SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
85
O‘TKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR”
ROMANIDA QO‘LLANGAN AYRIM IBORALARNING SEMANTIK
TAHLILI
Pormonov Fayozbek Raxmomberdi o‘g‘l
i
Toshkent kimyo xalqaro universiteti
filologiya fakultiti 1-bosqich talabasi
gmail: fayazbekfarmonov@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14729082
Annotatsiya.
Ushbu maqolamizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan
umrlar” romanida qo‘llangan bir,ikki, uch, to‘rt komponentli iboralar mazmuniy
jihatdan tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar:
ibora, komponent, uslubiy bo‘yoqdor so‘z, frazeologiya,
barqaror birikma.
Ibora arabcha so‘z bo‘lib biror bir tushuncha yoki gapning bir so‘z bilan
ifodalanishi, yani turg‘un bog‘lama. Masalan,
qovog‘idan qor yog‘yapti, kapalagi
uchdi, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib kettdi, qovun tushurdi
va hakazo. Ibora o‘zi
ifodalayotgan tushuncha bilan so‘zga teng, lekin uslubiy bo‘yoqdorligi sababli
bu tenglik buziladi. Ibora har vaqt uslubiy bo‘yoqdor bo‘ladi. Til qurilishining
lug‘at sathida leksik va frazeologik qatlam (Uni o‘rganuvchi soha ham)
frazeologiya deb yuritiladi. Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan va nutqiy jarayonga
qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan,
nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi soha frazeologiya deb nomlanadi. Bizning
ushbu tadqiqotimizda O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”
romanidagi iboralarni semantik jihatdan tahlil qilishga harakat qildik. Asarda
to‘rt komponentli
“qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan”
iborasi qo‘llanilgan bo‘lib,
frazeologik lug‘atlarda
“nihoyat darajada beozor mo‘min”
degan ma’noni
ifodalaydi. Ushbu ibora O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”
romanida quydagi o‘rinda komessar nutqida qo‘llangan:
“– Senga qolsa, Vasilyevning alibiysi qo‘lida! To‘laganova qo‘y og‘zidan cho‘p
olmagan farishta” (185-bet).
Ikki komponentli
“kapalagini uchirmoq” “kayf(i)ni uchirmoq”
iborasining varianti bolib, lug‘atlarda “qattiq cho‘chish bilan qo‘rqmoq”
ma’nosini o‘zida aks ettiradi. Mazkur ibora romanda quyidagi o‘rinda qo‘llangan:
“-Ie, o‘zingmisan, o‘rtoq ? –dedi dadillanib.-Marhamat qani, ichkariga! Odamning
kapalagini uchirib yubording-ku,og‘ayni?(
61- bet). Bundan tashqari yana ikki
komponentli iboralardan
“palagi toza”
frazeologizmi ham qo‘llangan bo‘lib,
semantic ma’nosi
“urug‘-aymog‘i, avlodi va oila a’zolaridan ibrat olsa bo‘ladigan;
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
86
namunali, zotli”
degan ma’noni anglatadi. Romanda
“palagi toza”
iborasi
quyidagi o‘rinda qo‘llangan:
“keyin…. Qarasam, yuzingda nur bor. Mana endi
tushundim. Palaging toza ekan”
(109- bet). Bu o‘rinda ma’lum bir shaxsning
yaxshi bir urug‘ vakili ekanligini anglatadi.
“Burnini suqmoq”
-
“kirmoq”
ma’nosini
anglatib, ushbu iboraning
“tumshug‘(i)ni tiqmoq
” varianti ham mavjud. Bu
ibora asarning quyidagi o‘rnida qo‘llangan:
“Otang ko‘rgan bunaqa “Yozuvchi”
lardan qanchasin! Hamma yerga burnini suqadi.(129- bet).
Bo‘lar -bo‘lmas
ishlarga ham aralashib ketaveradigan odamlarga nisbatan mana shu ibora
qo‘llanadi.
“Qovun tushirmoq”
iborasi
“qovun tushirib, shag’al to‘kmoq”
iborasining varianti hisoblanib, uning semantic ma’nosi
“suhbat mavzusiga
qovushmaydigan, noo’rin gap-so’z aytmoq”
ma’nolarini o‘zida jamlashi qayd
etilgan. Mazkur ibora O‘.Hoshimov romanida aynan shu ma’noni ifodalash
uchun qo‘llanilgan.
“Xolamlardan xabar olay deb kiribmanda ,ko‘ngillarini
ko‘taraman, deb qovun tushuribman
(82- bet). Bu ibora bilib-bilmasdan biror
ishni noto‘g‘ri va noo‘rin bajarib qo‘yadigan odamlarga nisbatan ko‘proq
qo‘llanadi.
Asarda nafaqat ikki komponentli, balki uch va to‘rt kompanentli
iboralar mavjud bo‘lib
, “tishini tishiga qo‘ymoq“
-
“butun his-tuyg‘usini iroda kuchi
bilan yengib chidamoq”
ma’nosini anglatadi. Mazkur ibora romanda aynan shu
ma’noni bo‘yoqdor va ta’sir doirasi kuchliroq bo‘lishi uchun ishlatilgan. Masalan:
“Komessar G‘aniyevning o‘g‘li allaqanday qing‘ir-qiyshiq ulfatlari bilan siyosat
so‘qiyapti. Ziyofat tugaguncha tishini tishiga qo‘yib chidadi” (129- bet).
“Xom sut
emgan”
iborasi izohli lug‘atda
“hamma qatori; boshqalardan ajralib turadigan
joyi yo‘q (banda, odam bolasi) ma’nolarini o‘zida aks ettirgan
va bu turg‘un
birikma “Tushda kechgan umrlar “ romanida Rustamning otasi nutqida
qo‘llangan:
“Yoshim oltmishdan o‘tib, ko‘p narsalarga endi-endi tushunyapman,
xom sut emgan banda!”
(210-bet).
To‘rt komponentli
“miyasini qoqib, qo‘liga bermoq”
iborasi
“quloq-
miya(si)ni yemoq”
iborasiga sinonim hisoblanib, ma’nosi
“so‘rayverib miyasini
charchatmoq, sergapligi bilan bezdirmoq”
ma’nosini ifodalaydi. Bu ibora O‘tkir
Hoshimovning romanida quyidagi o‘rinda qo‘llanilgan
: “-Miyamni qoqib,qo’limgq
berdingiz-ku, xola. Aytayapman-ku, men boshqa narsani so‘ramoqchiman
(105-
bet). Asardagi
“xom sut emgan”
iborasining semantik ma’nosi “hamma qatori;
boshqalardan ajralib turadigan joyi yo‘q (banda, odam bolasi) ma’nolarini o‘zida
aks ettirgan(538-bet). Bu ibora asarda
“Yoshim oltmishdan o‘tib, ko‘p
narsalarga endi-endi tushunyapman, xom sut emgan banda!”
tarzida qo‘llangan
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
87
bo‘lib,insonning hayot tarzi davomida xatoliklarga yo‘l qo‘ygani uchun
afsuslanish holatini aks ettiradi (210-bet).
Xulosa qilib aytganda, iboralarni semantik jihatdan tahlil etganda,
ularning har biri turli xil ma’no ifodalaydi, bularning barchasi matn ichida
namoyon bo‘lishini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bunday somatik iboralar
tarkibida bir qancha sematik munosabatlar borligini o‘rganilgan roman matni
dalillashga harakat qildik. Bunday munosabatlar ular orasidagi antonimlik,
ma’nodoshlik, shakldoshlik asosida yuzaga chiqishi misollar orqali tahlil qildik.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Hoshimov O‘. Tushda kechgan umrlar. “Ilm-ziyo-zakovat”. Toshkent, 2019
2. O‘zbek tili frazeologik lug‘ati.”G‘ofur G‘ulom” nomidagi nashiryoti matbaa
ijodiy uyi,2022.
3. Berdiyorov X, Rasulov R, Yo‘ldoshev B. O‘zbek frazeologiyasidan materiallari.
“Navro‘z” nashryoti.-Samarqand,1978.
4. Bekmurod Yo‘ldoshev. Frazeologik uslubiyat asoslari.- Samarqand, 1998.
