BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA NUTQIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA TASVIRIY SANʼATNING AHAMIYATI

Аннотация

Bu maqolada boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining nutqini rivojlantirishda tasviriy san’at namunalaridan foydalanishning maqsadi hamda metodik tavsiyalar haqida soʻz boradi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
53-55
23

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Masharipova , S. (2025). BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA NUTQIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA TASVIRIY SANʼATNING AHAMIYATI. Наука и инновации в системе образования, 4(2), 53–55. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/66364
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bu maqolada boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining nutqini rivojlantirishda tasviriy san’at namunalaridan foydalanishning maqsadi hamda metodik tavsiyalar haqida soʻz boradi.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

53

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA NUTQIY

KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA TASVIRIY

SANʼATNING AHAMIYATI

Masharipova Sevinch

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika

institutining boshlangʻich taʼlim fakulteti 3-D kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14873946

Annotatsiya.

Bu maqolada boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining nutqini

rivojlantirishda tasviriy san’at namunalaridan foydalanishning maqsadi hamda
metodik tavsiyalar haqida soʻz boradi.

Kalit soʻzlar.

Kompetensiya, tasviriy san’at, nutq, texnologiya.

Har qaysi mamlakatda olib boriladigan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar

negizida, avvalambor, ta’lim tizimi va turlarini yanada takomillashtirish eng
muhim va dolzarb masalalardan biri boʻlib qolaveradi. Shu nuqtai nazardan,
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning: “Agar mendan sizni nima qiynaydi, deb
soʻrasangiz, farzandlarimizning ta’limi va tarbiyasi deb javob beraman”, deya
aytgan e’tiroflari, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir
islohot zamirida oʻsib kelayotgan yosh avlodning kelajagi, mukammal bilim
sohiblari boʻlib kamol topishlari va yorqin istiqboli masalasi yotganligini
koʻrsatadi.

Boshlang’ich sinflarda tasviriy san’atni oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari,

avvalo bu sinflardagi ta’lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning
yoshlik xususiyatlari va psixologiyasi, qiziqishi, ulardagi mavjud bilim
va qobiliyat hamda layoqatlariga qarab belgilanadi. Ma’lumki, bolalarda tasviriy
faoliyatga, xususan rasm chizishga ishtiyoq nihoyatda erta boshlanadi. Uni 2-
3 yoshlardan boshlanishi tarixdan ma’lum. Shunisi xarakterliki, bolalar oʻqish
va yozishdan koʻra rasm chizishni juda yoqtiradilar. Biroq ular chizadigan
rasmlarning davomiyligi juda qisqa boʻladi, 1-2 minut, koʻpi bilan 4-5 minutda
har qanday rasmni tugallab qoʻyadilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar
savodli boʻlmasa-da, biroq mazmunan biron-bir koʻrinishni, voqeani yoki
buyumni oʻz iqtidorlariga yarasha, ularning xarakterli belgilarini tasvirlay
oladilar.

Oʻqituvchilar uchun namoyish etiladigan narsalar va tasvirlar avvalo

mashg’ulot mavzusi bilan bog’liq holda boʻlib, ular oʻz tuzilishi, shakli, rangi,
oʻlchovlari bilan sodda, tushunarli, bolalarda his-hayajon uyg’otadigan boʻlishligi
maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, bunday materiallar oʻquvchilarni oʻylashga
majbur etadigan, bolalarni yangi tushunchalar bilan boyitadigan boʻlishligi


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

54

muhim. Namoyish etiladigan narsalar, ularning tasvirlari haqidagi ma’lumotlarni
bolalarga og’zaki yetkazishda ularning tahlili muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu tahlil bevosita narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, oʻlchovlari, ularning
mohiyati haqida savol-javob tarzida oʻtkazilishi maqsadga muofiqdir. Ya’ni
oʻquvchilarga chizgan narsalari yoki rasmda koʻrayotgan predmet yuzasidan
savollar berish yoki ularni ta’riflab berishi orqali ham og‘zaki nutqini oʻstirishga
erisha olamiz.

Nutqiy kompetensiya til ta’limining quyidagi 4 komponentini

rivojlantirishni nazarda tutadi:

1) tinglab tushunish (eshitilgan va eshittirilgan nutqni, tinglangan matndagi

asosiy axborotni, dolzarb mavzulardagi radio va teledasturlarni tushunish);

2) gapirish (monologik, dialogik ogʻzaki nutq turlarida oʻz shaxsiy

qarashlari va fikrlarini bildirish, mavzu doirasida taqdimot qila olish
koʻnikmalarini rivojlantirish);

3) oʻqish: mavzuga oid materiallarni, adabiy-badiiy matnlarni, ommabop

materiallarni (gazeta, hikoya, shaxsiy va elektron xatlarni) oʻqish;

4) yozish (diktant, bayon, insho yoza olish, ijodiy matnlar tuza olish, rasmiy

ish qogʻozlarini yuritishni bilish).

Tasviriy san’at orqali nutqiy kompetensiyaning aynan gapirish

komponentini rivojlantirish mumkin. Rasmlar asosida va oʻqib eshittirilgan
matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida oʻzlashtirgan yangi
soʻzlarni og‘zaki nutqda qoʻllay oladi. Buning uchun tasviriy san’at darslarini
toʻg‘ri tashkil qila olish muhim ahamiyatga ega. Darsni tashkil qilishdan asosiy
maqsad quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Masalan, a) oʻquvchilarga mavzu haqida (umumiy, toʻliq, qisman) ma'lumot

berish;

b) berilgan bilimlar asosida oʻquvchilarda badiiy estetik dunyoqarashni

shakllantirish;

d) oʻquvchilarda turli koʻnikma va malakalami hosil qilish;
e) yoshlami har tomonlama rivojlantirish, ayniqsa, mustaqil va ijodiy

fikrlashga oʻrgatish;

f) oʻquvchilaming ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish, ularning estetik hislarini

rivojlantirish;

g) yosh avlodni kelgusida kasb tanlashga toʻg‘ri yoʻllash va hokazo.
Darsning tushunarli va mazmunli bo‘lishi uchun quyidagi usullardan

foydalanish maqsadga muvofiqdir: og‘zaki (bayon qilish, tushuntirish, ma’ruza,
suhbat), ko‘rgazmali (illyustratsiya, namoyon qilish), amaliy (tajribalar,


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

55

mashqlar va h.k.). Mantiqiy (Logik) metodlar: induktiv - aniq faktlardan
umumiylikka, deduktiv - umumiy tushunchalardan faktlarga, analitik - faktlar
asosida mavzuni chuqur o'rganish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh.M.Mirziyoyev. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. Toshkent –

“Yoshlar nashriyot uyi”, 2019.
2.

B.N.Oripov. Tasviriy san’atni o‘qitishning zamonaviy pedagogik

texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi. Toshkent – “Ilm ziyo nashriyoti”, 2013.
3.

D. Xoshimova, G. Ziyodullayeva, M. Rajabova, F. Tolipova va boshqalar.

O‘quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirishning samarali usullari. Toshkent –
2017.
4.

N.Y.Yusupova, M.U.Hamidova, N.Q.Abidova, M.Y.Pardayeva. Tasviriy san’at

va qo‘l mehnatiga o‘qitish maxsus metodikasi. Toshkent – “Fan va texnologiya”,
2018.
5.

S.F.Abdilasilov. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. Toshkent – “Fan уа

texnologiya”, 2012.

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. Toshkent – “Yoshlar nashriyot uyi”, 2019.

B.N.Oripov. Tasviriy san’atni o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi. Toshkent – “Ilm ziyo nashriyoti”, 2013.

D. Xoshimova, G. Ziyodullayeva, M. Rajabova, F. Tolipova va boshqalar. O‘quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirishning samarali usullari. Toshkent – 2017.

N.Y.Yusupova, M.U.Hamidova, N.Q.Abidova, M.Y.Pardayeva. Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga o‘qitish maxsus metodikasi. Toshkent – “Fan va texnologiya”, 2018.

S.F.Abdilasilov. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi. Toshkent – “Fan уа texnologiya”, 2012.