SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
107
EKINLARNI GIDRPONIKA USULIDA SUG‘ORISHNING
AFZALLIKLARI
A.Dauletbaev
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
insituti “Milliy tadqiqot universiteti talabasi, Toshkent
https://doi.org/10.5281/zenodo.14525504
Annotasiya
Ushbu maqolada gidroponika usulida o
‘
simliklarni tuproqsiz o
‘
stirish va
gidroponikaning afzalliklari haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Abstract
This article provides information about growing plants without soil using
hydroponics and the benefits of hydroponics.
Аннотация
В этой статье представлена информация о выращивании растений
без почвы методом гидропоники и о преимуществах гидропоники.
Suv resurslaridan samarali foydalanish – bu suvni tejamkorlik bilan
ishlatish va uni asrash, keying avlodlar uchun barqaror t’aminotni taminlash
nazarda tutiladi. Suv resurslarini cheklanganligi sababli ularni oqilona
boshqarish ekologik barqarorlik, qishloq xo
‘
jaligi sanoat va aholi ehtiyojlari
uchun muhimdir.
Gidroponika - oʻsimlikni tuproqsiz, suvli muhitda oʻstirish usuli
hisoblanadi. Ushbu usuldan samarali foydalanish yo‘llarining joriy etilishi 1800-
yillarga borib taqaladi. Zamonaviy gidroponikaning otasi - Uilyam F.Gerik.
Aynan u "Gidroponika" atamasini kiritgan va
ozuqa
eritmalarida
har
xil
turdagi
o
‘
simliklarni
yetishtirish
imkoniyatini
isbotlagan. So‘nggi paytlarda chorvachilik,
parrandachilik sohalarida yashil massali
yem-xashakka
bo‘lgan
talabni
qisman
qondirishning
qulay
usullaridan
biri-
gidroponika usuli hisoblanadi. Gidroponika
usulida ozuqa manbasi sifatida ko‘p qo‘llaniladigan makkajo‘xori, arpa, jo‘xori,
javdar, kabilarning yashil massasini yetishtirish mumkin. Yashil massa
ko‘pchilik qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun asosiy sersuv, ozuqaviylik qiymati
yuqori bo‘lgan oziqa ratsioni hisoblanadi.
Gidroponika usulida yetishtiriladigan yashil massali ozuqalar C, E, K va B
guruhi vitaminlarining manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ular ayniqsa riboflavin va
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
108
karotinga boy. Yashil ozuqa tarkibida estrogenik moddalar mavjud bo‘lib, ular
jinsiy reflekslarning namoyon bo‘lishiga yordam beradi, hayvonlar organizmida
reproduktiv xususiyatlarini oshiradi, sut mahsuldorligi va tirik vaznning
oshishini ta’minlaydi.
Gidroponika usulida yetishtirilgan ozuqalarning ozuqaviy qiymati donli
ekinlar doni va yashil yem-xashakdan kam emas, ayniqsa mahalliy bug‘doyni
gidroponika usulida 7 kun mobaynida o‘stirib, olingan gidroponik yashil
bug‘doy bilan tovuqlar ozuqa ratsioni boyitilganda, uning umumiy ozuqaviy
qiymati 13,4 foizga, tarkibidagi kalsiy 34 foizga oshadi. Shuningdek, o‘zining
xossalari va xususiyatlariga ko‘ra gidroponika usulida yetishtirilgan ozuqalar
fermentlar faolligini oshirishi, hazm qilish tizimining harakat funksiyasini va
hazm shirasining sekretsiyasini oshirishi kabi xususiyatlari bilan alohida
ahamiyatga ega.
Gidroponika usuli yopiq sharoitlarda amalga oshiriladi. Gidroponikada
o
‘
sadigan o
‘
simliklar uchun odatda suvni yaxshi ushlab turish qobiliyatiga ega
bo
‘
lganligi sababli (0,1 - 0,5 sm) nozik kengaytirilgan loy qatlami ishlatiladi.
Kengaygan loy nafas oladigan, suv o'tkazuvchan va suv o'tkazmaydigan
hisoblanadi. Undagi ildizlar yaxshi saqlanadi va namlanadi. Kengaytirilgan loyga
ekilgan o'simlik shikastlanmaydi.
Gidroponika usuli quyidagi afzalliklarga ega.
Istiqbolli vа kamxarajat bo‘lgan gidroponik ozuqalardan foydalanish,
qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sifatli tabiiy ozuqa zaxirasini boyitishni, va to‘yimli
ratsion bilan oziqlantirilishini ta’minlaydi. Gidroponika usulida ozuqa
yetishtirish tuproqli muhitni talab qilmaydi. Shuning uchun yer maydonini
tejash imkonini beradi. Olingan gidroponik ozuqalar parrandachilik fermalariga
ratsionni boyitish uchun yetkazib beriladi, natijada har yili import qilinadigan
ozuqaga sarflanadigan mablag‘ tejaladi.
Bir kilogramm bug‘doyni yetti kun davomida yetishtirish uchun ikki litr
suv sarflanadi, bu esa suvni tejash imkonini beradi.
Tuproqsiz muhitda o‘stirilganligi uchun tuproqni boyitishga va turli
kasalliklaga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar hamda jarayonlardan voz
kechiladi, ularga sarflanadigan mablag‘ tejaladi.
Turli kimyoviy vositalardan hamda yerdan foydalanilmaganligi sababli
tuproq ifloslanishining oldi olinadi, ekologik toza mahsulot yetishtiriladi.
Girdoponika usulini gulchilikda qo
‘
llansa ham bo
‘
ladi.
Biz o
‘
simliklarni yopiq sharoitlarda yetishtirganimiz uchun harorat,
yorug’likniham nazorat qila olamiz.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
109
Tuproqda bo
‘
lgani kabi yuvilish yoki shamol erroziyasi va boshqa
xavflardan ximoyalangan bo
‘
ladi.
Gidroponika usulida yetishtirilgan ozuqalarni yilning 4 faslida ham
yetishtirish, uzoq muddat saqlash, yetishtirilgan ozuqalardan nafaqat
parrandachilikda, balki qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari jumladan,
baliqchilik, bedanachilik va chorvachilikda ham foydalanish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Gidroponika
2.
https://growstuff.ru/
3.
https://agroportal.ua/ru
4.
https://atlas--scientific-com.
