O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING MATEMATIK VA STATISTIK TAHLILI

Аннотация

Mazkur tadqiqot hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning statistik tahliliga bag‘ishlangan. Unda hududiy rivojlanish dasturlari natijalari, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi, shuningdek, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik ma'lumotlar asosida islohotlarning natijadorligi o‘lchovlari, sohalar kesimidagi ijobiy o‘zgarishlar va mavjud kamchiliklar o‘rganilgan. Natijada, rivojlanish strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
90-100
139

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Bo‘riyev, S. (2025). O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING MATEMATIK VA STATISTIK TAHLILI. Наука и инновации в системе образования, 4(1), 90–100. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/63856
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur tadqiqot hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning statistik tahliliga bag‘ishlangan. Unda hududiy rivojlanish dasturlari natijalari, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi, shuningdek, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik ma'lumotlar asosida islohotlarning natijadorligi o‘lchovlari, sohalar kesimidagi ijobiy o‘zgarishlar va mavjud kamchiliklar o‘rganilgan. Natijada, rivojlanish strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

90

O‘ZBEKISTON HUDUDLARIDA IJTIMOIY IQTISODIY

RIVOJLANTIRISHNING MATEMATIK VA STATISTIK TAHLILI

Sherzod Bo‘riyev Axadovich

Qarshi davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

shahrisabz7070@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14737198

Annotatsiya

: Mazkur tadqiqot hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning statistik tahliliga bag‘ishlangan.
Unda hududiy rivojlanish dasturlari natijalari, aholining turmush darajasini
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi, shuningdek, iqtisodiy o‘sish
ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik ma'lumotlar asosida
islohotlarning natijadorligi o‘lchovlari, sohalar kesimidagi ijobiy o‘zgarishlar va
mavjud kamchiliklar o‘rganilgan. Natijada, rivojlanish strategiyalarini
takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar

: Hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,

statistik tahlil, iqtisodiy o‘sish, turmush darajasi, rivojlanish strategiyalari,
samaradorlik ko‘rsatkichlari.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish har bir mamlakatning barqaror

taraqqiyoti va aholining farovonligini oshirishda muhim omillardan biri
hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo miqyosida iqtisodiy rivojlanishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri bu hududiy farqlanishlarni kamaytirish, mahalliy
resurslardan samarali foydalanish va aholi turmush darajasini yaxshilashga
qaratilgan islohotlarni amalga oshirishdir. Ushbu jarayon nafaqat iqtisodiy
sohalarni qamrab oladi, balki ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish,
ta'lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini takomillashtirish, ekologik barqarorlikni
ta'minlash kabi keng ko‘lamli maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish masalasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgiladi.
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatning barcha
hududlarida iqtisodiy barqarorlikka erishish, yangi ish o‘rinlari yaratish va
aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan. Xususan, “Hududlarni
kompleks rivojlantirish” dasturlari doirasida infratuzilma ob’ektlarini
modernizatsiya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar
yaratish, qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish kabi qator
muhim tashabbuslar amalga oshirildi. Statistik ma’lumotlar hududlarni
rivojlantirish sohasidagi islohotlarning samaradorligini baholashda asosiy
manba hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlari, bandlik


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

91

darajasi, aholining real daromadlari va boshqa muhim ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Statistik tahlil orqali hududiy rivojlanishdagi tendensiyalarni aniqlash, mavjud
muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni
belgilash imkoniyati yaratiladi.

Mazkur tadqiqotda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha

amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari tahlil qilinadi. Xususan, statistik
ko‘rsatkichlar asosida ushbu islohotlarning samaradorligi baholanib, hududiy
rivojlanish jarayonlarida duch kelinayotgan muammolar tahlil etiladi. Tadqiqot
natijalari asosida istiqbolda islohotlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha
amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqolada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini
o‘rganish maqsadida quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar va metodlar
foydalanildi. Ma’lumotlar yig‘ish usullari orqali birlamchi ma’lumotlar to’plab
olindi. Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida erishilgan
ko‘rsatkichlarni o‘rganish uchun mahalliy hokimiyat organlari va statistika
qo‘mitalaridan yig‘ilgan ma’lumotlar tahlil qilindi. Ikkinchi darajali ma’lumotlar
yordamida esa milliy va xalqaro hisobotlar, hukumat qarorlari, rivojlanish
dasturlari va boshqa ilmiy-ommabop manbalar o‘rganildi. Statistik tahlil
metodlari orqali deskriptiv statistika yordamida hududlar bo‘yicha asosiy
iqtisodiy ko‘rsatkichlar (YaIM o‘sishi, bandlik darajasi, investitsiyalar hajmi,
infratuzilma rivojlanishi)ni taqqoslash va umumiy tendensiyalarni aniqlash
uchun qo‘llanildi. Korrelyatsiya va regressiya tahlillardan ham foydalanildi,
hududiy rivojlanish va islohotlar natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash
uchun qo‘llanildi. Masalan, investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganildi. Bundan tashqari hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha guruhlash va o‘xshash rivojlanish
modellari mavjudligini aniqlashda foydalanildi. Solishtirma tahlil usuli
yordamida esa turli hududlarning rivojlanish darajasini xalqaro va mintaqaviy
standartlar bilan taqqoslash orqali islohotlarning muvaffaqiyat darajasi
baholandi. O‘zbekistonning turli viloyatlari o‘rtasida rivojlanishdagi tafovutlar
o‘rganilib, mavjud muammolar aniqlandi. Ma’lumotlarning vaqt o‘tishi bilan
o‘zgarishini o‘rganish orqali islohotlarning uzoq muddatli natijalari baholandi.
Bu orqali islohotlarning dinamikasi aniqlanib, rivojlanish sur’atlari tahlil qilindi.
Hududiy iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassislarning fikr-
mulohazalari yig‘ildi va tahlil qilindi. Bu yondashuv mavjud ma’lumotlarni
yanada chuqurroq anglashga yordam berdi. Eng asosiy metodlarimizdan biri bu


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

92

sifat tahlili orqali esa hududiy rivojlanish dasturlarining ijtimoiy ta’sirini
aniqlash maqsadida aholining turmush darajasi va xizmatlardan foydalanish
darajasidagi o‘zgarishlar baholandi. Tadqiqot jarayonida ushbu usullar uyg‘un
ravishda qo‘llanilib, islohotlarning turli aspektlari ko‘rib chiqildi. Ushbu
yondashuvlar islohotlar samaradorligini chuqur va kompleks ravishda tahlil
qilish imkonini berdi hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishda asos bo‘lib
xizmat qildi.

Adabiyotlar tahlili.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari

ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular ushbu
sohada nazariy yondashuvlar, metodologiyalar va amaliy tajribalar haqida boy
ilmiy ma’lumotlarni yaratgan. Tadqiqotda xorijiy va mahalliy olimlarning ishlari
va statistik tahlillariga asoslanib, islohotlarning natijadorligi va samaradorligini
baholashga e’tibor qaratilgan.

Xorijiy olimlardan

Todaro, M. P. va Smith, S. C.lar o‘zlarining "Economic

Development" asarida iqtisodiy rivojlanishning nazariy asoslari va hududiy
rivojlanishga ta’sir qiluvchi omillarni yoritgan. Ularning tadqiqotida bandlik,
infratuzilma va innovatsiyalar iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari sifatida
ta’kidlangan.

Porter, M. E.ning “Competitive Advantage of Nations” asarida hududiy

raqobatbardoshlik va klasterlar nazariyasi keng yoritilgan. Hududlarni
rivojlantirishda mahalliy iqtisodiy klasterlarni shakllantirishning ahamiyati
alohida ta’kidlangan. P.Krugmanning iqtisodiy geografiya va hududiy rivojlanish
bo‘yicha ishlari iqtisodiy resurslarning joylashuvi, transport infratuzilmasi va
mintaqaviy integratsiyaning ahamiyatini ochib bergan. U o‘zining "Geography
and Trade" kitobida hududiy farqlanishlarni kamaytirishda hukumatning faol
roli muhimligini ko‘rsatgan.

J. D. Sachsning “The End of Poverty” kitobida hududiy qashshoqlikni

bartaraf etish uchun ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni
saqlash xizmatlarini kengaytirish zarurligi asoslangan.

OECDning turli hisobotlari hududiy rivojlanish va iqtisodiy siyosatni amalga

oshirishda samarali yondashuvlar haqida ma’lumot beradi. Xususan, "Regions in
Focus" hisobotida turli mamlakatlarning hududiy rivojlanish strategiyalari
taqqoslangan.

Mahalliy olimlarimiz tomonidan ham ko’plab ilmiy-izlanishlar va

tadqiqotlar olib borilgan bo’lib xususan To‘raqulov M. va Akbarov A.lar hududiy
iqtisodiyot masalalariga bag‘ishlangan maqolalarida viloyatlar kesimida ishlab
chiqarish hajmi, bandlik darajasi va investitsiyalar dinamikasini statistik tahlil


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

93

qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi tomonidan har yili e’lon
qilinadigan “O‘zbekiston hududlari iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari”
hisobotlari hududiy rivojlanishning asosiy statistik ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga
oladi.

Abdukarimov, A., va Sultonov, B.lar mahalliy iqtisodiy rivojlanishning

hududiy farqlarini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqqan. Ularning
ishlari kichik biznes va xususiy sektorni rivojlantirishning ijtimoiy ta’sirini
ko‘rsatib beradi.

Tahlil va natijalar.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi moddiy ishlab chiqarish bilan

birga hududiy omillarga ko‘proq darajada bog‘liq. Hududning ijtimoiy-iqtisodiy
Birinchisi, resurs(moliyaviy, moddiy, mehnat)larning iste’molchilarga maqsadli

ng har bir ko‘rinishini o‘zaro bog‘liq qator funksiyalar bilan belgilaymiz. Resurs
holatidan vaqt bo‘yicha hosila olsak, resurslarning tashkil qilinishi va ishlatilish
farqi hosil bo‘ladi va hudud resurs holatining dinamik modeli quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘ladi:

𝑑𝐴(𝑡)𝑑𝑡=𝑈(𝑡)−𝐾𝑡

, (1)

𝑈

𝑡=𝑈1𝑡+⋅⋅⋅+𝑈𝑚𝑡

- resurslar joriy holatining shakllanishi; (2)

𝑡=𝑈1𝑡+⋅⋅⋅+𝑈𝑚𝑡

- resurslar joriy holatining shakllanishi; (2)

𝑡

=𝑈1𝑡+⋅⋅⋅+𝑈𝑚𝑡

- resurslar joriy holatining shakllanishi; (2)

=𝑈1𝑡+⋅⋅⋅+𝑈𝑚𝑡

- resurslar joriy holatining shakllanishi; (2)

=

𝑈

1𝑡+⋅⋅⋅+𝑈𝑚𝑡

- resurslar joriy holatining shakllanishi; (2)

1
𝑡+⋅⋅⋅+𝑈𝑚𝑡

- resurslar joriy holatining shakllanishi; (2)

𝑡

+⋅⋅⋅+𝑈𝑚𝑡

- resurslar joriy holatining shakllanishi; (2)


𝐾(𝑡) = 𝐾

1

(𝑡) +⋅⋅⋅⋅ +𝛫

𝑛

(𝑡)

-resurslarning vaqt birligi bo‘yicha sarflanishi.


O

𝐾𝑖𝑡=𝛼𝑖𝑡𝐴𝑡

, (4)

𝛼

𝑖

(𝑡 = 1,2 ⋅⋅⋅, ⥂ 𝑛)

- vaqt bo‘yicha joriy resurslar taqsimlanishini ifodalovchi

bo‘lgan

U

1

,U

2

,…,U

m

ni boshqaruvchi ko‘rsatkichlarini

1

2,

..., β

m

)

bilan belgilab

olamiz. Unda hudud strategiyasining –har bir t vaqt birligidagi muqobil mezoni
quyidagi ko‘rinishni oladi:

extr→ (α

1,

α

2,…,

α

n

),(β

1

2,

..., β

m

) Q(A,K(α

1,

α

2,…,

α

n

),U(β

1

2,

..., β

m

))

, (5)

Q


,…,U

m

modelni qurishda resurslar joriy holatining tarkibiy tuzilishi ssenariysi

yoki modelning chiqish (endogen) ko‘rsatkichlari. Modelning matematik
mohiyatini talqin qilish uchun, hududning tizimli bog‘liqligining dinamik
modelini quyidagicha funksional ko‘rinishda belgilaymiz:






background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

94


bu yerda Q –maqsad funksiyasi, hududda resurslar holatini boshqarish

tarkibiy tuzilishi ssenariysi yoki modelning chiqish (endogen) ko‘rsatkichlari.

rivojlanish sur’atlari aholining o‘sish sur’atiga mos kelishi yoki kelmasligini,

Band bo‘lgan iqtisodiy faol aholini hududlar miqyosida tahlil qilish muhim

-

mehnat resurslarining hududlar miqyosida qay darajada joylashganligi

va shunga binoan ishlab chiqarish yo‘nalishlariga qanday o‘zgartirishlar kiritish;

-

hududlar bo‘yicha ishsizlar sonini aniqlash;

miqyosida mehnat birjalarining qay ahvolda ekanligi kabi makroiqtisodiy
masalalarni o‘rganish uchun zarurdir. Hududlarda mehnat resurslarini hisoblash

A

-










-mehnat qilish yoshidagi aholi;



-mehnatga qobiliyatli yoshda bo‘lib,

ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan pensionerlar va
16 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirlar.





- mehnat qilish yoshidagi, ammo xalq xo‘jaligida band bo‘lmagan ishga

Mehnat resurslarining potensial o‘rindoshlik darajasini hisoblash uchun

A

bo‘linadi.

=

𝐴𝑒𝐴𝜇∗100

(10)

Mehnat yoshigacha bo‘lgan (1 yoshdan 16 yoshgacha) aholi salmog‘i va

uning o‘sishini quyidagicha hisoblaymiz.

 

n

i

y

n

i

i

i

y

A

Mk

A

1

16

1

1

100

*

/

Mehnat yoshigacha bo‘lgan aholini o‘sish dinamikasini quyidagi algoritm

55 yoshgacha) aholi salmog‘i va o‘sishini hisoblash uchun quyidagi formuladan


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

95

Mehnat yoshida bo‘lgan aholini o‘sish dinamikasini quyidagicha

Mehnat yoshidagi aholining barchasi ham mehnatga layoqatli bo‘lmaganligi

sababli, mehnatga layoqatli aholining bandlik ko‘rsatkichi quyidagi algoritm



(14).

Bu ko‘rsatkich qanchalik 1 ga yaqinlashsa, shuncha ko‘p aholi mehnatga jalb

etilganligini ko‘rsatadi. Mehnatga layoqatli aholining bandlik ko‘rsatkichi 1 dan
ajratilgach, chiqqan natija aholining qay darajada band bo‘lganligini ifodalaydi.

Agarda, mehnat yoshiga yetmaganlar va nafaqa yoshidagilar soni mehnat

yoshidagilar soniga bo‘linsa, mehnat yoshidagi bir kishiga mehnat yoshida
bo‘lmaganlar qancha to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ladi.
) mehnat yoshidagilar soniga bo‘linsa, mehnat yoshidagi har odamga nafaqa
yoshidagilar qancha to‘g‘ri kelishi chiqadi.

=

𝐴𝜂𝐴𝜇∗100

(15)

Mehnat yoshidan o‘tgan (ayollar 55 yosh)dan yuqori (erkaklar 60 yosh) dan


E
M
B
E
D

E
q
u
a
t
i
o
n
.
3

 

n

i

y

i

n

i

i

y

A

A

Mu

1

55

1

100

*

)

/

(

Mehnat yoshidan utgan aholini o‘sish dinamikasini quyidagicha belgilab



100

*

)

/

(

1

A

A

i

n

i

i

y

k

j

y

Mr



ko‘rsatkichini hisoblash uchun mehnat yoshidagi mehnatga layoqatlilar

soni mehnat yoshidagilar soniga bo‘linadi.



(19)

1

bo‘lganda

j

1; k

mehnat yoshigacha bo‘lgan aholi ;

r

2 bo‘lganda j

17; k

mehnat yoshida bo‘lgan aholi; r

3 bo‘lganda j

55; k

mehnat yoshidan o‘tgan



bo‘lgan aholi soni;



- nafaqa yoshidagilar darajasi;



-nafaqa yoshidagilar




m
e

Mehnat resurslari –bu jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga,

ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilardir.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

96

Ularning asosiy qismini mehnat qilish yoshida bo‘lgan aholi tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksiga binoan mehnat resurslarining
55 yosh deb qabul qilingan. Bu chegaralarni belgilashda aholining turmush
darajasi, sog‘liqni saqlash, sport va maorif tizimi, pensiya ta’minoti sharoitlari,

Statistik ko‘rsatkichlarga keladigan bo’lsak O‘zbekistonning turli viloyatlari

bo‘yicha YaIM o‘sishi 2022-yilda o‘rtacha 5,7% ni tashkil etgan, bu esa hududiy
islohotlarning ijobiy samarasini ko‘rsatadi. Aholi turmush darajasi bo‘yicha
qishloq va shahar hududlari o‘rtasidagi tafovut 12% ni tashkil etib, infratuzilma
modernizatsiyasiga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Xalqaro indekslar esa “Global Competitiveness Index” ko‘rsatkichlari

O‘zbekistonning hududiy infratuzilmasi va mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni aks
ettiradi. UNDP tomonidan e’lon qilinadigan “Inson rivojlanishi indeksi”
O‘zbekistonda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarni
tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi 2020-2024 yillar davomida hududlarni ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi. Ushbu
islohotlar hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy farqlarni kamaytirish, aholi turmush
darajasini oshirish va barqaror rivojlanishni ta'minlashga qaratilgan edi. Quyida
ushbu davrda amalga oshirilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va ularning
natijalari statistik tahlil asosida ko‘rib chiqiladi.

Asosiy islohotlar yo‘nalishlari

hududiy rivojlanish dasturlari, infratuzilma

loyihalari, ijtimoiy soha rivoji, statistik tahlil, yalpi hududiy mahsulot (yahm)
o‘sishi bandlik darajasi, infratuzilma loyihalari shular jumlasidandir.

Hududiy rivojlanish dasturlari.

Har bir viloyat va tuman uchun alohida

rivojlanish dasturlari ishlab chiqildi, bu dasturlar mahalliy iqtisodiyotning o‘ziga
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirildi.

Infratuzilma loyihalari.

Yo‘l, suv ta'minoti, elektr energiyasi va boshqa

infratuzilma obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli
loyihalar amalga oshirildi.

Ijtimoiy soha rivoji.

Ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarini

yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rildi.

Statistik Tahlil.

Quyida 2020-2024 yillar davomida amalga oshirilgan

islohotlarning ayrim asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

97

Qolaversa, rivojlanish dasturlari hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy farqlarni

kamaytirishda muhim rol o‘ynadi. Misol uchun, qishloq joylarda ichimlik suvi va
energiya ta’minoti bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi.

Xulosa va takliflar.

2020-2024 yillarda O‘zbekiston hududlarini ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar
natijasida quyidagi muhim yutuqlarga erishildi. Barqaror iqtisodiy o‘sishga Yalpi
hududiy mahsulot (YAHM) o‘sish sur’atlari barqarorlikni saqlab qoldi, barcha
hududlarda iqtisodiy faoliyatning kengayishi kuzatildi. Toshkent, Samarqand va
boshqa hududlar iqtisodiyotida ijobiy tendensiyalar qayd etildi. Bandlik darajasi
oshdi. Ishsizlik darajasi sezilarli darajada kamayib, bandlik darajasi 2020 yildagi
60.5% dan 2024 yilda 63.0% ga yetdi. Bu qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari
yaratilishi natijasida amalga oshirildi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari orqali infratuzilma sezilarli

darajada yangilandi. Transport, ichimlik suvi va energiya ta’minotiga oid
muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Ijtimoiy soha rivojlandi. Ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari sezilarli darajada
rivojlanib, maktab va shifoxonalar soni ortdi, shifokorlar va pedagoglarning
malakasi oshirildi. Hududiy farqlarning qisqardi. Iqtisodiy rivojlanish dasturlari
qishloq va shaharlar o‘rtasidagi tafovutlarni kamaytirishda muhim rol o‘ynadi.
Bu holat hududlarning resurslardan teng foydalanishini ta’minlashga zamin
yaratdi.

Raqamli texnologiyalarni joriy qilish kerak. Hududlarni rivojlantirish

jarayonida raqamli platformalardan keng foydalanish zarur. Elektron hukumat
tizimini yanada rivojlantirish aholini davlat xizmatlariga oson kirish imkoniyati
bilan ta’minlaydi.

Ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish lozim. Aholining ijtimoiy zaif

qatlamlariga ko‘rsatilayotgan yordam hajmini oshirish va ushbu yordamning
manzilliligini yaxshilash kerak. Bu orqali qashshoqlik darajasini yanada
kamaytirish mumkin.

Mahalliy iqtisodiyotlarni qo‘llab-quvvatlash ham juda muhim hisoblanadi.

Hududiy rivojlanish dasturlarida kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish
mexanizmlarini yanada takomillashtirish kerak. Bu bandlik va daromadlarni
oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Atrof-muhitni muhofaza qilishga e’tibor qaratish zarur. Hududlarni

rivojlantirish jarayonida ekologik barqarorlikni ta’minlash va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha maxsus dasturlarni amalga oshirish
lozim.


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

98

Tahlil va monitoring tizimini kuchaytirish kerak. Har bir islohotning

natijalarini aniq o‘lchash va baholash uchun zamonaviy monitoring tizimlarini
joriy qilish kerak. Bu yangi tashabbuslarning samaradorligini oshirishga yordam
beradi.

Hududlararo integratsiyani rivojlantirish orqali esa hududlar o‘rtasidagi

iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash orqali milliy iqtisodiyotning
umumiy barqarorligini oshirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar tahlili:

1.

Мирзаев Ш.А. «Пути усиления адресности социальной защиты

населения в условиях переходной экономики» (на материалах
Узбекистана) // автореферат дис., Ташкент-2006,с. 8.
2.

Абдуллаев И С. Минтақавий иқтисодий тизимни оптимал тартибга

солишнинг механизмларини такомиллаштириш. Иқт.фан.бўйича док.
(DSc) диссертацияси автореферати.Тошкент, 0 , 66 б
3.

Ахмедов Т М Регулирование терртиориальной организации

производительных сил и комплексного развития регионов Узбекистана
Ташкент Фан С 8
4.

Худайберганов А. Тадбиркорликда ахборот-коммуникация

технологияларидан самарали фойдаланиш

Ўзбекистон иқтисодий

ахборотномаси. –Тошкент, 2004. -№5-6. -Б. 10-12
5.

Алиқориев Н.С., Агзамходжаев И., Каюмов У.К., Маҳкамов Г.О.

Информацион-ная технология в системе управления процессами
занятости//Вопросы модели-рования и информатизации экономики.-
Ташкент: НПО “Кибернетика” АН Руз. -1992. -вып.4.-С.150-157.
6.

F.E.Qodirov. Raqamli iqtisodiyot sharoitida hududlar ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishini statistik tahlili. Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali maxsus
soni 1739-1747 betlar 2024-yil (OAK Rayosatining Qarori (29.12.2023 й
№347/5)
7.

F.E.Qodirov. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ekonometrik

tahlili. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. ISSN 2091-573X 2024-5/2
(08.00.00; №21).
8.

F.E.Qodirov. Hududning ijtimoiy-iqtisodiy holatini vaziyatli tahlil qilish

hamda prognoz qilish sxemasi. “Agro ilm” ilmiy-amaliy jurnali № 3-son [100],
2024, ISSN 2091-5616 (08.00.00; №15).
9.

F.E.Qodirov. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik

modellashtirish metodologiyasi. "Kesh ziyosi" nomli ilmiy-uslubiy, ma'naviy-
ma'rifiy jurnali 1-soni. 2024/1


background image

SCIENCE AND INNOVATION IN THE

EDUCATION SYSTEM

International scientific-online conference

99

10.

F.E.Qodirov. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni

kamaytirish - hududlararo iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish. Agro ilm” Maxsus
soni ilmiy-amaliy jurnali № 4-son [102], 2024, ISSN 2091-5616 (08.00.00; №15)
11.

F.E.Qodirov. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir

hududning о‘ziga xos xususiyatlari. AKTUAR MOLIYA VA BUXGALTERIYA
HISOBI ILMIY JURNALI 2024, 4(09), 178-183. (08.00.00; 2024 yil 31 yanvardagi
350-son qarori)
12.

Алиқориева А.Н. Моделирование движения рабочей сылы в условиях

рыночной экономики //Вопросы моделирования и информатизации
экономики.-Ташкент: НПО “Кибернетика” АН Руз.-1992. –вып. 4. -С.110-117.
13.

Isakhodjayev, Kh, et al. "Cooling air in contact with natural sources of

cold." E3S Web of Conferences. Vol. 383. EDP Sciences, 2023.
14.

Сохибов, Акрам Рустамович. "Формирование организаторских

способностей молодёжи Республики Узбекистан." Журнал научных
публикаций аспирантов и докторантов 9 (2016): 71-73.
15.

3.Sokhibov, Akmal. "Economic and Political Restraints for Reducing the

Drug Economy in Afghanistan." Sicherheit und Frieden (S+ F)/Security and
Peace (2014): 193-200.
16.

Лапп, Елена Александровна, Елена Викторовна Шипилова, and Акрам

Рустамович

Сохибов.

"ПРОЕКТИРОВАНИЕ

И

СОПРОВОЖДЕНИЕ

ИНДИВИДУАЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ МАРШРУТОВ ДЛЯ ШКОЛЬНИКОВ
С

ОГРАНИЧЕННЫМИ

ВОЗМОЖНОСТЯМИ

ЗДОРОВЬЯ:

РАБОЧАЯ

ПРОГРАММА КУРСА." АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И
ОБРАЗОВАНИЯ. 2021.
17.

СОХИБОВ, Акрам. "ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМОВ

ПРИМЕНЕНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ПЕДАГОГИЧЕСКОМ
ОБРАЗОВАНИИ." PEDAGOGIK MAHORAT: 27.
18.

Soxibov, A. R. "PEDAGOGIK MADANIYAT VA UNING TARKIBIY QISMLARI:

AR Soxibov, Qarshi DU dotsenti." Научно-практическая конференция. 2021.
19.

Сохибов, Акрам Рустамович. "ТИПЫ И ЭТАПЫ РЕШЕНИЯ

ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ЗАДАЧИ." Журнал научных публикаций аспирантов и
докторантов 3 (2015): 102-104.

Библиографические ссылки

Мирзаев Ш.А. «Пути усиления адресности социальной защиты населения в условиях переходной экономики» (на материалах Узбекистана) // автореферат дис., Ташкент-2006,с. 8.

Абдуллаев И С. Минтақавий иқтисодий тизимни оптимал тартибга солишнинг механизмларини такомиллаштириш. Иқт.фан.бўйича док. (DSc) диссертацияси автореферати.Тошкент, 0 , 66 б

Ахмедов Т М Регулирование терртиориальной организации производительных сил и комплексного развития регионов Узбекистана Ташкент Фан С 8

Худайберганов А. Тадбиркорликда ахборот-коммуникация технологияларидан самарали фойдаланиш Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси. –Тошкент, 2004. -№5-6. -Б. 10-12

Алиқориев Н.С., Агзамходжаев И., Каюмов У.К., Маҳкамов Г.О. Информацион-ная технология в системе управления процессами занятости//Вопросы модели-рования и информатизации экономики.-Ташкент: НПО “Кибернетика” АН Руз. -1992. -вып.4.-С.150-157.

F.E.Qodirov. Raqamli iqtisodiyot sharoitida hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini statistik tahlili. Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali maxsus soni 1739-1747 betlar 2024-yil (OAK Rayosatining Qarori (29.12.2023 й №347/5)

F.E.Qodirov. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ekonometrik tahlili. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. ISSN 2091-573X 2024-5/2 (08.00.00; №21).

F.E.Qodirov. Hududning ijtimoiy-iqtisodiy holatini vaziyatli tahlil qilish hamda prognoz qilish sxemasi. “Agro ilm” ilmiy-amaliy jurnali № 3-son [100], 2024, ISSN 2091-5616 (08.00.00; №15).

F.E.Qodirov. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik modellashtirish metodologiyasi. "Kesh ziyosi" nomli ilmiy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy jurnali 1-soni. 2024/1

F.E.Qodirov. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni kamaytirish - hududlararo iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish. Agro ilm” Maxsus soni ilmiy-amaliy jurnali № 4-son [102], 2024, ISSN 2091-5616 (08.00.00; №15)

F.E.Qodirov. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir hududning о‘ziga xos xususiyatlari. AKTUAR MOLIYA VA BUXGALTERIYA HISOBI ILMIY JURNALI 2024, 4(09), 178-183. (08.00.00; 2024 yil 31 yanvardagi 350-son qarori)

Алиқориева А.Н. Моделирование движения рабочей сылы в условиях рыночной экономики //Вопросы моделирования и информатизации экономики.-Ташкент: НПО “Кибернетика” АН Руз.-1992. –вып. 4. -С.110-117.

Isakhodjayev, Kh, et al. "Cooling air in contact with natural sources of cold." E3S Web of Conferences. Vol. 383. EDP Sciences, 2023.

Сохибов, Акрам Рустамович. "Формирование организаторских способностей молодёжи Республики Узбекистан." Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов 9 (2016): 71-73.

Sokhibov, Akmal. "Economic and Political Restraints for Reducing the Drug Economy in Afghanistan." Sicherheit und Frieden (S+ F)/Security and Peace (2014): 193-200.

Лапп, Елена Александровна, Елена Викторовна Шипилова, and Акрам Рустамович Сохибов. "ПРОЕКТИРОВАНИЕ И СОПРОВОЖДЕНИЕ ИНДИВИДУАЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ МАРШРУТОВ ДЛЯ ШКОЛЬНИКОВ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ ЗДОРОВЬЯ: РАБОЧАЯ ПРОГРАММА КУРСА." АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. 2021.

СОХИБОВ, Акрам. "ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМОВ ПРИМЕНЕНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ." PEDAGOGIK MAHORAT: 27.

Soxibov, A. R. "PEDAGOGIK MADANIYAT VA UNING TARKIBIY QISMLARI: AR Soxibov, Qarshi DU dotsenti." Научно-практическая конференция. 2021.

Сохибов, Акрам Рустамович. "ТИПЫ И ЭТАПЫ РЕШЕНИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ЗАДАЧИ." Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов 3 (2015): 102-104.