SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
14
AXBOROT TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TALABALARNI
MUSTAQIL TA’LIMINI TAKOMMILASHTIRISH METODIKASI.
Maxmudova Zarina Ilxomovna
stajyor-assistenti
Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti
Kibriyo Xasanovna
Professori
Sharof Rashidov nomidagi SamDU Pedogogika ta’limi fakulteti
Fakultetlararo pedagogika kafedrasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14604196
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bugungi kunda boshqa soxalar qatorida
ta’lim soxasida ham kompyuter texnologiyalari keng kirib keladi va bu ta’lim
tarbiya jarayonini samaradoligini oshirishda va har tamonlama intellektual
salohiyatni oshirishda muxim o‘rin tutadi. Bugungi kunda hayotni axborot
vositlarsiz, jumladan, internetsiz ta’savvur qilib bo‘lmaydi.
Tayanch so‘zlar:
Ta’lim, axborot, SCADEduWeb, Vizuallar, Mustaqil
ta’limni, o‘zini-o‘zi rivojlantirishi, vizual, audial, kinestetik
Axborot va pedagogik texnologiyalari va innovatsion texnologiyalar–
fikrimiz dalilidir. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug’atlar tuzish va undan
foydalanish madaniyatini shakllantirish – nafaqat axborot va pedagogik
texnologiyalari va innovatsion texnologiyalarni egallash, balki til imkoniyatini
egallashning oson va samarador yo‘l hisoblanadi. Bu borada davlatimiz rahbari
Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan 5 ta tashshabbus asosida professor
o‘qituvchilar va talim oluvchi bakalavriyat, magistratura va daktarantura ta’lim
oluvchilari ilmiy va ijodiy izlanishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish vazifa sifatida belgilanishi, shu maqsadda
hukumatimiz tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga
oshirilishi, har bir fan sohasida, asosan, pedagogika axborot texnologiyalari
soxalarida ham uzviy chuqur izlanishlar olib borish zarurligini ko‘rsatadi. 2017
yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g’risidagi farmonlari, 2017 yil 17 fevraldagi
Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va
moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida‖gi
PQ2789-sonli qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Axborot
tizimning va Pedagogika soxalarining uzviy rivojlanishi fanda yangi sohalarning
yangi o‘qitish tizimlari va ulardan foydalanishni paydo bo‘lishiga olib keldi.
Mazkur metodni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
15
qo‘llash ta’lim jarayonini tashkil kilish sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersa-
da, biroq o‘quv jarayonini an’anaviy qo‘llanadigan sxemadan (axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan
o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan muammoli xamda tadqiqotchilik
metodlaridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. O‘qitishning muammoli metodi
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayonini qandaydir
muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga
oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta’lim oluvchilarning bilish
faolligini oshirishga maksimal darajada ko‘maklashishdan iborat. Ta’lim
jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi,
shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan qator
qo‘shimcha bilimlarni olish va tahlil ko‘zda tutiladi. Bunda axborotni to‘plash,
tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid ko‘nikmalarni egallashga alohida e’tibor
karatiladi. Zamonaviy jamiyatni va ayniqsa ta’limni axborotlashtirish zamonaviy
axborotkommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish va ommaviy
tarqatish jarayonlari bilan ajralib turadi. Ta’lim sohasida ushbu texnologiyalar
ma’lumot uzatish va o‘qituvchi va talabaning zamonaviy ochiq va masofadan
turib o‘qitish tizimlarida o‘zaro ta’sirini ta’minlash uchun faol foydalanilmoqda.
Zamonaviy o‘qituvchi nafaqat o‘z sohasi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi, balki o‘z
kasbiy faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish
ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish,
raqamli ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha samarali ish olib borayotgan ilg’or
davlatlar, mintaqalar ta’limning yuqori sifat natijalarini 193 ko‘rsatmoqda. Shu
bois O‘zbekiston ham xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini o‘rganib chiqib, o‘z
taraqqiyoti yo‘lida ildam olg’a qadam tashlashda davom etmoqda. Ta’lim
jarayonini samarali tashkil etishda ta’lim oluvchilarning individual shaxs
xususiyatlarini, ularning ta’lim olish uslublarini inobatga olish muhim
hisoblanadi. Har bir talaba ma’lumotni turli axborot qabul qilish kanallari orqali
idrok etadi. Lekin, mazkur kanallardan qaysidir biri ko‘proq rivojlanganligi
sababli ta’lim oluvchining axborotni aynan o‘sha kanal orqali yaxshiroq qabul
qilishi va osonroq o‘zlashtirishi fanga ma’lum. Psixologiya sohasi mutaxassislari
voqelikni idrok etish xususiyatlariga ko‘ra ta’lim oluvchilarni shartli ravishda 4
toifaga: vizual, audial, kinestetik va diskretik kabi guruhlarga bo‘lib o‘rganishadi.
Aksariyat talabalar tashqi dunyoni idrok etishda ko‘rganlariga ishonadilar. Soha
mutaxassislarining
tadqiqot
natijalariga
ko‘ra,
talaba
ko‘rish
orqalima’lumotlarning qariyb 88%ini idrok etadi. “1000 marta eshitgandan
ko‘ra, bir bor ko‘rish yaxshidir” degan ibora mazkur tip vakillarining shiori deb
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
16
aytish o‘rinlidir. Vizuallar –tasvir va obrazlar orqali dunyoni anglaydiganlardir.
Yangi axborot texnologiyalari fan va ta’limni to‘plangan bilimlarni yetkazish,
ularni to‘ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari bilan
bog’lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan – bu ta’lim tizimini rivojlantirish
asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham bo‘lmagan, ilg’or axborot
texnologiyasi ta’lim tizimida fanning ahamiyatini o‘zgartirdi. Jamiyat faqat
fanning o‘zi rivojlanishi bilan emas, balki ta’lim va o‘qitish tizimi bilan ham
bog’liq yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. Bilim berishga ixtisoslashgan oliy ta’lim,
o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va maktablarda innovatsiyalar keng ko‘lamda
qo‘llanilishi zarur. Ya’ni, masofaviy o‘qitishni xar bir bosqichga, ya’ni bog’cha,
maktab, professional ta’limi va oliy ta’limga tatbiq etish, yangi fanlar va
texnologiyalarni, “SCADEduWeb” mualliflik metodikasini qo‘llash kabilar shular
jumlasidandir. Ushbu jarayonning ommaviylashishi natijasida, ta’lim
muassasalarining ishlab chiqarish va bozor bilan aloqasi yuzaga kelishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari turli vaziyatlarga ko‘ra ta’lim
muassasalariga borib ta’lim olish imkoniyati bo‘lmagan 194 yoshlarni bilim
olishlari va kasb hunarni egallashlariga zamin yaratadi. Shu bilan bir qatorda
fanni o‘zlashtirish va ta’lim samaradorligiga erishish ortadi. Mustaqil ta’limni
tashkil etishda o‘qituvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab bu
jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakillanttirish ustuvor yo‘nalish
sanaladi. Ta’lim sohasidagi islohotlar jamiyat ravnaqi va taraqqiyotiga
ijobiy ta’sir qilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning intellektual
salohiyatini oshirish davlat ta’limi standarti, malaka talablarida qo‘yilgan
talablarga javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlashning muhim omili hisoblanadi. Insonning psixologik va
pedagogik imkoniyatlari ko‘lamidan oqilona foydalanish, shu asosda
ma’lum ijtimoiy istiqbollarini belgilash, aynan har bir shaxsning o‘zi jamiyat
va xalqning bir qismi sifatida o‘zini-o‘zi anglashi, o‘zini-o‘zi rivojlantirishi va
kamol toptirishi muqarrardir. Ta’lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog
talabalarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratishi lozim, aks holda
talaba ongi tayyor shablonlar, stereotiplarga shu qadar o‘rganadiki, ular oxir
oqibat har qanday noto‘g’ri yoki yot g’oyalarga ergashib ketaveradigan bo‘lib
qoladi. Ya’ni, darsni tashkil etishning noan’anaviy usullariga keng yo‘l ochish,
darslarda talabalarining interaktiv muloqotini tashkil etish, ular miyasining
yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashiga yordam beradi.Dunyoning
yetakchi ilmiy ta’lim muassasalarida innovatsion yondashuvlar asosida
talabalarni mustaqil ta’lim olishga o‘rgatish, mustaqil ta’limni tashkil etish,
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
17
boshqarish va nazorat qilish zarurligi, mustaqil ta’limning amaldagi
mexanizmlaridagi bo‘shliqlar, tizimdagi nomuvofiqlik kabi bir qancha
muammolar bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘z navbatida
talabalarda mustaqil ta’lim olish faoliyati xususiuatlari, uning mohiyati, tashkil
qilish tamoyillari, mazmuni va metodlari bo‘yicha mavjud yondashuvlarni
yanada chuqur tadqiq qilishni taqozo qiladi.
Xulosa
qilib aytganda, bugungi kunda Oliy ta’lim tizimi oldida turgan
aniq vazifalardan biri yoshlarning ijtimoiy faolligini hamda bilim
darajasining raqobatbardoshliligini ta’minlash, nazariy va amaliy
bilimlarini mukammallik darajasiga olib chiqish masalasi dolzarbdir. 1.
Talabalar o‘quv-biluv faoliyatining o‘ziga xos jihat va tamonlaridan biri
ularning mustaqil bilimlar egallashi va mustaqil faoliyatni tashkil qilish masalasi
katta ahamiyatkasb etadi. 2.Talabalarning bilimlarining sifat darajasini yanada
ko‘tarish uchun mustaqil bilim olishning innovatsion uslublaridan va
imkoniyatlaridan keng miqyosda foydalanish, taxsil oluvchilarning
axborotlarni saralash va filtrlash imkoniyatlarini yanada kengaytirish lozim.
Yuqoridagi afzalliklarni e’tiborga olsak, oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’limni
tashkil etishning muhim ahamiyatga ega ekanligi kelib chiqadi
