. Emotsional stressni boshqarish, ziddiyatli
vaziyatlarda muloqotni uyg‘un tarzda olib borish, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat
qilish va emotsional chidamlilik kabi ko‘nikmalar o‘qituvchining kundalik
pedagogik faoliyatida muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday ekan,
kasbiy salohiyat va emotsional barqarorlikning uyg‘unligi o‘zaro to‘ldiruvchi va
mustahkamlovchi mexanizm sifatida qaraladi. Ular birgalikda o‘qituvchining
kasbiy mahoratini, shaxsiy o‘sishini va o‘quvchilar bilan ijtimoiy aloqalar sifatini
belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlarga aylanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning emotsional va kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish ehtiyoji bugungi kunda alohida e’tibor talab
qilmoqda. Globallashuv, texnologik rivojlanish va ta’limdagi o‘zgarishlar
sharoitida faqat bilim va texnik ko‘nikmalarni egallash kifoya qilmaydi;
zamonaviy jamiyat ko‘proq emotsional savodxon, o‘z-o‘zini anglay oladigan,
o‘zini va boshqalarni boshqara oladigan mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda.
Ayniqsa, o‘qituvchilik kasbi doimiy ravishda shaxslararo muloqot va emotsional
ta’sirni talab qilgani uchun, kasbiy-emotsional intellektning shakllanishi o‘ta
muhim hisoblanadi. Oliy ta’limdagi ta’lim dasturlariga emotsional o‘sishni
qo‘llab-quvvatlovchi metodikalar, reflektiv faoliyat, narrativ topshiriqlar va
shaxsiy rivojlanish uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotlarni kiritish orqali
talabalarda emotsional va kasbiy kompetensiyalarning baravar rivojlanishini
ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
2
Shunday qilib, kasbiy-emotsional intellektni
rivojlantirish oliy ta’lim jarayonida nafaqat shaxsiy rivojlanish uchun, balki
kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyat va ta’lim sifati uchun ham strategik ahamiyat
kasb etadi.
3
Bu jarayon esa maqsadli pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion
metodikalarning samarali tatbiq etilishini taqozo etadi.
Talaba yoki o‘quvchi o‘z tajribasini hikoya qiladi
Hikoya qilish orqali o‘z his-tuyg‘ularini anglaydi, ularni tahlil
qiladi
Tahlil qilish orqali emotsional reaksiyalarini boshqarishni
o‘rganadi
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
175
1-rasm. Narrativ yondashuvning talabalarga ta’siri.
Narrativ yondashuv zamonaviy psixologiya va pedagogika fanida shaxsiy
tajribaning o‘rganilishi va ifodalanishi orqali ta’lim jarayonini boyitishga
qaratilgan innovatsion metodologiya sifatida shakllangan. Ushbu yondashuv
inson tafakkurining asosiy xususiyatlaridan biri – voqealarni hikoya qilish va
ularni ma’no berilgan shaklda qabul qilish jarayoniga tayanadi.
4
Pedagogik
kontekstda esa narrativ yondashuv o‘quvchilarning va talablarning shaxsiy
tajribalarini anglash, qayta ishlash va baholash orqali o‘z-o‘zini rivojlantirish va
kasbiy o‘sish jarayonini faollashtirish imkonini beradi. Psixopedagogik
mohiyatiga ko‘ra, narrativ yondashuv bilim va tajribani oddiy axborot yig‘indisi
emas, balki shaxsiy va ijtimoiy kontekstda shakllangan, his-tuyg‘ular va
qadriyatlar bilan boyitilgan voqelik sifatida talqin etadi. Bu esa o‘quvchi va
talabani passiv bilim oluvchi emas, balki faol bilim yaratuvchi va sharhlovchi
subyekt sifatida namoyon bo‘lishiga yordam beradi.
Narrativ yondashuvning ilmiy asoslari ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan
rivojlantirilgan. Xususan, J. Bruner tomonidan ilgari surilgan “narrativ ong”
konsepsiyasiga ko‘ra, inson tafakkuri hikoya qilish va ma’no izlash orqali
shakllanadi. Bruner ta’kidlashicha, bilim olish jarayoni voqealar va tajribalarni
shaxsiy va madaniy kontekstda anglash orqali ro‘y beradi. Bu yondashuvda har
bir o‘quvchi yoki talaba o‘zining individualligi va shaxsiy tajribasi bilan ta’lim
jarayonida faol ishtirok etadi. Clandinin va Connelly esa “Narrative Inquiry”
metodologiyasi orqali shaxsiy tajribaning ilmiy o‘rganilishini asoslab berdi.
Ularning tadqiqotlarida pedagogik faoliyat shaxsiy hikoyalar va kasbiy voqealar
ketma-ketligi orqali tushuntiriladi va rivojlanadi. Bu yondashuv doirasida har
bir shaxsning tajribasi o‘ziga xos, noyob va ma’noli deb qabul qilinadi, va ularni
tahlil qilish orqali shaxsiy va kasbiy refleksiya jarayoni chuqurlashadi. Shunday
qilib, narrativ metodika ta’limda shaxsiy o‘zgarish va kasbiy o‘sishning kuchli
stimuliga aylanadi.
Narrativ metodikaning o‘quvchi va talaba faoliyatidagi reflektiv, emotsional
va ijtimoiy jihatlar bilan bog‘liqligi alohida ahamiyat kasb etadi. Talaba yoki
o‘quvchi o‘z tajribasini hikoya qilish orqali o‘z his-tuyg‘ularini anglaydi, ularni
tahlil qiladi va emotsional reaksiyalarini boshqarishni o‘rganadi.
5
Bu jarayon o‘z-
o‘zini anglash va o‘z ustida ishlash motivatsiyasini kuchaytiradi. Shu bilan birga,
narrativ topshiriqlar orqali talabalar o‘zlarining kasbiy identifikatsiyasini
shakllantirib boradilar, o‘z kasbiy qadriyatlarini aniqlaydilar va o‘z kelajakdagi
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
176
kasbiy roli haqida ongli tasavvur hosil qiladilar. Emotsional va ijtimoiy jihatdan,
narrativ faoliyat talabalarning empatiya, faol tinglash, sotsiokultural anglash
kabi kompetensiyalarini rivojlantirishda ham samarali vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Shaxsiy hikoyalar, reflektiv esse, emotsional xaritalar va intervyular
orqali talabalar nafaqat o‘z shaxsiy o‘sishini, balki jamiyatdagi o‘z o‘rnini va
boshqalar bilan o‘zaro munosabatini ham anglaydilar. Umuman olganda,
narrativ yondashuv pedagogik ta’limda talabalarning shaxsiy va kasbiy
rivojlanishiga yangi, chuqur insonparvarlik asosidagi yondashuvni taklif etadi.
Bu metodologiya o‘zining reflektiv, emotsional va ijtimoiy qirralari bilan
o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish imkoniyatini beradi va
zamonaviy pedagogik ta’lim dasturlarining tarkibiy qismi sifatida muhim o‘rin
egallaydi.
6
Kasbiy-emotsional intellektni rivojlantirishda narrativ yondashuvni
samarali tatbiq etish uchun, eng avvalo, o‘ziga xos pedagogik shart-sharoitlarni
shakllantirish zarur. Bunday shart-sharoitlar talabalar shaxsiy tajribalarini erkin
ifoda etish, his-tuyg‘ularini anglash va reflektiv tarzda tahlil qilish imkonini
beruvchi ta’lim muhiti, metodikalar va o‘qituvchi faoliyati orqali ta’minlanadi.
O‘quv muhiti bu jarayonda markaziy rol o‘ynaydi. Ochiq muloqotga
asoslangan, ijtimoiy-psixologik jihatdan xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi o‘quv
muhiti talabalarning shaxsiy fikr va his-tuyg‘ularini erkin ifoda etishlariga,
o‘zlarini tahlil qilish va o‘z ustida ishlashga intilishlariga yordam beradi.
7
Bunday
muhitda talabalarning shaxsiy tajribalarini qadrlash, ularga individual
yondashuvni qo‘llash va har bir talabaga o‘z o‘ziga xos rivojlanish
trayektoriyasini yaratish uchun sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, reflektiv fikrga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti – ya’ni talabalarning o‘z
tajribalarini faollik bilan anglash va tahlil qilishga undovchi o‘quv muhiti –
kasbiy-emotsional rivojlanish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.
2-rasm.
Narrativ
yondashuv
yordamida
rivojlantiriladigan
kompetensiyalar.
Narrativ yondashuv asosida kasbiy-emotsional kompetensiyalarni
rivojlantirishda qo‘llaniladigan ta’lim uslublari ham o‘ziga xoslik kasb etadi.
Reflektiv esse, pedagogik kundalik, kasbiy tarix va emotsional xarita kabi
.
Refleksiya
Emotsional
idrok
Faol tinglash
Empatiya
Sotsiokultural
anglash
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
177
metodlar talabalarni o‘z o‘quv tajribalarini sistemali ravishda tahlil qilishga,
emotsional reaktsiyalarni anglashga va kasbiy qarorlarning shakllanish
jarayonini idrok etishga yo‘naltiradi. Masalan, reflektiv esse yozish orqali
talabalar o‘z tajribasini ma’lum bir voqea kontekstida tahlil qilib, o‘z emotsional
va kasbiy reaksiyalarini aniqlaydi. Pedagogik kundalik yuritish esa talabalarni
muntazam ravishda o‘z o‘quv faoliyatini va his-tuyg‘ularini qayd etishga va
refleksiya qilishga o‘rgatadi. Kasbiy tarix topshiriqlari orqali esa talaba o‘z
professional rivojlanish trayektoriyasini emotsional kontekstda qayta ko‘rib
chiqadi. Emotsional xarita tuzish metodikasi esa talabalarga o‘z tajribalarini
vizual tarzda aks ettirish va emotsional holatlarning o‘zgarishini kuzatish
imkonini beradi. Ushbu metodlar yordamida talabalar nafaqat o‘z faoliyatining
tashqi tomonlarini, balki ichki emotsional jarayonlarini ham anglay boshlaydilar,
bu esa kasbiy o‘sish uchun muhim zamin yaratadi.
Narrativ yondashuvni muvaffaqiyatli amalga oshirishda o‘qituvchining roli
alohida o‘rin tutadi. An’anaviy bilim beruvchi va nazorat qiluvchi o‘qituvchi
modeli o‘rniga, narrativ ta’limda o‘qituvchi yo‘naltiruvchi, refleksiya uyg‘otuvchi
va shaxsiy tajribalarni anglashga ko‘maklashuvchi mentor sifatida faoliyat olib
boradi. O‘qituvchi talabalarga o‘z shaxsiy tajribalarini ifoda etish, his-tuyg‘ularini
tahlil qilish va ulardan o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun foydalanish imkonini
beradi. Bunday pozitsiyada o‘qituvchi talabalar uchun ishonchli muloqot muhiti
yaratadi, individual rivojlanish ehtiyojlarini sezadi va har bir talabaga mos
yondashuvni tanlaydi. Bundan tashqari, o‘qituvchi narrativ topshiriqlarning
mazmunini shakllantiradi, reflektiv faoliyatni rag‘batlantiradi va talabalar o‘z
tajribalarini ongli ravishda anglashlariga pedagogik ko‘mak ko‘rsatadi.
8
Shu
tarzda, o‘qituvchi kasbiy-emotsional rivojlanishning faol katalizatoriga aylanadi.
Kasbiy-emotsional intellektni rivojlantirish uchun narrativ yondashuvni
samarali joriy etish, maxsus ta’lim muhiti, maqsadli metodikalar va
shaxsiylashtirilgan pedagogik yondashuvlar tizimiga asoslanadi.
9
Bunday shart-
sharoitlar talabalarning shaxsiy va kasbiy o‘sishini uyg‘un tarzda ta’minlab,
ularni emotsional jihatdan barqaror, reflektiv fikrlaydigan va professional
identitetga ega bo‘lgan mutaxassislar sifatida shakllantirish imkonini beradi.
Kasbiy-emotsional intellektni rivojlantirishda narrativ yondashuv asosida
tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar talabalarda o‘z-o‘zini anglash, empatiya va
kasbiy refleksiya ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita sifatida xizmat
qiladi.
10
Bunday mashg‘ulotlar talabaning o‘z his-tuyg‘ularini anglab yetish, o‘z
.
.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
178
shaxsiy tajribasini tahlil qilish va kasbiy faoliyatdagi hissiy o‘zgarishlarni idrok
etish imkoniyatini kengaytiradi. Masalan, “Reflektiv esse” yozish orqali talaba o‘z
o‘quv yoki amaliyot tajribasidagi muhim voqealarni tahlil qilib, ular bilan bog‘liq
emotsional va kognitiv reaksiyalarini anglaydi. “Pedagogik kundalik” yuritish esa
talabani haftalik asosda o‘z dars jarayonlari va shaxsiy o‘zgarishlarini muntazam
baholashga o‘rgatadi. “Kasbiy tarix” topshirig‘i yordamida talabalar o‘z kasbiy
shakllanish jarayonidagi muhim voqealarni identifikatsiya qiladi va ularning
shaxsiy hamda emotsional ahamiyatini tahlil qiladi. “Emotsional voqealar
xaritasi” esa talabalarga o‘z tajribalaridagi emotsional holatlarning dinamikasini
tushunishga imkon beradi. Ushbu amaliy mashg‘ulotlar nafaqat shaxsiy
refleksiyani rivojlantiradi, balki kasbiy qarorlar qabul qilishda emotsional
jihatdan barqaror bo‘lishga ham ko‘maklashadi.
Xorijiy va mahalliy tajribalarni tahlil qilish narrativ yondashuvning amaliy
samaradorligini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Masalan, Kanadada
Clandinin va Connelly tomonidan ishlab chiqilgan “Narrative Inquiry” modeli
o‘qituvchilarning shaxsiy tajribalarini hikoya qilish orqali kasbiy refleksiyani
rivojlantirishga qaratilgan.
11
Bu model doirasida talabalar o‘z pedagogik
tajribalarini muntazam tahlil qiladi va o‘z faoliyatidagi emotsional jarayonlarni
anglashga harakat qiladi.
12
AQShdagi universitetlarda esa “Reflective Journals”
va “Life Story Interviews” kabi metodlar yordamida talabalar o‘z kasbiy
shakllanish tarixini yozma va og‘zaki shaklda ifodalaydilar, bu esa ularning o‘z-
o‘zini anglash va kasbiy identifikatsiya jarayonini jadallashtiradi. O‘zbekistonda
ham ayrim universitetlarda narrativ metodika elementlari, xususan, reflektiv
esse va pedagogik kundaliklar amaliyotda sinov tariqasida qo‘llanilmoqda. Bu
tajribalar talabalar o‘rtasida o‘z faoliyatiga reflektiv va emotsional yondashuvni
shakllantirishda ijobiy natijalar bermoqda.
Narrativ asosda tuzilgan topshiriqlarning kompetensiyaviy samaradorligi
amaliy natijalar bilan tasdiqlanmoqda. Reflektiv esse, kasbiy qiyinchiliklar
tarixchasi, emotsional xaritalar, narrativ intervyular kabi topshiriqlar orqali
talabalar o‘zlarining shaxsiy o‘sish trayektoriyalarini anglab olish, kasbiy
motivatsiyani mustahkamlash va o‘z shaxsiy va kasbiy qarorlarida mustaqil
bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bundan tashqari, bunday topshiriqlar
ularning emotsional idroki, stressga bardoshlilik, empatiya va kommunikativ
kompetensiyalarini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, narrativ metodikaga
asoslangan mashg‘ulotlar talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, ijtimoiy
ko‘nikmalarni mustahkamlash va professional refleksiya darajasini oshirishga
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
179
xizmat qiladi. Shunday qilib, narrativ yondashuv asosidagi topshiriqlar kasbiy-
emotsional kompetensiyalarni shakllantirishda integrativ va samarali metod
sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Narrativ metodikani oliy ta’lim amaliyotiga
keng joriy etish talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini uzviy bog‘lovchi
innovatsion pedagogik yondashuvni shakllantiradi. Bu esa nafaqat individual
rivojlanish, balki butun ta’lim jarayonining sifatini oshirish va insonparvarlik
tamoyillariga asoslangan kasbiy tayyorgarlik tizimini yaratish imkoniyatini
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Sattorova, M. Pedagogik faoliyatda emotsional intellektni rivojlantirish
yo‘llari // O‘zMU Ilmiy axborotnomasi. – 2021. – №1. – B. 113-120.
2.
Qodirov, A. Kasbiy o‘sishda reflektiv metodlarning roli // Innovatsion
ta’lim texnologiyalari. – 2020. – №2. – B. 89-94.
3.
Islomova, G. Oliy ta’limda shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash
metodlari // Pedagogika va psixologiya. – 2022. – №3. – B. 77-83.
4.
Usmonov, A. Emotsional tafakkurni rivojlantirishning pedagogik
mexanizmlari // Ta’lim innovatsiyalari. – 2021. – №3. – B. 72-78.
5.
Ergashev, B. Oliy ta’lim tizimida narrativ metodikani tatbiq etish // Ta’lim
va innovatsion tadqiqotlar. – 2021. – №4. – B. 55-62.
6.
Clandinin, D. J., Connelly, F. M. Narrative Inquiry: Experience and Story in
Qualitative Research. – San Francisco: Jossey-Bass Publishers, 2000. – 224 p.
7.
Webster, L., Mertova, P. Using Narrative Inquiry as a Research Method. –
London: Routledge, 2007. – 131 p.
8.
G‘ulomova, Z. Pedagogik faoliyatda narrativ topshiriqlarning o‘rni //
O‘zbekiston pedagogika jurnali. – 2022. – №4. – B. 59-65.
9.
Sultonov, R. Emotsional intellekt va professional tayyorgarlik //
Zamonaviy ta’lim. – 2020. – №1. – B. 68-73.
10.
Karimov, M. Talabalarda empatiya va refleksiya ko‘nikmalarini
shakllantirish // Pedagogik izlanishlar. – 2022. – №2. – B. 45-51.
11.
Barkhuizen, G. Narrative Research in Applied Linguistics. – Cambridge:
Cambridge University Press, 2013. – 182 p.
12.
Nurmatova, D. Kasbiy refleksiya va pedagogik tajribaning o‘zaro bog‘liqligi
// Pedagogik mahorat. – 2022. – №2. – B. 99-104.
