EKISH MUDDATLARINI NO‘XAT MALLA BILLUR NAVINING HOSILDORLIGIGA TASIRI

Annotasiya

Oxirgi yillarda iqlimning isib borishi, haroratning keskin ko‘tarilishi, no‘xatning malla billur navi ekinini sug‘oriladigan yerlarda samara bermoqda. Urug‘larning unib chiqishi uchun suv kerak bo‘lib, suvni qanchalik ko‘p yoki kam shimib olishi juda ahamiyatga egadir.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
21-23
25

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ma’rifjonov, M. . (2025). EKISH MUDDATLARINI NO‘XAT MALLA BILLUR NAVINING HOSILDORLIGIGA TASIRI. Наука и инновации в системе образования, 4(4), 21–23. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/78957
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Oxirgi yillarda iqlimning isib borishi, haroratning keskin ko‘tarilishi, no‘xatning malla billur navi ekinini sug‘oriladigan yerlarda samara bermoqda. Urug‘larning unib chiqishi uchun suv kerak bo‘lib, suvni qanchalik ko‘p yoki kam shimib olishi juda ahamiyatga egadir.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

21

EKISH MUDDATLARINI NO‘XAT MALLA BILLUR NAVINING

HOSILDORLIGIGA TASIRI

Ma’rifjonov Muxammadqodir

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15188795

Annotatsiya.

Oxirgi yillarda iqlimning isib borishi, haroratning keskin

ko‘tarilishi, no‘xatning malla billur navi ekinini sug‘oriladigan yerlarda samara
bermoqda. Urug‘larning unib chiqishi uchun suv kerak bo‘lib, suvni qanchalik
ko‘p yoki kam shimib olishi juda ahamiyatga egadir.

Kalit so‘zlar:

malla billur, no‘xat, hosildorlik, ekish muddati, sug‘oriladigan

yerlar.

No‘xat – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon

o‘simlik turkumi; dukkakli don ekini. Vatani Osiyo. Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi,
dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli, balandligi 30-70 sm. Bargi murakkab, patsimon.
Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Mevasi dukkak, dukkagida 1-2 ta, goh 3 ta
don bo‘ladi. Don rangi oq, pushti, to‘q-sariq, issiqsevar va yorug‘sevar, bahorgi
ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli,
urug‘i 2- 5°C haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o‘sadi. Maysasi
bahorgi -6-8°C gacha qorasovuqlarga chidaydi. Namlik meʼyordan ortiq bo‘lsa
kasallanadi, shona va guli to‘kiladi. O‘zidan changlanadi. O‘suv davri 70-190 kun.
Don tarkibida 19-33% oqsil, 4-7% moy, 0,2-4,0% kul, 48-61% azotsiz ekstrativ
moddalar, 2-12% klechatka, vitaminlar hamda aminokislotalar mavjud. Bir
mavsumda bir gektar yerda no‘xat ildizlari 50-70 kg sof modda hisobida azot
to‘playdi. Keng qatorlab (qator orasi 45-60 sm) yoki yoppasiga qatorlab (qator
orasi 15 sm), baʼzan sepma usulida 5-10 sm chuqurlikda ekiladi.

So‘ngi yillarda iqlimni glabal o‘zgarishi, haroratni keskin ko‘tarilishi, lalmi

xududlarni cho‘lashishi bir davrda, axolini don va dukkakli - don ekinlariga
bo‘lgan talabini qondirish maqsadida no‘xat ekinini sug‘oriladigan yerlarda
yetishtirish samara bermoqda. Urug‘larning unib chiqishi uchun avvalombor suv
kerak. Urug‘lar suvni o‘ziga shimib bo‘rta boshlaydi. Urug‘larni zo‘r kuch bilan
bo‘rtishi ularning urug‘ po‘stini yorishiga, urug‘larning esa tuproq zarrachalarini
so‘rib, tuproq yuzasiga chiqishga imkon beradi. Urug‘lar unib chiqishi uchun
urug‘da to‘plangan oziq moddalar suvli muhitda sabab ma’llumki, har bir ekin
turining quruq urug‘lari tarkibida bog‘langan suvlar bo‘ladi, jumladan no‘xatda
ham. Lekin bu suv moddalar almashunivi jaroyanida ishtirok etmaydi. Natijada
urug‘lar unib chiqishi oldidan o‘z vazniga nisbatan ma’lum bir mikdorda shimib
olishi shart. Tadqiqot obyekti va uslublari. So‘nggi yillarda no‘xat ekini
sug‘oriladigan maydonlarida ham ekilib hosil olinayotganligini hisobga olinib,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

22

sug‘oriladigan maydonlarda yetishtirilgan no‘xat navlarining urug‘ini suvini
shimish jadalligini laboratoriya sharoitida o‘rgandik. Tajriba 22-25

haroratda

o‘tkazildi. Tajriba obyekti sifatida malla billur navlari namunalari ilk bor
o‘rganildi.

Biz bu tajribamizda no‘xat navlari urug‘larining 20-25

haroratda qancha

miqdorda suv shimib olish qobiliyatini aniqlashda har bir soatda kuzatib bordik.
Tajriba 3 takroriylikda o‘tkazildi. Bu esa urug‘ni unib chiqishi uchun suv shimish
miqdorini aniqlashga imkon beradi.

Shuningdek, navlar pishib etish jihatidan farq qiladi. Erta pishgan turlarni

birinchi kurtaklar paydo bo'lganidan 1-2 oy o‘tgach iste’mol qilish mumkin.
No‘xatning o‘rta pishib etish davri 2-2,5 oy. Kech turlarni 2,5-3 oydan keyin
yig‘ib olish mumkin.

No‘xatning malla billur naviga mansub oqsilga boy bir yillik o‘simlik

hisoblanadi. No’xat o‘simligining ozuqaviyligi yuqori bo‘lib doni tarkibida
o‘rtacha 12-32% oqsil, 5-7% moy, 49-60% azotsiz ekstraktov moddalar, 2,3-
13% kletchatka, 0,2-4,0% kul va shuningdek, B1 vitamini hamda mineral tuzlar
mavjud.

Bu navda bir tonna urug‘ va tegishli barg - poya yetishtirish uchun 45-60 kg

sof modda hisobida azot, 16-20 kg fosfor, 30 kg kaliy, 25-30 kg kalsiy, 8-13 kg
magniy sarflanadi. Erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatini nazarda tutib gektariga
20-30 kg azot, 60-80 kg fosfor va 30-40 kg kaliy sof modda hisobida solish
tavsiya qilinadi. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar yer haydashdan oldin solinadi, azotli
o‘g‘it ekishdan oldin va o‘suv davrida solinadi.

Sifati bo‘yicha 1 sinfga javob beradigan urug‘ ekish (tozaligi 99%,

unuvchanligi 95%) maqsadga muvofiqdir. Malla Billur navi erta ko‘klamda
bahorgi don ekinlari bilan bir vaqtda ekiladi. Gektariga 0,8-1,4 mln. dona
miqdorida urug‘ ekiladi. Yirik donli navlar gektariga 240-300 kg ekiladi, mayda
donli navlar 150-200 kg miqdorida ekiladi. Bu miqdorlar suvli yerlarda
yoppasiga qator-lab ekish uchun tavsiya qilingan.

Poyasi egiladigan navlar poyasi tik o‘sadigan ekinlar bilan qo‘shib ekiladi,

bo‘lmasa hosilni yig‘ib olish juda qiyin. Aksariyat xolda arpa yoki suli qo‘shib
ekiladi. Ekish me’yori asosiy ekish me’yoridan 16-20 % ekiladi.

O‘suv davrida jo‘yaklar olinib (orasi 60-70 sm), 2-3 marta sug‘oriladi.

Maysalanish davrida qatqaloqqa qarshi boronalanadi. Maysalanish davrida
begona o‘tlarga qarshi 48% li bazargan 2-3 litr qo‘llanadi. Kasallik va
hasharotlarga qarshi ruhsat etilgan kimyoviy moddalar ishlatiladi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

23

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Мустанов, С. Б., & Умурзакова, У. Э. (2019). Деятельность

клубеньковых бактерий на корнях нута в условиях Узбекистана. In
ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ (pp. 26-29).
2.

Shadiyev, M., & Mustanov, S. (2022). EKISH SXEMASINING NO'XATNI

NIGRITUM NAV NAMUNASINING HOSILDORLIGIGA TA'SIRI. Zamonaviy
dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot, 1(27), 194-196.
3.

Mustanov, S., & Mustanova, Z. (2023). SUG ‘ORILADIGAN YERLARDA NO

‘XATNINING UMID NAVINI HOSILDORLIGIGA TA’SIRI. Theoretical aspects in the
formation of pedagogical sciences, 2(4), 148-150.
4.

Mustanova, Z., & Mustanov, S. (2023). NO'XATNING UMID NAVINING

SUG'ORISHNI ILDIZ TIZIMIDAGI TUGANAK BAKTERIYALAR SHAKLLANISHIGA
TA'SIRI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(5), 94-
95.
5.

Mustanov, S., & Shadiyev, M. (2022). NO'XATNING NIGRITUM NAVINING

EKISH USULLARIDA O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI.
Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya, 1(6), 227-229.
6.

Mustasnov, S. B., & Mustanova, Z. S. (2023). EKISh SXEMALARINING NO

‘XAT HOSILDORLIGIGA TA’SIRI. Academic research in educational sciences,
4(SamTSAU Conference 1), 670-673.
7.

O‘G‘Li, M. N. J., & Mahammadiyev, J. N. O. G. L. (2022). QISHLOQ XO’JALIK

MAHSULOTLARINI SAQLASHNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI. Academic
research in educational sciences, (Conference), 485-488.
8.

Mahammadiyev, J., Yoqubov, M., & Nurmanova, I. (2023).

ZARARKUNANDALAR

VA

HASHAROTLARGA

QARSHI

KURASHUVCHI

VOSITALARNING MIKROKAPSULLARI. Academic research in educational
sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 1201-1205.
9.

Yoqubov, M., Mahammadiyev, J., & Eshonqulova, A. (2023). SABZI VA

OLMADAN TAYYORLANGAN MAHSULOTLARNING TARKIBINI O ‘RGANISH.
Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 872-876.
10.

Musaxon, Y., & Jasur, M. (2023). O'ZBEKISTONDA YETISHTIRILGAN

MIRZOYI QIZIL VA SARIQ SABZI NAVLARINING TARKIBINI O'RGANISH. Journal
of Universal Science Research, 1(11), 686-689.

Bibliografik manbalar

Мустанов, С. Б., & Умурзакова, У. Э. (2019). Деятельность клубеньковых бактерий на корнях нута в условиях Узбекистана. In ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ (pp. 26-29).

Shadiyev, M., & Mustanov, S. (2022). EKISH SXEMASINING NO'XATNI NIGRITUM NAV NAMUNASINING HOSILDORLIGIGA TA'SIRI. Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot, 1(27), 194-196.

Mustanov, S., & Mustanova, Z. (2023). SUG ‘ORILADIGAN YERLARDA NO ‘XATNINING UMID NAVINI HOSILDORLIGIGA TA’SIRI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(4), 148-150.

Mustanova, Z., & Mustanov, S. (2023). NO'XATNING UMID NAVINING SUG'ORISHNI ILDIZ TIZIMIDAGI TUGANAK BAKTERIYALAR SHAKLLANISHIGA TA'SIRI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(5), 94-95.

Mustanov, S., & Shadiyev, M. (2022). NO'XATNING NIGRITUM NAVINING EKISH USULLARIDA O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI. Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya, 1(6), 227-229.

Mustasnov, S. B., & Mustanova, Z. S. (2023). EKISh SXEMALARINING NO ‘XAT HOSILDORLIGIGA TA’SIRI. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 670-673.

O‘G‘Li, M. N. J., & Mahammadiyev, J. N. O. G. L. (2022). QISHLOQ XO’JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASHNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, (Conference), 485-488.

Mahammadiyev, J., Yoqubov, M., & Nurmanova, I. (2023). ZARARKUNANDALAR VA HASHAROTLARGA QARSHI KURASHUVCHI VOSITALARNING MIKROKAPSULLARI. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 1201-1205.

Yoqubov, M., Mahammadiyev, J., & Eshonqulova, A. (2023). SABZI VA OLMADAN TAYYORLANGAN MAHSULOTLARNING TARKIBINI O ‘RGANISH. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 872-876.

Musaxon, Y., & Jasur, M. (2023). O'ZBEKISTONDA YETISHTIRILGAN MIRZOYI QIZIL VA SARIQ SABZI NAVLARINING TARKIBINI O'RGANISH. Journal of Universal Science Research, 1(11), 686-689.