SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
118
HINDISTONDAGI IJTIMOIYSIYOSIY VAZIYAT.
Aliyorov Davronbek Tursoat oʻgʻli
Choriyev Behruz Abduqodir oʻgʻli
Termiz Davlat Pedagogika Instituti 3- bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14545697
ANNOTATSIYA
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat
og’ir edi. Iqtisodiy holat nihoyatda og’ir ahvolga kelib qolgan bo’lib, bu davrda
aholi turmush tarzi ham boshqa mamlakatlarga qaraganda past ko‘rsatgichda
edi. Hindiston bu davrda asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan bo’lib, aholing
ko’p qismi qishloqlarda yashar va dehqonchilik bilan shug’illanar edi. Qishloq
xo’jaligida ham ishlar tizmli yo’lga qo’yilmaganligi uchun, yerda ishlovchi
dehqonlarning turmush tarzi ham ayanchli ahvolda bo’lgan. Sanoat ham ingliz
hukumatiga hizmat qilgan. Bu davrda Hindistonda savodlilik jihatidan ma’lum
bir farqlar bo’lib, asosan yuqori kastaga mansub insonlargina o’qish yozishni
bilganlar. Bu omillar ham Hindiston taraqqiyoti uchun ma’lum qiyinchilik kasb
etgan. Lekin Hindistonda boshlangan marifatparvarlik harakatlari mamlakat
mustaqil bo’lishiga olib keldi.
Kalit so'zlar:
Hindiston, Angliya, milliy ozdlik, ijtimoiy vaziyat, siyosat,
iqtisod, qishloq xo’jaligi, kasta, soliq tizimi, ma’muriy boshqaruv.
XIX va XX asrlarning boshlarida Hozirgi Hindiston Respublikasi, Pokiston
Islom Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasini o’z ichiga olgan Hindiston
Angliya mustamlakachilik imperiyasi (qonuniy ravishda Hind imperiyasi) 283
million kishilik aholi bilan 4,2 million kvadrat kilometrdan ortiq maydonda
joylashgan edi. (taqqoslash uchun: Buyuk Britaniyaning maydoni 240 ming
kvadrat kilometr edi, aholisi 38 million nafarni tashkil etar edi). Hindiston XX
asrning boshlarida qoloq mamlakat edi. U bu vaqtga ulkan ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarning og’ir yuki bilan keldi: aholisining katta qismining qashshoqligi,
uzoq davom etgan ochlik va ommaviy epidemiyalar va hatto aholining katta
qismi qisqardi (1891-1901 va 1911-1921). ), o’rtacha umr ko’rish davomiyligi
juda qisqa bo’lib 23 yoshni tashkil etar edi. Bu asosan uning mustamlakachilik
siyosatining natijasi edi. Hindistonda qishloq aholisi ko’pchilikni tashkil etargan
(taxminan 90%). Shaharliklar asosan kichik shaharlarda (5 ming - 50 ming)
to’plangan edi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, XIX va XX asrlarda
Hindistondagi jarayonlar obyektiv ochib berildi. Mantiqiylik, Hindistondagi
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
119
ijtimoiysiyosiy vaziyat mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Tizimlilik,
Buyuk Britaniya va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar tizimli tarzda tahlil
qilindi. Mamlakatning iqtisodiy hayoti asosan an’analar, jamiyatning kastalar va
dinlarga bo’linishi bilan belgilanar edi. Qishloqda yarim natural xo’jalik
hukmronlik qilgan, yarim feodal munosabatlar shakllangan edi.
NATIJALAR
O’sha davrdagi hind qishloq xo’jaligi hindlarning o’zlari tomonidan
mutlaqo turg’un iqtisodiyot sifatida tavsiflangan bo‘lib, Qishloq xo’jaligida
inglizlar tomonidan yerga egalik qilish va soliqqa tortishning uchta asosiy tizimi
mavjud edi. Birinchisi - doimiy soliq (doimiy zamindor) (Bengal, Bihar, Orissa,
Madras viloyatining shimoliy qismi), unga ko’ra braxmanlar va savdogarlar
kastalaridan yirik yer egalari (zamindarlar) yerga egalik huquqini olishgan. Ular
XVIII asr oxirida doimiy ravishda olinadigan yer solig’ini to’lashlari shart edi, bu
davrda ijara haqi 90 foiziga yetgan. Ikkinchisi – XIX asrning ikkinchi yarmida
vaqtinchalik zamindorlik joriy qilinadi (Birlashgan provinsiyalar, Markaziy
provinsiyalar, Panjob). Unga muvofiq, yer solig’i har 20-40 yilda qayta ko’rib
chiqilib, yirik yer egalarining huquqi kichikroq yer egalariga berila boshlandi.
Agar qishloqda er ko’plab egalarga tegishli bo’lsa, unda jamoa sifatida ular
nafaqat shaxsiy, balki soliq to’lash uchun jamoaviy javobgarlikni ham o’z
zimmalariga olishgan. Uchinchi tizim - rayatvari – 1850 yillardan boshlab
Madras va Bombey provinsiyalarida joriy qilingan. U kichik yer egalariga -
raiyatamlarga (“himoyalangan ijarachilar”) mulk huquqini berdi. Biroq, ularning
ko’plari erda o’zlari ishlamasdan, ijaraga berdilar. Qishloq aholisining aksariyati
o’zlarining fermer xo’jaliklariga ega emas edilar. Bular asosan o’z xo’jayinlariga
ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan bo’ysungan quyi tabaqalar va qabilalar, aslida
mardikorlar yoki qulga aylangan ishchilar 1901 yilda oila a’zolari bilan
birgalikda 50 milliondan ortiq kishi bor edi. Deyarli barcha yersiz ishchilar,
ijarachilar va ko’plab mayda yer egalar sudxo’rlarga qarzdor bo‘lganlar.
Qishloqlarda feodal munosabatlarning qoldiqlari – o’zboshimchalik bilan ijara
haqi yig’ish, ijarachilarning bepul mehnati, bo’sh yotgan yerlarni va yaylovlarni
chiqindilardan tozalatish, ko’llardan suv ishlatganlik uchun yig’imlarni yig’ish,
shuningdek quyi kast vazifalarini bajarish bilan bog’liq majburiy ishlar davom
etgan. Inglizlar tomonidan joriy etilgan yerga egalik qilish tizimi katta
miqdordagi soliqlarni olishni, shuningdek, eksport uchun qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini rag’batlantirishni o’z ichiga olgan. Aslida, doimiy “abadiy” soliqni
saqlab turishdan maqsad (zamindar yer egasining bosimini engillashtirish
bo’lgan), shu bilan birga ingliz hukumati yer uchun ijara haqini doim ko’paytirib
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
120
borilgan. Yigirmanchi asrning boshlarida qishloq ishlab chiqaruvchilarining
yalpi daromadining atigi 4 foizini soliq tashkil etgan. Yirk yer egalarini o’zlari
xafli deb bilgan, kapitalistik qishloq xo’jaligi qiziqtirmagan. Ular yerdan
foydalanishning an’anaviy shakllarini afzal ko’rishgan edilar. Yerni ijaraga berish
va sudxo’rlik, ular uchun kapitalistik ishlab chiqarishga qaraganda ancha
ishonchli va foydaliroq edi. Natijada yerda ishlovchi dehqonlarning mehnati
evaziga yashovchi vositachilar qatlami kengayib keta boshladi. Yigirmanchi
asrning boshlarida hind yangi mulkdorlari hali juda zaif va kichik edi. Uning
ko’plab guruhlari Britaniya kapitali yoki hukumat buyurtmalariga bog’liq
bo’lgan. Mulkdorlar bir necha konfessiya yoki kasta guruhlaridan iborat bo’lib -
Parsi, Marvari (Jayns), Gujarat bania (hindular), Musulmon Bohra va Xojalar
tashkil etar edi. Ular ko’pincha etnik-konfessional hududlaridan tashqarida
faoliyat yuritganlar. Ular Britaniyaning tijorat va bank kapitali sanoatda, shu
jumladan Hindistonning ikkita asosiy markazida - Bombay (Mumbay) va
Kalkutta (Kolkata)da ustunlik qilganlar. Yigirmanchi asrning boshlarida
iqtisodiy tashkil etishning zamonaviy shakllari - tijorat firmalari, auksion
kompaniyalari, banklar, so’ngra fabrikalar va plantatsiyalar yaratilishi bilan
birga, egalik qiluvchi qatlamlar son jihatdan o’sa boshladi. Sanoat ishlab
chiqarishida, asosan kichik korxonalarda 4,5 millionga yaqin kishi ish bilan
ta’minlangan. Ulardan 1 millionga yaqini fabrika ishchilari edi. Ularning mehnati
og’ir bo’lib, asosan kuniga 12 va undan ortiq soat davomida qo’l mehnati, kam
ish haqi, pudratchilarga ishga yollanish (ish beruvchilar)ga bog’liqligi bilan
ajralib turardi. Kasta va ishchilarning ixtilofi ularning birlashishiga xalaqit berar
edi. Ularning aksariyati qishloqlardan kelgan va shaharda qashshoqlikda oilasiz
yashar edilar. Bir necha yillik og’ir mehnatdan so’ng ular qishloqqa qaytib
kelishar edi. Ularning o’rniga o’g’il bolalari ketishar. Ushbu sikl avloddan avlodga
takrorlana vergan. O’sha paytga kelib Hindistonda 6 foiz savodli (18 million
kishi) bo’lgan. Ularning 500 mingga yaqini ingliz tilida ta’lim olgan. Yigirmanchi
asrning boshlarida paydo bo’lgan zamonaviy o’rta qatlamni mahalliy
savdogarlar, hukumat amaldorlari (savdo va idora va bank xodimlari), Britaniya
kompaniyalari, munitsipal muassasalari xodimlari, maktab o’qituvchilari va
kollej o’qituvchilari, tibbiyot xodimlari, advokatlar, sudyalar (barchasi, qoida
tariqasida, past lavozimlarda) tashkil etishar edi. Hindistonda an’anaviy
ravishda aqliy mehnat bilan shug’illanuvchi va jismoniy mehnat bilan
shug’illanuvchilarga bo’lingan, bu esa xodimlarning kasta tizimi orqali aks etgan
edi. Aqliy ishchilarning aksariyati yuqori kasta vakillari edi, ularning aksariyati
ingliz tilida ta’lim olganlar tashkil etgan. 1857-1859 yillardagi qo’zg’olondan
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
121
keyin, inglizlar ingliz tilida ta’lim olgan hindlarni, qo’zg’olonchilarni qo’llab-
quvvatlamasliklari uchun davlat xizmatiga jalb qilishla boshladilar. Hindistonda
ingliz tilida o’qitadigan ta’lim muassasalari tarmog’i yaratila boshlandi. 1858
yilda birdaniga uchta universitet - Kalkutta, Bombey va Madrasda ochildi. Milliy
matbuot va professional-biznes birlashmalarining paydo bo’lishi shu davrga
to’g’ri keladi. Hindiston imperiyasining ma’muriy tizimi suveren davlat bo’lib –
hukumat, armiya, davlat apparati, moliya organlaridan iborat edi. Biroq,
boshqaruvni Angliya hukumati Londondan turib Hindiston va Birma ishlari
bo’yicha vazir amalga oshirib borgan. Shuningdek, deyarli cheksiz hokimiyatga
ega bo’lgan va Buyuk Britaniya qirolining vakili sifatida vitsa-qirol unvoniga ega
bo’lgan Hindiston generalgubernatorini tayinlanagan edi. Amaldorlar korpusi
deyarli to’liq inglizlardan tashkil topgan bo’lib, ular Hindiston davlat xizmatida
(HDX) imtihon topshirgan. XX asr boshlariga kelib XDX tarkibidagi hindlar soni
juda kamchilikni tashkil etar edi.
MUHOKAMA.
Hind xalqining ayanchli ahvolini nafaqat hindlar, balki ko’plab xorijiy
tadqiqotchilar ham tasdiqladilar. Amerikalik tarixchi Uill Dyurant
“Hindistondagi dahshatli qashshoqlik chet el hukumatining siyosatidir, uni
oqlash mumkin emas ... Angliyaning Hindistondagi hukmronligi falokat va
jinoyat ekanligi to’g’risida ko’plab dalillar mavjud”. Bu musulmon
hukmronligidan (Boburiylar) butunlay farq qiladi, deb yozgan Dyurant.
Musulmon bosqinchilar qolish uchun kelishdi va ularning avlodlari Hindistonni
o’z uyi deb atashdi. Ular soliq sifatida olgan narsalarini Hindistonda
hunarmandchilikni, qishloq xo’jaligini va boshqa sohalarni rivojlantirishga,
adabiyot va san’atni boyitishda sarfladilar. “Agar Angliya ham xuddi shunday
yo’l tutganida, Hindiston bugun obod mamlakat bo’lar edi. Ammo uning hozirgi
talon-taroj qilinishi umuman chidab bo’lmas holatdir. Britaniya yil sayin eng
buyuk va muloyim xalqlardan birini yo’q qilmoqda”.
XULOSA
XX asrning birinchi yarmidagi Hindiston tarixi birinchi navbatda
hind xalqining Angliyaning mustamlakachilik hukmronligiga qarshi milliy-
ozodlik kurashi bilan bog’liq bo‘ldi. Ushbu kurashning natijasi 1947 yilda
mamlakat mustaqilligini qo’lga kiritishdi. Hindiston Milliy Kongressi (Kongress,
INK) bu kurashda boshqa siyosiy kuchlar ishtirokida hal qiluvchi rol o’ynadi.
Mamlakat ozodligi yo‘lida ko‘plab marifatparvar-ziyolilar qatnashib, yurt
taraqqiyotini ko‘rsatishga urindilar va buning ustidan chiqdilar.
References:
1.
Сдасюк Г.В. Индия. География хозяйства. М.: Мысль, 1975, с. 18-20, 32.
SCIENCE AND INNOVATION IN THE
EDUCATION SYSTEM
International scientific-online conference
122
2.
Растянников В.Г., Дерюгина И.В. Модели сельскохозяйственного
роста в ХХ веке. Индия, Япония, США, Россия, Узбекистан, Казахстан. М.: ИВ
РАН, 2004, с. 78.
3.
Юрлов Ф.Н., Юрлова Е.С.История Индии. ХХ век. – М.: Институт
востоковедения РАН, 2010.15 с.
4.
Durant Will. The Case for India. Simon and Schuster. New York, 1930, p.
55.
5.
Pulatov, Sh., Madalimov, T., Mullajonov, I., Qodirov, M., & Valiyev, L.
(2020). Some Characteristics of Modern Indian Philosophy. International Journal
of Multidisciplinary Research and Publications, 2(11), 47-49.
6.
Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK
BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2,
2020. 14. Пўлатов Ш.Н. Ҳиндистоннинг илк мустақиллик даври тарихининг
ўрганилиши//Хорижий шарқ мамлакатлар тарихий жараёнлари ва уларни
ўрганишнинг долзарб муаммолари.//илмий-амалий конференцияси
материаллари. Тошкент. 2020. 217-221 бет.
